Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Saudiadagi oʻzbeklar kanalidagi foydali va qiziqarli postlar jamlanmasi 3
1.Madina shahridagi tumanlar joylashuvi
2. Saudiya Arabistoniga yashash maqsadida ko’chib kelganlar uchun foydali ilovalar
3. Saudiya Arabistoniga borish uchun viza turlari
4. Vizalar haqida toʻliq maʼlumot
7. Faqat ayol haydovchilar ishlaydigan taksi programmasi
8. Madina shahrida joylashgan 5 ta restaranlar manzillari
9. Madina shahrida joylashgan Masjid An-Nabaviy masjidining konditsioner tizimi
Kanalimiz 1 yoshga toʻlganligi munosabati bilan barchaga kanalimiz jamoasi nomidan samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Shu vaqt davomida biz bilan birga boʻlgan va qoʻllab-quvvatlagan barchaga rahmat. Kanalimizni kuzatishda davom eting, sizni bundanda foydali va qiziqarli kontentlar kutmoqda. 🔥
Saudiya Arabistoni falastinliklarning ko‘chirilishiga qarshi
“Qirollik rasmiylari Falastin xalqi o‘z yerlariga bo‘lgan huquqqa ega ekanini tasdiqlaydi, ular zolim isroillik ishg‘olchilar xohlagan vaqtda chiqarib yubora oladigan bosqinchi yoki muhojir emas”, — deb bayonot berdi Saudiya Tashqi ishlar vazirligi.
❤️🔥“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari roʻyhati
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziya berish boʻyicha Tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq quyidagi talabgorlar tanlov gʻolibi deb topildi:
1. “Ihlos travel 1” MChJ;
2. “Yuksak travel Air” XK;
3. “Muhtasham travel” MChJ;
4. “Musaffo turizm xizmati” MChJ;
5. “Risola travel lux” MChJ;
6. “Xorazm umra jamiyati” MChJ
7. “Hikmat Umra Travel” MChJ;
8. “Real Dreams” MChJ;
9. “Travel with family” MChJ;
10. “Sofa Marva tour” MChJ;
11. “B2 Management” MChJ;
12. “Safar time exclusive” MChJ;
📌 Litsenziyada koʼrsatilmagan manzil boʼyicha “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʼtkazish faoliyati bilan shugʼullanish ta’qiqlanadi.
Ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln. soʻm) etib belgilangan.
Saudiya Arabistoni 14 davlatga ko‘p martalik vizalar berishni cheklaydi
Saudiya Arabistoni 14 davlatga ko‘p martalik vizani to‘xtatdi. Endilikda, 2025-yil 1-fevraldan kuchga kirgan yangi viza siyosati bilan 14 davlat fuqarolariga faqat bir martalik vizalar beriladi. Ushbu oʻzgartirishdan maqsad hujjatsiz Haj ziyoratiga borish kabi qonunbuzarliklarni oldini olish.
Saudiya Arabistonining yangi qoidalari quyidagi 14 mamlakatdan kelgan sayohatchilarga qaratilgan:
Bu davlatlardan turizm, biznes va oilaviy tashriflar uchun bir yillik ko'p martalik vizalar Saudiya hukumati tomonidan siyosat harakati doirasida noma'lum muddatga to'xtatildi.
Yuqoridagi 14 davlatdan tashrif buyuruvchilar endi yangi qoidalarga ko'ra, 30 kunlik bir martalik vizaga murojaat qilish bilan cheklanadi, maksimal Saudiada bo'lish muddati 30 kun etib belgilandi. Ammo diplomatik, yashash, Haj va Umra vizalariga taʼsir qilmaydi.
Har bir davlat uchun belgilangan kvota bilan Saudiya hukumati Haj ziyoratini ado etishi mumkin bo'lgan va amallarni bajara olmaymaydigan shaxslarga nisbatan qat'iy cheklovlar qo'ydi.
2024-yilda 1200 dan ortiq ziyoratchilarning haddan tashqari ko'pligi va qattiq issiqlik natijasida vafot etganligi sababli ushbu cheklovlar joriy etildi.
Suriyaning Yaqin Sharqdagi ittifoqchisi o‘zgarmoqda
Suriyaning muvaqqat prezidenti ilk xorijiy safar bilan Saudiya Arabistoniga bordi. Damashq mintaqadagi ittifoqchisini Erondan Saudiyaga o‘zgartirayotganidek ko‘rinmoqda. Qirollikni amalda boshqarayotgan valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ash-Sharani tabriklab, Suriya xalqi orzularini ro‘yobga chiqarishini tiladi.
Saudiya Arabistonida Trampning iltimosiga qaramay, neft narxlarini keskin oshirildi
Saudiya Arabistoni hozircha Donald Trampning neft qazib chiqarishni ko‘paytirish va jahon bozorida narxlarni keskin pasaytirish haqidagi chaqiriqlariga javob bermasdan, aksincha, Yevropa va Osiyo xaridorlari uchun kotirovkalarni oshirishga qaror qildi.
Osiyoga yetkazib beriladigan asosiy tur – Arab Light neftining narxi mart oyidan boshlab har barrel uchun 2,4 dollarga oshiriladi. Bu 2022-yil avgustidan beri eng katta o‘sish hisoblanadi.
⚠️ Saudiya Arabistoniga kirish uchun 1-fevraldan boshlab quyidagi mamlakatlarga bir nechta viza turlari to'xtatildi.
Misr 🇪🇬
Yaman 🇾🇪
Bangladesh 🇧🇩
Marokash 🇲🇦
Jazoir
Tunissiya 🇹🇳
Efiopiya 🇪🇹
Hindiston 🇮🇳
Iroq 🇮🇶
Iordaniya 🇯🇴
Pokiston 🇵🇰
Nigeriya 🇳🇬
Sudan 🇸🇩
📌 Bu qaror Haj mavsumida 1300 dan ortiq ziyoratchining vafot etgani, ularning aksariyati noqonuniy ravishda Haj qilgani sababli qabul qilingan. Saudiya hukumatida Umra vizalaridan noqonuniy Haj yoki noqonuniy ishlash uchun foydalanilishining oldini olish maqsadida bunday cheklovlar joriy etilgan.
📣 Hurmatli vatandoshlar!
Oxirgi vaqtlarda o’zbeklar ham bu ish bilan shug’ullanayotgani hech kimga sir emas. Agarda keyingi yillarda bu ro’yxatda Oʻzbekistonni ko’rishni xohlamasangiz o’ylab ish qiling. Nafsingiz sabab butun oʻzbek xalqini qarg’ishiga qolmang. Dubai dagi vaziyat bizga dars bo’lsin!
3️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣
Saudiya Arabistoniga kelayotgan ziyoratchilar uchun Meningitga qarshi vaksina talabi bekor qilindi.
Agar rasmiy raqamlarga qoʻngʻiroq qilib soʻralsa, bu maʼlumot toʻgʻriligi haqida xabar berilmoqda.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago