Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Amerika Qoʻshma Shtatlarining oʻldirilgan prezidentlari
🗡 **1. Avraam Linkoln [16-prezident]
Oʻldirilgan yili: 1865-yil
Suiqasd joyi: Vashington, Ford teatri
Qotil: Jon Uilks But
Qotillik quroli: Derrindjer toʻpponchasi
🔨 2. Jeyms Abram Garfild [20-prezident]
Oʻldirilgan yili: 1881-yil
Suiqasd joyi: Vashington, Baltimor va Potomak orasidagi temir yo'l stansiyasi
Qotil: Sharl Gito
Qotillik quroli: Britan buldog revolveri
🔨 3. Uilyam MakKinli [25-prezident]
Oʻldirilgan yili: 1901-yil
Suiqasd joyi: Nyu-York, Buffalo shahri, musiqa ibodatxonasi
Qotil: Leon Cholgosh
Qotillik quroli: Iver Jonson revolveri
🔨 4. Jon Kennedi [35-prezident]
Oʻldirilgan yili: 1963-yil
Suiqasd joyi: Texas, Dallas shahri, Dili-Plaza parki
Qotil: Li Xarvi Osvald
Qotillik quroli: Karkano miltigʻi (snayper)**
Janubiy Yevropa poytaxt shaharlari
Afina – Gretsiya poytaxti. Dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri. Shaharga dastlab aholi eramizdan avvalgi XVI – XIII asrlarda o‘troqlasha boshlagan. Nomi esa afsonaviy Afina(qadimgi yunonlarning xudosi) ismidan olingan. Lekin qadimgi yunon tilida tepalik yerni bildiruvchi atinai so‘zi ham bo‘lgan. Shahar shunday tepalikda joylashganligi uchun unga atina, afina – "tepa” nomi berilgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi H.Hasanov.
Belgrad– Serbiya poytaxti.
Keltlar tomonidan eramizdan oldingi IV-III asrlarda asos solingan. Eramizdan avvalgi 33-yilda rimliklar tomonidan bosib olingan va qal’aga aylantirilgan va shu bilan bir qatorda Singudunum nomi ham berilgan. IX asrda slovyanlar tomonidan bosib olingandan so‘ng Belgrad nomi bilan atala boshlangan.
Lissabon– Portugaliya poytaxti.
Shahar o‘rnida eramizdan avvalgi I asrda Yuliy Sezar tomonidan asoss solingan rimliklar lageri joylashgan bo‘lgan. Shahar Yuliy Sezar sharafiga Baxtli Yuliy – Felisitas-Yuliya deb nomlangan. Eramiz boshlarida Ulisea nomi bilan keyinchalik esa Olisippo, Olisippona, Lisabon shakllari uchraydi.
Lyublyana– Sloveniya poytaxti.
Shahar eramizdan avvalgi I asrda Emona Rim koloniyasi sifatida shakllangan. IX asrda franklar tomonidan qayta tiklangan, X asrdan boshlab Lyublyana (Ljubljana) deb nomlana boshlangan. Shahar nomining kelib chiqishi Lyuvigan daryosi atrofida joylashganligi bilan izohlanadi.
Madrid– Ispaniya poytaxti.
Shaharga 927-yilda mavritanlar qarorgohi sifatida asos solingan. Magerit arab tilidan Madarat shahar ma’nosini bildiradi. Magarat shaklida tilga olinadi. Boshqa bir faraz bo‘yicha arablargacha ya’ni arabcha nomga qadar shahar nomi eski ispan tilidan olingan bo’lib, maderita – o‘rmon novdasi degan ma’noni anglatadi.
Rim– Italiya poytaxti.
Asl nomi Rumo – hozirgi Tibr daryosi nomidan olingan. Daryo nomi esa uning qirg‘oqlari bo‘yida yashagan qadimgi rumo qabilasi nomidan olingan, deb hisoblanadi. Rim – "abadiy shahar” degan ibora yasama nomdir. Uni "bo‘ri emizib katta qilgan bolalar – Ramul bilan Rem – miloddan avvalgi 750-yil ilgari bunyod etgan” degan afsona ham to‘qilgan. Arxeologlarning aniqlashicha, Rim shahri qurilishidan 500 yilcha avval uning o‘rni ko‘cha, yo‘l va kanallar bo‘lgan.
" Barcha yo‘llar Rimga olib boradi" iborasi ham zakovat olamida ancha mashhur.
Sarayevo – Bosniya va Gersegovina poytaxti.
XIII asrdan Vrxbosna (gora nad bosnoy) nomi bilan mashxur. Vrx – tog‘, balandlik, Bosna – daryo nomi. Vrxbosna – Bosna daryosi ustidagi tog‘ ma’nosini anglatadi. Bosna daryosi nomidan butun tarixiy joy Bosniya nomi kelib chiqqan. Ottomanlar hukmronligi imperiyasi davrida shahar Bosna-Saray (Saray turkchadan Saroy, qal’a) deb atalgan. Bu esa Bosnadagi saroy ma’nosini beradi. Bosnadagi saroyni XVI asrda Xusrav-Bek qurdirgan. Turklar imperiyasidan ozod bo‘lgandan keyin shahar nomi slavyan tilida Sarayeva tarzida nomlangan. Sarayeva – qal’ali, saroyli degan ma’nolarni anglatadi.
San-Marino – Appenin yarim orolidagi kichik davlat.
Hozirgi davlat o‘rnida milodning IV asrida Marino ismli kishi dindorlar jamiyati qurish maqsadida bunyod etgan. Shuning uchun uning nomiga Santo-Marino – "Muqaddas Marino” deb atalgan.
Tirana– Albaniya poytaxti.
Ushbu nom XVI asrda paydo bo‘lgan. Tirana eramizdan avvalgi I ming yillikda Apennin yarim orolida yashagan tirren qabilasi nomidan olingan.
Vatikan – shahar-davlat.
Rim shahri ichida joylashgan bo‘lib, dunyodagi eng kichik davlat hisoblanadi. Rim shahri yetti tepalikda joylashgan bo‘lib, tepaliklardan biri Monte-Vatikano tepaligida qadim zamonlarda kohinlar (latincha "vatikinatio”) yashagan. Shahar – davlat nomi shundan olingan.
Zagreb– Xorvatiya poytaxti.
XIII asrda Zagrabia hozirda esa Zagreb shaklida qo‘llaniladi. Shahar nomi slavyan tilidan Zagreb tepalik ma’nosini bildiradi ya’ni tepalikdagi shahar ma’nosini anglatadi.
Moratoriy (lot. moratorius — sekinlatuvchi, muddatni orqaga suruvchi) — muayyan majburiyat va harakatlarning ijro etish muddatini hukumat tomonidan maʼlum vaqtga uzaytirish, toʻxtatib qoʻyish. Biror favqulodda holat munosabati bilan ham moratoriy eʼlon qilinadi.
Hozirgi kunda bu termin zakovat olamida keng tarqalgan. Lekin koʻpchilik uning maʼnosiga tushunmaydi. Zakovatda oʻynalgan savollar boshqa joylarda ham oʻynalishi mumkin. Shu sababli savollarga nisbatan moratoriy termini ishlatiladi. Bunday vaziyatda oʻsha savolni oʻynagan bilimdonlardan moratoriy olib tashlanmaguncha savollarni tarqatish, savol ichidagi faktlarni ulashish taqiqlanadi.
Vita brevis, ars longa.
Hayot qisqa, sanʼat abadiy.
Historia est magistra vita.
Tarix-hayot oʻqituvchisi.
Cogito ergo sum.
Fikrlayapman demak tirikman.
Scientia potentia est.
Bilim bu kuch.
Repetitio est mater studiorum.
Takrorlash bilimlar onasi.
Felix, qui potuti rerum cogoscere causas.
Kim voqealar sababini tushunsa baxtli.
Abussus abussum invocat.
Falokat hech qachon yolgʻiz kelmaydi.
Legem brevem esse oportet.
Qonun qisqa boʻlishi kerak.
9. Si vis pacem, para bellum.
Tinchlik hohlasang urushga tayyor tur.
10. O fallacem hominum spem
Yolgʻon bu odamlarning soxta umididir.
Pecunia non olet.
Pullar hid taratmaydi.
Ex nihilo nihil fit
Hech narsa hech narsadan kelib chiqmaydi.
Hannibal ante portas
Gannibal darvoza oldida
Oderint, dum metuant
Mayli, nafratlansalar ham, qo'rqsalar bo'ldi!
Mualliflarni izohlarda yozib qoldiring ??
Yevropa mamlakatlari pul birliklari
1. Avstriya - Yevro
2. Albaniya - Lek
3. Andorra - Ye
4. Belorussiya - Belorus rubli
5. Belgiya - Yevro
6. Bolgariya - Lev
7. Bosniya va Gertsogovina - Marka
8. Birlashgan Qirollik - Funt-Sterling
9. Vatikan - Yevro
10. Vengriya - Forint
11. Germaniya - Yevro
12. Gretsiya - Yevro
13. Daniya - Daniya Kronasi
14. Irlandiya - Yevro
15. Islandiya - Islandiya Kronasi
16. Ispaniya - Yevro
17. Italiya - Yevro
18. Latviya - Yevro
19. Litva - Yevro
20. Lixtenshteyn - Shveysariya Franki
21. Lyuksemburg - Yevro
22. Malta - Yevro
23. Moldova h Moldova Leyi
24. Monako - Yevro
25. Niderlandiya - Yevro
26. Norvegiya - Norvegiya Kronasi
27. Polsha - Zlotiy
28. Portugaliya - Yevro
29. Rossiya - Rossiya rubli
30. Ruminiya - Ruminiya Leyi
31. San-Marino - Yevro
32. Serbiya Serbiya - Dinori
33. Slovakiya - Yevro
34. Sloveniya - Yevro
35. Ukraina - Grivna
36. Finlandiya - Yevro
37. Fransiya - Yevro
38. Xorvatiya - Kuna
39. Chernogoriya - Yevro
40. Chexiya - Chexiya Kronasi
41. Shveysariya - Shveysariya Franki
42. Shvetsiya - Shvetsiya Kronasi
43. Shimoliy Makedoniya - Sh. Makedoniya Dinori
44. Estoniya - Yevro
— Donetsk Xalq Respublikasi - Rossiya Rubli
— Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi - DMR Rubli
— Kosovo - Yevro
— Lugansk Xalq Respublikasi - Rossiya Rubli
QURAYISH – qishloq. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani. 1924-yildagi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra Buxoro yaqinida ersari turkman qabilasining qurayish bo‘linmalari qayd etilgan (bu etnonim katta ehtimol bilan arab qabilasi qurayish nomi bilan bog‘liq. Ko‘plab arablar Buxoro hududida yashaganlar, ko‘pchilik vaziyatlarda ular o‘zlarining tilini yo‘qotishgan, biroq o‘zlarining urug‘-qabila nomlarini saqlashgan). Kollektivlashtirish va ko‘chirish yillarida bu yerga kelgan odamlar yoshligidanoq qishloqni o‘zlarining tug‘ilgan qishloqlari nomi bilan atashlari mumkin edi.
KONIGIL – Samarqand viloyatining Samarqand tumani. Xususan, Kon-i
gil – “loy koni”dir. Bu qishloqdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, bizning
davrimizning boshidanoq sopol idishda ishlatiladigan loy, oq qum, qizil loy,
sariq loy va boshqa loy turlari qazib olingan.
Temuriylar davrida keng tanilgan bu tekislik haqida birinchi marta Temur
va Bobur tarixida so‘z yuritilgan. “Samarqand atrofida chiroyli o‘troqzorlar
joylashgan. Bitta mashhur (o‘lang) – Kanigil o‘troqzoridir, u Samarqanddan
sharqqa cho‘zilib, biroz shimolga egilib, bitta sheriga (taxminan 2 km) cho‘zil-
gan. Obi Rahmat deb ham nomlangan ariq Konigilning o‘rtasidan oqadi, suv u
yerda yetti yoki sakkizta tegirmon bo‘ladi. Ushbu soyning qirg‘oqlari butun-
lay botqoqlikdir. Samarqandlik sultonlar uni har doim qo‘riqxona deb e’lon
qiladilar, ular har yili bu o‘tloqqa borib, bir-ikki oy yashab ham kelardilar”
(Бабур-наме. – Ташкент, 1958).
Boburning so‘zlaridan ushbu so‘zning etimologiyasi (lang – so‘zma-so‘z
“maysazor”) ekanligi ko‘rinib turibdi, soy qirg‘oqlari botqoqlikdir. Forschada
gil so‘zi “loy” degan ma’noni anglatadi. Konigil – loydan, botqoqlardan iborat
joyni bildiradi. Konigilda ohaktosh koni borligi ma’lum. Ba’zi odamlar Konigil
“gullar mo‘l-ko‘l joy” degan ma’noni anglatadi, deb o‘ylashadi.
Bunday semantik va grammatik jihatdan asosli emas, chunki bu holda bu
toponim Gulzor, Guliston, Gulxona va boshqalar ham shunday jaranglagan
bo‘lardi. Boburning Konigil “koniobgir”dan tuzilganligi haqidagi so‘zlari
diqqatga sazovordir; obgir esa geografik termin bo‘lib, “ko‘lmak”, “botqoq”
degan ma’noni anglatadi, bu so‘z “Boburnoma”da bir necha bor takrorlangan.
Konigil tarixda qonli urushlar arenasi va “Samarqand sultonlari” uchun dam
olish va ko‘ngil ochadigan joy sifatida tanilgan. Konigil qishlog‘i hozirda ham
mavjud.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago