Respublika Baxshichilik San'ati Markazi

Description
🇺🇿Respublika Baxshichilik san'ati markazining Rasmiy Telegram sahifasi

🇷🇺Официальный телеграм канал Республиканского центра искусства бахши

🇺🇸Official telegram channel of the Republican center of bakhshi art

Matbuot xizmati +998915887765
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

1 month, 3 weeks ago
Respublika Baxshichilik San'ati Markazi
1 month, 3 weeks ago
Respublika Baxshichilik San'ati Markazi
2 months ago
4 months, 1 week ago
***??******??******??***Hurmatli yurtdoshlar!

??????Hurmatli yurtdoshlar!

??Bugun, 10-dekabr, xalqimizning g‘urur va iftixor ramzi, istiqlolimizning muqaddas timsoli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kunga 32 yil to‘ldi. Ushbu unutilmas sana har birimiz uchun ona Vatanimizni sevish, uning qadriyatlariga sodiq bo‘lish, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada teran his qilish uchun ulkan ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

??O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda tasdiqlangan bo‘lib, uning matni taniqli shoir Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasi esa O‘zbekiston xalq artisti Mutal Burhonov tomonidan bastalangan. Ushbu madhiyada xalqimizning asriy orzulari, buyuk maqsadlari va ezgu intilishlari mujassam etilgan. Madhiyamiz Vatanimizning mustaqilligi, erki va farovonligi uchun fidokorona xizmat qilayotgan har bir yurtdoshimiz uchun ruhiy tayanch va ilhom manbai bo‘lib kelmoqda.

??Davlat madhiyasi bizni yagona millat, kuchli xalq sifatida birlashtirib, butun dunyoga O‘zbekistonning o‘ziga xosligini, tarixi va madaniyati boyligini ifodalaydi. Madhiyamizni har safar tinglaganimizda qalblarimizda faxr va g‘urur hissi jo‘sh uradi, unga bo‘lgan hurmat va ehtirom har birimizning qalbimizda chuqur joylashgan.

??Aziz yurtdoshlar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan samimiy qutlaymiz. Vatanimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, xalqimizning baxt-saodati yo‘lida qo‘lni-qo‘lga berib, birgalikda ulkan marralarni zabt etishda davom etaylik. Yurtimizning madhiyasiga munosib farzandlar bo‘lish hammamizning yuksak mas’uliyatimizdir.

Hurmat bilan,
Respublika baxshichilik san’ati markazi

RBSM matbuot xizmati:? bakhshi.uz | ? Telegram | ? Facebook | ? Instagram | ? YouTube

4 months, 1 week ago
Respublika Baxshichilik San'ati Markazi
4 months, 1 week ago
Hurmatli vatandoshlar!

Hurmatli vatandoshlar!

Sizlarni 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Konstitutsiyamiz nafaqat davlat boshqaruvi tamoyillarini, balki har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini, inson qadr-qimmatini yuksak qadrlashni kafolatlaydi. Unda belgilangan tinchlik, barqarorlik va ijtimoiy adolat tamoyillari mamlakatimizni bugungi kunda ham ishonchli rivojlanish yo‘lida olib bormoqda.

Konstitutsiya – davlatimizning mustahkam poydevori, xalqimizning erkinlik, tenglik va adolatga asoslangan hayot tarzi, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yutuqlarining kafolatidir. Ushbu tarixiy hujjat xalqimizning irodasi, umidlari va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan. Konstitutsiya O‘zbekistonning mustaqil, suveren va demokratik davlat sifatidagi maqomini mustahkamlashda, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishda hal qiluvchi o‘ringa ega.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida Konstitutsiyaning hayotbaxsh qoidalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, har bir fuqaroning manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda Konstitutsiyamizning roli beqiyosdir.

Bu ulug‘ ayyom barchamizga buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni ardoqlash, kelajak avlodlar uchun yanada farovon hayot qurish yo‘lida mas’uliyatni his qilishga undaydi.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillari hayotimizda yanada kengroq amalda bo‘lishiga tilakdoshmiz.

Hurmat bilan,
Respublika baxshichilik san’ati markazi

RBSM matbuot xizmati:? bakhshi.uz | ? Telegram | ? Facebook | ? Instagram | ? YouTube

4 months, 2 weeks ago

Diqqat e'lon!!!

? Respublika baxshichilik san'ati markazi direktori Umid Norboyev hamda direktori o‘rinbosi Zafar Temirovlar bilan joriy yilning 6-dekabr kuni soat 15:00 da baxshichilik san’ati sohasi vakillari bilan "Onlayn qabul" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu qabulda barcha soha vakillari o‘zlarining murojaat, taklif va shikoyatlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

? Murojaat va savollaringizni ushbu formada yozib qoldirishingiz mumkin: https://forms.gle/GBdT8eRqX5BgKy3n7

?+998940088823, +998976345757

RBSM matbuot xizmati:? bakhshi.uz | ? Telegram | ? Facebook | ? Instagram | ? YouTube

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago