Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
❗️#ESSE_MAVZUSI **Bugungi kunda ba'zi yoshlar an'anaviy sport turlari bilan shugʻullanishni ma'qul koʻrishsa, ayrimlar kibersportni afzal deb bilishmoqda.
🔷 Argumentlar**:
Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida sportning an’anaviy turlari va kibersport o‘rtasida qiziqishlar taqsimlanmoqda. Ikkala yo‘nalish ham o‘ziga xos afzalliklarga ega bo‘lsa-da, ularning tanlovi yoshlarning qiziqishlari, maqsadlari va zamonaviy sharoitlarga moslashishlariga bog‘liq.
Yoshlar o‘rtasida sportning turli yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqish o‘sib bormoqda. An’anaviy sport, ya’ni futbol, basketbol, yugurish kabi faoliyatlar jismoniy salomatlikni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi natijasida kibersport ham ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. Bu ikki yo‘nalishning har biri jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, ularning foydalari va cheklovlarini tahlil qilish lozim.
Shaxsiy fikr:
1) Menimcha, sportning qaysi turi bilan shug‘ullanishni tanlash shaxsning ehtiyojlari va maqsadlariga bog‘liq. An’anaviy sport sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega
2) Menimcha, kibersport mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish imkonini beradi.
❗️Argumentlar va faktlar:
1. An’anaviy sportning afzalliklari:
Jismoniy salomatlikni mustahkamlaydi. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, doimiy jismoniy mashg‘ulotlar yurak-qon tomir kasalliklarini kamaytiradi.
Ijtimoiy aloqalarni rivojlantiradi. Masalan, futbol yoki basketbol kabi jamoaviy o‘yinlar yoshlarni muloqotga, jamoada ishlashga o‘rgatadi.
2. Kibersportning imkoniyatlari:
Dunyo bo‘ylab kibersport musobaqalari o‘tkazilib, ularda millionlab mukofot jamg‘armalari taqdim etiladi.
Yoshlar o‘z intellektual qobiliyatlarini oshiradi, ayniqsa, strategik fikrlash va texnik bilimlarni rivojlantirishda yordam beradi.
Statistika ko‘rsatmoqda: 2023-yilda kibersport tomoshabinlari soni 500 milliondan oshdi.
3. Cheklovlari va muammolari:
An’anaviy sportni chetlab o‘tgan yoshlar jismoniy faollikni yo‘qotib, semirish va boshqa kasalliklarga moyil bo‘lishi mumkin.
Kibersportga haddan tashqari qiziqish esa ko‘z va ruhiy sog‘liqka zarar yetkazishi mumkin. Shu sabab, bunday faoliyat me’yorida bo‘lishi kerak.
Kanalga obuna bo'lish:👇*👇*👇**
@Milliysertifikat_Yangi
#Esse_namuna **...Dunyoning ko'plab davlatlari ish haftasining qisqarishini sinab ko'rayotgan bir paytda, bizning jamiyatimiz orasida ham bir qancha bahs-munozaralarga sabab bo'layotganini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda guvohi bo'lib turibmiz. Bu borada ko'pchilik xodimlar ish vaqtini qisqarishi mehnat unumdorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi deb hisoblashsa, boshqalar bu fikrlar mutlaqo ahamiyatsiz ekanligini ta'kidlashmoqda.Xo'sh, aslida Vatanimiz taraqqiyoti uchun qaysi tomon qarashlari manfaatliroq?
Bugungi texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir davrda odamlarning ish vaqti sezilarli darajada tejalmoqda. Ammo bu mamlakat iqtisodiyotiga katta xavf-xatar tug'diradi deguvchilarning ham yetarlicha asoslari mavjud. Birinchidan, ish vaqti qisqarsa-yu, ish haqi pasaymasa, ishchi kuchining qimmatlashishiga, bu esa mehnat bozorida ham iqtisodiyotda ham keng ko'lamdagi inqirozga olib keishi mumkin, ikkinchidan, ishchilarga beriladigan maoshlar pasaysa, bu aholining kambag'allashishiga, turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Masalan,aholisi dunyoning qolgan qismiga qaraganda ko'proq ishlaydigan davlatlardan biri bu - Turkiya. U yerda bir dugonam yashaydi, u bilan suhbatlashganimda bu davlat ba'zi ish vaqti qisqa mamlakatlardan ancha iqtisodiy jihatdan boy mamlakat ekanligini ma'qulladi.
Tanganing ikki tomoni bor bo'lganidek, yuqoridagi fikrlarni yoqlamaydiganlar ham talaygina. Ularning fikricha, ish haftasining kamayishi bir qator imtiyozlarning shakllanishiga olib keladi, avvalambor, xodimlar sog'ligi yaxshilanadi, qo'shimcha dam kuni ishchilarga yetarlicha dam olib, kuch to'plashga imkon beradi, qolaversa, xodimlarning ishga bo'lgan ishtiyoqi ortadi va topshiriqlarning bajarilishi tez va sifatli bo'lishini ta'minlaydi, bundan tashqari, transport va texnologiyalarga kamroq ehtiyoj sezilib, ekologiyaning ifloslanishini kamaytiradi. Xususan, "Bir sinalgan tajriba yetti kitobdan afzal" deganlaridek, statistik ma'lumotlarga ko'ra 2018-yilda birinchilardan bo'lib Yangi Zelandiyada tajriba o'tkazildi va to'liq ish haqini saqlagan holda ish haftasini 4 kungacha qisqartirildi. Ushbu tajriba bir nechta olimlar tomonidan nazorat qilindi, samaradorlik 20% ga oshgani, xodimlarning stress darajasi 45%dan 38% ga kamaygani, ish va oiladagi hayot 54% dan 78% ga yaxshilangani kuzatildi.
Mening fikrimcha,ish vaqtining kamayishi samaradorlikka ta'sir o'tkazadi, chunki mehnatning unumdorligi har bir insonning kayfiyati, sog'ligi va oilaviy xotirjamligiga bog'liq. Aytishadi-ku "Yaxshi dam , mehnatga hamdam".
Xulosa o'rnida shuni aytmoqchimanki, mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishida har ikki tomonning ham o'rni bor. Faqatgina bularni iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida o'tkazilgan tajribalar asosida qo'llash maqsadga muvofiqdir. Shundagina yurtimiz kelajagi va millat uchun eng yaxshi iqtisodiyot vujudga kelishi mumkin.
✍️Sadriddinova Nazokat**
Kanalga obuna bo'lish:👇*👇*👇**
@Milliysertifikat_Yangi
Ayrimlar yaxshi yashash uchun bitta kasbning mohir ustasi boʻlish kerak deb bilishsa, ba'zilar bir necha kasbning egasi boʻlish foydaliroq deb hisoblashadi**
Barchamizga maʼlumki, yurtimiz kunsayin rivojlanib bormoqda va insonlarning hayot tarziga katta ta'sir ko'rsatyapti. Koʻp insonlar kambagʻallikdan chiqish uchun bitta kasbni mukammal egallab, oʻz ustida doimo ishlash kerak deyishsa, ba'zilar bir necha kasbni oʻrganib, koʻproq imkoniyatlarga erishishni ma'qul koʻrishmoqda. Aslida-chi, qaysi fikr oʻrinli?
Darhaqiqat, bitta kasbning mohir ustasi boʻlishning afzal tomonlari talaygina."Mehnat-mehnatning tagi rohat ",-degan maqol bejizga emas . Inson hayoti davomida bitta kasbni chuqur o‘rganish va mukammallikka erishish orqali , o‘z kasbida yuqori natijalarga va obro‘-e'tibor muvaffaqiyatlarga ega boʻladi . Masalan, shifokor, huquqshunos yoki muhandis kabi kasblar chuqur bilim va mahorat talab qiladi. Ularning har biri mukammal tajriba va bilimlar asosida rivojlanadi. Bu sohada ishlaydigan odamlar boshqa kasblarni oʻrganishga vaqti boʻlmaydi. Bir sohani yaxshi o‘zlashtirgan inson o‘zining aniq yo‘nalishiga ega bo‘ladi va kasbga ishonch bilan yondashadi.
Boshqa tomondan olib qaraganda, bir necha kasbning egasi bo‘lishning ham foydali tomonlari anchagina. Birinchidan, oʻz sohasida koʻp mablagʻ topolmagan insonlar boshqa sohalarni ham oʻrganib , daromadga chiqishi maqsadga muvofiq boʻladi . Masalan, bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi va dizayner bo‘lish insonni ko‘proq daromad manbalariga ega qiladi. Ikkinchidan, texnologiya va internetning rivojlanishi tufayli kasblararo ko‘nikmalar talab qilinmoqda. Masalan, IT sohasidagi mutaxassislar til bilsa, xalqaro loyihalarda ishlashi mumkin. Eng muhimi , hayotda noaniqliklar va iqtisodiy inqirozlar tufayli faqat bir kasb bilan cheklanish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Bir nechta kasb egasi bo‘lish esa insonga xavfsizlik hissini beradi.
Mening fikrimcha, inson bir asosiy kasbini mukammal o‘zlashtirishi bilan birga, boshqa kasblarni ham o‘z hayotiga mos ravishda o‘rganishi kerak. Shuning uchun , bir necha kasblar sohibi boʻlish eng yaxshi tanlov boʻladi ,albatta. Har tomonlama mukammal boʻlgan odam hech qachon hayot sinovlariga yengilib qolmaydi. Bir sohasi tomondan pand yesa, boshqa kasbini ishga solib oʻzini, oilasini va ota onasini boqishda davom etadi. Misol uchun, o‘z sohasida mohir bo‘lgan shaxs qo‘shimcha sifatida texnologik ko‘nikmalar yoki biznesni boshqarishni oʻrganib , biznesni yoʻlga qoʻyishi va daromadga erishishi mumkin
Xulosa qilib aytganda, har bir inson o‘z qobiliyatlari va hayotiy maqsadlariga qarab tanlov qiladi. Ammo,har bir insonning qoʻshimcha daromadi boʻlishi zamon talabi boʻlib qolmoqda . "Zehn qo'ysa, ong qo'nar,hunar ortsa, ish unar",-deydi ota-bobolarimiz.
Kanalga obuna bo'lish:👇*👇*👇**
@Milliysertifikat_Yangi
Abrorbek Ikromovich: Ona tili va adabiyot fani milliy sertifikat imtihoni talabgorlari uchun ajoyib imkoniyat! Imtihongacha biz kanalimizda tushish ehtimoli yuqori deb qaralayotgan quyidagi kitobning barcha variantlari tahlilini berib bormoqdamiz. Davron…
Abrorbek Ikromovich:
Ona tili va adabiyot fani milliy sertifikat imtihoni talabgorlari uchun ajoyib imkoniyat!
Imtihongacha biz kanalimizda tushish ehtimoli yuqori deb qaralayotgan quyidagi kitobning barcha variantlari tahlilini berib bormoqdamiz.
Davron Akbar — "Milliy sertifikat" kitobining test tahlillari mundarijasi:
1-variant — 5100 ta obunachi boʻlsa joylanadi
2-variant — 5200 ta obunachi boʻlsa joylanadi
3-variant — 5300 ta obunachi boʻlsa joylanadi.
4-variant - 5400 ta obunachi boʻlsa joylanadi
5-variant - 5500 ta obunachi boʻlsa joylanadi
6-variant tahlili JOYLANDI
Tahlil muallifi: Abror Yuldashev
👍 Barcha variantlarni toʻliq tahlil qilib berishimiz uchun ushbu kanalga obuna boʻling , doʻstlaringizni taklif eting. Ushbu xabarni ularga yuboring.
⚡️Rasman: Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinadi
Ta'lim vazirliklarining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazildi. (29.05.2024 №3515)
Yangi qarorga ko'ra Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi.
Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:
“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.
Diqqat E'lon
📌Faqatgina bugun
21 dekabrda bo'ladigan Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun
📌 kuchaytirilgan tartibdagi tayyorlov guruhimizga 400 ming to'lab kirishingiz mumkin
📌Murojaat uchun
@Abror_Ikromovich
Dars tartibi👇
💎 ONLINE
@Abror_Ikromovich tomonidan telegramda yopiq guruhda olib boriladi
Haftada 5 kun to'liq dars
Har bir kun uchun alohida reja va dasturlar ishlab chiqilgan
💎.Dushanba. 45 talik test va uning video dars orqali tahlili
💎. Seshanba. Matn tahlil
💎. Chorshanba. 45 talik test va uning video dars orqali tahlili
💎. Payshanba. Gʻazal tahlili
💎. Juma. 45 talik test va uning video dars orqali tahlili
➕💎 Shanba. Grammatikadan eng muhim boʻlgan mavzular
Muhimi👇👇👇
Diagnostik testlar ,badiiy asarlar yuzasidan tuzilgan testlar, ilmiy va badiiy matnlar ham FAYL ko'rinishida beriladi
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago