My library 📚

Description
بســــم الله الرحمن الرحيم🌸

Толибанинг ёзажаклари. Китоблардан ҳулосалар, иқтибос ва тушунчалар📚

Мақсад - жамият ислоҳига оз бўлсада хисса қўшиш!

Постларни манбаа билан олиш ила сиз ҳам хисса қўшинг)

«وقل رب زدنـي علمـا» (٢٠-١١٤)

@maktabaat_bot💬
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week, 2 days ago

#MALHAM

قال الإمام أبو حنيفة رحمه الله لتلاميذه:
"أنتم مسارّ قلبي وجلاء حزني"

Abu Hanifa rohimahulloh shogirlariga dedilar: "Sizlar - yuragimni sevintiruvchi va xafaligimni ketkazuvchisizlar!"

Shunga o'xshash jumla Ibrohim an-Naxaiy rohimahullohdan ham rivoyat qilingan ekan.

Imtihon dunyosi, odamzotga turli dardlar, tashvish-u qiyinchiliklar yetishi, ba'zan uni tushkun kayfiyat qamrab olishi bor. Bundan ulug‘ ustoz-olimlar ham mustasno bo'lmaganlar.

Umuman olganda, o‘qituvchi zotida dunyo tashvishlarini unutish, hech yo‘q uni kichik sanashning ajoyib yo'li doim bo‘lgan. Bu - o'zni ilm talabi va toliblari bilan band qilish.

O'qituvchi auditoriyaga kiradi, dars o‘tadi - ko‘ngli yorishadi. Boshqa biror yerda bo‘lsa, talabalardan kimdir fanga oid savol so'rab yozadi. Unga yaxshilab javob berish uchun kitob ko‘radi, shu mavzuni yana boshqa manbadan qaraydi, umumiylashtirib bir javob tayyorlaydi, jo‘natish oldi qayta o‘qiydi... Foydalangan kitoblari mualliflarini mamnuniyat, havas va faxr bilan eslaydi, shular ham odam farzandi bo'lgan, dardi bo‘lgandir, ammo umrini o'tkinchi dunyo tashvishlariga emas, boqiy ishlarga bag'ishlagan, deydi. Mavzuga qaytib uni yana tahlil qiladi, yangi narsa o'rgandim deb sevinadi.

Qarabsizki, nega xafa bo'lgani ham, tashvishining katta-kichikligi ham esidan chiqib ketgan bo'ladi. )

Darhaqiqat, talabalar - ustozlariga dardlarni unuttiruvchi va ko‘z quvonchidirlar. Alhamdulillah.  Allohumma baarik.

الحمد لله على نعمة التعليم والتعلم

©Qizingiz yozdi

1 week, 2 days ago
1 week, 2 days ago
1 week, 5 days ago
1 week, 5 days ago

#qiziq

Yengni shimarish balki "شَمَّر"dan kelib chiqqandir?)

1 week, 5 days ago

#Kitobdan (رسائل من الصحابة)

Ibn Asirning "Alkamil fit-tarix" kitobida:

Shomga jo'nab ketayotgan Usomaning qo'shini bilan hayrlashish uchun chiqdi. U piyoda, Usoma esa otda edi. Usoma: "Ey Rosulullohning xalifasi, yoki siz otga mining yoki men tushay!" dedi. Shunda Abu Bakr: "Allohga qasamki, men minmayman sen ham tushma! Allohning yo'lida 1 soat oyog'im changlansa nima qilibdi?!" dedilar.

Agar seni majlis to'riga chiqarmasalar osmon uzulib yerga tushmaydi, katta ko'rinaman deb katta kursiga chiqqan har kimki asli kichikdir!
Agar seni darturxon boshiga o'tkazmasalar haqoratlanib qolmaysan, izzat istagan har kimki asli xordir!
Haqiqiy qiymating qayerga o'tirsang ham o'sha o'shadir.
Barchalari otda, Abu Bakr piyoda bo'lgan holida tarixda uning piyodaligi qoldi. Bu o'sha yelkasida hayvon ko'tarib ketayotgan Abu Bakrdir!

@maktabaat

2 weeks, 1 day ago
2 weeks, 2 days ago
2 weeks, 3 days ago
Bu yerda muhabbat haqida biror gap …

Bu yerda muhabbat haqida biror gap bo'lishi mumkin edi.

(Go'zal surat ekan)

2 weeks, 3 days ago
Oxirida o'zingga uning qalbichalik keng makon …

Oxirida o'zingga uning qalbichalik keng makon topolmasligingni tushunasan.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago