لشراء الحسابات بوبجي وشحن شدات اضغط هنا ??
https://t.me/+6iz2DW7nf8kwMGMy
https://t.me/+6iz2DW7nf8kwMGMy
Last updated 1 year, 6 months ago
*All your favorite actresses are here!!
*Bollywood events and movie updates
*Follow @celebs_empire
Last updated 1 month, 1 week ago
Admin: @Grishka174 (По поводу бесплатных ключей НЕ ПИСАТЬ! Лично каждому не выдаю!)
Chat: @chatkeysnod32
Last updated 2 years, 1 month ago
Payg‘ambar Sallallohu alayhi Vassalam buyuradilarki: Olimlarning yomoni amirlarni ziyorat qilgani, amirlarning yaxshisi olimlarni ziyorat etganidir. Faqirning eshigiga kelgan amir naqadar xush va amirning eshigiga borgan faqir naqadar noxushdir.
© Jaloliddin Rumiy
📱 Kanalga ulanish:FIKRAT.UZ
Javobni e’lon qilamiz!
💥 Javob: Jannatga kirishlari.
To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz!
📱 Kanalga ulanish:FIKRAT.UZ
💬Hadisni eshiting: «Xotinlarga bashorat: homilador bo‘lurlar, tug‘arlar, bolalarini emizadilar, bolalariga marhamatli ham bo‘lurlar, agar erlari bilan yaxshi muosharat qilib, namoz ham o‘qisalar o‘sha narsa shubhasizdir»
Diqqat savol: O‘sha narsa deganda nima nazarda tutilgan?
Javoblarni komentariyada qoldiring. Javob 12:00 da e’lon qilinadi.
📱 Kanalga ulanish:FIKRAT.UZ
SAVOD IBN GʻOZIYANING MUHABBATI
Urush boshlandi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam qoʻllaridagi patsiz oʻq bilan saflarni birma-bir tartibga solayotgan edilar. Savod ibn Gʻoziya degan sahoba safdan ozgina chiqib turgan ekan, Paygʻambar alayhissalom uning qorniga qoʻlidagi oʻq bilan niqtab, tekislan, deb ishora qildilar. Savod esa: “Yo Rasululloh! Menga ogʻriq berdingiz. Alloh sizni haq bilan yuborgan. Endi sizdan oʻch olishim kerak”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu zahoti oʻqni unga berib, qorinlarini ochdilar va: “Oʻchingni ol”, dedilar. Savod oʻqni tashlab, Rasulullohning qarshisida tiz choʻkib, qorinlarini oʻpdi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam: “Ey Savod, bu nima qilganing?” dedilar. U: “Yo Rasululloh! Hozir jangga kiramiz. Bu men uchun oxirgisi boʻlishi mumkin. Shuning uchun muborak vujudingizdan tabarruklanishni istadim”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning haqiga duoi xayr qildilar.
© “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga muhabbat haqida 101 qissa” kitobidan.
📱 Kanalga ulanish:FIKRAT.UZ
Emishki, bir o‘rmonda bolta paydo bo‘lib, daraxtlarga qirg‘in keltiribdi.
Og‘ochlar unga qarshi chora topolmay, qari Emandan maslahat so‘rashibdi. «Bolta deganlaring
nima o‘zi? U nimadan ishlangan?» deb so‘rabdi Eman. «Bolta — temirdan yasalgan bir
matohdir», deb javob beribdilar. «O‘zi-ku, temir ekan, dastasi-chi? Dastasi ham
temirdanmi?» deb so‘rabdi Eman. «Yo‘q,— debdilar, — dastasi — og‘ochdan, o‘zimizdan».
«Dastasi o‘zimizdan bo‘lsa, unga chora yo‘q», degan ekan Eman.
© "Murdalar gapirmaydilar"
Tohir Malik
📱 Kanalga ulanish:FIKRAT.UZ
TARIX “xatosi”
🗓Toʻqqizinchi asr. Muhammad al – Xorazmiy algebra faniga asos soldi.
🗓Oʻninchi asr. Abu Nasr Farobiy Aristotelning “Metafizika” asariga eng mukammal sharh yozib, “ikkinchi ustoz” unvonini oldi.
🗓Oʻn birinchi asr. Abu Rayhon Beruniy Yer bilan Oy oʻrtasidagi masofani oʻlchadi. Ibn Sino meditsina Qomusi – “Tib qonunlari”ni yaratdi.
🗓Oʻn toʻrtinchi asr. Sohibqiron Amir Temur Yevroosiyoning yarmini tasarrufga oldi. Ahli ilm boshini silab, oʻlmas obidalar yaratdi.
🗓Oʻn beshinchi asr. Ulugʻbek 1019 yulduzning harakat jadvalini tuzdi. Alisher Navoiy oʻlmas “Xamsa”sini yozdi.
🗓Oʻn oltinchi asr. “Boburnoma” olamga tarqaldi.
🗓Oʻn yettinchi asr. Shoh Jahon dunyodagi yetti moʻjizaning biri – “Tojmahal”ni bunyod etdi.
🗓Yigirmanchi asr. Oʻzbek – sovet olimlari misli koʻrilmagan “ixtiro” qildilar: tarix “xato”sini tuzatib, oʻtmishda biz yoppasiga “savodsiz” boʻlganimizni isbotlab berdilar...
©Oʻtkir Hoshimov
📱 Kanalga ulanish:FIKRAT.UZ
G‘aflatning sababi
Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
«Bir safarda Abu Muso bilan birga edik. Tumonat odam yig‘ilganini ko‘rdik. Bir kishi o‘rtada turib, tinmay gapirar edi. Abu Muso menga:
— Ey Anas, kel Rabbimizni zikr etaylik. Ko‘ryapsanki, bular dunyo uchun tinmay gap sotmoqdalar. Ey Anas, bugungi insonlarda oxirat qayg‘usi deyarli yo‘q, oxirat ular uchun hech bir ahamiyatga ega emas, — dedi.
— Nafsoniy orzu-istaklar va shayton ularni g‘aflatga yetaklamoqda, — dedim.
— Yo‘q, unday emas. Ularga dunyo naqd holda ko‘rsatilgan, oxirat esa ulardan pardalangan. Agar dunyoni ko‘rganlari yanglig‘ oxiratni ham ko‘rganlarida edi, oxiratdan yuz o‘girmas va dunyoga bu qadar o‘ralashib qolmas edilar, — dedi Abu Muso».
📱 Kanalga ulanish:FIKRAT.UZ
Toʻrtta farzandi bor erkak ishdan qaytishda bir quti shokolad sotib oldi-da, uyga kirgach, bolalariga aytdi:
— Kim onasining gapini ikki qilmasa, onasining gapiga quloq solsa, u bilan tortishmasa, mana shu shokolad oʻshaniki boʻladi... Endi, aytinglar-chi, shokolad kimniki ekan?
Bolalari baravar javob berishdi:
— Sizniki, dada, sizniki!
📱 Kanalga ulanish:FIKRAT.UZ
☄️Allohning adolati
Rivoyatlarga ko‘ra, bir kuni Muso (a.s.):
– Allohim, ba’zi insonlar zolimlarning zulmi jazosiz qolaveradi, deb hisoblaydi, – dedilar. – Holbuki, Sening adolating muhaqqaq yuzaga chiqadi, zolim zulmining javobini, albatta, oladi. Menga shunday o‘rnak ko‘rsatki, uni eshitgan kishilar zulm va haqsizlik qilishdan tiyilsin. Qilgan ishiga jazo tayin ekanini bilsin.
U zot (a.s.)ga shunday javob bo‘ldi:
– Ey Muso, sahroda to‘rt yo‘l kesishgan joydagi daraxt ortiga berkinib, chashma boshida bo‘ladigan voqealarni kuzatsangiz, zolim zulmining javobini qanday olishini ko‘rasiz...
Muso (a.s.) aytilgan joyga borib, daraxtlar orasiga berkindilar. Bir pasdan keyin otliq kishi keldi. Otdan tushib, yelkasidan xurjunini olib, chashma bo‘yiga o‘tirdi. Yemagini yeb, chashma suvidan ichib, charchog‘i chiqqach, otiga minib ketdi. Ichida oltinlari bo‘lgan xurjunini esa unutib qoldirdi.
Otliqdan keyin kelgan yigit suv icharkan, chashma bo‘yidagi xurjunga ko‘zi tushdi. Ichida oltinlar borligini bildi, u yoq-bu yoqqa qarab, hech kim yo‘qligini ko‘rgach, xurjunni olib ketdi. Uning ortidan ko‘zi ojiz qariya keldi. Suv ichib, bir pas dam olish uchun daraxt soyasiga o‘tirdi. Shu payt otliq kishi qaytib keldi va xurjunini qidira boshladi. Ko‘rdiki, keksa choldan boshqa kimsa yo‘q, demak, xurjunini shu odam berkitgan. G‘azab bilan qariyaga baqira ketdi:
– To‘g‘risini ayt, xurjunimni qaerga berkitding? Tezda pullarimni qaytar, bo‘lmasa, o‘ldiraman!..
– Men ko‘zi ojiz odam bo‘lsam, – dedi chol, – xurjuningni qaerdan bilaman?!
G‘azabi qo‘zigan otliq aldayapti deb o‘ylab, cholni bir urishda o‘ldirib qo‘ydi va otiga minib jo‘nab qoldi. Voqealarni kuzatib turgan Muso (a.s.) Allohga nido qilib, so‘radilar:
– Parvardigoro, otliqning xurjunini uning ortidan kelgan yigit olib ketdi. Jazoni esa undan keyin kelgan qariya oldi. Bu yerda adolat qani?
Alloh taolodan shunday xitob bo‘ldi:
– Ey Muso! Odamlar shunday – hodisalarning sirtiga qarab xulosa chiqaradilar, ichidagi qadarning adolatini esa ko‘rmaydilar. Chashma bo‘yidagilar avvalda qilgan ishlariga javob olishdi. Ya’ni, oltinlar solingan xurjunini chashma boshida unutgan otliq, o‘z vaqtida qo‘lida xizmat qilgan faqir kishining haqini bermagan. Uning xurjunini olib ketgan yigit o‘sha faqir xizmatchining o‘g‘li. Xurjundagi pullar otasining haqi edi, ularni olib ketdi. Adolat shu taxlit yuzaga chiqdi. O‘lgan qariya esa osganda osgan, kesganda kesgan zolimlardan edi. Umri zulm qilish bilan o‘tgan, eng so‘ngida otliqning otasini bir musht urib o‘ldirgan, qotilligi yashirin qoldi deb o‘ylagandi. Nihoyat kuni kelib otliq pulini o‘g‘irlagan gumon qilib, qariyani bir musht urib o‘ldirdi.
Ey Muso, bandalarimga aytingki, hikmatini bilmagan voqealaridan norozi bo‘lishmasin. Bilsinlarki, kishining kishiga qilgan zulmi jazosiz qolmaydi. Bamisoli otliq odam ishchisiga bermagan haqni xurjun to‘la oltin bilan to‘lagani, otasini bir urishda o‘ldirgan kishini xuddi o‘shanday o‘ldirgani singari...
➡️Kanalga ulanish: https://t.me/fikraat
لشراء الحسابات بوبجي وشحن شدات اضغط هنا ??
https://t.me/+6iz2DW7nf8kwMGMy
https://t.me/+6iz2DW7nf8kwMGMy
Last updated 1 year, 6 months ago
*All your favorite actresses are here!!
*Bollywood events and movie updates
*Follow @celebs_empire
Last updated 1 month, 1 week ago
Admin: @Grishka174 (По поводу бесплатных ключей НЕ ПИСАТЬ! Лично каждому не выдаю!)
Chat: @chatkeysnod32
Last updated 2 years, 1 month ago