Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Shirin tushlar ko’rish…
#tajriba#hikoya Odil jo’ramning o‘limi…
Yonimda o‘tirgan odamlardan biri o‘rtog‘ining o‘limi haqida gapirib qoldi.
Mening yaqin do‘stim bo‘lardi. Birga markaziy bankda bosh hisobchi edik. Exxx, edik deyapman-u, bu bir oy avvalgi hodisa xolos. U juda ham hamma narsani o‘ziga olaveradigan, qisqasi, stress bilan yuradigan lekin haqiqiy mard va rostgo‘y yigit edi. U doim "tenglik bo‘lmasa bo‘lmasin, adolat bo‘lsin" derdi. Afsus, hayotning o‘zi unga adolatsizlik qildi. Odil o‘lgan vaqtning videoroliklarini ko‘rganimda yoqamni yirtib tashladim-u, tinchimadim. U yurib kelgan va biroz qadamlari chalkashib yiqilgan. Odil shu yotishda odamlar gavjum ko‘chada 1 soatdan ortiqroq vaqt qolib ketgan. Alam qilmasdi juldur kiyimda bo‘lsa-yu, uni mast deb o‘ylashsa. Yuragi xuruj qilgan ekan. U "salyutniy" kiyingan, kostyum-shimdagi yigit edi. Tushunyapsizmi og‘a…?! Kulmang eee!!! Biz shu darajaga kelib qoldik. Xalq tamom, befarqlikka uchradi. Endi milliylik haqida gapirgan odamni og‘zini qonga to‘latsang ham otangga la’nat yo‘q. Holat rasvo jo‘ra, rasvo… Men farzandlarimdan qo‘rqaman. Ularni bu jamiyatga tashlashdan qo‘rqyapman… yana qancha "Odillar" o‘larkin og‘a?!
Bu narsalarni aytib bergach shirakayfroq hikoya qilayotgan odam biroz yig‘lab oldi. Keyinroq esa Tarkovskiy, Kubrick, Akira Kurosawa va boshqa rejissyorlar filmlaridagi ayrim jihatlar haqida gaplasha boshlashdi.
Dunyoda bizga berilgan eng katta jazo mijg’ov odamlar bo’lsa kerak…🕯️
Bir vaqtlar to’ymasding menga termulib,
Sochimni taragan qo’llaring qayda?!
Nahotki sevgimiz adashib qolgan,
O’sha bir vaqtlarda, o’sha bir joyda…
Erkak kishiga uning kuchli ekanligi yo onasi yoki ayoli anglata oladi xolos. Boshqa hechkim…🍁🕯️
Usizlikka ko’nikyapsanmi, sevar edim deya katta ketma…🕯️****
**Boya bir ustoz to’satdan Azizbek sizga bir savol…
“Necha yoshga kirmoqchisiz?!”,- deb qoldi.
Men esa yo’q dedim. Ustoz javob berishni istamadi deb o’yladi…🕯️**
**Ertalabdan birinchi eshitgan gapim:
Aziz, halicha qish kelmadi. Buncha sovuq bo’lmasangiz…🍁🕯️**
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago