@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5Â months, 2Â weeks ago
 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1Â year, 9Â months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1Â year, 9Â months ago
Har hafta 1000 km bosib oʻtdik. Qarshidan Toshkentga qatnab. 1 oylik kurs tugadi.
Odatda jaa koʻp kurslarda oʻqib tashlamayman.
Koʻproq oʻrganilgan bilimni ishda qoʻllashdan maza qilaman.
Darslarimiz ham davom etyapti.
Yuqoridagi kabi har kuni foydali postlar yozib bormoqchiman, nima deysiz? 🔥👍🏻
Oila ?
Enter Marketing jamoamiz! Bu yilning soʻngi kursini 8 nafar oʻquvchilar tamomlashdi va 4 nafari bizning jamoamizga qoʻshildi!
Jamoamiz a’zolarini shu yil 10 nafarga yetkazamiz deb maqsad qoʻygan edik. Har bir jamoamizning yangi a’zosi oʻzining rizqi bilan keldi. Jamoa a’zolarimiz ham 10 ga yaqinlashib qoldi.
Bugun yil yakuni boʻyicha tadbir tashkil qildik.
Eng birinchi postni 2020-yil, avgustda yozganman, 4 yarim yil bo'lyapti ekan blog boshlaganimga.
Yuqoridagi fikrlarimni o'qib ko'rib oldin qanday fikrlagan ekanman, hozir qanday fikrlayapman bilib boraman.
Mana sizga blog yuritish uchun yana bir sabab.
Birinchi marta Telegram kanal ochganimda, nom ham, ichidagi postlarni ham tikkasiga ko'chirib yuritdim, tasavvur qilyapsiz a, bir xil nom, bir xil postlar lekin ikalasi alohida odam tomonidan yuritiladi
– Keyin o'zim alohida kanal qilishim kerak ekan deb alohida kanal ochdim, uni ham bir kanalni kuzatib yurardim, o'sha kanal yo'nalishida qildim, o'sha kanalga o'xshatib yozishga harakat qilardim.
– Keyin SMM ga kirdim, bunda ham bu yo'nalishdagilar nima qilayotgan ekan deb ularni ishini o'zimni loyihalarimda qilishni boshladim, ular qilgan, men qilmaganmanku.
– Keyin bir loyiha bilan 2-3yil ishlaganimdan keyin qo'shimcha loyihalar olishni boshladim, loyihalarni oldim bir o'zim qildim, loyihalar ko'paygani sari esa buni bir o'zim qila olmasligimni, hech bo'lmaganida yonimda bitta mobilograf bilan qilishimni bildim, ikki kishi loyihalarni yuritdik.
– Keyin 2-3 ta loyihalarni yuritayotganlar qanday yuritar ekan deb qiziqib boshladim, jamoa qanday boshqarilarkan, vazifalar qanday taqsimlanarkan deb ularni o'rganishni boshladim.
– Keyin katta jamoa qilishni o'ylab qolib jamoani va loyihalarni kengaytirib boshladim, bu xuddi – marketing agentlik, ha bu ham qilingan, lekin men qilib ko'rmadimku.
Jamoani kengaytirish uchun esa mutaxassis kerak, qarasam mutaxassis yo'q, bor bo'lsa ham ular mendan bilimli va men bilan ishlashmaydi. Keyin o'zim bilganimni kurs qilib bollarga o'rgatishni boshladim
Bu 2023-yil kuz oylarida edi, kurs qildim va o'zim bilgan bilimimni o'quvchilarga o'rgatdim, natijalar jaa hammasi zo'r bo'lmasada qoniqtirdi.
Keyin jamoani kengaytirib boshladik, 3-4 kishi.
Shu yil, 2024-yil yoz oylari, loyihalar soni 6-7 taga chiqdi, boshqaruvni yaxshi bilmasdim, kelishuv qilishlarni aniq bilmasdim, tavakkal, olaverdik, nima qilib berish kerak tadbirkorga, uni xohishlarini qanday, bilmasdim, 7 ta loyihadan 2 taga quladik, qayerdadir xatolik ketdi, qilolmadik, shok boshlandi.
Buni qilolmaskanman, agentlik biznesi qiyin ekan, depressiya boshlandi.
O'rtada umuman loyiha ololmadik, loyiha chiqmadi ham.
Keyin o'rganishni boshladim, yon atrofimdagi tanishlarimdan so'rab boshladim, qanday bo'ladi, jamoani qanday boshqarasizlar, tizimi qanday, kim qanday KPI ga javob beradi, loyihalar bilan qanday kelishuv qilasizlar xullas ichim savollarga to'la, hozir ham, uyalmayman so'rashga, men bilmaydigan narsalarni u biladimi, nimadir ololamanmi bosh egib boraman.
Hozir ham Enter Marketing Agency'ni rivojlantiryapmiz, bu qilingan, men qilmaganman, lekin hozir o'zimni qiynab, majburlab qilyapman, o'sish nuqta shu aslida.
Xullas nima demoqchiman, ko'chirish yoki kimdir qilgan ishni siz qilishingiz normal.
Yangi narsa o'rganishni juda yaxshi ko'raman
Blog yozishda davom etamiz. Bugun o'zimni xarakterim deydimi buni – yangi narsa o'rganishni juda yaxshi ko'raman, shu haqida yozaman.
Odatda soha bo'yicha yangi narsa o'rgansam va uni hayotimda / ishimda qo'llasam maza qilaman. Mana shu bo'lsa kerak ishini sevish.
Qiziqarli yashash uchun ham odam o'z oldiga mana shunaqa o'zi uchun qiziq bo'lgan narsalarni qo'yishi kerak deb o'ylayman.
Masalan, hozir notion darslarini ko'rib chiqyapman. Menimcha juda ko'pchilik bunchalik ishlashni bilmasa kerak notionda. Bilardim-u, lekin bunchalik imkoniyatlarini ishlatib ko'rmagan ekanman.
Siz ayni vaqtda nimalarni o'rganyapsiz, ulashib keting!
Telegram kanaldagilar uchun mini product qilmoqchiman! Narxi ham mini boʻladi, aynan ushbu kanaldagilar uchun :)
Nima deysizlar?
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5Â months, 2Â weeks ago
 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1Â year, 9Â months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1Â year, 9Â months ago