Kompyuter arxitekturasi

Description
Kompyuter arxitekturasi haqida ma'lumot beruvchi kanal
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

8 years, 8 months ago

Har bir ishlab chiqaruvchi kompyuter qo'llanmasini nashr qiladi. Ular odatda "X moshina tilidan qo'llanma", "Y kompyuterining ishlash "prinsiplari" " va hokozo kabi nomlangan holatda sotiladi. Shu kabi qo'llanmalar aynan mana shu qatlam haqidagi ma'lumotlarni o'z ichida mujassamlashtirgan bo'ladi. Ularda yoritilgan komandalar haqiqatdan ham interpretator-mikroprogramma yoki apparat taminot yordamida bajariladi. Agar ishlab chiqaruvchi ikkita interpretatorni taqdim qilgan bo'lsa u holda u har bir interpretator uchun interpretatsiya qila oladigan moshina komandalarini qo'llanmasini nashr qilishi kerak bo'ladi.

#komandalar_toʻplamidan_iborat_arxitektura

8 years, 8 months ago

Keyingi qatlam mikroarxitektura qatlami deb nomlanadi. Ushbu qatlamda 8 yoki 32 registrli to'plamlar mavjud bo'lib, ular mahalliy xotira va sxemani ya'ni Mantiqiy-arifmetik qurilma (MAQ) ni shakllantiradi. MAQ sodda arifmetik amallarni bajaradi. MAQ va registrlar birgalikda ma'lumotlar kelib tushadigan ma'lumotlar traktini shakllantiradi. Ma'lumotlar traktining asos amali quyidagicha bajariladi: bir yoki bir nechta registr olinadi, MAQ ular ustida (qandaydir masalan qo'shish amalini) amal bajaradi, so'ng natija qaysidir registrga saqlanadi.
Ba'zi bir moshinalarda ma'lumotlar trakti maxsus mikroprogramma deb ataluvchi programmalar yordamida kontrol qilinadi. Yana boshqa moshinalarda ma'lumotlar trakti to'g'ridan-to'g'ri apparat ta'minot tomonidan boshqariladi.

Ma'lumotlar trakti dasturiy ta'minot orqali boshqariladigan moshinalardagi mikroprogramma - bu 2 qatlamdagi komandalar uchun mo'ljallangan interpretator. Mikroprogramma ma'lumotlar traktidan foydalanib xotiradagi komandalarni o'qiydi va ularni birma-bir bajara boshlaydi. Masalan, ADD komandasini bajarishda u xotiradan chaqiriladi, uning operandlari (a+b ifodada, a va b lar operand) registrlarga ko'chiriladi, MAQ ularning yig'indisini hisoblaydi, so'ng natija qayerda bo'lishi kerak bo'lsa shu tomonga yuboriladi. Ma'lumotlar traktini apparat ta'minot bilan boshqariladigan moshinalarda huddi shu ish bajariladi, biroq 2 qatlamdagi komandalarni interpretatsiyalovchi programmalar bo'lmaydi. Shu sababli 2 qatlamni komandalar to'plamidan iborat arxitektura deb nomladik.

#MAQ

8 years, 8 months ago

Biz o'rganadigan eng quyi qatlamning ya'ni "Raqamli mantiqiy qatlam"ning obyektlari mantiqiy jo'mraklar (Logic gate) deb ataladi. Mantiqiy jo'mraklar analogli komponentlar (tranzistorlar masalan)dan qurilsada lekin ular huddi raqamli qurilmalardek modellashtirilishi mumkin. Har bir jo'mrakda bir yoki bir nechta raqamli kirish ma'lumotlari bor (0 yoki 1 ni ifodalovchi signallar) (shu tufayli uni jo'mrak deyishadi). Jo'mrak mana shu signallar ustida VA yoki YOKI funksiyalarini hisoblaydi. Har bir jo'mrak bir nechta tranzistorlardan shakllanadi. 0 yoki 1 ni saqlay oladigan 1 #bitli xotira bir nechta jo'mraklardan shakllanadi. Guruhlashgan 16, 32 yoki 64 talik xotira bitlari #registrlar deyiladi. Har bir registr ma'lum bir diapazondagi ikkilik sonini saqlashi mumkin. Shuningdek jo'mraklardan hisoblash tizimining yadro qismlarini ham qurish mumkin. Jo'mraklar va raqamli mantiqiy qatlamlar haqida batafsilroq keyinroq gaplashamiz.

#mantiqiy_joʻmraklar #1_bit #registr
https://t.me/kompyuter_arxitekturasi/121

Telegram

Kompyuter arxitekturasi

Biz o'rganadigan eng quyi qatlamning ya'ni "Raqamli mantiqiy qatlam"ning obyektlari mantiqiy jo'mraklar (Logic gate) deb ataladi. Mantiqiy jo'mraklar analogli komponentlar (tranzistorlar masalan)dan qurilsada lekin ular huddi raqamli qurilmalardek modellashtirilishi…

8 years, 10 months ago

To'liqlik uchun yana bir qatlam borligini eslatib o'tishimiz kerak. U qatlam rasmda ko'rsatilmagan. U - fizik qurilmalar qatlami bo'lib unda yaratuvchilar uchun elementar ob'ektlar bo'lmish tranzistorlar joylashgan bo'ladi. Agar kimnidir tranzistorlar qanday ishlashi qiziqtiradigan bo'lsa qattiq jismlar fizikasiga murojat qilishi kerak bo'ladi.

8 years, 10 months ago

0 qatlam - bu moshinanning aparat ta'minoti. Uning elektron sxemalari 1 qatlamning moshinaga bog'liq bo'lgan tilidagi programmalarini bajaradi.

9 years ago

Moshina tiliga juda kam o'xshash bo'lgan n - qatlamdagi moshina bilan ishlovchi ko'pchilik programmistlarni faqatgina eng yuqori qatlam qiziqtiradi. Biroq kim haqiqatdan ham kompyuter qanday ishlashini tushunishni istasa barcha qatlamlarni o'rganishi kerak!

#tillar #virtual_moshinalar

9 years ago

N - qatlamda programma yozayotgan odam uchun quyi qatlamdagi interpretatorlar yoki translyatorlar haqida bilishi shart emas. Moshina ularni bajaradi: ularni moshina bosqichma-bosqich bajarayabdimi yoki moshinani o'zi bajarayabdimi uni ham bilishi muxim emas. Ikkala holatda ham natija bir xil - bu programmaning bajarilishi.

#tillar #virtual_moshinalar #yuqori_qatlamda_ishlovchi_programmist

9 years ago

N qatlamli kompyuterlarni n ta har biri o'z moshina tiliga ega bo'lgan virtual moshinalar tarzida qarash mumkin. "Qatlam" va "virtual moshina" terminlarini sinonim deb qarab ketamiz. Ayni damda ishlatayotgan "virtual moshina" terminimizning boshqa terminlar singari yana boshqa tushunchalari ham bor, iltimos buni inobatga olib qo'ying. Ulardan ayrimlari haqida biz keyingi ma'lumotlarimizda keltiramiz.

Faqat T0 tilida yozilgan programmalar hech qanday tilga translyatsiya yoki interpretator yordamida interpretatsiya qilinmasdan bajariladi. T1, T2 ....Tn tillarida yozilgan programmalar quyi qatlamdagi interpretatorlar yoki translyatorlar orqali quyi qatlamga o'tib kelib bajariladi.

#tillar #virtual_moshinalar

9 years ago

Haqiqatdan ham texnologiya faqatgina qilsa bo'ladigan emas balkim maqsadga muvofiq bo'lishi ham kerakdir!

#tillar #virtual_moshinalar

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid