Muhammad Yusuf ijod maktabi

Description
Veb-sayt: www.mymaktab.uz
Facebook: https://www.facebook.com/muhammadyusuf.ijodmaktabi
Instagram:
https://instagram.com/m_yusuf_ijod_maktabi
Telegram: @ima_myim
Advertising
We recommend to visit

🔹 ELON VA REKLAMALAR ✓
🔹 SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
🔹 ENG ISHONCHLI KANAL ✓
🔹 AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
🔹 ID 830125650 ✓

👨‍💻 @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🔹 ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Last updated 9 months, 2 weeks ago

👆👆👆
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin

✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing

👉 @Sotuvchi_A 👈

Last updated 9 months ago

Dunyo bo'ylab turli ta'lim grantlari haqida ma'lumotlar va ularga hujjat topshirish bo'yicha maslahatlar.

Reklama uchun : @bizda_rek

Last updated 1 year, 11 months ago

1 month, 1 week ago

#10_aprel
#Abdulla_Qodiriy_130

KITOBNING NOLАSI

Mening ismim “O‘tgan kunlar”
Muqovam shkafning ostida.
Ozib ketdim ellik varoqqa,
Nodon odamlarning dastidan.

Oʼqilmay chang bosdi qatlarim,
Nohotki shunchalar xarobman?..
Men o‘choqqa olov yoqarmas,
Dilga olov yoqar kitobman.

Internet-u allambalolar,
Tushunmadim yumushlarini.
Vaqti yoʼqdir kitob o‘qishga,
Bu zamonning Kumushlarini.

Chin sevgidan yiroqdir bugun,
Yuraklari ketganday zanglab.
Yangi topgan hushtori uchun,
Otabekni zaharlar Zaynab.

Choʼntagini ko‘zlaydi bunda,
Daʼvo qilmay abadiyatga.
Xofizlari “xaydalish” kuyin,
Chalishmoqda madaniyatga.

Shoirlikka moyilmas ammo,
O‘z sheʼriga qoyillar koʼpdir.
Savol bersang ”O‘tgan kunlar”dan,
Yelka qisar shoirlar ko‘pdir.

Tunlaringni o‘tkazib bedor,
Xasta yuragingni yondirib.
Аytchi, meni shu odamlarga,
Yozib ketganmiding, Qodiriy?..

Abdurahim ABDIYEV

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim

1 month, 1 week ago

#retro

🎼Kumush
Muhammad Yusuf
🎙Dadaxon Hasanov

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim

1 month, 1 week ago

#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Tushimga kiradi Qodiriy bobom

Tushimga kiradi Qodiriy bobom,
Bemador, bemajol, behol, beorom.
Egniga eski bir to’n kiyib olgan,
(Shineldir balki u, kimdandir qolgan).

O’sha to’n egnida poxol ham borday,
Bobomning yuzlari oqargan qorday.
Yo’q, yuzi somonga o’xshaydi uning,
Charaqlab turguvchi ko’zi to’la mung…

Tushimga kiradi Qodiriy bobom:
Tur deydi, muncha ko’p uxlading, bolam.
Boq, bu dam aylanib jo’xorizoring,
O’rog’in qayraydi onaizoring.

U o’rib bo’lguncha rizqu zaringni,
O’ynatib tur chiqib, ukalaringni.
Va mening salomim ayt, der ularga —
Bobosin sog’ingan musichalarga…

Tushimga kiradi Abdullo bobom.
Oh oltin bobom-a, voh tillo bobom.
Qaro yer qa’rida qon yig’lab qolgan
Akmal Ikrom bobom, Fayzullo bobom!

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim

1 month, 2 weeks ago
[#hayrli\_tun](?q=%23hayrli_tun)

#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim

1 month, 2 weeks ago
Muhammad Yusuf ijod maktabi
1 month, 2 weeks ago
[#soha\_qonunchiligi](?q=%23soha_qonunchiligi)

#soha_qonunchiligi
*⚡️*TANLOVDA G‘OLIB BO‘LGAN 6-SINF O‘QUVCHILARI IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONISIZ QABUL QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.**

Qarorga ko‘ra:

“Yosh tarjimonlar” klublari yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilarning ijodiy ishlari toʻplam sifatida "Mening birinchi kitobim" loyihasi asosida nashr etiladi;

o‘quvchilarda axloqiy, ijtimoiy-emotsional va estetik didni rivojlantirish maqsadida “San’at” (ART) fani kiritiladi;

o‘quvchilarning sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishiga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida robototexnika asoslari o‘rgatiladi;

oʻquvchilar ijodiy ishlarini onlayn platformalar orqali tijoratlashtirishga oʻrgatiladi;

ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida "Ijodiy olimpiada" oʻtkaziladi;

Ikkita ijod maktabida taʼlim jarayoni xalqaro IB (International Baccalaureate) dasturi asosida yoʻlga qoʻyiladi;

ijod maktablarida Oliy taʻlim muassasalarining til, adabiyot va xorijiy tillari kafedralarining filiallari tashkil qilinadi;

Oʻqituvchilar elchixonalar tomonidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga joʻnatiladi;

Ijod maktablariga xorijiy oʻqituvchilar jalb qilinadi;

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi:

umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan ijodkor oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi;

ko‘rik-tanlov har yili tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida o‘tkaziladi;

tanlovning viloyat bosqichida sovrinli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 6-sinf o‘quvchilari ijod maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonisiz o‘qishga qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 month, 3 weeks ago
[#hayrli\_tun](?q=%23hayrli_tun)

#hayrli_tun

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tuninggiz osuda o‘tishini tilab qoladi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim

1 month, 3 weeks ago
Muhammad Yusuf ijod maktabi
1 month, 3 weeks ago
Muhammad Yusuf ijod maktabi
2 months ago

#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi#Ijodiy_ishlar_tanlovi *⚡️*ENG YAXSHILAR SARALANDI!

🔰Avval xabar berganimzidek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shori va davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Ona xalqim,  jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim!” mavzusida o'quvchilar o'rtasida respublika ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilingandi.*❇️ Ta'kidlash joiz, ushbu tanlov nafaqat Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari, balki umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarida ham katta qiziqish uyg'otdi. Buni tanlovga yuborilgan ko'plab ijodiy ishlar salmog'idan ham bilish mumkin. Bu esa g'oliblarni aniqlashda hakamlar oldiga bir qadar mas'uliyat yuklagan bo'lsa, boshqa tomondan faol ishtirokchilar orasidan ham eng yaxshilarini aniqlash imkonini berdi. Ko'plab ijodiy ishlarga professional darajada yondashilgani esa bizni yanada quvontirdi.
* Tanlov 2 ta yo‘nalish bo'yicha o'tkazildi.
1️⃣-yo‘nalish: Badia, ya'ni Abdulla Oripov ijodiga mansub she'rni tahlil qilish, badiiy uslubda yoritish, fikrni asoslash yo'nalishi g'oliblari bilan tanishing:
🥇1-o'rin - Abduazimova Shohsanam (Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi);
🥈2-o'rin - Ziyadullayeva Lazizabonu (Abdulla Oripov ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi).
🥉3-o'rin - Ibragimova Mashhura** (Ogahiy ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi).

*2️⃣-yo‘nalish: videorolik, ya'ni Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rlaridan birini ifodali o'qigan holda obrazli tarzda videoga olish yo'nalishi g'oliblari bilan tanishing:*

🥇1-o'rin - Ulug'bekov Axrorbek (Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-А sinf o'quvchisi);
🥈2-o'rin - Alijonova Rayyona (Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 9-A sinf o'quvchisi);
🥉3-o'rin - Qudratova Sabrina (Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 25-maktabning 5-V sinf o'quvchisi).
*⚡️Tanlovga o'z ijod namunalarini yuborgan va faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!*

*🏆 G‘oliblarga diplom va estalik sovg'alari tez kunlarda o'z manzillariga yetkaziladi.*

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇*|telegram*| web sayt| facebook| youtube |Instagram

We recommend to visit

🔹 ELON VA REKLAMALAR ✓
🔹 SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
🔹 ENG ISHONCHLI KANAL ✓
🔹 AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
🔹 ID 830125650 ✓

👨‍💻 @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🔹 ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Last updated 9 months, 2 weeks ago

👆👆👆
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin

✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing

👉 @Sotuvchi_A 👈

Last updated 9 months ago

Dunyo bo'ylab turli ta'lim grantlari haqida ma'lumotlar va ularga hujjat topshirish bo'yicha maslahatlar.

Reklama uchun : @bizda_rek

Last updated 1 year, 11 months ago