Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

Elektron kutubxona

Description
O'qi va ko'taril!

Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK

Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy


Uchun: @kutubxonachibot
Advertising
We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months, 1 week ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 3 days ago

1 week, 6 days ago

O‘ZGAR, O‘ZGARISHADI!

Ksenofont Suqrotning shogirdlaridan biri edi. U ilm, ma’rifatni sevsada urushni ham qattiq yaxshi ko‘rar edi. Ksenofontda fikriy asos-poydevor deyarli ko‘rinmas edi. U o‘zini ko‘proq himoya qiladiganlar safida kurashar edi. Gohida hatto kecha ularga qarshi urushib turgan kishilari safida ham urushaverar edi. Uning maqsadi mol edi.
   Shunday bo‘lsada, u o‘zining zamirida ilm-ma’rifatni asray oldi. U "Anabasis" nomli kitob yozdi. Uning bu kitobi nihoyatda mashhur bo‘lib ketdi. Ksenofont bu kitobida Kichkina Kirning safida uning og‘asi Ardasherga qarshi birga urushgani haqidagi voqealarni yoritadi. Bu kitob faqatgina sovuq urush tarixi emas. Unda falsafa, adabiyot va qisqacha siyrat ham bor.
   Ksenofont aytadi:
"Sen ro‘baro‘ bo‘ladigan asosiy to‘siqlar anhorlar, tog‘lar yoki boshqa jangchilar emas. Haqiqiy to‘siq nafsingdir. Agar o‘zingda parokandalikni, zoye bo‘lishni his qilsang, sog‘lom yo‘nalish tomon hissiyotingni yo‘qotib qo‘ysang, do‘st bilan dushmanni ajrata olmay qolsang faqatgina o‘zingni malomat qil. Doimo jangga tayyor tur. Bu dunyodagi barcha narsa sening qarashlaringga tayanadi. Dunyoga bo‘lgan nazaring seni yollanma, salbiy kishidan ajoyib jangchiga aylantirishi mumkin".

"Bu dunyodagi barcha narsalar sening qarashlaringga tayanadi" degan jumlaga yaxshi e’tibor beraylik.
  Bir muammoga nisbatan bizning tutgan o‘rnimiz o‘sha muammoning haqiqatini fosh qilib bermaydi. Aksincha, bizning haqiqatimizni ochib beradi.
   Inson yoshligida bir voqeaga boshqacha munosabatda bo‘lsa, yoshi ulg‘aygandan keyin aynan o‘shanday voqeaga o‘zgacha munosabatda bo‘ladi. Bunga sabab undagi qarashlarning o‘zgarganidir.

  Johiliyat davrida Xanso degan shoira ayol bo‘lgan. Uning Saxr ismli akasi halok bo‘ladi. Xanso akasini unuta olmadi. Uzoq vaqt yig‘lab yurdi. Unga atab marsiyalar bitdi. Hatto Ka’bani tavof qilganida akasining oyoq kiyimlari Xansoning bo‘ynida osig‘liq edi.
   Xanso musulmon bo‘lganidan keyin Umar ibn Xattob roziyollohu anhuning davrlarida Fors bilan musulmonlar o‘rtasida Qodisiyya jangi bo‘lib o‘tdi. U jangda Xansoning to‘rtta farzandi shahid bo‘ldi. Xanso Allohga hamd aytib istirjo’ aytdi. Ko‘zidan bir tomchi ham yosh chiqmadi.
  Xanso islom tufayli o‘lim safarning oxiri emasligini, u safarning ibtidosi ekanligini angladi.
  E’tibor bersangiz ikki holatda ham o‘lim yuz bermoqda. Ammo ikkinchi holatda Xanso oldingi Xanso emas edi. U olamga bo‘lgan qarashini o‘zgartirgan edi. Ana shuning natijasida olam ham uning uchun o‘zgargan edi.

Salomlar bo‘lsin qalbingizga!

- Abdulqodir Samarqandiy

📚 @e_kutubxona

2 weeks, 4 days ago

#Erkin_mavzu

So'rovnoma: Mabodo uzoq safarga chiqadigan bo‘lsangizu sizda faqat 5 dona kitob olishga imkon bo‘lsa qaysi kitoblarini olgan bo‘lardingiz?

Fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

2 weeks, 4 days ago

🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Qonli yo'rgaklar"
Abdurashid Nurmurodov
13,4 MB
🔎 PDF
📄 352 sahifa

📚 @e_kutubxona

2 months, 2 weeks ago

#Manipulyativ_diktatorlar

"Ommaviy axborot vositalari nazorat ostida bo‘lgan holatda o‘tkazilgan so‘rovnomalar media nazorati qay darajada yaxshi ishlayotganini ko‘rsatadi, xolos. Bu xuddi kasal odamga yangi virus yuqtirib, so‘ngra uning haroratini o‘lchashga o‘xshaydi. Termometr virus unga qanchalik ta’sir etayotganini ko‘rsatadi. So‘rovnomalar siyosat o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi, balki aholining qancha qismi davlat berayotgan signallarni qabul qilayotganini ko‘rsatadi”.

- Sergey Guriyev, Deniel Treysman: «Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi»

📚 @e_kutubxona

2 months, 3 weeks ago

TO‘XTANG!

Jurnalist ayol uni to‘xtatib savol berdi:
- Davlat rahbarini yaxshi ko‘rasizmi?
U savolga savol bilan javob berdi:
- Siz temir yo‘llarning mana shu holatini yaxshi ko‘rasizmi?
- Mening savolimni temir yo‘llariga nima aloqasi bor?!
- Men aniq ishonaman. Siz bu savolingizni biror bir Yevropalikka bersangiz ular sizni jinni deyishlari tayin. Biz but va sanamlarni o‘zimiz ixtiro qilib o‘z qo‘limiz bilan yaratayapmiz. Davlat rahbari, hukumat, parlament, armiya, ichki ishlar, energetika vazirligi, tog‘-konga mas’ullar, xavfsizlikka javobgarlar va boshqalar muhabbat, nafrat aloqalari bog‘lanadigan kishilar yoki tashkilotlar emas. Qaysi davlatda bo‘lmasin bular o‘z vazifasini mukammal bajarishi lozim. Bu bilan faqatgina biz, ya’ni xalq beradigan maoshga haqdor bo‘ladi xolos, muhabbatga emas. Agar nuqsonga yo‘l qo‘ysa uni hisob-kitob qilish va jazolash lozim bo‘ladi. Xuddi doira chalish va nay chalish yaxshi ko‘rish bo‘lmaganidek, bu ham yomon ko‘rish bo‘lmaydi.
Savolingiz o‘z o‘rnida bo‘lmadi. Chunki bu masala yaxshi ko‘rish yoki yomon ko‘rish masalasi emas. Iltimos! But va sanam yasashdan to‘xtang. Zamondan ortda qoldingiz axir! ©

📚 @e_kutubxona

2 months, 3 weeks ago

GO‘DAKLAR DAHOSIDAN DARSLAR

Ibnul Javziy rohimahulloh “Zakiylar haqidagi xabarlar” nomli kitobida keltiradi:
“Abbosiy xalifalardan Mu’tasim vaziri Xoqonni bemor bo‘lganida ko‘rgani bordi. Vazirning Fath ismli o‘g‘li bo‘lib, u hali yosh bola edi. Fath ibn Xoqon ulg‘aygach Abbosiylarning eng mashhur vazirlaridan biriga aylandi.
Xalifa Mu’tasim o‘shanda undan shunday deb so‘ragan edi:
- Xalifaning qasri go‘zalmi yoki otangning hovlisimi?
Bola dedi:
- Otamning hovlisi go‘zalroq. Chunki unda bugun xalifa bor.
Xalifa Mu’tasim uning javobidan hayratlandi va uni mukofotlamoqchi bo‘ldi. Qo‘lini ko‘tarib dedi:
- Mana shu qo‘limdagi uzukdan ham go‘zalroq narsani ko‘rganmisan?
Xalifa bolaga shu uzukni bermoqchi edi. Bola dedi:
- Bu uzukni taqqan qo‘l bu uzukdan ham go‘zalroqdir.
Xalifa bolaning gapidan ajablandi.

Birinchi dars:
   Dunyoda go‘zal bir tabiat bilan tug‘ilgan bolalar bo‘ladi. Ular xuddi katta yoshli kishilarga o‘xshashadi. Ularda kattalarning hikmati bo‘ladi. Ammo ko‘p bolalar oladigan tarbiyalarining natijasi bo‘lishadi.
   Yusteyn Gorder aytadi:
Hayvon hayvon bo‘lib tug‘iladi. Ammo inson inson bo‘lib tug‘ilmaydi. U inson bo‘lishi uchun uni tarbiya qilishing lozim bo‘ladi!”.
  Fath ibn Xoqon shaksiz go‘zal tabiat va teran aql bilan dunyoga kelgan. Ammo uning otasi Xoqon uning tabiatini tarbiyalagan, aqlini peshlagan. Bolalarimiz bilan tug‘ilgan iste’dodlarni o‘stirmasak ular aniq yo‘q bo‘lib ketadi. Buning aksi o‘laroq oddiy bolaga ta’lim va taribya bersak uni daho qila olamiz.

Ikkinchi dars:
   Farzandingizni yaxshilab kuzating. Ularning har birida nimagadir qiziqish bo‘ladi. Shuni o‘stiring. Ota-onalarning eng katta xatosi farzandlarining ismlarini tanlashganidek ularning kelajagini ham tanlashadi. Agar farzandingiz adabiyotga qiziqsa, siz esa uni shifokorlikka majbur qilsangiz unga xizmat qilmayapsiz, aksincha siz undagi o‘stirishingiz lozim bo‘lgan gulni quritayapsiz. Muhandislikka qiziqqan farzandingizni adabiyotga majbur qilsangiz siz undagi ijodkorlikni o‘ldirayapsiz. Ishni ovqat uchun bajarayotgan kishi bilan uni sevib bajarayotgan kishi o‘rtasida katta farq bor. Buni qanday tushuntirsam...xullas , ikki ayol bor. Biri turmushga majburlab berilgan, ikkinchisi sevganiga turmushga chiqqan. Farq ana shuncha.

Umar roziyollohu anhu yo‘lda ketib borayotgan edilar. U kishini ko‘rgan ko‘chada o‘ynab turgan bolalar o‘yinlarini to‘xtatishdi. U zotning haybatidan qochib ketishdi. Faqatgina Abdulloh ibn Zubayr joyida turib qoldi. Umar roziyollohu anhu so‘radilar:
- Nega tengdoshlaring singari qochib ketmading?
Abdulloh dedi:
- Sizdan qo‘rqadigan ish qilganim yo‘q. Yo‘l tor emaski, uni sizga bo‘shatsam!

Uchinchi dars:
   Abdulloh ibn Zubayrga bu tarbiyani otasi Zubayr ibn Avom roziyollohu anhu va onasi Asmo bint Abu Bakr roziyollohu anho bergan edi. Gunohkor inson qo‘rqadi. Jinoyatchi inson qochadi. Yo‘l tor bo‘lganida Umar roziyollohu anhu o‘tishga haqli edilar. Ammo yo‘lda ikki kishi sig‘sa nega endi ikkinchi kishiga bo‘shatilishi kerak?!
  Xavf va ehtirom o‘rtasidagi farq ana shu. Ular ana shunday qilib dunyoni boshqarishgan. Ular farzandlarini Allohga itoat qilish asosida tarbiyalashgan, xorlik asosida emas. Ehtirom asosida tarbiyalashgan, qo‘rquv asosida emas. Garchi gapiruvchi Umar bo‘lsada unga haq gapni aytishga jur’at asosida tarbiyalashgan, tilyog‘lamalik asosida emas.
   Asma’iy aytadi:
“Bir boladan so‘radim:
- Sen ahmoq bo‘lsang-u ammo senda ming-ming dirham bo‘lsa shu seni xursand qilarmidi?
Bola dedi:
- Yo‘q!
- Nega?
- Ahmoqligim tufayli molimni sarflab isrof qilib yuborishdan qo‘rqaman. Mol ketadi, ammo ahmoqlik qoladi!

To‘rtinchi dars:
Farzandlaringizga narsalarning narxini emas, qiymatini o‘rgating.
   Ularga qiymatni qidirishni o‘rgating, narxni emas. Ularni inson qiling, mol jamlaydigan asbob emas. Mol hayot g‘ildiragi hisoblansada, hayot emas. Dunyoda qiymatga ega, ammo narxi yo‘q narsalar bor.

- Abdulqodir Samarqandiy

📚 @e_kutubxona

4 months, 2 weeks ago
4 months, 3 weeks ago

#Maqola
Adib Xolid
📓 O’zbekiston: Millatning tavallud topishi
Maqola
0,5 MB
🔎 PDF
📄 25 sahifa

📚 @e_kutubxona

4 months, 3 weeks ago

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №189 mutolaa uchun Charlz Dikkensning "Oliver Tvist" romani tanlangan.

Muhokama sanasi: 23-dekabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

4 months, 3 weeks ago

Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.

We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months, 1 week ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 3 days ago