?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
ADAB VA HIMMAT
Aql ham o‘sadi. Aqlni adab o‘stiradi.
Inson adabni odat tutgani sayin aqlli bo‘lib boradi. Adabsiz aql va es-hushdan yiroq bo‘ladi.
Adab hammaga loyiq muomala qilishdir.
Himmat buyuk ishlar uchun insonni qo‘zg‘atuvchi kuch. Buyuk ishlar ko‘zga ko‘rinishi yoki ko‘rinmasligi ham mumkin.
Xususan, kimni o‘zingga aziz va ulug‘ deb bilsang, uning qalbini ozurda va g‘amgin qilmaslik ham himmatdir.
Boshingga tushgan tashvish kattaroqmi, yoki sen sevgan insonning qayg‘usi?
(Sevgiga solih insonlar munosibdir)
Himmat sohibi o‘z tashvishini ro‘kach qilib sevgilisiga e’tiborsizlik ko‘rsatmaydi. O‘z g‘ami yuki iddaosi ila mahbubini xijolatga tashlamaydi. Bunday qilmaslik uchun himmat kerak. Himmatni tutib turadigan odob lozim.
Shu ish ham buyuk ishning bir turidir. Ko‘ngilni asrash kabi buyuk ish bormi?..
To odamlar va joylar oti o‘zbekcha talaffuzga moslashtirilmas ekan, tilimiz qaram, taqlidchi, ergashuvchi til bo‘lib qolaveradi!
Amrikadagi bir shaharning otini nimaga va qachongacha o‘risga o‘xshab "Нью-Йорк" deb aytamiz va yozamiz?! Masalan, "Nuyyo‘rk" desak va yozsak, tilimiz uzilib tushadimi?!
Xitoyning boshlig‘i otini nimaga va qachongacha o‘risga o‘xshab "Си Цзинпин" deymiz va yozamiz?! Shuni o‘zbekcha ifodalab "Si Chinpin" desak va yozsak, asakamiz ketadimi yo o‘rislar "Tilni buzma!" deb bizni urishadimi?!
Xitoycha otni o‘zbekchalashtirish nari tursin, o‘zbekcha otlarni ham g‘irt o‘rischa (mas., "Ибрагим", "Хаджаев", "Турция", "Сирия" deb) talaffuz etadigan va yozadigan bo‘lib ketgan, o‘zligini yo‘qotgan millat bu ishi naqadar xorlik ekanini his etarmikan?!
Dunyoda o‘zbekdan boshqa millat yot so‘z va otlarni o‘z tili aytilish (talaffuz) qoidasiga moslab gapiradi va yozadi!
Qachon o‘zbek tili ham dunyodagi boshqa olti yarim ming til singari o‘z qonun-qoidalari asosida yashaydigan mustaqil til bo‘ladi?!
------------------------
Iltimos, tushunmaganlar va til masalalariga aqli yetmaganlar "Bular xalqaro so‘z va atamalardir, ularni aslidagiday gapirishimiz yo yozishimiz kerak!" deb tomoq yirtib, aql o‘rgatib o‘tirmanglar. Dunyoning bironta millati bunaqa demaydi!
Chunki "xalqaro so‘z" yoki "xalqaro atama" yo‘q, har bir tilning o‘z so‘zi va atamasi bor! Ilmda ham chetdan kirgan so‘zlar aslidagidek aytilsin va yozilsin degan tushuncha yo‘q va o‘zbekdan boshqa bironta millat bunaqa "yasama qoida"ga yopishib qolmagan!
MAVT
Xalifa Sulaymon ibn Abdulmalik tobeinlardan biri Abu Hozimdan so‘radi:
- Nega biz o‘limni yomon ko‘ramiz?
- Chunki sizlar dunyoni obodonlashtirib, oxiratingizni xarobazorga aylantirdingiz. Kim ham obod yerdan xaroba yerga o‘tgisi kelardi?
- Abu Bakr Dinavariy, "Mujolasa" kitobi, 2/138.
? Mumtoz adabiyot durdonalari
? O‘zbek mumtoz adabiyoti
? 2-to‘plam
⚖ 138,8 MB
? RAR {PDF}
To‘plam tarkibi:
• Komil Xorazmiy. Devon
• Komil Xorazmiy. Tanlangan asarlar
• Komron Mirzo. Devon
• Lutfiy. Gul va Navro'z
• Lutfiy. Sensan sevarim (Devon)
• Lutfiy. Tanlangan asarlar
• Mavlono Xarobotiy. Kulliyot
• Maxmur. Tanlangan asarlar
• Miriy. Tanlangan asarlar
• Muhammad Rahimxon Feruz. Elga shohu ishqqa qul
• Muhammad Rahimxon Feruz. Ne bo'ldi yorim kelmadi
• Muhammad Solih. Shayboniynoma
• Muhammadrizo Ogahiy.
- Asarlar. 2-jild. Devon
- Asarlar. 3-jild. Ijodiy tarjimalar
- Asarlar. 4-jild. Badiiy tarjimalar
- Asarlar. 5-jild. Tarixiy asarlar
- Asarlar. 6-jild
• Mujrim Obid. Ruboiy va qit'alar
• Nishotiy. Boz va bulbul
• Nishotiy. Husn va Dil (doston)
• Nishotiy. Lirika
• Nodim Namangoniy. Tanlangan she'rlar
• Nojiy. Ummon
• O'rxun bitiglari
• Ogahiy, Munis. Firdavs ul-iqbol
• Ogahiy. Asarlar. 1-jild. Devon
• Qul Ubaydiy. Vafo qilsang
• Qutb Xorazmiy. Xusrav va Shirin
• Rojiy Marg'inoniy. Hayrat-ul inson
• Rojiy Xorazmiy. Jamoling gulshanining bulbuliman
Ibn Aqiyl umrining biror soatini zoye qilmasdi
Ibn Aqiyl shunday degan: «Umrimning biror soatini zoye qilish men uchun halol bo‘lmaydi. Hatto qachon tilim muzokara yo munozaradan bo‘shasa, ko‘zlarim mutolaadan charchasa, dam olib yotgan holatimda ham fikrimni o‘z holiga qo‘ymadim. Qachon o‘rnimdan tursam, yozganlarim ko‘nglimga kelardi. Sakson yoshimdagi ilmga nisbatan harisligim yigirma yoshimdagidan ko‘ra kuchliroq ekanini his etganman».
Ibn Aqiylning vaqtdan yutish uchun non o‘rniga ivitilgan tolqonni tanlagani
Men bor kuchim bilan ovqatlanishga ketadigan vaqtni kamaytirishga urinaman. Hatto mutolaa, yo biror foydali narsani yozib qo‘yishga ko‘proq vaqt ajratish uchun non o‘rniga ivitilgan tolqonni tanlayman. Chunki bular orasida chaynashda farq bor. Zero, vaqt oqillar nazdida hosil qilinadigan narsalarning eng buyugi ekani ulamolar ijmosi bilan sobit bo‘lgan. Ha, vaqt har bir daqiqasidan foydalanib qolinadigan g‘animatdir. Bandaning zimmasida majburiyatlar ko‘p, vaqti esa qisqadir.
Shayx Ibn Javziy shunday degan: «Imom Ibn Aqiyl doimo ilm bilan mashg‘ul edi. U juda aqlli bo‘lib, ilmning ko‘pchilikka noaniq va nozik joylari xususida bahs qilardi. «Funun» deb nomlangan kitobida qalb kechinmalari va boshidan o‘tgan voqealarni jamlab yozgan».
- «Ulamolar nazdida vaqtning qadri» kitobidan
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago