Prezident maktabiga tayyorlov |🇺🇿 Nodirbek Ismoilov

Description
Prezident maktablari va Al-Xorazmiy maktabiga tayyorlanib yuqori natija ko'rsatishni o'rgataman 🔥
IQ testlarni birgalikda ishlaymiz 🤯
Tanqidiy fikrlashni bir boshidan ko'rib chiqamiz 💯

Ustozga murojaat: @nodirbek8949
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 3 days ago

2 months, 2 weeks ago

#eslatma
Assalomu alaykum hammaga bugungi darsimizni 20:00 da boshlaymiz insha'Allah. 🎯

Hamma daftar ruchka va qulay joylarni tayyorlab tayyor turishingiz so'raymiz.🔥

Link soat 20:00 da kanalga jo'natiladi👌

👉 @Nodirbek_math 🇺🇿

4 months, 2 weeks ago

Mening taklifim: Bolaga matematik hisob-kitobni oʻrgating, lekin mental arifmetika orqali emas, aynan aktiv fikrlash orqali. Masalan men talaba vaqtlarimda 3 xonali sonlarni, hozirgi yoshimda 2 xonali sonlarni bir-biriga hayolda koʻpaytirib va boʻlib bilaman, qoʻshish amalini 5 xonali songacha qiynalmasdan hisoblay olaman. Buning uchun hayolimda oʻsha amallarni ustun shaklida bajarib chiqaman. Bu qobiliyatim menga matematika oʻqituvchisi sifatida ham, informatika fani oʻqituvchisi sifatida ham juda koʻp kerak boʻlgan, koʻp bosqichli yechiladigan masalalar, koʻp tarmoqli algoritmlarni kallada ushlab tura olish juda foydali narsa.
Qolgan vaqtda bolaga fikrlashni oʻrgating. Avval matematik, keyin mantiqiy va tanqidiy fikrlash, oxirida kreativ fikrlash. Bolaga har bir bajargan topshirigʻini tushunib, ongli ravishda aktiv miyadan foydalangan holda bajarishni oʻrgating. Ogohlantiraman: BOSHIDA QIYIN BOʻLADI! Lekin bola bir moslashib olgandan keyin uni toʻxtata olmaysiz!

Hozircha shu!
Salomat boʻling!

@ustozuz
©️Otabek Raxmonberganov

4 months, 2 weeks ago

Bugun mental arifmetika haqida batafsilroq maʼlumot berishni soʻrab qolishdi. Ushbu post shu haqda:

* Mental arifmetika oʻzi nima?*
Qisqa qilib aytganda, mental arifmetika bu oddiy matematik hisob-kitoblarni hayolda iloji boricha tez hisoblay olishdir.

*Mental arifmetika foydalimi?*
Mana shu yerda batafsil javob berishga toʻgʻri keladi:
Mental arifmetika oʻzi yomon narsa emas, har bir odam mental arifmetika boʻyicha bilimga ega boʻlishi kerak.

LEKIN bu odam bilishi kerak boʻlgan matematika sohasidagi juda koʻp bilim va/yoki koʻnikmalardan faqat bittasi. Buning uchun keragidan ortiqcha vaqt sarflash - foydasiz, baʼzi hollarda zararli ham. (Zarari haqida quyiroqda batafsil aytaman).

*Unda nimaga bu yoʻnalish Oʻzbekistonda juda rivojlangan?*
Chunki bu yoʻnalishga talab bor, ota-onalar ham, bolalar ham bu yoʻnalishga juda qiziqishadi!

*Nimaga ota-onalar va bolalar bu yoʻnalishga qiziqishadi? Agar hamma bu yoʻnalishga qiziqadigan boʻlsa, odamlarga qiziq boʻlsa, ular biror nimani oʻrganishga harakat qilayotgan boʻlsa, yaxshiku!*
Hammasi siz oʻylagandek oddiy emas. Nimaga ota-onalar va bolalar bu yoʻnalishga qiziqishi haqida mana bu postda aytib oʻtgan edim. Oʻzimning tajribamda bir xil qobiliyatga, bir xil sharoitga ega ikki bola kursga kelsa, ulardan biri mental arifmetika kurslariga qatnagan, ikkinchisi qatnamagan boʻlsa, ikkinchi bolaning fikrlash yoʻnalishidagi mavzularni oʻzlashtirib ketishi birinchi bolanikidan ancha yaxshi boʻlishini payqadim. Menimcha buning sababi mental arifmetikaga qatnagan bolaning dofamin narkomaniyasiga bogʻlanib qolganida deb oʻylayman, yaʼni u bola bir daqiqada 5-10 ta topshiriqni bajarib oʻrgangan, uning uchun 1 ta topshiriqni bajarish uchun 5-10 daqiqa sarflash azob! Bu darajada qiyin vazifa kelganda miya vazifani bajarishdan voz kechadi, tamom.

Mental arifmetika tugʻdiradigan muammolarni tushunish uchun aktiv va passiv fikrlash haqida maʼlumotga ega boʻlish kerak. (Bundan keyin matnda qiyin termin va maʼlumotlar uchraydi)
🔔Aktiv fikrlash - bu biror vazifa ustida diqqat qilgan holda, aniq maqsadni koʻzlab bosh qotirish. ❗️Bu jarayon qiyin, charchatuvchi va sekin.
🔔Passiv fikrlash - bu bizning ongimiz osti fikrlashi. Hayotda biror narsaga diqqat qaratmasdan ham u haqda oʻylab ketish mumkin. Masalan, koʻchada ketayotganimizda har bir qadamni oʻylab bosib oʻtirmaymiz, miyamiz avtomatik oʻzi qadam bosishga buyruq beraveradi. Yoki tajribali ishchi maʼlum bir etapdan keyin oʻz ishini passiv miyaga oʻtkazib yuboradi. Masalan, harf teruvchi ishining boshlanishida har bir harfni oʻylanib bosadigan boʻlsa, maʼlum tajriba olgandan keyin harflarni xuddi qoʻlning oʻzi bosganidek, juda tez va qiyinchiliksiz ishlay oladi. Demak ❗️ passiv fikrlash juda tez va qiyinchiliksiz amalga oshiriladi, LEKIN ‼️ passiv fikrlash oʻta noaniq, sayoz va xatolarga boy boʻladi. Yana, ❗️ biror topshiriq passiv fikrlashga topshirilgandan keyin, u yoʻnalish oʻsishdan toʻxtaydi, sababi biror sohada yaxshiroq bilimga ega boʻlish uchun aktiv miya aralashishi shart!

Biror matematik hisob-kitobni aktiv miyaga bajartirish juda qiyin, sekin va odamni charchatadi. Mental arifmetikada bu yetarli emas, shuning uchun u yerda topshiriqlarni passiv miyaga oʻtkazib yuborish uchun maxsus usullardan foydalaniladi. Bunga oʻrgangan miya keyingi safar unga berilgan topshiriqni ham passiv miyaga avtomatik oʻtkazib yuboradi va natijada u topshiriq noaniq, juda yuzaki bajariladi.

@ustozuz
©️Otabek Raxmonberganov

Davomi: 👇

5 months ago

⚡️⚡️⚡️ Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari e'lon qilindi‼️

Hozirda sayt qotib qolgani sababli natijalarni aniqlash imkoni bo'lmayapti

👉 @Nodirbek_ustoz 🇺🇿

5 months ago

Bugun 21:00 da dars oʻtsak qatnashadiganlar bormi?🤔
👇👇👇

5 months ago

#ELON

Prezident maktablarining 1-bosqichdagi test natijalari e’lon qilindi!!!

Cambridge tashkilotining veb-sahifasi orqali natijalarni ko'rish mumkin:

https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2024/

8 months ago

#misol #prezident_maktabi #mantiq
Bir xil raqamlar bilan yozilgan barcha uch xonali sonlar qanday tub sonlarga boʻlinadi?

Javoblaringizni commentda qoldiring?

Do'stlaringizga yuborish esdan chiqmasin?

? @Nodirbek_math ??

10 months ago
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 3 days ago