NUR-ZIYO INTELLEKT

Description
Advertising
We recommend to visit

Data Analysis FREE Books
#dataanalysis
#learndataanalysis
#programmingbooks
#dataanalysisbooks
#sqlbooks
#pythonbooks
#tableau
#powerbi
#datavisualization

For promotions: @coderfun

Buy ads: https://telega.io/c/learndataanalysis

أبتسم ودع الأحزان خلفكَ،
- @IIxrrII
- @llxe9bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Last updated 1 month, 1 week ago

2 weeks, 1 day ago

⚡️⚡️AL-XORAZMIY va IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARI UCHUN REPETITSION TAYYORGARLIK SINOV TESTI! ⚡️⚡️

28-aprel 📆yakshanba kuni 🌐 AL-XORAZMIY va IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchunRepetitsion tayyorgarlik testi📝 bo'lib o'tadi💯. ☝️Repetitsion tayyorgarlik testi 📝da ishtirok etish narxi Respublika boʻylab hamma hududlarda bir xil: 30 000 soʻm.

⭕️⭕️⭕️PMTEST tomonidan o'quv markazlar bilan hamkorlikda Repetitsion tayyorgarlik testi Al-Xorazmiy maktabi testi namunasida o'tkaziladi. 2023-yilda prezident maktabi va Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilingan o'quvchilarning asosiy tavsiyasi Repetitsion testlarda ko'proq qatnashish, tayyorgarlikni ertaroq boshlash bo'ldi.🟢 Ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
*🏃‍♀️**🔡*🔡🔡🔡🔡🔡🔡🔡🔡🔡  Joylar soni cheklangan....🏃‍♂️

2 weeks, 3 days ago

Namozda sajdaga bosh qo'yish – farz.
Ota-onaga ta'zim qilish – qarz.
O'tganlar ruhi oldida bosh egish – sunnat.
Ayol oldida bosh egish – odob. Haqiqat oldida bo'yin egish – mardlik...
Yiqilgan bir nochor bandasini turg'azib qo'yish uchun yerga ta'zim qilish – ham farz, ham qarz, ham sunnat, ham odob, ham mardlikdir!

©️O'tkir Hoshimov

2 weeks, 3 days ago

Кунингизни доим икки "калит" ила бошланг:
Яхши ният..
Ширин сўз..

Зотан, биринчиси ризқ эшикларини, иккинчиси эса қалб эшикларини очади.

Ҳаммаси яхши бўлиши шарт эмас. Муҳими, ёмонини ичидан ҳам  "яхшиси"ни кўра олишдир...

Бугун сизни янгидан янги имкониятларга бой, бахтга тўла янги кунингиз бошланди...

Бир кураш борки, кўпчилик одамлар билмайди. Унинг номи - бахт кураши.

Бу атрофингдаги барча бузғунчилик ҳаракатлари соясида бахтли бўлишга интилмоғингдир.

2 months, 2 weeks ago

ALBERT EYNSHTEYNDAN 10 TA HAYOTIY MASLAXAT!

Albert Eynshteyn nafaqat buyuk fizik sifatida mashhur bo’lgan, balki o’z davrining eng dono odamlardan biri bo’lgan. Uning maslahatlari butun dunyoga tarqatildi va shu kungacha dolzarbligini yo’qotmadi.

1⃣. QIZIQUVCHAN BO'LING:

«Mening hech qanday maxsus iste’dodim yo'q. Men shunchaki, juda qiziquvchanman.»

2⃣. BEBAHO QAT'IYAT:

«Men har bir masalaga, boshqalarga nisbatan, juda e'tibor va ehtiyotkorlik bilan qarayman.»

3⃣. VAQTDAN YUTISHGA XARAKAT QILMANG:

«Bir vaqtda bir necha ish qila olasan, lekin hammasini mukammal qila olmaysan”

4⃣. ENG KATTA KUCH BU — TASAVVUR:

«Tasavvur – bu hamma narsa. Bu hayotdagi bo’lajak voqealarni ko’rib chiqishdir. Tasavvur bilimdan ham muhimdir.»

5⃣. XATO QILISH:

«Hech qachon xato qilmagan inson, yangi narsani umuman tatib ko’rmaydi.»

6⃣. HOZIRGI VAQT BILAN YASHANG:

«Men hech qachon kelajak haqida o’ylamayman – u juda tez yaqinlashib keladi.»

7⃣. QADRIYATLARNI YARATING:

«Muvaffaqiyatga erishish uchun intilmang, balki hayotingiz mazmunli bo’lishiga intiling.»

8⃣. TAKRORLAMANG:

«Bir ishni qayta-qayta qilib, lekin har xil natijani kutish axmoqlik.»

9⃣. BILIM TAJRIBADAN KELIB CHIQADI:

«Axborot – bilim emas. Ilmning yagona manbasi – tajriba.»

🔟. O'YINDA YAXSHIROQ O'YNASH UCHUN, QOIDALARNI BILISH KERAK:

«Siz o’yin qoidalarini o’rganishingiz kerak. Shundan so’ng, hammadan ko’ra yaxshiroq o’ynashingiz mumkin.»
@intellektziyo

2 months, 2 weeks ago
NUR-ZIYO INTELLEKT
2 months, 2 weeks ago
NUR-ZIYO INTELLEKT
4 months, 3 weeks ago

Кимники бор эса бир бурда нони,
Ўзига яраша уй-ошиёни,
На биров унга қул, на у бировга,
Айт, шод яшайверсин, хушдир замони.

Умар Хайём
@intellektziyo

4 months, 3 weeks ago

Бола онасини қучоқлаб, кўзларини юмиб,  маза қиляпти...
Кечқурун онасининг пинжига кирганда, димоғига кираётган она исини охиригача сипқоради. Онасидан  қанақа ширин ҳидлар келадики, икки кун олдин пиширган пирогининг ҳам хиди келяпти... 😍

Бахт аслида лаҳзалар бағрида бўлади. Уни кимдир соатларга, кунларга, ойларга етқазиб яшайди. Хатто бир умрга етказадиганлар ҳам топилади!

Бахтлиман деб айтинг!
@intellektziyo

4 months, 4 weeks ago

Ba'zi ajoyib ota-onalar bolajonlariga kitob sovg'a qilib turadilar. Faqat kitob sovg'a qilish oson emas. Kitob bolaga yoqishi, yoshiga va rivojlanishiga mos bo'lishi, qiziqishlarini qondira olishi uchun ota-onalar ko'p izlanadilar.

Chet elda kitob do'konlarida kichik yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan kitoblar xili ko'p bo'lishiga qaramay, u yerda ham ota-onalar nima kitob olishni bilmay qiynaladilar. Shunda ular ko'pincha "bestseller" larga, tanlovlarda yutgan kitoblarga yoki biron tavsiya (pedagog, qo'shni, dugona, sayt, kutubxona va hokazolar)ga oid kitoblarni tanlaydilar.  
O'ta ziyrak, bolaning psixologik va pedagogik rivojlanishidan boxabar ota-onalar o'zlari tanlovni amlaga oshiradilar. Shu tariqa sekin-sekin bolasining kitobxon didini ham shakllantirib boradilar.

O'zbekistonda kitob do'konlarida kichik yoshdagi bolalar kitoblari xili juda kam. Kitoblar bor, lekin xili jahon miqyosi bilan solishtiradigan bo'lsak, deyarli yo'q.  Mana shunday vaziyatda ota-onalar nima qilsa bo'ladi?

Quyidagi maslahatlar 2-9 yoshdagi bolajonlar ota-onalari uchun o'rinli:

  1. Har betida rasmi bor kitoblarga e'tibor qiling. Rasmlarini bir ko'zdan kechiring. Internetdan o'g'irlanganmi, rassom chizganmi, qahramonlar qanday namoyon etilgan.

  2. Kitob chiqqan nashriyotga e'tibor qarating. Nashriyot qanchalik nufuzli bo'lsa, shunchalik kitob ko'p tahrirdan va tahlildan o'tkazilgan bo'ladi.

  3. Kitob matni bolaning yosh psixologiyasiga munosib ekanligiga amin bo'ling. Bu borada yosh psixologiyasi bo'yicha eng ilg'or izlanishlar olib borgan Jean Piaget qarashlariga asoslanamiz:

😍2-3 yoshda - Bolalar ob'ektlarni ifodalash uchun so'z va tasvirlardan foydalangan holda ramziy o'yin bilan shug'ullanadilar. Bu yoshdagi bolalar kitoblarni o'rganadilar va tasvirlarni so'zlar bilan bog'lashni boshlaydilar.  Jonli tasvirlar, oddiy hikoyalar va bolalarning his-tuyg'ularini jalb qilish uchun interfaol xususiyatlarga ega kitoblarga qarang.
😍3-5 yoshda - Bolalar obyektning bir tomoniga e'tibor beradilar, ko'pincha boshqa tegishli tafsilotlarni e'tiborsiz qoldiradilar. Ushbu bosqichdagi bolalar harflarga qiziqish bildira boshlaydilar va ba'zi yozma so'zlarni taniy boshlaydilar. Rang-barang rasmlar va sodda hikoyalarni, ko'pincha tilni rivojlantirish uchun qofiyalar va takroriy matnlarni o'z ichiga oladigan kitoblarga qarang.
😍5-7 yoshda - Bolalarda vaziyat yoki obyektning ko'p jihatlarini ko'rib chiqish qobiliyati rivojlanadi, bu shuningdek egosentrizmning pasayishiga olib keladi. Bolalar asosiy fonetikani, harf-tovush munosabatlarini tushunishni boshlaydilar va oddiy so'zlarni o'qishni boshlashlari mumkin. Sodda syujetli, bola yoshidagi muammolarni, savollarini va uning atrofini aks ettirgan uzunroq hikoyalarga ega kitoblarni tanlang.
😍7-9 yoshda - Bolalar moddiy obyektlar ustida mantiqiy operatsiyalarni bajarish qobiliyatiga ega bo'lib, muammolarni hal qilish uchun sifatli yo'l topishni o'rganadilar. Bolalarning o'qish malakasi o'sadi, tushunish va murakkabroq matnlar bilan ishlash qobiliyatlari namoyon bo'ladi. Bolaning mustaqil o'qishini rag'batlantiruvchi qiziqarli syujetlar, qahramonlar va mavzular haqidagi kitoblarga qarang.

Eng muhimi, ota-onaning maqsadi. Kichik yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning ang asosiy maqsadi bolada kitobga mehr uyg'otish.

©Dinara Muminova
@intellektziyo

6 months, 2 weeks ago
[#Тафаккур](?q=%23%D0%A2%D0%B0%D1%84%D0%B0%D0%BA%D0%BA%D1%83%D1%80) *​​"Кўпчилик ота-оналар болаларини айбдор қилиш …

#Тафаккур *​​"Кўпчилик ота-оналар болаларини айбдор қилиш билан уларни бошқарадилар, чунки уларнинг ўзлари шундай улғайишган.

Улар ўз болаларида итоаткорлик(яъни) —камситилганлик ҳиссига ишонч уйғотмагунларича, бола ўзини-ўзи камситишга ўрганмагунича уларни алдайдилар.

Баъзи одамлар катта бўлганларида ҳам ота-оналари ва қариндошларига бўйсуниб яшайдилар.

Аслида, бу уларнинг ўзларини ҳурмат қилмаганликларидан келиб чиқади, акс ҳолда, улар бунга йўл қўймасдилар.

Бундан ташқари, келажакда бундай одамлар ҳар қандай ҳийла-найрангга бажонидил югурадилар".        

Луиза Хей*
@intellektziyo

We recommend to visit

Data Analysis FREE Books
#dataanalysis
#learndataanalysis
#programmingbooks
#dataanalysisbooks
#sqlbooks
#pythonbooks
#tableau
#powerbi
#datavisualization

For promotions: @coderfun

Buy ads: https://telega.io/c/learndataanalysis

أبتسم ودع الأحزان خلفكَ،
- @IIxrrII
- @llxe9bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Last updated 1 month, 1 week ago