Sulaymon Sulton ??

Description
? Qo'shiq Uchun Sherlar.
✍ Buyurtma Sherlar.
❗️Muallif Ruxsatisiz Foydalanmang.
?Muallif Bilan Aloqa: +998942944850
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

1 month, 3 weeks ago

??PREMYERA??
?Ifora & Shahzodch1k
?Kaʼbani tavof qilaylik
?No existo
✍️Charos xonim & Sulaymon Sulton

✈️@shahzodch1k_official

1 month, 3 weeks ago

Sevolmadilar.

Sevgi otashida yonolmadilar,
Sinovlarga bardosh berolmadilar.
Qaysi bir dardimni aytayin do‘stlar,
Biz sevdik bizchalik sevolmadilar.

SULAYMON SULTON...

?IJODKOR BEK...

1 month, 3 weeks ago

Namangan viloyatining "Maktabgacha Ta'lim va Tahlilchisi" gazetasiga Sulaymon Sulton sherlari joylandi.
Tabriklanglar?

1 month, 4 weeks ago

Qadrdonlar yaxshimisizlar ko'proq qanaqa mavzuda sher yozishni maslaxat berardingiz.

1 month, 4 weeks ago

AKANG O'RGILSIN.

Lablarimni bossam kulguchlaringa,
Roziman dudog'ing labim kuydirsin.
Nogoh qarab qo'ysam begona qizga,
Rashk qilishingdan akang o'rgilsin.

Tergab turasanda erta kechida,
Bugun ko'rishamiz soat nechchida.
Jaxling tayyor turar burning uchida,
Rashk qilishingdan akang o'rgilsin.

Yoydayin qoshlaring qalbimni tilar,
Qovoq uyma dilim vayrona bo'lar.
Bizga ko'rganlarning xavasi kelar,
Rashk qilishingdan akang o'rgilsin.

Jahling chiqsa agar turasan chidab,
Ichingdan so'kib qo'y qog'ozga o'rab.
Qasting olasanda mahkam chimchilab,
Rashk qilishingdan akang o'rgilsin.

Bag'ringa bos erkam kelmasa malol,
Zahringni sochib tur bo'lmayin uvol.
Chidab turolmasang tarsaki qo'yvor,
Rashk qilishingdan akang o'rgilsin.

Sevgim kuchliroqdir yomg'iru qordan,
Suhbat qurgan yaxshi mexr-u vafodan.
Muhabbat merosdir Majnun Bobodan,
Rashk qilishingdan akang o'rgilsin.

Muallif: Sulaymon Sulton.

2 months ago

Lablarimni bossam kulguchlaringa,
Roziman dudog'ing labim kuydirsin.
Nogoh qarab qo'ysam begona qizga,
Rashk qilishingdan akang o'rgilsin.

Nima deysizlar davomini yozaymi?

2 months ago
**Бугун қашқадарёлик укам Сулаймон Султоннинг туғилган …

Бугун қашқадарёлик укам Сулаймон Султоннинг туғилган куни!

Сулаймон Султон шоирларнинг шеърларини ўзига хос оҳангда ижро қилиш билан бирга ўзига хос шеърлар ҳам машқ қилади.
Хуллас, унинг адабиётга қизиқишлари, шеърият оламида ўз ўрнини топишга интилишлари, устоз ижодкорларга ихлослари эътиборга лойиқ.
Унинг кўп китоб ўқиши, ўз устида изланишлари шеъриятимизнинг яна бир султони шаклланиб келаётгандек таассурот қолдиради, менда.
Таассуротларимга ишонган ҳолда Сулаймон Султонни 24 ёши билан табриклаб қоламан.
Сулаймон, кечиражак ҳаёт йўлингиз қалииииин китобга жо бўладиган даражада мазмунли ва намунали бўлсин.

Ҳурмат билан:?????

https://t.me/Nazokat_Bahodirova

2 months ago

Бугун 2024 йил 02 август, қалами ўткир шоир укам Сулаймон Султонинг таваллуд айёми экан.

?БИР КАМ ДУНЁ АРМОНЛАРИ? ижодий канали? обуначилари номидан Сулаймон Султонни табриклаб қоламиз.

СУЛАЙМОН СУЛТОН ДОИМО ХАЛҚ ВА МУХЛИСЛАР АРДОҒИДА ЮРИНГ???

@birkamdunyosheriyat

2 months ago

Assalomu alaykum hurmatli ukam jigarim qadirdonim do‘stim SULAYMON SULTON.. Sizni tavallud ayyomingiz bilan o‘zim nomimdan oila azolarim nomidan chin yurakdan muborakbod etaman ilohim umringiz uzoq risqingiz ulug‘ bo‘lsin ijodlarizga omad zafarlar tilab qolaman oqibatimizga ko‘z tegmasin uka Ota Onangiz baxtiga yaqinlariz baxtiga muhlis va muhlisalariz baxtiga sog‘ salomat bo‘ling dunyodagi barcha yaxshi tilaklar siz uchun uka hurmatasiz doim yana bir bor tavallud ayyomingiz bilan tabriklayman hurmat bilan akangiz IJODKOR BEK..

?????????????????????????????????????????????????????????????????????????????

4 months, 2 weeks ago

Sizdek Bo'lgim Keladi Dada.

Olloh deya ko'nglida iymon,
Qalbi daryo mexrli inson.
Bo'lsa edi birgina imkon,
Sizdek bo'lgim keladi Dada.

O'g'il qizin bahtin o'ylagan,
Yaxshilikni dildan qo'ymagan.
Tangrim nazaridan qolmagan,
Sizdek bo'lgim keladi Dada.

Yomonlarni do'st deb bilmagan,
Risqin yerdan chala termagan.
G'am kelsada qaddin bukmagan,
Sizdek bo'lgim keladi Dada.

Yaxshilikni istar ko'nglingiz,
Nishonida otgan o'qingiz.
Havas qilar erka o'g'lingiz,
Sizdek bo'lgim keladi Dada.

Yonimdasiz Hoqonman Dada,
Ikki dunyo Sultonman Dada.
Tegmas yovlar otgan toshlari,
Sizdek bo'lgim keladi Dada.

Ko'ngilginam doimo to'qdir,
Onam sizdan umidi ko'pdir.
Sulaymonning armoni yo'qdir,
Sizdek bo'lgim keladi Dada.

Muallif: Sulaymon Sulton.

Qo'shiq va buyurtma sherlar uchun murojat: +998942944850

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago