Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Maqsadlar...
Yangi yil yaqinlashgani sari hamma maqsad qo’yishni, yangi niyatlar qilishni boshlab yuboradi.
Bu yil qilmoqchi bo’lgan ishlaringizni aksarini yangi yilga ko’chiriladi. 24ni o'chirib 25 qilib qo'yadiganlar ham bor ))
Go’yoki yangi yilda sizga qandaydir mo’jiza bilan kuch keladida, oldin qilolmagan hamma ishingizni bitirib tashlaysiz.
Sizni xafa qilishga majburman: unday bo’lmaydi. Bu yil maqsadlaringizni qanchasiga erishgan bo’lsangiz, keyingi yilga ham katta ehtimol bilan shunday davom etasiz.
Judayam ko’pchilik odamga uzoq muddatli rejalashtirish to’g’ri kelmaydi. Chunki boshqarish kerak bo’lgan omillar juda ko’p. Bizdagi resurslar esa juda kam. Shuning uchun qisqaroq, 3 oylik maqsadlar qo’yish yaxshiroq yechim.
12 hafta degani. Vaqt judayam uzun bo’lsa, qiladigan ishni orqaga surib boraverasiz. Siz qo’ygan maqsad hozirgi harakatlaringizni o’zgartirmasa, u yaxshi qo’yilgan maqsad emas.
Yuqoridagi qisqa vaqtda natija olishingiz uchun esa siz hozir harakat qilishingiz kerak bo’ladi.
Yaqinda bitta guruhimizda kundalik nima dasturlar ishlatish bo'yicha gaplashgan edik. Shu dasturlar ro'yxati va qisqacha nima uchun ishlatishimni shu yerga ham yozib qo'ymoqchiman.
Balki kimgadir foydali bo'lar)
Notion - vazifalarni boshqarish, kundalik, videolar konspektini yozish uchun.
Obsidian - fikrlarni bitta bitta yozish va ular orasidagi bog'liqlikni ko'rish uchun. Fikrlashni tiniqlashtiradi. (2-miya)
Habit - kunlik odatlarni nazorat qilish.
Wallet - shaxsiy moliya uchun.
Daily Deeds - yaqinda Hojiakbar akadan bildim, namoz va boshqa ibodatlarni ko'rib borish uchun, juda zo'r ekan.
Unhook - brouzer uchun extension, YouTube rekommendatsiyani va shortsni o'chirib qo'yadi. Chalg'imaslik uchun.
Kindle & Apple Books - elektron kitoblar o'qish uchun.
Ustozimni ko’rgani bordim. Ba’zi nasihatlar qildilar. Eng fundament bo’ladiganlaridan. Shu yerda tursin.
Menga ham, boshqalarga ham eslatma bo’lsin:
• Xudodan qo’rqadigan odamlar bilan birga bo’l. Xudodan qo’rqmaydiganlar faqat seni oldingda senga yaxshi, qo’rqadiganlar har doim.
• Yeyotgan luqmangga e’tiborli bo’l. Halol luqma yegin.
Topishing ham halol bo’lsin, yegan ovqating ham halol va pokiza tayyorlangan bo’lsin. Ishonchsiz joylardan ovqatlanma. “Qatiq va nonni o’zi bilan ham 2 yil Rossiyada xizmat qilganman, hech narsa qilmagan.”
• Ota onangda duo ol, ularga xizmat qil. Ularning duosi beminnat. Bu gapdan meniki minnatli degani emasku, lekin ularniki bittada qabul bo’ladi.
• Ularga oyi, dada deb emas, onaginam, dadajon deb chaqir;
• Uzoqda bo’lsang har kuni ikki mahal telefon qil;
• Har kuni o’qi.
Odamni eng katta xatolari xatoligini bilib turib qilgan xatolari. Ularni har qaytarganida o’zi, O’zi va odamlar oldida yuzi yerga qarab boraveradi.
Bu jarayonni oxirini o’ylashga odam qo’rqadi.
Lekin bu yo’lni eng oxirgi nuqtasi aniq.
Metroying noto’g’ri bekatga olib borishini xohlamasang, tezda yurgan yo’lingni o’zgartir.
Xato qayeridan qaytsang ham foydada bo’lasan.
Xatoligini bilmasdan qilgan ishlaringdan xulosa chiqar, qaytib u xatoni qilma.
Xatoni surunkali ravishda bilib turib qilayotgan bo’lsang, o’zingga yaxshilab tan ol, bu xatoni qilganingdan rostan afsuslanyapsanmi o’zi?!
Afsuslanmayotgan bo’lsang, xatoni xato deb tan olmaslik qayerga olib borishini o’ylab ko’r. Bu xuddi gunohni gunoh deb hisoblamaslikka o’xshaydi.
Bu yo’lni oxiri senga yoqsa, Пожалуйста, marhamat.
Yo’q boshqa manzilga bormoqchi bo’lsang, eng yaqin bekatda u yo’ldan qayt.
Eng yaqin bekat esa hozir.
Odamning o’ziga bo’lgan hurmatini belgilab beradigan narsa uning yashirin yutuqlari.
Oxir oqibatda bu yashirin yutuqlar shu inson hayotining qanchalik mazmunli ekanini belgilab beradi:
• Judayam charchagan paytda tugatib qo’yilgan virdlar*
• Odamning hech kim ko’rmasa ham omonatga sodiq bo’lishi
• O’ziga bergan va’dasini bajarish
Shular hammasi o’zimga bo’lgan hurmatni belgilab beradi. Shu ishlarni qilsam, tashqarida ishlar yaxshi bo’lmasa ham xotirjam va hayotdan xursand bo’lib yuraman.
Bular yiqilsa, tashqarida ishlar zo’r bo’lsayam ko’ngil g’ash yuradi.
O’zi hech kim bilmasa ham bu ishlarni qilish nega yordam beradi?
Chunki bularni qilish orqali manda isbot yig’iladi, mani “толковый” bola ekanligimga.
Qo’limdan bir ish kelishini ko’rgandan keyin o’zimga ishonch oshadi.
O’ziga ishonch oshsa, ishlarni yaxshi bo’lishiga ham optimistik qaray boshlanadi.
Optimistlar esa ko’proq narsaga erishadi. (manba)
Natijada yaxshiroq natijaga erishasiz.
Yashirin yutuqlarni ko’paytiraylik.
Sizda nima yashirin yutug’ingiz bor?
Kecha tiniqib uxladim. Turgandan keyin buning sababini pardalarni qorong’u qilib yopib, chiroqlarni o’chirganimdan deb o’yladim.
Keyin bir necha kishi bilan suhbatlashsam bu mavzuda, shahar tashqarisida markazdan ko’ra havo tozaligidan bo’lgani ehtimoli yuqoriroq ekan.
Sotuv uchrashuviga bordim. Mijoz bittada rozi bo’lib oldi. “Yorvordimda uchrashuvniyam, zo’r sotib tashadim” deb o’yladim. Aslida mijozda juda katta muammo bo’lib turgan ekan, shuni hal qilish uchun tez rozi bo’libdi.
Bitta odam ko’rdim: “ana meni shogirdim, men o’qitganimdan keyin kuchayib ishlari yurishib ketti” deyotgandi. Shogirdi bilan keyin yaqindan suhbatlashdim: u ustozdan keyinam juda ko’p joyda o’qigani, qanchadir risk qilgani va (eng asosiysi) omadi kelib qolganini aytdi.
Dunyo juda murakkab. Bitta natijaga juda ko’p omil ta’sir qilgan bo’lishi mumkin. (Va bitta omil ko’p narsalarga ta’sir qilgan bo’lishi mumkin)
O’zing qilayotgan ishlarning muhimlik darajasini ko’p baholab yuborma. Sen qilgan amal natijaga olib borgan ko’p omillardan biri bo’lishi mumkin. Lekin ko’pincha yagona sabab emas.
Natijada omadning, boshqalarning harakati va ( hatto ba’zida ) fizika qonunlarining ham ta’siri katta bo’ladi.
Shulardan keyin “Sababini qil, qolgani tavakkal” degan gapni yaxshiroq tushungandekman.
Mana bunaqa holat ko’rganmisiz? Bitta biznes bor, ulardagi aniq muammo ko’rinib turibdi: masalan mahsuloti unchalik yaxshi emas. Lekin shuni to’xtamay reklama qilib yotadi. Muammoni yechimini boshqa joydan qidiradi
Xuddi shu narsa individual darajada sizda ham bo’layotgan bo’lishi mumkin, faqat tan olishga qiynalasiz yoki o’zizni aldab yurasiz.
Masalan ishlariz yaxshi emas, siz o’zingizni dam olishlar yoki uydagilar bilan sayohat yoki youtube’da shu bo’yicha videolar o’rganish bilan chalg’itishga harakat qilasiz.
Aslida bu 2 holatdayam qilish kerak bo’lgan narsa aniq:
• biznes holatida, produktni yaxshilash ustida ishlash kerak, reklama qilavermasdan. Produktni ishlatib ko’rganlar foyda olsa, uyog’i tavsiya bilan ham sotuvlar oshadi.
• Shaxs holatida esa ishidagi muammoni hal qilish kerak: boshliq bilan gaplashish kerak bo’lsa gaplash, qayergadir borish kerak bo’lsa - borish.
| Muammo qaysi sohada paydo bo’lgan bo’lsa, o’sha sohada hal qilinadi.
Uydagilariz bilan munosabatda muammo bo’lsa, uni ro’zg’orga ko’proq bozorlik qilish bilan hal qilolmaysiz. Odamlar bilan muammolarni noqulay suhbatlar bilan, ish bilan muammoni esa bajarish qiyin tuyulayotgan vazifani qilibgina hal qila olasiz.
Oxir oqibat, sizni qutqarishga, muammoyingizni hal qiberishga hech kim kelmaydi. Faqat o’zingiz hal qilishingiz kerak.
Siz ham boshqalarni muammosini hal qilib berolmaysiz, ularni o’zi qilishi kerak.
Supermarketda skidka so’rang
Yangi narsalar sinab ko’ring:
• kirmagan kafelaringizga kiring;
• Oldin qilmagan sport turlaringiz bilan shug’ullaning;
• Bormagan joylaringizga boring;
• supermarketdagi sotuvchidan skidka so’rab ko’ring;
• Konduktordan tekinga obketishni so’rab ko’ring.
Bularni hammasi sizni noqulay vaziyatlarga soladi.
Noqulay vaziyatlarga tushib turish sizni ko’p narsaga nisbatan fikrlarizni o’zgartiradi:
- Aslida ko’p narsani unchalik qiyinmasligini;
- Odamlar ko’ringanidan ancha yordamsevar ekanini;
- Yaxshi odamlar ko’pligini ko’rasiz.
Bir xil hayot tarziga ko’nikib qolmang. Yangi darajaga chiqishingiz qiyinlashib qoladi. Muhitni o’zgartirib turing.
Nima uchun har xil eksperimentlar qilish kerak? Tajriba oshishi uchun.
Chunki 1 xil ovqatni 20 marta yesangiz ko’proq tajribali bo’lib qolmaysiz.
Dunyoqarash keng bo’lishi uchun bugun fast-food, ertaga turk taomi, indinga xitoycha lag’mon yeyish kerak, masalan. Shunda umumiy holat bo’yicha ozgina ko’proq tushuncha bo’ladi.
Noqulay va noodatiy vaziyatlar bizni o’stiradi.
Kunlik odat qilib olsangiz ham bo’ladi: 1 kunda 1ta yangi eksperiment
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago