Economix

Description
Economics is art of making decisions.
Muqaddamxon Saidrasulova
Tayanch doktorant (PhD), O‘zbekiston Milliy Universiteti
Muharrir va kolumnist, Gazeta.uz
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 weeks, 5 days ago

#goodeconomics

“Good Economics for Hard Times”, Abhijit Banerjee, Esther Duflo

Kitob ham mazmunan, ham yozilish tili va uslubi jihatidan menda juda iliq taassurot qoldirdi. Tarjima jarayonida unga qayta-qayta murojaat qilib, har gal yangi-yangi jihatlarini, bilimlarni kashf qildim. Nobel mukofoti sovrindori boʻlgan bu juftlik, jahonning eng nufuzli olimlari qatorida turib, kitobni oʻziga xos kamtarinlik va oʻz kasbdoshlariga nisbatan chuqur hurmat bilan yozishgan.

Kitob hozirgi — siyosiy jihatdan qaltis va noaniq, iqtisodiy jihatdan ogʻir vaziyatda dunyo mamlakatlari juda muhtoj boʻlgan iqtisodiyot ilmi — “yaxshi iqtisodiyot”ga bagʻishlanadi. Kitobda bugungi kun jahon iqtisodiyotining nafaqat iqtisodchilar, balki barchaga birdek dahldor boʻlgan eng munozarali masalalari haqida soʻz boradi. Mualliflar uzoq yillar davomida yigʻgan bor bilim va tajribalarini ishga solib, keng koʻlamli tadqiqotlarga asoslanib, ana shu masalalarning hali “tegilmagan” qirralariga eʼtibor qaratishga urinadilar. Migratsiya nima uchun siyosiy nuqtai nazardan kun tartibidagi masalaga aylandi? Tashqi savdoda kim yutib, kim yutqazadi, savdo urushlari nima uchun xalqlarni kambagʻallashtiradi? Iqtisodiy oʻsishning moʻjizaviy eliksiri nima? Iqlim oʻzgarishlariga qarshi qanday qilib samaraliroq kurashish mumkin? Ijtimoiy siyosatda hukumatlar qanday xatoga yoʻl qoʻymoqda?

Kitobni oʻqish jarayonida mana shunday savollar hamda ularning atrofidagi savollarga javob topish mumkin. Kitobni oʻqing — xoh ingliz tilida, xoh oʻzbek tilida — albatta oʻqing!

@economix4all

2 weeks, 5 days ago

Oxirgi oylarda (salkam yarim yil) 1000Kitob loyihasi doirasida menga topshirilgan kitob tarjimasi bilan band boʻldim. Tarjima jarayoni yarim yilga choʻzilmadi, aslini olganda. Shunchaki men sharoit taqozosi sabab tanaffuslar bilan ishlashimga toʻgʻri keldi. Ikkita kichik yoshdagi farzandim parvarishi va tarbiyasi barobarida bu vazifani uddalay olganimning oʻzi men uchun katta yutuq (buni qanday uddalaganim alohida mavzu).

Kitob tarjimasi men kutganimdan koʻra koʻproq vaqt va mehnat talab qilar ekan. Bu loyiha men uchun tarjima sohasida bir maktab boʻldi. Tarjima jarayonida tajribali mutaxassislar, tarjimon va muharrirlar safida ularning muhokamalari, munozaralarini kuzatdim, kezi kelganda, oʻz mulohazalarimni bildirdim, soʻradim, oʻrgandim, tajriba orttirdim. Buning uchun ulardan minnatdorman. Loyiha bizning koʻz oʻngimizda, bevosita ishtirokimizda bir yoshga ulgʻaydi. Umid qilamanki, uning atrofida boʻlib oʻtgan har xil nomaqbulchiliklar uning taqdiriga taʼsir qilmaydi, xalq oldidagi qiyofasiga dogʻ boʻlib tushmaydi. U hali uzoq davom etadi va hatto eng chekka hududlardagi oʻzbek kitobxonlarining kutubxonalari yuzlab, minglab durdona asarlar, sifatli kitoblar bilan boyishiga oʻz hissasini qoʻshadi.

Kitob yaqin kunlarda nashrdan chiqib, kitobxonlar qoʻliga yetib boradi. Oʻzbek kitobxonlari tarjimani yaxshi baholaydilar, juzʼiy kamchiliklar uchun maʼzur tutadilar, degan umiddaman.

Darvoqe, kanal “boʻshab” qolganiga qaramay, uni tark etmaganingiz uchun barchangizga rahmat!

@economix4all

1 month, 1 week ago

#lirik_chekinish

Sometimes... you have to help luck a little bit.

(Ba’zan... omadga biroz yordam bervorishingga to‘g‘ri keladi)

@economix4all

2 months, 3 weeks ago

Kelgusi avlod taqdiri / kelajagi uchun kuyib-pishishlar niqobdan boshqa narsa emas.

O‘ziga dahldor bo‘lmagan, o‘zi yashamaydigan taqdir / kelajak aslida hech kimga qiziqmas.

@economix4all

4 months, 2 weeks ago

#thoughts

Yaqin o‘n yillikni sarhisob qilsam, o‘tgan yillar davomida kutganimdan ortiqroq natijaga erishganimga, bugun o‘ylaganimdan yaxshiroq hayotda yashayotganimga shak-shubha yo‘q.

Shunga qaramay, o‘zimdan qoniqmaslik hissi tinimsiz ta’qib qilaveradi. Nimaga shunday?

O‘ylab ko‘rsam, hamma gap - kutilmalarimni ichki imkoniyatlarim (yoki salohiyatim) bilan emas, tashqi (omillarga bog‘liq) imkoniyatlarim bilan hisoblashgan holda shakllantirganligimda ekan. Boshqa tomondan, ichki imkoniyatlarimga bugungi "men"dan kelib chiqib baho berayotgandirman, o‘tgan yillardagi "men"im o‘sha vaqtda erishilgan natijalardan ortig‘iga qodir emasdi, ehtimol.

Lekin shu o‘tgan yillar davomida hozirgidan yaxshiroq "men"ni yuzaga chiqarishim mumkin edi, deb o‘ylayotgan ekanman, bunga ayrim asoslarim bor. Bu - talabalik yillarimda, eng ko‘p o‘rganishim kerak bo‘lgan davrda qilgan xatolarim. Eng asosiylari, mening nazarimda, quyidagilar:

Birinchidan, ustuvorliklarimni to‘g‘ri qo‘yolmaganim. Ikkinchi darajali, ehtimol, umuman ahamiyati ham bo‘lmagan narsalar (masalan, jamoat ishlari, tadbirlar, konferensiyalar, hatto musobaqalar)ga behuda vaqt va kuch sarfladim.

Ikkinchidan, vaqtimni to‘g‘ri taqsimlay olmaganim. Bu hozirgacha men uchun eng mushkul vazifa. Lekin o‘sha paytda sutkaning eng ko‘p soatlarini yangi-yangi bilimlarni o‘zlashtirishga sarf qilish, bor e’tiborimni ilm olishga qaratish bugungichalik qiyin bo‘lmasligi mumkin edi. Men o‘sha to‘laligicha o‘z ixtiyorimda bo‘lgan vaqtdan to‘g‘ri foydalana olmadim.

Uchinchidan, hissiy barqarorlikni ta’minlay olmaganim. Kayfiyat kishisi bo‘lishdan yomoni yo‘q. O‘zingni hech narsaga majburlay olmaysan. Sovuqqonroq bo‘lish kerak edi, ehtimol.

Talabalik - o‘z nomi bilan o‘qish, o‘rganish davri. Bejizga oltin davr deyishmagan - oltindan qimmat, butun umrga asqotadigan boylikni - bilimni imkon qadar ko‘proq o‘zingizniki qilishning ayni payti (chunki talabalik nihoyasiga yetganda, boshqa masalalar kun tartibiga chiqadi).

Bularni men xatolar bilan bosib o‘tgan yo‘lga endigina qadam qo‘ygan tolibi ilmlarga asqotishi mumkin degan umid bilan yozdim. Biror manzilga otlanganda, yo‘lda nimalargadir chalg‘isangiz, kechroq yetib borasiz-ku?! Hayotda ham chalg‘imaslik kerak ekan. Aks holda, idealingizdagi "men"ingizdan, yoki orzu qilgan hayotingizdan bir necha yillarga uzoqlashib ketishingiz mumkin.

@economix4all

5 months, 1 week ago

Boysundagi vaziyat, yashirishga urinishlar nuqtai nazaridan, Nukus voqealarini esga solyapti.

5 months, 3 weeks ago

#todays_mood

Ko‘klarda ko‘k kaptar qushdaymiz, jonim,
Qayg‘urma, kel, ko‘ngil xushlaymiz, jonim.
Mening tanishim yo‘q narigi dunyoda,
Baribir jannatga tushmaymiz, jonim.

Yorug‘ dunyoda kim yashaydi to‘yib,
Umr o‘tib ketgay kiprik qoqquncha:
Onang ko‘ksiga bir boshingni qo‘yib,
Bolang ko‘ziga bir kulib boqquncha...

Muhammad Yusuf

@economix4all

6 months ago

Kimnidir, nimanidir, qayernidir yoqtirishimiz yoki yoqtirmasligimiz u bizning nazarimizda yoki haqiqatda qanchalik yaxshi yoki yomon ekanligiga emas, u bilan aloqador bo‘lgan sezimlarimizga bog‘liq.

Bizda ijobiy yoki yoqimli hislar uyg‘otadigan kishilarga, narsalarga, joylarga muhabbat qo‘yamiz, bog‘lanamiz. Bizda salbiy yoki yoqimsiz hislarni paydo qiladigan kishilar, narsalar, joylarni xushlamaymiz, ulardan o‘zimizni yiroq tutishga urinamiz. Aytaylik, kimdir mushuklarni sevishi, kimdir esa ko‘rishga ko‘zi yo‘qligining sababi - momiqvoylar har ikki insonda turlicha hislarni qo‘zg‘ashidir.

Sog‘inch bilan ham shunday: kimnidir, nimanidir, qayernidir emas, u bilan bog‘liq sezimlarni sog‘inamiz. Masalan, shahardagi qulay turmush tarziga o‘rgangan inson bolaligi o‘tgan qishlog‘ini sog‘inganida, aslida, ehtimol, qishloq hayotini emas, o‘sha bolalikdagi sezimlarini, g‘am-tashvishsiz kunlar zavqini sog‘inadi.

Aytmoqchi bo‘lganim, inson uchun prioritetda har doim uning o‘zi turadi. Kim bilandir o‘zini yaxshi his qilgani uchun uning yonida bo‘ladi, nimadir unda ijobiy hislarni uyg‘otganligi uchun unga mehr qo‘yadi, qaysidir joy unga yoqimli sezimlarni tuhfa etganligi uchun u yerga o‘rganadi.

Fidokorlikka kelsak, ayrim kishilar o‘z-o‘zini fido qilishdan zavq olarlar, shunda o‘zlarini yaxshi his qilarlar balkim.

P.S. Sizning ham miyangizda ba’zan shunday g‘alati fikrlar aylanib qoladimi? :)

@economix4all

6 months, 1 week ago
9 months ago

“Taʼlim dunyodan nom-nishonsiz oʻtib ketishi mumkin boʻlgan koʻplab insonlarga oʻz salohiyatini namoyon qilish imkonini beradi”.

“Education makes it possible for many people who would otherwise die without a name to show their potential”.

Alfred Marshall

#dailyreading

@economic4all

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago