Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Ta'lim nazorati

Description
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks, 3 days ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 10 months, 2 weeks ago

2 weeks, 4 days ago

Ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi

Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar belgilanadi.

*👩🏻‍🏫Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:*

65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.

Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin.

📚Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.

👫 Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.

Umumtaʼlim muassasalari pedagog, kutubxona va psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.

Ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati: 👉 https://talimxabarlari.uz/4330/

👉 @Oylikhisoblaydigan_bot — Oylik hisoblash uchun bot.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

2 weeks, 5 days ago

*⚡️Pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi*

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi.

Biologiya
Chizmachilik
CHQBT
Davlat va huquq asoslari
Fizika
Geografiya
Informatika
Ingliz tili
Iqtisod
Jismoniy tarbiya
Kimyo
Matematika
Musiqa
Ona tili va adabiyoti
O`zbek tili
Tarbiya
Tarix
Texnologiya
Texnologiya va dizayn

Kimlar kasbiy sertifikatlashdan o‘tkaziladi?👉 https://t.me/uztdi/8070

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

2 weeks, 5 days ago

*⚡️Tarbiya fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi*

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi.

👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalida

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

6 months, 2 weeks ago

2-chorak uchun taqvim rejalar jamlanmasi

🗂 1-sinf matematika fanidan taqvim mavzu reja
🗂 2-sinf matematika fanidan taqvim mavzu reja
🗂 3-sinf matematika fanidan taqvim mavzu reja
🗂 4-sinf matematika fanidan taqvim mavzu reja
______________________

🗂Календарнo -тематический план по предмету естественные науки для 1 класса 2 четверть
🗂Календарнo -тематический план по предмету естественные науки для 2 класса 2 четверть
🗂Календарнo -тематический план по предмету естественные науки для 3 класса 2 четверть
🗂Календарнo -тематический план по предмету естественные науки для 4 класса 2 четверть
____________________

🗂1 класс Букварь  2 четверть
🗂1 класс Письмо  2 четверть
🗂2 класс Русский язык  2 четверть
🗂3 класс Русский язык  2 четверть
🗂4 класс Русский язык  2 четверть
___________________

🗂2-sinf ona tili fanidan 2-chorak uchun taqvim reja🗂3-sinf ona tili fanidan 2-chorak uchun taqvim reja🗂4-sinf ona tili fanidan 2-chorak uchun taqvim reja______________________
🗂2-sinf o‘qish savodxonligi fanidan 2-chorak uchun taqvim reja🗂3-sinf o‘qish savodxonligi fanidan 2-chorak uchun taqvim reja🗂4-sinf o‘qish savodxonligi fanidan 2-chorak uchun taqvim reja_______________________
🗂Календарно-тематическое планирование уроков читательской грамотности для 2 четверти 2 класса🗂Календарно-тематическое планирование уроков читательской грамотности для 2 четверти 3 класса🗂Календарно-тематическое планирование уроков читательской грамотности для 2 четверти 4 класса

****Ta’lim nazorati rasmiy kanali

6 months, 2 weeks ago

Stadion va futbol maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi“Futbol-taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–355-son, 03.11.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga koʻra, 2023-yil 31-dekabr qadar hududlardagi barcha stadion va futbol maydonlari xatlovdan oʻtkazilib, taʼlim va sport tashkilotlari hamda egasi nomaʼlum stadion va futbol maydonlari sport faoliyati bilan bogʻlik boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi hamda ularni taʼmirlash va maqsadli foydalanilish tashkil etiladi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab mini-futbol infratuzilmalari mavjud taʼlim tashkilotlarida sport seksiyalari faoliyatini, ular oʻrtasida tizimli musobaqalar oʻtkazilish yoʻlga qoʻyiladi.

2024-2025-yillar davomida Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari uchun mini-futbol boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi.2025-yildan boshlab taʼlim tashkilotlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilishda mini-futbol maydonlari tashkil qilinishini inobatga olinadi hamda zarur mablagʻlar ajratilishi nazarda tutiladi.****Ta’lim nazorati rasmiy kanali

6 months, 2 weeks ago

*❗️*❗️❗️Matematika o'qituvchilar uchun yana bir ajoyib imkoniyat**.

Endi SAT sertifikatini olib ham 50 foiz ustama olishingiz mumkin.

SAT Gmat va Grega nisbatan osonroq.

➡️ Chunki Gmat va Gre aslida magistratura imtihoni. SAT esa bakalavr.

SAT imtihon to'lovi ham 2 barobar arzon.

Agar matematika o'qituvchisi bo'lsangiz guruhimizga a'zo bo'ling.
Bugun 20:50 da ovozli suhbat bo'ladi.
Guruhimizda jonli efirda barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

💬Guruh linki: 👇👇👇
https://t.me/sat_byShaxzod
https://t.me/sat_byShaxzod
https://t.me/sat_byShaxzod

7 months, 4 weeks ago

#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlgan quyidagi hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:oʻquvchilar soni 25 nafar va undan ziyod boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining I — XI sinflarida “Chet tili” fani;ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;V — XI sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”;VIII — XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”;V — IX sinflarda “Texnologiya”;X-XI sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik” fanlari;taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Oʻzbek tili” fani;taʼlim tili rus tili boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Rus tili” fani.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

8 months ago

❗️Akfa University 10-11-sinf oʻquvchilari 2-kursga qabul qilinishi yuzasidan munosabat bildirdiCentral Asian University — sobiq Akfa University 10-11-sinf oʻquvchilarining univeristetga qabul qilinishi bilan bogʻliq xabarlarga munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, bundan ikki yil avval Akfa universitetining sobiq rektori tomonidan “Study for the success” MChJni Universitet ta’sischisidan yashirin holda, firibgarlik yo’li bilan o’ziga qo’shimcha mablag’ ishlash maqsadida jalb qilgan, amaldagi qonunlarga xilof yo’l bilan ushbu MChJ nomidan ota-onalar bilan shartnomalar tuzgan.

Shartnomaga muvofiq ota-onalarga ularning farzandlari maktabning 10-11 sinflarida o‘qish bilan bir vaqtning o‘zida Akfa universitetining 1-bosqichini o‘qib tugatishi va maktabni bitirishi bilanoq Universitetning 2-bosqichiga qabul qilinishi MChJ tomonidan va’da qilingan va ota-onalar ushbu xizmat evaziga MChJ hisob raqamiga muayyan to‘lovlarni qilishgan.

Shuningdek, MCHJning hisob raqamiga tushgan pul mablag’lari B.Djalilovning turmush ortog’iga tegishli bo’lgan MCHJ tomonidan o’zlashtirib yuborilgan.💬 “Biroq, ushbu MChJning Akfa universitetiga hech qanday aloqasi yo‘q. O‘quvchilarni maktabda o‘qib turgan vaqtida universitet dasturlariga qabul qilish ham qonunchilikka zid. MChJ ta’sis hujjatidan ko‘rinib turibdiki, u sobiq rektorning yaqin qarindoshi tomonidan ta’sis etilgan, kontakt ma’lumotlari ham unga tegishli, o’zini banklarning birida alohida hisob raqamlari mavjud,” – deyiladi universitet bayonotida.Ushbu ish yuzasidan xuquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan tuman prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, jabrlanuvchilar tuman prokuraturasiga tegishli shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkinligi ma’lum qilindi.

Universitet o‘z o‘rnida, B. Djalilovning qonunga xilof hatti-harakatlaridan jabrlangan va qo’lida shahodatnomalari (11 sinf) bor bolalarni tez kunlarda, o‘rnatilgan tartibda Universitetning 1-bosqichiga qo‘shimcha qabul qilishini ota-onalarga ma’lum qildi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

8 months ago

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi" tanlovi o‘tkaziladi.Tanlov shu yilning 22-sentyabr – 20-oktyabr kunlari oralig‘ida o‘tkazilib, 3 bosqichda tashkil etiladi.Tanlov g‘oliblari 25 million so‘mlik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, 2-o‘rin sohiblariga (2 nafar) monoblok, 3-o‘rin sohiblariga (2 nafar) noutbuk hamda nominatsiyalar g‘oliblariga turli xil esdalik sovg‘alari tadqim etiladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

8 months ago

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi📌 Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqildi va unda apellatsiya arizasi bergan jami 6 052 nafar talabgordan 866 nafari (14,3 %) ishtirok etdi. Ularning:

👉 790 nafari (5 482 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga;

👉 76 nafari (570 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlariga taalluqli.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks, 3 days ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 10 months, 2 weeks ago