?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
**Yapon kompaniyasida ishlashdan oldin, bilib qo’ygan yaxshi ②
Yaponlar madaniyatini yaxshi o’rganing**Universitetni tamomlab, yapon kompaniyasiga yangi ishga kirganda duch kelinadigan to’siqlardan bittasi, bu yapon madaniyati va biznes uslubini yaxshi bilmaslik.
Shuni unutmaslik kerakki, yapon kompaniyasiga ishga kirsangiz “sen chet elliksan, shu sababli senga alohida ko’rsatma beramiz” deb emas, yapondan nima talab qilinsa, chet ellikdan ham bir xil narsa talab qilinadi.
Oddiy misol keltiraman. Yapon kompaniyasiga ishga kirsangiz, sizga ham, yaponga ham bir xil vazifani bir xil usul bilan tushuntiradi. Lekin, chet elliklardan tushndingmi, agar tushunmagan bo’lsang yana so’ra deya qo’shib qo’yadi.
Lekin, yapon shu tushuntirishga o’zidan nimalardir qo’shib, 100 foizlik natija olib keladi. Aksariyat chet elliklar esa, 100 foizlik tushuntirish olsa ham, 10-20 foizlik natija bilan keladi.
Nega shunday? Davomi keyingi postda…
Dangasalik oqibati
Yaponlarda 面倒くさい(mendokusai) degan so’z bor. Ma’nosi, nimanidir qilishni/bajarishni yoqtirmaslik. Ya’ni o’sha ishga nisbatan dangasalik qilish.
Bunday holatga misol, chiqindilarni tashlab kelish, ertalab yugirish, yerda yotgan chiqindini olib tashlash, barvaqt turib kitob o’qish kabilarni keltirish mumkin.
Aslida, bunday dangasalik qilish, insonning hayotiga har tomonlama ta’sir qiladi. Masalan xonadoshingiz sizga chiqindini tashlab ketishni iltimos qildi.
Siz, “eee shoshib turibman, o’zing tashla” deya chiqib ketdingiz. Natijada iltimos qilgan tomon sizdan ranjiydi va munosabatlar yomonlashadi.
Aksincha, ketsa 2-3 daqiqa vaqtim ketadi deb yaxshi tomondan o’ylab, “xop bo’ladi” deya chiqindini tashlab ketsangiz, xonadoshingiz xursand bo’ladi va sizga rahmat aytadi.
Bu bir oddiy misol. Lekin, dangasalik qilib qilmagan ishingiz bir kun kelib sizga katta zarar keltirishini o’ylab ko’rsangiz, har bir ishni o’z vaqtida qilishga o’rganasiz.
Yapon kasbdoshlar haqida
Kunchiqar yurt bo’lgan Yaponiyaga kelayotgan vatandoshlarimiz kun sayin ko’paymoqda. Shuning uchun ham, ushbu mamlakatning yaxshi va yomon tomonlarini yoritishlar ko’payib qoldi.
Albatta, bu yangi keladigan vatandoshlarimiz uchun juda ham kerak. Keling, men ham yapon kasbdoshlar hiqda ozgina aytib o’tsam.
Yapon kasbdoshlardan eng avvalo reja bilan ishlashni o’rganayapman. Lekin, hali to’liq uddalay olganimcha yo’q.
Keyin esa, qo’yilgan maqsadga erishish uchun bor kuchi bilan ishlashni o’rganishga harakat qilayapman.
Uchunchisi esa, yolg’ondan qochish va qanday vaziyat bo’lsa ham to’g’ri gapirish. Biz o’ylagan yolg’on bilan, yaponlar o’ylagan yolg’on farq qiladi.
Yapon kasbdoshlar, tixminga asoslanin gapirishni ham yolg’onga tenglashtirishadi (agar aniq asos bo’lmasa).
O’rganayotgan narsalarim juda ko’p. Bu haqida bir video tayyorlab, batafsil aytib beraman ?
Yolg’on gapirishdan uzoq bo’laylik!
「めんどくさいからやる」(Mendokusaikara yaru)
Yuqoridagi yaponcha so’zni o’zbekchaga qanday tarjima qilishga qiynaldim. To’g’ri tarjima bo’lmasligi mumkinu lekin, taxminan quyidagicha ma’nolarda ishlatiladi:
- Yoqimsiz bo’lganligi uchun ham qil
- Xalaqt bersa ham bajar va hkz.
Bu nima degani?
Tasavvur qiling, do’konga non olib kelish uchun ketayapsiz. Oldingizdan sochilib yotgan axlat chiqib qoldi. Nima qilgan bo’lardingiz?
Aniqki ko’pchilik indamasdan, ko’rmagandek o’tib ketadi. Chunki, axlatning hidi yoqmaydi va qo’limizni kir qilgimiz kelmaydi. Shu bilan birga, uni tozalab, axlatxonaga olib borish uchun vaqtimiz ketadi.
Lekin, 100 ta odamdan 1 tasi shu ishni yoqimsiz bo’lsa ham qiladi. Chunki, aynan mana shunday insonlarda liderlik qobiliyati bo’ladi. Ular, nafaqat o’zini balki boshqalarni o’ylaydigan insonlar bo’ladi.
Ko’pchilikka yoqmaydigan ishlarni qilgani uchun ham, ular muvaffaqiyat qozonishadi. Erinchoqlikning insonning rivojlanishiga to’siq bo’lishini bilishadi.
Xulosa o’zingizdan!
Sky is blue! だから何?
▶︎ Osomonning rangi ko’k! Xo’sh nima qilibdi?
Bir qarashda oddiy tuyuladi. Lekin, bu iboraning tagida katta ma’no yotibdi. Iborani to’g’ridan-tog’ri tahlil qiladigan bo’lsak, osmon rangi ko’k degani havo ochiq, bugun yomg’ir bo’lmaydi. Demak sayohat uchun yaxshi kun degani. Ishga ketayotganlar uchun esa, soyabon olish shart emas degani…
Majoziy ma’noda esa, juda ko’p holatlarda ishlatish mumkin.
-Hech narsaga vaqt topib bo’lmayapdi. Telefondan foydalanishni kamaytirish kerak…
-Ishda o’sishim qiyin bo’lyapdi. Ko’proq kitob o’qish, tajribali insonlarning maslahatini olish kerak…
-Uyda pul qolmabdi! Chiqib ishlash va ma’suliyatni bo’yniga olib ishlash kerak…
-Ishim o’xshamayapdi! O’zimni yaxshilab tahlil qilishim kerak va hkz…
Xulosa, har doim o’zimizga savol berib, o’zligimizni tahlil qilib turishimiz kerak.
Bu bizning xatolarimizni topishga yordam beradi va ishda ham, jamiyatda ham o’z o’rnimizni topib olishga katta yordam beradi.
Maqsad emas, tizimga e’tibor qarating!
Sportchi chempion bo’lishni maqsad qilsa, tadbirkor o’z biznesining gullab yashnashini, talaba esa Universitetga kirib olishni oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Nima deb o’ylasiz? Faqat maqsadga qarab harakat qilish qanchalik to’g’ri?
E’tibor berib kuzatadigan bo’lsak, aksariyat talabalar Universitetga kirib olgandan keyin, o’qishni butunlay tashlab yuboradi. Chunki ular maqsadiga erishib bo’lishdida!
Aslida esa, haqiqiy o’qish talabalik davrida bo’lishi kerak. Xulosa shuki, faqat maqsadga qarab emas, yaxshi tizim ishlab chiqib, o’sha tizim bo’yicha ishlashimiz kerak.
Chunki yaxshi ishlab chiqilgan tizim, davomiylikni ta’minlash bilan bir qatorda, katta yutuqlarni olib keladi.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago