Avitsenna.uz

Description
Avitsenna.uz saytining rasmiy kanali

Veb-sayt manzili: www.avitsenna.uz
Facebook: www.facebook.com/avitsennauz

Reklama bo'yicha: @AvitsennaSupportBot
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 2 days ago

4 years, 7 months ago

​​Uxanda bir sutkada yana 5 kishida koronavirus aniqlandi

Koronavirus episentriga aylangan Xitoyning Uxan shahrida so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 5 ta yangi holat aniqlandi. Bu haqda Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga tayanib, “Daryo" xabar bermoqda.

Uxanda 4-apreldan buyon yangi kasallanish holatlari qayd etilmagan edi. 26-aprel kuni esa mahalliy hukumat shaharda koronavirusga chalingan birorta bemor qolmaganini ma’lum qilgandi.

10-may kuni esa 1 kishida koronavirus qayd etildi. Shunday qilib, ayni paytda 6 kishi koronavirusga chalingan.

Butun epidemiya davri davomida Xubey provinsiyasida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 68 134 ta holat (shunday 50 339 nafari Uxanda) qayd etilgan. Bemorlarning 63 616 nafari sog‘aygan, 4 512 nafari vafot etgan.

Xitoyda umumiy hisobda so‘nggi sutka davomida 17 ta kasallanish holati aniqlandi. Vafot etganlar qayd etilmadi.

Kanal: @AvitsennaUz

[​​](https://telegra.ph/file/c032b74048f74c6f8163e.jpg)**Uxanda bir sutkada yana 5 kishida koronavirus aniqlandi**
4 years, 7 months ago

​​Virusolog kunlar isishi bilan COVID-19’ning yana bir to‘lqini kuzatilishini taxmin qildi

Ivanov nomidagi ilmiy tadqiqot instituti professori Mixail Shelkanov “Govorit Moskva” radiosiga bergan intervyusida kunlar isishi bilan Rossiyada COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni ortib ketishi mumkinligini taxmin qildi.

“Vaziyat tushunarli, chunki o‘tkir respirator kasalliklarni keltirib chiqaruvchi viruslar tabiiyki havo haroratiga bog‘lanib qolmagan. Bunda kasalliklarga chalingan odamlarning xatti-harakatlari o‘zgaradi”, — deydi virusolog.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kunlar ilishi bilan uyda o‘tirishdan zerikkan odamlarning aksariyati ko‘proq ko‘chaga chiqishga intiladi va bu kasallanganlar sonining ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.

“Bunda epidemiologik nuqtayi nazardan hammasi tushunarli. Afsuski, doim shunday bo‘lgan va keyin ham odamlarning ushbu odati o‘zgarmasa kerak”, — degan olim.

“Rospotrebnadzor” vakillari esa issiq havo va quyosh nurlari COVID-19 kasalligiga sabab bo‘luvchi SARS-CoV-2 virusining faolligini kamaytirishini ma’lum qilgan.

“SARS-CoV-2 koronavirusi 30 daraja issiqlikda o‘zining infeksion faolligini kamaytiradi”, — deyilgan tashkilotning bayonotida. Shuningdek, ma’lumotda koronavirus 70 daraja issiqlikda faolligini butkul yo‘qotishi aytilgan.

Manba: Govoritmoskva / Daryo
Kanal: @AvitsennaUz

[​​](https://telegra.ph/file/339bffc6c524553fbd92a.jpg)**Virusolog kunlar isishi bilan COVID-19’ning yana bir to‘lqini kuzatilishini taxmin qildi**
4 years, 7 months ago

​​Burun qonaganda birinchi yordam qanday ko'rsatiladi?

Burundan qon ketganda boshni ortga tashlash mumkin emas! Aksincha, boshni va tanani biroz oldinga egish, burunni siqish kerak. Burun sohasiga muz bosish zarur.
Burundan qon ketishi shifokor kelgunga qadar to‘xtatsa ham bo‘ladi, uning uchun quyidagi manipulyatsiyalarni qadamma qadam bajarish kerak:

Birinchi navbatda odamni o‘tqizish va boshini biroz oldinga egish kerak, shunda qon oqishini ta’minlaysiz. Agar bemor o‘tirishga holi bo‘lmasa, uni yotqizib boshini balandroq qilish va boshini yon tomonga qaratib qo‘yish zarur.

❗️Xalq orasida keng tarqalgan usul boshni ortga tashlash qat’iyan man qilinadi. Uning oqibatida qon oshqozonga ketib qolishi va inson qayt qilishi mumkin, eng xavflisi qon nafas yo‘llariga ketib qolib aspiratsiyaga olib keladi.

Toza havo kirishini ta’minlash zarur (oynani ochish, yoqa tugmalarini bo‘shatish).
Burun sohasiga muz solingan haltachalar qo‘yish, agar qon ketishi to‘xtamasa, yengilgina muz bilan burunni siqish (5-10 daqiqa davomida) kerak. Burunni qoqish mumkin emas. Og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan qonni, shunchaki, tuflab tashlash lozim.

Agar yuqorida sanab o‘tilgan chora tadbirlar yordam bermasa, paxta yoki steril bint bilan tomponada qilish mumkin. Bintni 1,5 % li vodorod peroksidi eritmasiga shimdirish yoki qon tomirni toraytiruvchi preparatlar Sanorinom, Naftizin, Tizin bilan ho‘llab, uni qon to‘xtagunga qadar burunga joylashtirib qo‘yish kerak.
Agar qon ketishi shilliq qavatlarning qurishi bilan kechayotgan bo‘lsa, tamponni vazilin bilan shimdirish kerak. Shilliq qavat yumshashi qon ketishini to‘xtatadi.

Agar burundan qon ketishi issiq urishi bilan boshlangan bo‘lsa, bemorni salqin xonaga, shamol aylanishi yaxshi bo‘lgan joyga o‘tqizib, peshona, yuz sohalariga namlangan sochiqchalar qo‘yish, burunga esa muz bosish zarur.
Burunning shikastlanishidan anatomik tuzilishi buzilishi natijasida ko‘p qon yo‘qotganda, o‘zingiz to‘xtatishga harakat qilishingizga qaramay qon oqishda davom etaversa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Burun sohasiga esa vaqtinchalik muz qo‘yish lozim.

Burun qonaganda maxsus tibbiy yordam (Shifokor tomonidan)

Burun tamponadasi – qon ketishini burun bo‘shlig‘iga tampon joylashtirib to‘xtatish. Tamponga qon oqishini to‘xtatuvchi tromboplastin va trombin shimdiriladi. Vaziyatga qarab shifokor tamponni oldingi tamponada – burun teshigidan, yoki orqa tomponada halqum tomondan joylashtiradi.
Qon tomirlarni burishtirish (kuydirish). Burishtiruvchi vositalar sifatida sut, uchxlorsirka kislota yoki xrom kislotasidan foydalanish mumkin. Bundan tashqari rux tuzlari, tannin, azot kislotali kumush ham ishlatiladi.

Zamonaviy samarali usullardan biri – bu ultratovushli dezintegratsiyadir (ultratovush to‘lqinlari yordamida burun tog‘aylarini qon tomir bilan ta’minanishini to‘xtatib qo‘yish), lazeroterapiya (lazer bilan kuydirish), suyuq azot bilan to‘xtatish (sovuq harorat bergani uchun), elektrokoagulyatsiya (maxsus elektr toki bilan kuydirish).
Ko‘p marotaba takrorlanuvchi, ko‘p hajmda burundan qon ketishlarda operativ muolaja o‘tkaziladi. Bunda qon olib keluvchi katta arteriyalarni bog‘lash, suyak usti pardadan ajratish bilan qon bilan ta’minlanishini yo‘qotish bajariladi.

Shuni bilish kerakki, burundan qon ketish har doim ham xavfsiz bo‘lavermaydi, qandaydir jiddiy kasallik belgisi bo‘lib kelishi ham mumkin. Agar qon ketish kuchli va uzoq muddat to‘xtamasa, ko‘p takrorlansa, umumiy ahvolni yomonlashtirsa shifokor huzuriga borish kerak bo‘ladi. Shifokor bemorni obdon tekshirib epistaksis sababini aniqlaydi va davo rejasini tuzib beradi.

✳️Burun qonashi sabablari haqida ma'lumot olishni istasangiz, ushbu link orqali o'tib maqola bilan to'liq tanishib chiqing: https://avitsenna.uz/nosebleed/

Kanal: @AvitsennaUz

[​​](https://telegra.ph/file/28d71f5c200adad355d53.jpg)**Burun qonaganda birinchi yordam qanday ko'rsatiladi?**
4 years, 7 months ago

​​Bolalar ko‘p kasal bo‘lishining 7 sababi

Ko‘p kasal bo‘ladigan bola har qanday onani juda og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. Shifokor qabuliga tinimsiz qatnashlar, yaxshi shifokor izlash, tahlillar, dori-darmonlar, kasallik ta’tiliga chiqishlar va haftalar davomida to‘rt devor ichida qamalib qolish azoblari. Bolaning bunday tez-tez kasal bo‘lishiga sabab nima?

Ruhiy muammolar

Ular psixosomatik deb ataluvchi har xil kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin. Stresslar, og‘ir kechinmalar, hayajonli daqiqalar bolalar immunitetiga kuchli putur yetkazadi.

Nasldan naslga o‘tish

Agar ota-ona hayotining ko‘p qismini burnida ro‘molcha bilan o‘tkazgan bo‘lsa, bolaning tez-tez kasallikka chalina boshlashidan ajablanmasa ham bo‘ladi.

Homiladorlik paytidagi muammolar

Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, ona qornida rivojlanishdagi muammolar, homiladorlik va tug‘ishning og‘ir kechishi, bo‘lg‘usi onadan o‘tkazilgan infeksiyalar ham yangi tug‘ilgan chaqaloq immunitetiga zarar yetkazadi.

Vaqtidan oldin tug‘ilish

Agar go‘dak muddatidan oldin tug‘ilsa, u ham tez-tez kasallikka chalinish xavfi bo‘lgan guruhga kiradi.

Allergiya

Bunda bolaning aynan nimaga reaksiyasi borligi muhim emas. Tibbiyot xodimlari atopik dermatit, oziq-ovqatlar allergiyasi, pollinoz, bronxial astma va burun-xalqum infeksiyalarining hammasi uchun bitta gen javob berishini isbot qildi. U ham nasldan naslga o‘tadi.

To‘g‘ri ovqatlanmaslik

Bola ratsionida vitaminlar, oqsil, mikroelementlar, kletchatkalarning kamligi yoki u sun’iy ovqatlar bilan boqilayotgan bo‘lsa, bu immunitet uchun iz qoldirmasdan o‘tib ketmaydi.

Noto‘g‘ri yashash tarzi

Agar bola uyda o‘tirsa, kamdan-kam sayrga chiqsa, sport bilan shug‘ullanmasa va toza havoda faol o‘yinlar o‘ynamasa uning virusga chalinish xavfi yuqoriroq bo‘ladi. Jamoat transportlarida ko‘p yuradigan, yopiq joydagi guruhlar ichida ko‘p shug‘ullanadigan, bolalar bog‘chasiga boradigan, turli xil tadbirlarga va odamlar to‘planadigan joylarga ko‘p qatnashadigan bolalar haqida ham xuddi shuni aytish mumkin.

Kanal: @AvitsennaUz

[​​](https://telegra.ph/file/fc5180ac0e0093ae8ac8b.jpg)**Bolalar ko‘p kasal bo‘lishining 7 sababi**
4 years, 7 months ago

​​???Homilador ayollar uchun eng foydali oziq-ovqatlar???

Bo‘lajak onalar har doim qanday oziq-ovqatlar iste’mol qilayotgani to‘g‘risida o‘ylashi kerak, chunki ayollar homiladorlik davrida oziq-ovqatlarning nafaqat ta’mini, balki uning bolaga yetkazishi mumkin bo‘lgan foydasi va zararini ham hisobga olishiga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik ayollarda “Homilador ayollar uchun qanday oziq-ovqatlar eng foydali?” degan savol paydo bo‘ladi.
Sizga homiladorlik davrida oziq-ovqatlar tanlashni biroz bo‘lsa-da yengillashtirish maqsadida biz bo‘lajak onalar uchun eng foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar ro‘yxatini tuzdik.

Sabzavot va mevalar

Sabzi: homiladorlik paytida eng foydali sabzavot. Sabzi me’da-ichak yo‘llari faoliyatini yaxshilaydi. Uning tarkibida katta miqdorda karotin, E, C vitaminlari, B, K va PP guruhiga mansub vitaminlar mavjud. Bu foydali moddalar bolaning a’zolari shakllanishiga yordam beradi. Bu sabzavot me’da yarasi, me’da osti bezi muammolari va me’da-ichak yo‘llari yallig‘lanishlari bo‘lgan ayollarga tavsiya qilinmaydi.
Shirin bulg‘or qalampiri: shifobaxsh xususiyatlarga ega, shilliq qavatlar holatini yaxshilashga yordam beradi va tomirlarni mustahkamlaydi. Qalampir tarkibidagi foydali moddalar homilador ayolning suyaklarini mustahkamlaydi va bolaning suyaklari shakllanishiga yordam beradi. Bu sabzavot tarkibidagi C, E, PP va P vitaminlari teri holatini yaxshilaydi. Efir yog‘lari, oqsil va beta-karotin esa immunitetni oshiradi.
Ismaloq: bu sabzavot homilador ayollarda bola tushish xavfini kamaytirishda, homiladorlik toksikozida va kamqonlikning oldini olishda yordam beruvchi foli kislotasi (A, B9 va E vitaminlari)ga juda boy.
Pomidor: juda to‘yimli va kaloriyasi past bo‘lgan bu sabzavot tarkibida hujayralarni erkin radikallardan himoya qilishda yordam beruvchi va noyob hisoblanuvchi likopin moddasi mavjud.
Banan: bu meva tarkibida kraxmallar soni ko‘pligi va kaloriyasi baland bo‘lishiga qaramasdan shifokorlar undan voz kechishni tavsiya qilishmaydi. Banan tarkibida homila uchun eng foydali elementlar mavjud, bular — rux va kaliy.
Olma: bu meva me’da-ichak yo‘llari faoliyatini yaxshilashga yordam beradi, me’da suyuqligi ajralishini ko‘paytiradi, ko‘ngil aynishini yo‘qotadi. Olmada homila rivojlanishiga yordam beruvchi ko‘plab temir, marganets, magniy, fosfor va kaliy moddalari bor.

Yormalar

Suli: undagi ko‘p miqdorda vitaminlar va minerallar homiladorlikning yaxshi o‘tishini ta’minlaydi. Murakkab uglevodlar modda almashishini tezlashtiradi.
Jigarrang guruch: guruchning bu turi organizmda oq guruchga qaraganda uzoqroq hazm bo‘ladi, shuning uchun homiladorlar uzoq vaqtgacha to‘qlik hissini saqlab qolishadi.

Oqsilli oziq-ovqat mahsulotlari

Tabiiy yogurt: uning tarkibida suyaklar va mushaklar, shuningdek boshqa muhim a’zolar shakllanishi uchun zarur bo‘lgan katta miqdorda kalsiy va oqsillar mavjud. Yogurtdagi foydali bakteriyalar me’da-ichak yo‘llari faoliyatini yaxshilaydi va foydali moddalarning homilaga yetib borishini tezlashtiradi.
Qattiq va zararsizlantirilgan pishloq: ko‘plab oqsillar va proteinlardan tashkil topgan bo‘lsa ham bunday pishloqlarning kaloriyasi pastdir.
Dengiz balig‘i: bunday baliqlarning losos, sardina, skumbriya, anchous, forel, seld kabi turlarida bolaning bosh miyasi rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan yog‘li Omega-3 kislota, oqsil va fosfor juda ko‘p.
Tuxum: tarkibida kaloriyasi past bo‘lgan katta miqdorda proteinlar, bolaning yurak-tomir tizimi rivojlanishiga yordam beruvchi B guruh vitaminiga mansub rux va selen moddalari mavjud.
Go‘sht (mol go‘shti, kurka go‘shti, tovuq to‘shi): ular tarkibida ko‘plab temir, foydali hayvon proteinlari, rux, B guruh vitaminlari bor.

Homiladormisiz? ? Agar, homiladorlik davrini foydali bilimlar bilan mazmunli oʻtqazishni istasangiz “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini yuklab oling. Hamda TelegramʼdagiHomiladorlik maktabikanaliga qoʻshiling.

[​​](https://telegra.ph/file/d72a3f45d51cd37f0d736.jpg)***?******?******?*****Homilador ayollar uchun eng foydali oziq-ovqatlar*****?******?******?***
4 years, 7 months ago

​​Shunday qilib, ro‘za tutish sog‘liq uchun foydalimi? (2-qism)

Doktor Ma’ruf ha, deydi. Ammo ba’zi narsalarni e’tiborga olib qo‘ymoq zarur.

"Biz tanovul qilayotgan taomlarimizga e’tiborni oshirganimiz sababli ro‘za tutish sog‘liq uchun foydali. Biroq bir oylik ro‘za foydali bo‘lsada, uni davomiy tutish tavsiya etilmaydi".

"Davomiy ro‘za tutganda tanangiz yog‘ni yeb bo‘lib, quvvat olish uchun mushaklarga e’tibor qarata boshlaydi. Bu esa yaxshi emas".

Doktor Ma’ruf Ramazondan tashqari paytlarda qisqa ro‘za yoki 5:2 formatdagi parhez (haftada ikki kun ro‘za tutish, qolgan kunlari oson hazm bo‘ladigan taomlar yeyish) tutish oylarga cho‘ziladigan ro‘zaga yaxshi muqobil bo‘ladi, deydi.

"Ramazon ro‘zasida har kuni quvvatga boy ozuqa iste’mol qilishga e’tibor berish zarur. Shundagina tanangiz hayot uchun muhim bo‘lgan mushak to‘qimalarini yeb yubormaydi".

Manba: BBC.com
Kanal: @Avitsennauz

[​​](https://telegra.ph/file/408ebf74dd4d6971908a7.jpg)**Shunday qilib, ro‘za tutish sog‘liq uchun foydalimi?** (2-qism)
4 years, 7 months ago

​​Ro‘za tanamizga qanday ta’sir qiladi?

So‘nggi yillarda Ramazon shimoliy yarimshar mintaqasida yoz oylariga to‘g‘ri keldi. Bu oylar davomida kunduzi uzoqroq, ob-havo esa issiqroq bo‘ladi.
Bu ba’zi mamlakatlar, masalan, Norvegiyada istiqomat qiladigan musulmonlar Ramazonda kuniga 20 soatga qadar ro‘za tutadilar, deganidir.

Ro‘za tutish sog‘liq uchun foydalimi?

Quyida 30 kun ro‘za tutganingizda tanangizda qanday o‘zgarishlar yuz berishi haqida bilib olishingiz mumkin.
Har yili Yer yuzidagi millionlab musulmonlar Ramazonning bir qismi sifatida 30 kun davomida kun chiqqandan to quyosh botgunga qadar ro‘za tutadilar.

Eng qiyin qism - ilk ikki kun

Tibbiyot nuqtai-nazaridan so‘nggi ovqatdan sakkiz soat yoki shunga yaqinroq vaqt o‘tmagunga qadar tanangiz "ro‘zadorlik holati"ga kirmaydi. Bu vaqt atrofida ichaklar ovqatdagi oziq moddalarni so‘rib olish jarayonini yakunlayotgan bo‘ladi.
Oziq moddalar ichaklar orqali so‘rib olingandan so‘ng tanamiz jigar va mushaklarda to‘plangan glyukozadan quvvat olishga harakat qiladi.

Ro‘zaning so‘nggi qismlarida, glyukoza tugagandan so‘ng, tanada yig‘ilgan yog‘ quvvatning navbatdagi manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Tana yog‘ bilan oziqlana boshlaganda vazn va xolesterin miqdori kamayadi, qandli diabetga chalinish ehtimoli pasayadi.
Ammo qonda shakar miqdorining tushib ketishi holsizlik va lanjlikka sabab bo‘ladi.
Ro‘za tutayotgan paytingiz bosh og‘rig‘i va aylanishi, ko‘ngil aynishini his qilishingiz, nafasingiz siqishi mumkin.
Bu vaqtda tanangizdagi ochlik hissi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi.

Suvsizlanishdan ehtiyot bo‘ling - 3-7-kun

Tanangiz ro‘za tutishga moslasha borgan sari yog‘lar cho‘kib, qondagi shakarga aylanadi. Ro‘za tutish davomida yo‘qotilgan suyuqlik miqdori iftorlik va og‘iz yopish orasida qayta to‘ldirilishi lozim. Aks holda terlash hisobiga tana suvsizlanib qoladi.

Iste’mol qilinayotgan taomlarda uglevod va yog‘lar kabi quvvat beruvchi moddalar yetarli darajada bo‘lishi zarur. Shuningdek, oziq moddalar, jumladan, oqsillar, tuzlar va suvning iste’mol qilinayotgan taomdagi miqdori o‘zaro muvozanatda bo‘lishi ham muhim.

Ro‘za tutishga o‘rgana boshlaysiz - 8-15-kun

Uchinchi bosqichga kelib, tanangiz ro‘za tutishga to‘la o‘rganib qolgandan so‘ng kayfiyatingizda ham yaxshi o‘zgarishlar paydo bo‘la boshlaydi. Kembrijdagi Addenbruk shifoxonasining anesteziya va intensiv davolash bo‘limi konsultanti bo‘lib ishlovchi doktor Razin Ma’rufga ko‘ra, ro‘za tutishning boshqa afzalliklari ham mavjud.

"Odatiy turmush tarzida biz yuqori kaloriyali ovqatlar tanovul qilamiz va bu hol tanamizning ba’zi vazifalarni, masalan, o‘zini-o‘zi qayta tiklash amaliyotini ado etishida halal beradi".

"Ro‘za tutish davomida anchayin yengillashgan tana boshqa funksiyalarga o‘z e’tiborini qaratish imkoniga ega bo‘ladi. Shunday qilib, ro‘za tutish tananing o‘zini-o‘zi davolash xususiyatlari, shuningdek, infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi".

Ichni tozalash - 16-30-kun

Ramazonning so‘nggi qismida tanangiz ro‘za tutishga butunlay ko‘nikib bo‘ladi. Bu vaqtga kelib yo‘g‘on ichak, jigar, buyrak va terilarda tozalanish jarayoni boshlanib ketadi.

"Ro‘za tutish orqali o‘z-o‘zini tozalab olgan organlar o‘zining faoliyatini to‘liq tiklab oladi. Xotirangiz va diqqatni jamlash qobiliyatingiz yaxshilanib, o‘zingizni bardam seza boshlaysiz", -deydi doktor Ma’ruf.

"Tanangiz quvvat olishda oqsillarga qaram bo‘lib qolmasligi kerak. Bu manzara tana o‘ziga xos 'ochlik holati'ga kirganda va mushaklardan quvvatlana boshlaganda yuzaga keladi hamda bir necha kundan bir necha haftaga qadar davom etadi".

"Ramazon ro‘zasi faqat kun chiqqandan botganga qadar davom etgani sababli bizda tanamizni quvvatga boy ozuqalar va ichimliklar bilan to‘ldirib olishga yetarlicha imkon bo‘ladi. Bu mushaklarni qurib ketishdan saqlaydi. Bundan tashqari vazn tashlashga ham yordam beradi".

@Avitsennauz

Davomi ⤵️⤵️⤵️

[​​](https://telegra.ph/file/cdda462c459840573c48a.jpg)**Ro‘za tanamizga qanday ta’sir qiladi?**
4 years, 7 months ago
Toksoplazmoz infeksiyasidan saqlaning!

Toksoplazmoz infeksiyasidan saqlaning!

Kanal: @Homiladorlik_maktabi

4 years, 7 months ago

​​Koronavirus pandemiyasining yana bir kutilmagan ijobiy ta’siri haqida ma’lum qilindi

COVID-19 pandemiyasi butun dunyoda davom etayotgan karantin cheklovlari va boshqa profilaktika choralari tufayli mavsumiy gripp epidemiyalarining kamayishiga xizmati qilishi mumkin. Britaniyaning Markaziy Lankashir universiteti olimlari shunday xulosaga kelgan, deb yozmoqda The Conversation nashri.

Olimlar tadqiqotlari davomida turli davlatlarda hukumatlar tomonidan amalga oshirilayotgan choralar aholida foydali odatlar paydo bo‘lishi va shakllanishiga xizmat qilgan. COVID-19 tarqalishidan avval Britaniyada jamoat hojatxonasiga borgandan keyin 32 foiz erkaklar va 64 foiz ayollargina qo‘llarini yuvgan, endi qirollikda 83 foiz aholi bu ishni muntazam ravishda bajarmoqda.

Shuningdek, mavsumiy gripp epidemiyalariga qarshi kurashda ta’lim muassasalarining yopib qo‘yilgani ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: o‘quvchilar immunitet zaifligi tufayli mavsumiy infeksiyalarni yuqtirib oluvchi asosiy guruhlardan biri hisoblanar edi.

Maqolada ijtimoiy masofa saqlash amaliyoti ham kasalliklarning tarqalishiga to‘sqinlik qilgani qayd etilgan.

Olimlar ushbu choralarning gripp bilan kasallanish ko‘rsatkichiga qanchalik ta’sir qilishi haqida aniq raqam yoki foizni oshkor etmagan: boshqa ko‘plab kasalliklarda ham shunga o‘xshash alomat va belgilar kuzatilishi tufayli hisob-kitobni amalga oshirishda qiyinchiliklar mavjud. Lekin Yaponiyada fevralning ikkinchi haftasida gripp bilan kasallanish bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 60 foizga kamaygani ma’lum qilingandi. Ekspertlarning qayd etishicha, Yevropada ham shunga o‘xshash holat kuzatilmoqda.

Manba: The Conversation
Tarjima: Daryo.uz Kanal: @Avitsennauz

[​​](https://telegra.ph/file/457b2b93d80ca83e10703.png)**Koronavirus pandemiyasining yana bir kutilmagan ijobiy ta’siri haqida ma’lum qilindi**
4 years, 7 months ago

​​Koronavirus mavsumiy kasallikka aylanadi — xitoylik olim

Xitoy Tibbiyot fanlari akademiyasining Patogen biologiya instituti olimlari koronavirus yo‘q bo‘lib ketmaydi va har yili mavsumiy gripp kabi qaytib keladi, deb hisoblamoqda.

Olimlar so‘zlariga ko‘ra, Covid-19 o‘n yetti yil oldin yo‘q bo‘lib ketgan qarindoshi SARS virusidan farq qiladi. Ta’kidlanishicha, SARS virusini yuqtirib olgan tezda kasallanadi. Chunki uning alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Karantin joriy etilgach, kasallik tarqalishi to‘xtatilgan.

Ammo ko‘p holatlarda, COVID-19 asemptomatik bo‘lib (ya’ni alomatlarsiz), virus yashirin tarzda tarqaladi, shuning uchun uning tarqalishini to‘xtatish mutlaqo mumkin emas. Xitoyda har kuni o‘nlab simptomlari mavjud bo‘lgan o‘nlab koronavirus holatlari qayd etilmoqda.

"Ehtimol, bu uzoq vaqt davomida insoniyat bilan birga yashaydigan va mavsumiy kasalliklarga aylanadigan epidemiyalarga o‘xshaydi", - dedi Xitoy Tibbiyot fanlari akademiyasining Patogen biologiya instituti direktori Szin Si.

Shuningdek, o‘n yildan beri koronavirusning to‘rtta turi ustida izlanish olib borayotgan amerikalik olimlar gripp epidemiyasi kabi mavsumiy xarakterda bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Manba: Sof.uz
Kanal: @Avitsennauz

[​​](https://telegra.ph/file/7a6a5adf12f29f486ab8d.png)**Koronavirus mavsumiy kasallikka aylanadi — xitoylik olim**
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 2 days ago