Sheriyat♥️?️

Description
SHOIRA QIZ!❤️Dunyosi?️?
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

2 months, 2 weeks ago
2 months, 2 weeks ago
***??*** Bugun, 24-iyul – **O‘zbekiston Respublikasi …

?? Bugun, 24-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kunlari. Davlatimiz rahbari 67 yoshni qarshilamoqdalar

? Tavallud ayyomingiz muborak. Umringiz uzoq bo'lsin, Muhtaram Prezident!Kanalga obuna bo’ling⤵️****https://t.me/OTM_Minbari

2 months, 2 weeks ago

Синфдошларда биринчи тўй ва охирги тўй фарқи ?****

Синфдошларга юборамиз, аниқ ҳаммада шунақа.

ХОКИМ БУВА - Подписаться.

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago

**Internetdan baxt izlamanglar

Oʻtgan har soatning soʻrogʻi bordir
Ertaga hisobda xor boʻzlamanglar
Bilsangiz nopokga nopoklar yordir
Bugun internetdan baxt izlamanglar

Nikizni chiroyli bezatib olib
Nomahram insonga dardingiz yorib
Haqiqiy hayotdan bebahra qolib
Bugun internetdan baxt izlamanglar

Robbingni unutma har nafas har on
Bu hayot bizlarga imtihon imkon
Internet cheki yoʻq tubsiz bir makon
Bugun internetdan baxt izlamanglar

Kimlarni ayirdi butun boridan
Kimlarni ayirdi doʻstu yoridan
Mano axtaring doʻst soʻzim zoridan
Bugun internetdan baxt izlamanglar

Qancha oilalar buzilib ketdi
Qarindosh rishtalar uzilib ketdi
Boʻyinda gunohlar tizilib ketdi
Bugun internetdan baxt izlamanglar

Qancha yoshlarimiz manqurt boʻldiku
Qancha begunoh jon shu deb oʻldiku
Toʻlsa ham shaytonning koʻngli toʻldiku
Bugun internetdan baxt izlamanglar

Kop kotta ayollar sevgidan soʻzlar
Internetni bosdi gunohkor yuzlar
Chimildiq koʻrmadi eh qancha qizlar
Bugun internetdan baxt izlamanglar

Roʻzada maqtanib taom yedilar
Moda deb turli xil libos kiydilar
Din ahli indamay tilin tiydilar
Bugun internetdan baxt izlamanglar

Mashxurlik balosi koʻzni koʻr qildi
Internet quyonni zoʻrdan zoʻr qildi
Kimga ulfat qildi kimga joʻr qildi
Bugun internetdan baxt izlamanglar

Boboylar soqolda oʻyinga tushsa
Koʻrib janonlarning zavqlari joʻshsa
Ertalab turgandan internet qoʻshsa
Bugun internetdan baxt izlamanglar

Layk nima layklarga qorin toʻymaydi
Erta qiyomatda najot boʻlmaydi
Qadringni bilsangchi qadr oʻlmaydi
Bugun internetdan baxt izlamanglar

Baʼzilar tillarin burab soʻkdilar
Oʻzi yoʻq qadrini butkul toʻkdilar
Qoʻlda Qurʼon emas telefon tutdilar
Bugun internetdan baxt izlamanglar

Tinglayotgan doʻstim bu ogʻir zamon
Sen boshqa tomonu men boshqa tomon
Oʻzingni kuninga oʻzing boʻl omon
Bugun internetdan baxt izlamanglar**

@sabrbekati

2 months, 3 weeks ago
5 months ago
***??***OʼGʻlONLAR XOTIRASI***??***

??OʼGʻlONLAR XOTIRASI??

Maktabimda erta tongda,
Qoʻshin shaxdam yurib turar.
Har qoʻngʻiroq har bir bongda,
Yurak mangu urib turar.

Andijondan kelganlari,
Jilmaygancha boqar bizga.
Namanganning oʼgʼlonlari,
Mardanovor yoqar koʼzga.

Samarqandim deya boqib,
Yurar edi mungli koʻzlar.
Surxoniga salom aytib,
Turar edi qancha yuzlar.

Qoʻshin aro yangrab sado,
Uyimizga qaytish kerak .
Kutib-kutib boʻldi ado,
Sirdaryodan kelgan yurak.

Qarshisidan tinch zaminning,
Mevalari oʼtib turar.
Oʻgʻlonlarning koʼpchiligin,
Qashqadaryo kutib turar .

Siz oʼylanmang,sogʻman ona,
Degandayin hali omon.
Sogʻinch bilan koʻzlar yona,
Boqib turar Toshkent tomon.

Bu qoʻshindan koʼrar koʻzlar,
Vatan uchun keraklarni.
Har tamondan koʻzlar izlar,
Shu qoʼshin va yuraklarni.

Maktabimda erta tongda,
Qoʻshin shaxdam yurib turar.
Har qoʻngʻiroq,har bir bongda,
Yurak mangu urib turar.

?Muallif:Surayyo Xatamova

SAMARQAND??JOMBOY

https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv

Ⓜ️anba: @sherlar

? #like_boss?

5 months ago

**Опажонимга

Сиз берган меҳрни бермади ҳеч ким,
Дард келса ёнимда қолмади ҳеч ким,
Баҳтимдан қувониб, кулмади ҳеч ким,
Сиз борсиз юрагим топади ҳузур.
Опажоним мени боризга шукур!

Ҳар айтган сўзингиз ибрат мен учун,
Ҳар босган йўлингиз ҳикмат мен учун,
Синглингиз бўлмоқлик шавкат мен учун,
Сиз бор ҳаётимга етмайди путур.
Опажоним мени боризга шукур!

Кўнглингиз оғритсам кечирдингиз тез,
Бирга йиғладингиз мен йиғлаган кез,
Чексиз бахтим эрур сизнинг борингиз,
Мендан ўтган бўлса минг бора узр.
Опажоним мени боризга шукур!

Онамдан кейинги онажонимсиз,
Эркалаб, суйгувчи меҳрибонимсиз,
Ҳушсуръат, ҳушзабон қадрдонимсиз,
Эй осмоннинг қизи, гўзал ойимсиз
Опажоооним мени боризга шукур

??**@AYOLLAR_KANALI

@sabrbekati

5 months, 1 week ago
5 months, 1 week ago

**Qalbim gózal orzularim uyi edi
Hali baxtning chalinmagan kuyi edi
Sózlaringiz yuragimni óyib yedi
Orzularim uvollari tutmasmikan

Gul qalbimni tikon deya uzdingiza
Bilmam qanday qabiq reja tuzdingiza
Endi qanday qaray ayting yuzingizga
Orzularim uvollari tutmasmikan

Orzulardan kechish kiyin bilmaysizmi
Hech bolmasa yuragingiz tiğlaysizmi
Kunda meni bir bora hop eslaysizmi
Orzularim uvollari tutmasmikan

Dunyo qadar orzularim kuyib bitti
Dengiz misol gaplaringiz barin yutdi
Kuni kelib ular sizni kutmasmikan
Orzularim uvollari tutmasmikan

Kapalakdek bir yuragim bor edi
Kimlarga keng kimlargadir tor edi
Bu hayotning uyinlari barin yedi
Orzularim uvollari tutmasmikan

Allohimdan insof soray erta yu kech
Qalbingizni ogritmasin rabbimiz hech
Bir Kun kelib gamlar sizni yutmasin hech
Orzularim uvollari tutmasin hech

Mualif

Shoira qiz???**

@sabrbekati

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago