?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 6 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
#olis_yaqin_ovozlar
Og‘riq
Og‘riq – xotiringda aylanur mudom,
O‘tkinchi hislarga sovrilgan yoshlik.
O‘ylamay har kasga qilingan in’om,
Ishonching ko‘ksini kemirgan g‘ashlik.
Pismiq ummon bag‘ri berkitgan sadaf,
Tashna lab qoshida bo‘y cho‘zgan sahro,
Endi qo‘l yetganda to‘kilgan qadah,
Sal ko‘zing ketganda yo‘qolgan Zuhro.
Vafodor it bo‘ynin qizartgan sirtmoq,
Parvozga shay burgut solingan qafas.
Xudodan beruxsat tamaki tortib,
Bandadan so‘ralib olingan nafas.
Pinhon minnatlarga qorilgan himmat,
Oshkor tilla suvi yuritilgan mis.
Kuppa-kunduz nurni yashirgan zulmat,
Muhabbatdan baxtni o‘g‘irlagan his.
Gunohlardan keyin qilingan attang,
Unutib qo‘yganing asl Egani.
Sen ishidan bo‘yin tovlagan otang,
“Kamchiliklar yo‘qmi, o‘g‘lim”, degani...
Tomirlaringgacha otguvchi ildiz,
Qon-qoningga singib ketguvchi alam.
Jon-joningdan o‘tib borguvchi tilsiz
Og‘riq – o‘zingniki bo‘lmagan qalam!
Shukur LATIF,
Farg‘ona viloyati
“Yoshlik” / 2023 / 7
Ikki koʻngil birlashgan joy - ufq
Quyoshni-da yoqib yuborgay.
Shunga dunyo oʻt olmasin deb,
Bizni Xudo ayro yuborgan...
Ketsam,
kuyma...
ishqimiz xolis,
Yurak doim hamohang urar.
Bizning ushbu ayriliq bois
Ikki dunyo bogʻlanib turar!
Shukur LATIF
Aprel edi...
Nastarinlar gullagan chogʻ,
Bahor hidi ufurardi toʻrt yonimdan.
Koʻrganim shul: hilol edi, yulduz edi
va yodimni silab oʻtgan hur yoding-la
tushlarimga kirib chiqding.
Bahor edi— toʻkilmoqlik mumkin emas,
Yigʻlamoqlik xiyonatdir tabiatga.
Hatto oddiy yolgʻon deya qarab boʻlmas,
Shahzodalar minib kelmish oppoq otga
Bu faslda...
va yo gʻamga fojiadek qaralmaydi,
yo shunchalar goʻzal edi baxtsizlik ham.
Kuldirgichi osmongina bir qiz edim,
Sen umrimni soʻroq qilib chiqmagan dam.
"Baxtlimisan?" deya mendan soʻrmagan dam.
Nomozshom rang chizgilarim,
soʻng kuylarim,
Ham Ruhimda aytilmagan soʻz bor edi.
Tushlarimga kirganingda lablarimda
Bir umrimga yetgulik bir soʻroq undi:
Baxtlimanmi?!
Gulzoda Karimova*
Bugun yosh shoir Shukur Latif va Gulzoda Karimova tugʻilgan kuni!
Shukur LATIF 1998-yili Fargʻona viloyati Buvayda tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universiteti Filologiya fakultetini tamomlagan. Ijodkorlarning an’anaviy zomin seminari qatnashchisi. Hozirgi kunda “Jadid” gazetasida faoliyat olib bormoqda.
Tabassum ortiqcha, kulgu begona,
Gʻam-anduh sodiq doʻst, dardlar hamxona.
Bu dunyo zulmatdan iborat, faqat
Ovunar xolos dil quyosh bahona...
Kuz – koʻyim, qish – gumon, bahor – afsona,
Yoz – hijron, visol yoʻq – umr sarsona...
Hazonday toʻkilib yasharman mudom,
Haqiqatga eltar yoʻl shu yagona...
Gulzoda KARIMOVA 2003-yil Fargʻona viloyati Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Ijodkorlarning an’anaviy zomin seminari qatnashchisi. Hozirda O‘zbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabasi.
“Bahorsiz kunlarga oʻt qoʻyib yubor…”
Madina Norchayeva
Dengizlar ortiga ketdim koʻmilib,
Sathida kul boʻldim, ivimagan kul.
Bir ishq istar edim va bitta yonish
Oʻtinchim uchun.
Qayiqlar oʻtadi yurak chayqatib
Va osmon gumburlar, boshlanar jala.
Sevmoqlik eng oliy qonunlarimga
Qurilgan qalʼa.
Nurab boryapman bahor yoʻq, yoz yoʻq.
Yilimda mujassam faqat bir fasl.
Kuz...
Yuraksiz vujudda gulxan va olov
Yonar muttasil.
Dengizlar ortiga ketdim koʻmilib,
Sathida kul boʻldim, ivimagan kul.
Bahorsiz kunlarga oʻt qoʻyib yubor
Muhabbat uchun.
Qasdimga huv tog‘lar toshlarin otsa,
Yorilib ketsa-da bosh egmam hecham.
Faqat tinch yurgizmas toshlari botsa,
Turtinib-surtinib ulg‘aygan ko‘cham.
Ayanchmas ummon yo sahro, o‘rmonda
O‘limga tik boqib, qolmog‘im tanho.
Do‘st-u yor bo‘lsa-yu to‘rtala yonda,
Hech kim tushunmasa, shudir muammo.
Ranjima, cho‘chitmas, gulim, so‘lishing,
To‘kis baxt yo‘q azal sevgi yurtida.
Asl foje menga sening bo‘lishing
Qarsillab yopilgan eshik ortida...
Shukur Latif@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 6 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago