? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Mening asosiy transport vositam metro va har gal chiqqanimda shu yo'llarning muhandislari haqida o'ylayman. Chunki, haqiqatda judayam ko'pchilik insonlarning uzog'ini yaqin qiladi. Har kuni millionlab insonlar foydalanishadi. Odatda gavjum holatni kuzatib, shunchaaa inson-a, shuncha ko'p odam foydalanadi deyman.
Har kuni shunday qulaylikdan foydalanamiz-u, muhandisi kim, bekatlardagi dizaynlar kimniki, qurilishida qanchaaaa insonlar hissa qo'shganikin, hech birini bilmaymiz. Bular haqida ma'lumot topa olmadim. Ammo, har safar metroga chiqarkanman, baribir miyamdan lip etib kimlar shunday savobli ishga qo'l urgan ekan degan o'y o'taveradi.
Shunday insonlar bor, qilgan ishlari butun bir jamiyatga xizmat qiladi va ularni hech kim tanimaydi. Yana shunday insonlar borki, umuman foydasiz ammo hamma taniydi.
Xullas, kattaakon shahar aholisi uchun bir necha yillar davomida xizmat qilayotgan bu yo'llarga mehnati singgan insonlar ikki dunyo saodatiga yetishsin.
Xullas, bir ona uchun jajjigina farzandini og'ir ahvolda ko'rish yengil narsamas. Shunday mushkulotda qat'iyat bilan turib, qaddini tik tuta olish bir ayol uchun umuman oson emas!
Faqatgina onalar farzandining qayg'usi uchun g'am chekadi, faqat onalar farzandini bir dard tutsa, boladan battar qiynaladi. Onalar tengsiz, ular qahramon.
Ta'rifsiz shaxsdir onalar🥲.
Bugun shu opaning farzandi uchun qilgan ishlarini eshtib, judayam boshqacha hislar, o'ylar qurshovida qoldim.
Shunday vaziyatlar bo'ladiki hayoting chuvalashib ketgan g'altakka o'xshab qoladi. Hech qayerda yo'l yo'dek, hamma narsaning yakuni berk, qorong'udek tuyulaveradi. Ammo ishon, har bir chigallikning yechimi bor. Har bir chalkashlikning yechimi Alloh uchun…
Mardlarcha Tasavvur Qil!
Bugun tasavvur va fikr erkinligini qo'llab quvvatlash uchun Massaget Nashriyotiga asos solindi. Nashriyot avvalo o'zbek o'quvchisiga o'z ildizlaridan uzilmagan holda kashfiyot ruhini singdirishni maqsad qilgan.
Uning nomi, "Massaget" ham aynan shu, ham Turkiston tuproqlari, ham dunyo tarixiga mahkam bog'langan.
Massaget o'z kitoblarini jamiyat emas, balki jamiyatni o'zgartirmoqchi bo'lgan shaxslar uchun chiqaradi. Aynan shu orqali u o'quvchiga yangi kitoblar, yangi uslub va yangi ohanglar bilan birga yangi dunyolarni ham taqdim qiladi.
O'zbekistonning Fantastika va Geek madaniyatga ixtisoslashgan birinchi nashriyoti quyidagi turkumlarni diqqatingizga havola etadi:
MassaGeek - manga, komiks, manhwa va epik/ilmiy fantastik romanlar;
MassaLit - zamonaviy jahon adabiyoti;
Massaget Essentials - psixologiya va psixiatriyaga oid esse to'plamlari;
MassaKids - bolalar adabiyoti;
MassaTeen - o'smirlar adabiyoti.
Kitoblar bilan chiqqan bu yo'limizda siz ham bizga yo'ldoshlik qilasiz, degan umiddamiz.
Yaqin kunlarda hozirda nashr uchun tayyorlanayotgan manga va romanlarimiz haqida ma'lumot beramiz.
Men: "Yurak kuysa qandayin kulay, Dardim qanday oromga ulay", degach, 10 daqiqadan so'ng... ??
Men:
"Yurak kuysa qandayin kulay,
Dardim qanday oromga ulay", degach, 10 daqiqadan so'ng...
??
Ayni kunlarda eng ko'p his qilayotgan narsam, yuqoriroqda aaaancha tepadan gapirgan gaplarim ko'p ekan)
Inson nimadaki nuqson ko'rsa ertami kech o'zigayam undanda ortig'i yetishi mumkin. Qaysidir yomon xislatning senda yo'qligi Allohning marhamati, bu uchun o'zingdan g'ururlanma.
Bizda nimaiki yaxshi xislat bo'lsa unga daxlimiz yo'q, shu narsani teranroq anglash kerak ekan.
Kechirasiz-u, qalbimni qanday yozish mumkin? Hatto o'zim ham uni hamisha o'qimasam...
“Sovuqqonsan” deyishdi, “qiz bola ojizaroq bo’lishi kerak deyishdi” , “hech kimga suyanmay o’zing eplab ketishing g’ashimni keltiradi” deyishdi.
•Eng kerakli vaziyatda otasi tashlab ketganini unutishdi. Hamma yarasi qonaganda otasi bag’riga yugurganda, onasini siqmay u tomon ham yugura olmaganini unutishdi.Na otam bor deb yelkasiga boshini qo’ya oldi, na onam sirdosh deb dardini ayta oldi.
Qizligini,erkaligini,himoya ostidaligini his qilishga ulgurmay erkaklar bilan teng holda katta hayotga nozik qalbi bilan yugurib chiqib ketganini unutishdi. Qanday “sovuqqon” bo’lmasin endi?
•Dugonalari otasi,akasi himoyasida,ta’minotida kapalaklar tutib yurganda, u oila gardanini yelkasiga olganidan so’ng qanday “ojiza”ligi qolsin?
•Istagan tanishi xo’jayinchilik qiladigan,qarindoshlari har qadamini poylab tanqidlar ostiga olaveradigan ammo ehtiyoj bo’lganda qo’lini uchini qimirlatib qo’ymasdan bu jihatini shakllantirgan kim,uni o’zimi?
•Birinchi muhim munosabati o’tkinchi va arzon tuyg’ularga to’lgan yigitcha sabab singan, ilma teshik qalbini qo’liga tutganda- ma’sulyat his qilmay tashlab ketganlaridan so’ng ham u aybdormi?
Ha, ular-kuchli.Ha,ular-mustaqil.Ha, ular- barchasini eplay oladi.
Ammo, istab emas.Sokin joy turganda, ular shovqinni o’z xohishlari bilan tanlagan emas.
Ularni ko’p muhokama qilguncha, ma’sulyatsiz, “ota” maqomini qo’lidan kelgancha bulg’aydigan va jamiyatga bir chala oila qoldiradigan erkaklarni balki muhokama qilarmiz?
Ularni ko’p muhokama qilguncha,kuchli fitratini ko’tara olmay, aybni qizga to’nkab ketgan “mard”larni muhokama qilarmiz?
Ular kuchli bo’lishga majbur- sababi dunyo odamlarini yaxshi bilishadi, eng yaqining ham chalib keta oladi.
Ular sovuqqon bo’lishga haqli- sababi buni tajribalar ko’rsatib berdi.
Ular o’zlari eplashga qodir-sababi bu yo’lga eng boshidanoq tashlanishgan.
Nega bu qizlar o’zida aybdorlik his qilishi kerak? Nega boshqalar kasriga ular o’zidan nuqson qidirishi kerak? Nega ma’sulyatsiz, nomardlarni deb ular o’zini doim tanqid qilib, kechalari “yetarli emasman”deya yig’lab chiqishlari kerak? Va yana nega ular nosog’lom odamlar bergan travmalari sabab o’zlarini tuzatishlari kerak? Jamiyat,odamlar, fikrlar o’zgarishi kerak emasmi?
Maryam Javlan.
Shunday ichonchsizliklar bo'ladiki, u yurakka o'q bo'lib tegadi.
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid