Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 1 day ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Konferensiya! Qiziqqanlar saytiga kirib ko’rsin!??
Men tarjima qilgan “Men” kitobi haqida ajoyib video!
Mana shu yerda qurbon bayrami bilan bog’liq post bor! Bayram munosabati bilan Turkiyada to’qqiz kun dam. İlk uch kun ommaviy transport vositalari bepul bo’ladi. Tijorat markazlari, bozorlar gavjum bo’ladi. Bayramning ikkinchi kuni qarindoshlar, yoshi kattalar ziyorat qilinadi. Bolalarga sovg’alar beriladi. Siz ham bolajonlarga hayitlik berishni unutmang. O’qishni tugatib yozgi tatilga chiqqan talaba obunachilarimizga maroqli dam tilayman. Ta’tilda qiziqqan sohangiz bo’yicha bir necha kitob o’qishni esdan chiqarmang. Ota-onangizning duolarini olib mehrlariga to’ying!
Telegram
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
Qurbon قربان Yaqin boʻlish, yaqinlashish g'oyasi bilan Alloh yoʻlida kesilgan qoʻy, qoramol, tuya va boshqa hayvonlar uchun qurbon deyiladi. Ushbu atama arabchada "yaqin boʻlmoq, yaqinlashmoq" ma'nolarni bildiruvchi "q-r-b (ق ر ب)" negizidan chiqqan…
https://t.me/etimologiya_burchagi o'gay so'zi haqida shunday deydi:
Ögäy so’zi ikki bo’lakdan iborat: ög+äy. Tilimiz tarixida “ona” ma’nosidagi ilk so’z ög so’zi bo’lib, toshbitiklarda “ota” ma’nosidagi qang so’zi bilan birga ko’p ishlatiladi. Ög ona uchun ishlatilgan turkiy tildagi asliy so’z bo’lishi kerak, biroq hozir birorta turkiy tilda ishlatilmaydi. Turk tilida “yetim” ma’nosidagi öksüz shu so’zdan kelgani aniq.
O’zbek tilidagi ögäy so’zi ham shu so’zdan keladi. So’zdagi ikkinchi bo’lak +äy esa kichraytirish qo’shimchasi bo’lib, unli bilan tugovchi so’zlarga to’g’ridan-to’g’ri +y sifatida, undosh bilan tugaganda esa +ay sifatida qo’shiladi. Masalan bobo > boboy, tog’a > tog’ay/tog’oy, opa > opoy, og’a > og’oy. Demak bu so’zlar “bobojon”, “opajon/opacha”, “tog’ajon”, “akajon” kabi ma’nolarni bildirsa, ögäy “onajon, kichik ona” ma’nosida bo’ladi. So’zning dastlabki ma’nosi shunday edi, vaqt o’tib nafaqat ona uchun balki qon qarindoshligi bo’lmagan har qanday yaqinlik uchun ishlatila boshlandi.
Telegram
Etimologiya burchagi
O'zbek tilidagi so'zlarning kelib chiqishi, tarixdan hozirgacha ma'no sayrlari haqida ilmiy-ommabop yozuvlar burchagi.
Ro’za va namoz so’zining turkiysi yo’qmi?
Bu savol boshqalarning ham aqliga kelgandir. Islomdan oldin ajdodlarimizda ro’za tutish albatta bor bo’lgan. Buddizmda, moniylik dinida bu ibodat borligi ma’lum. Ro’za ma’nosida baçağ so’zini, “ro’za tutmoq” ma’nosida baça- (baçamoq) fe’lini ko’ramiz. Balki bu so’z bog’lamoq ma’nosidagi ba- fe’liga borib taqalishi mumkin.
Namoz ma’nosida esa turkiy Qur’on tarjimalarida va “Devonu lug’atit-turk”da yükünç, namoz o’qimoq ma’nosida yükün- (yukunmak) fe’li uchraydi. Bu so’z “tiz cho’kmoq, ta’zim qilmoq” ma’nosidagi yükün- fe’lidan kelgan.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 1 day ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago