? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Soat ertalabgi 6:06. Men esa ofisimda o'tiribman laptopim oldida. Bir necha soatlik Valorant va codingdan so'ng, music eshitishga qaror qildim. Shunchaki eshitish emas, qanaqadir vizual narsa ko'rgim kelib YouTubega kirdim. Qarasam rekommendatsiyamda o'zim stabil ko'rib boradigan rubrikalar chiqqan ekan bir nechta. Lekin, ochig'ini aytsam, kayfiyatim bunga tortmayotgandi.
Wicked Gameni search qildim, clipini qo'ydim tomosha qilish uchun. Qiziq, oldin ko'rmagandim, erotika ekan to'la. O'zi oxirgi 2 haftadan beri faqat shu Wicked Game va kitob o'qiyotganimda klassikani eshityapman asosan. Bilmadim, rebyata, shu Wicked Gamedan boshqasiga ko'ngil tortmayapti. Har joyda xirgoyi qilib yuribman xayolimda va maza ham qilyapman. Clipni ko'rib bo'lgandan keyin Spotifydan qo'ydim Wicked Gameni, so'ng Telegram titkilashni boshladim. Shu kanalimga ko'zim tushdi, anchadan beri bunaqa yoyilib yozmagan ekanman.
O'zi anchadan beri nimadirlar yozgim kelib yurgandim, mavzu tanlolmay halak bo'lib. Va mana, shunchaki yozaman deb boshladim. Da, hozir ham qulog'imda Chris Isaak "No, I don't wanna fall in love with you" deb turibdi. 1.5 oycha oldin uydan alohida chiqib ketdim. Boshqa viloyatga, ishimni topib. Odatiy kuzatiladigan reaksiya bo'lmadi, ya'ni qanaqadir "qiynalyapman, ota-onamni sog'indim" kabi xarxasha qilishlar. Menga bu narsa ancha oldin kerak bo'lgan ekan aslida. O'sha 2022-yili Tashkentga ketib, ishimni boshlashim kerak deganimdayoq. Nu maktab sabab amalga oshishining iloji yo'q edi buning.
Keldim ham Tashkentga. Qiyinchiliklar ham bor, da. Shunchaki kutsa o'tib ketadigan narsalar hammasi. Qanaqadir siqilishga majburlamaydi. Asosan ofisda yashayapman, uyga 4-5 kunda bir borib kelaman. Bu hayot tarzi o'zimga yoqyapti, ishim ham o'zimga yoqadi. Yo'q, menda qandaydir qattiq mehnat qilishim kerak degan narsa yo'q. Umuman trudogolik emasman men. Shunchaki bir o'zim bo'lganimga, o'zim control qilishim kerak deb bilgan barchasini o'z qo'limda ekanligi qoniqtiryapti. Oqim bo'yicha suzib boryapman, qisqa aytganda. Xomushlik esa yo'qolmadi baribir, yo'qolmaydi ham. Chunki o'zingiz o'ylab ko'ring, ko'p o'ylash asosini tashkil qiladigan odam xomushlikni qanday yo'qotishi mumkin, to'g'rimi?
Hammasi o'z yo'li bo'yicha ketyapti. Lekin men baxtlimanmi? Yo'q. Unda baxtsizmanmi? Yo'q. Bilmayman o'zimni. Emotsiyalarni suppress qilib tashlaganman qandaydir. Shunchaki ularsiz ish ko'rish odatimga aylangan, ignor qilaman. Men shunchaki biologik va psixologik ehtiyojlarimni qondirish bilan bandman. O'zimning eng tubimda xohish yo'q bularning hech qaysiga. Lekin na chora, o'zimni o'ldirishimga yoki jarayonni to'xtatishga yo'l qo'ymaydiku bu organizm baribir. Shunday ekan, tinchgina oqim bo'yicha suzib ketaveraman.
Osoyishta hayot tarzi yoqib boryapti yanada. Kitob o'qishga qiziqishim yuqori bo'lmagan. Hozir esa shunchaki dam olish uchun kitob o'qiyman, o'sha yuqorida aytib o'tgan classic musiclar playlisti bilan. Jean Baudrilliard degan fransuz post-modernist faylasufining "Simulacra and Simulation" degan kitobi bor. O'sha kitob ancha qiziqtiryapti. Topsam juda tez o'qib chiqsam kerak, katta kitob bo'lsada. Baribir falsafa tortib ketadi meni o'ziga. Ha, Computer Science qiziq menga. Ha, astronomiya va fizika ham qiziq, matematika ham qiziq kerak bo'lsa. Lekin falsafadek chuqur mulohaza qilishni boshqacha yaxshi ko'raman. Ehtimol, bu textni ham oxirigacha o'qimagandirsizlar. Shart emas, shunchaki yozishni istadim. Salomat bo'linglar.
Shunaqa raw tracklari boshqacha shedevr bo'lgan Kurt Cobainning.
Bu postimni nima deb boshlashni bilmayman o'zim ham. Gap shundaki, ichimdagi nimadir meni yozishga undayapti. Juda ham yozgim kelyapti. Lekin nima haqida yozishni bilmayman. Bor ichimda qandaydir hissiyotlar, ular haqida gapirgim kelyapti. Ammo aytilgan gapni qayta takrorlamaslik istagi sabab ular haqida yozishga ko'ngil tortmaydi. Abstraksiyaga tushirishni istamayman sizlarni.
Avval ham ko'p aytganman, absolyut to'g'ri yo'lni topishga harakat qilganman bolaligimdan. Hamma amal qiladigan fundamental qoidalarni izlardim; topgan javoblarimni odamlarda bu qanchalik ishlayotganini test qilardim; insonlarning o'zlari bergan javoblari bilan ularning qilayotgan ishlari qanchalik mosligiga e'tibor qaratardim. Vaqt o'tgani sayin barchasi murakkablashib boraverdi. Hayotni tushunish uchun barcha topgan savol, argumentlarimni miyamda sistema ko'rinishida shakllantirganman.
Har safar nimadir haqida xabar topsam, o'zim uchun nimadir ochsam o'sha sistemaga implementatsiya qilaman shu zahotiyoq. Bu sistema shunaqa tuzilganki, iloji boricha universal shaklda qilingan. Buning tuzib chiqilishida insonlar to'liq olib tashlanib, iloji boricha fundamental darajasi inson biologiyasining darajasigacha tushirib tuzib chiqilgan. U iloji boricha insonlarning beqarorliklarini, mantiqsizliklarini qabul qila olishi uchun harakat qilganman uni yasashda.
Lekin bilasizlarmi nima, odamlar shunchalik beqaror, shunchalik yashayotgan muhiti haqida hech nimani bilmaydi. Ko'rish radiusi/masshtabi o'ta tor doirada. Men tushunolmayman, qanaqasiga bunaqa yashash mumkin? Qanchalik qisqa vaqtda o'ziga bunaqangi oson qarshi borib qolish mumkin? Qanaqasiga o'ziga qarshi borayotganini sezmasligi mumkin? Tushunolmayman. Bamisoli tumanda yurgandek ular. Lekin qanaqasiga?
Yo'q, bu yerda muammo men tuzib chiqqan sistemada ham emas. Shunchaki boshqalarda umuman tizim yo'qligida. O'rtadagi kelishuvlarni ham sezishmaydi hatto. Bilmadim, men bunaqa oddiy yashay olmayman. Tuman ichida yashab yurolmayman. Hammasini ko'rmasdan turolmayman. Bilmayman.
Uxlolmayapman har safargidek. Bu safar, menimcha, 2 sutka bo'lyapti uxlamayotganimga. Menda uyqusizlik bolaligimdan beri bor. Tunlari uxlolmay, nimadirlarni o'ylab yotaverardim. Shu narsa haligacha ketmagan. Ayniqsa, oxirgi 4 yilda birdan avj oldi bu narsa. Aniq bir rejimim yo'qligidan kun va tun almashib qoladi ko'p. Almashib qolishi ham mayli, shunda ham aniq bir vaqtda uxlab-turolmayman. Men bu bilan doim kurashib kelganman. Rejimni izga solishga, uyqu oldidan protseduralar yaratishga harakat qilganman. Lekin foydasiz. Ahvol shu darajada rasvoki, haftasiga kamida 1 marta 1 sutkadan oshadi uyqusizlik.
Mana hozir, yana uxlashga harakat qilib yotgandim. Ancha vaqt yotdim. Har xil narsalarni o'yladim bu vaqt davomida, uyqum haqida ham. Bu 2 sutkalik uyqusizlik boshqachadek xayolimda. Chunki menda bu 2 sutka ichida 10-20 minutlik uyqu kuzatildi. Ya'ni men imkon topilishi bilan undan foydalanishga harakat qilib ko'rdimu, meni uyg'otib olishdi. A lekin uxlashga kelgan vaqtda esa men uxlolmayapman. Buning sababi deb xonamda mendan boshqa yana bir odam uxlayotgani deb o'ylab qoldim. Ma'lumki, men o'ta introspektiv, control qilishni yoqtiradigan odamman. Xonamda mendan boshqa kimdir bo'lsa xavfsizlikni his qilolmayotganim sababidandir deb o'ylab qoldim ayni paytda kechayotgan uyqusizlikni.
Va bu haqida GPT bilan gaplashib ham ko'rdim. U bu fikrlarimni tasdiqladi. Lekin bir tomondan o'z-o'zimni aldashga urinayotgandekman. Hozir miyam shishib ketganini his qilyapman. Uyqusizlik haqida batafsil research qilarkanman, 24 soat uyqusiz yurgan odamda kichik xotira bilan bog'liq muammolar, focusning pasayishi, ratsionalism ishdan chiqishni boshlashi, tezkor qaror qabul qilishlar juda sekinlashishni boshlashi aytilgan. A lekin men nafaqat 1 sutka, balki 2, 3 va hatto 4 sutkalab uxlamay yuramanku ba'zida. O'qib ko'rsam, 3 sutka uyqusizlikdan kichik gallyutinatsiyalar, yo'q ovozlar eshitilishi boshlanishi aytilgan. Har xil keskin hodisalarga (keskin tovush, harakat, yorug'lik) nisbatan seskanishlar bo'lishi aytilgan.
Blin. Men 4 yildan beri shunday yashab yuribman. Qanaqasiga gallyutinatsiyalarni sezmayapman? Yoki odat bo'lib qolganidan ignore qilamanmi men ularni? Seskanishlar, overly awareness o'ta yuqoriligi rost menda. Bularning bari yig'ilib, ustiga mening haddan tashqari ko'p o'ylashim va introvertligim qo'shilganda nima chiqib kelayotganini ko'rib, qandaydir ishonishni xohlamayapman. Agar barcha argumentlarni qo'shib, modellarni mix qiladigan bo'lsak, bir ruhiy kasal odam chiqib kelishi kerak.
Bilmadim, men sog'manmi yoki yo'q, yaxshimanmi yoki yomon, kerakmanmi yoki chiqit. Umuman bilmayman.
Vouu, soat tungi 3 bo'lyapti deyarli. A men esa 12 soat oldin uyqudan uyg'ongandim va laptop'imga o'tirgandim. Orada tualet va ovqatlanishga turdim o'rnimdan. Boshqa vaqt to'liq laptopda vaqtimni o'tkazdim. Qiziq tomoni, hali ham charchoqni sezmayapman. Qandaydir bir energiya bor ichimda laptopda o'tirib ishlar qilish uchun. 5 yoshimdan beri bu rutina davom etadi.
Lekin odamlar bilan deyarli gaplashmay qo'yganimni sezdim, hatto uydagilar bilan ham. O'zi uydan chiqmasam deyarli. Shunda ham uydagilar bilan deyarli gaplashmayman. Biror nima so'rashadi, javob beraman. Yordam kerak bo'lsa yordamlashvoraman. Ha, men introvertman bolaligimdan, to'g'ri. Lekin bunchalik introspection kuchayib ketmagandi hech qachon. Programmingni titkilayman, o'zim uchun yangiliklar ochishga harakat qilaman. Gaming mavzusini ochib qarab, sevimli franshizalarim lore'larini o'rganaman. Falsafa haqida ba'zi narsalarni o'qib ko'raman, asosan fikrlarimning takrori va tasdig'ini topaman.
Hammasidan ham tinch qo'ymaydigani "o'zi nima uchun bular?" degan savol. Qo'pol qilib aytganda, hammasi sex, ya'ni biologik ko'payishga borib taqalaveradi. Sen g'oya uchun, yaqinlaring uchun, istalgan narsa uchun yashashing mumkin. Lekin baribir organizming sexga harakat qilaveradi, uning asosiy maqsadi shu. Chunki qarada, sen miyang emas, uning bir qismisan. Ya'ni senga faqatgina bir qismi berilgan. Senga organizmingdagi asosiy boshqaruv tomondan berilgan vazifa bu — ko'payish uchun sharoitni yaxshilash va ko'payishga urinish. Va sen qilayotgan hamma narsa mana shu uchun.
Aynan shu yerida arosatda qolib ketaman doim. Shunchaki organizmimning quli bo'lib, u bergan vazifani bajaraymi? Yoki biror g'oya uchun kurashib, u uchun yashaymi? Yoki shunchaki o'zimga yoqqan narsalar bilan shug'ullanaymi? Va yana boshqa juda ko'p yo'llar turadi ko'z oldimda. Har qaysini tanlasam ham nimadirdan ayrilaman.
Ammo bolaligimdan o'rnatilgan bir setup bor miyamda. Natijaga erishish uchun jamoaviy harakatlanayotganda doim support bo'lishga, yetishmayotgan qismni to'ldirishga harakat qilarkanman. Umuman, hamma joyda shunaqa ekanman. Chunki odamlar o'ta egoist, faqat o'zlari xohlaganini qilishni, asosiy (ko'zga ko'rinarli) rolda bo'lishga harakat qilishadi. Hamma shunaqa bo'lsa, bu sistema ishlamaydiku. Futbol o'ynaganimizda gol urishgamas, markazni ushlashga harakat qilardim. Valorant o'ynaganimda ham hech kim o'ynashni xohlamaydigan controller rolida o'ynayman asosan.
Xullas, qora ishlarni qilishga odatlanganman. Ko'zga ko'rinarli roldagilar o'z ishini qilmaganidan keyin tutab ketib, o'zimga o'zim asabiylashib boshlayman. O'ta katta mas'uliyatsizlik chunki bu. Shuning hisobiga hammasini o'zim qilishga harakat qiladigan bo'lib qolganman. Bilmayman, kerakli natijaga erishish uchun nima qilish kerakligini bilmayman.
Шустрый odam bo'lolmayman men, prinsiplarim yo'l qo'ymaydi. Hammasi sistematik o'z joyida ishlasa bo'ladiku. Nahotki bu qiyin juda degan xayollar o'tadi. Lekin afsuski odamlar ehtiyojlaridan tashqariga chiqa olishmaydi odatda. Hamma yashab qolish uchun kurashib, ishlashi mumkin bo'lgan sistemani buzishda davom etaveradi. Hatto oilalar ichida ham kuzatiladi bu. Yashagisi kelmay ketadi odamning.
Agarda oilam bo'lmaganida miyamdagi har narsani sinab ko'rgan bo'lardim, riski qanchalik katta bo'lsa ham. Lekin ular bor ekan, bunga haqqim yo'q. Kutishim kerak. Ungacha esa o'zimning sevimli ishlarim bilan shug'ullanib turish yaxshi variant. Vaqti kelganda, g'oyalarimni sinab ko'rish uchun yetarlicha material/resource/bilim to'plab turaman. Abstraction, I love it. Soat ham tungi 3dan o'tibdi yozib bo'lgunimcha. Xayr.
Nima uchun ota-onangiz ko'proq yashashini xohlaysiz? Ularni yaxshi ko'rganingiz uchunmi? Ular sizga kerak bo'lgani uchunmi? Nima uchun o'zi? Ular yashashni xohlamayotgandir balki. Yoki yashayotgani bilan qiynalayotgandir juda. Nega ko'p umr ko'rishini istaysiz…
Nima uchun ota-onangiz ko'proq yashashini xohlaysiz? Ularni yaxshi ko'rganingiz uchunmi? Ular sizga kerak bo'lgani uchunmi? Nima uchun o'zi? Ular yashashni xohlamayotgandir balki. Yoki yashayotgani bilan qiynalayotgandir juda. Nega ko'p umr ko'rishini istaysiz nima bo'lishidan qat'iy nazar? Aslida shunchalik ularga bog'lanib qolganingizdan, va undan tashqari, jamiyatning fikrlari yillar davomida miyaga singib qolganidan ko'proq yashashini xohlaysiz.
Voooy, o'lib qolsa nima bo'ladi? Shunchaki keyingi jarayon bo'lsa, o'shanga transfer bo'ladi vafot etgan odam. Yoki shunchaki hammasi tugaydi u uchun. Sizlar esa faqat va faqat o'zingizni o'ylagan holda, ularga bog'liqligingizni o'ylagan holda, ularning vafotidan qochishga urinasiz kuchingiz boricha. Barchangiz aslida o'z emotsiyalaringiz yo'lida har narsaga tayyor egoistsizlar. Ota-ona uzoq umr ko'rib, qiyin o'limini afzal ko'rasizlar, uning oldida ular uchun osonroq o'lim va qisqaroq umr turganida.
Anchadan beri bunaqa keskinlashmagandim. Balki chiqib ketarsizlar kanalimdan, balki contactdan o'chirvorarsizlar meni. Ahamiyati yo'q.
Bugun Ronaldu va Messidan keyingi eng qiziq, eng top El Classico. Va mening neytral holatdagi birinchi Classicom. Avval Realning muxlisi edim. Lekin neytrallik qaroriga kelishdan oldingi 2 yil davomida miyamda doim savol aylanardi: Men ich-ichimdan Real Madridga mansub emasman. Lekin nega unga muxlislik qilaman?
2011-yil edi. Ko'chada shov-shuv yuribdi yaqinda bo'ladigan futbol haqida. Tushunmayapman nima bo'layotganini. Menga savol berib qolishdi shu payti: "Realmisan yoki Barsamisan?". Xuddi shunaqa ko'rinishda va shu tartibda berilgandi savol. Birinchi bo'lib Real so'zi qulog'imga chalingani uchun Real deb yuborganman bolalarga.
Keyin yillar davomida shu jamoaga muxlislik qilib keldim. Ammo shu yillar davomida futbol haqidagi bilimlarim oshib borar, u yerdagi konsepsiyalar bilan mening shaxsiyatimdagi mos keladigan konsepsiyalarni ko'rib borar ekanman, menga aslida Real emas, Barcelona filosofiyasi, o'yin uslubi, g'oyalari mos kelishini tushunib qoldim.
Boshida tan ololmadim, qabul qilolmadim buni. Chunki men Real Madridni ko'rlarcha yaxshi ko'rib kelib, qalbimda saqlab kelganman doim. Barcelonaga muxlislik qilishga o'tib ketolmasdim baribir. Shu uchun 2024-yilning aprel oyiga kelib, men Real Madridni tark etishga, neytral futbol muxlisi sifatida qolishga qaror qildim. Shunchaki chiroyli futbol va analitika tarafdoriga aylandim.
Dastlab qiyin bo'ldi juda bunga ko'nikishga. Chunki men ko'nikkanman doim Real Madrid haqida o'qiganda sevimli jamoam haqida o'qiyapman deb qabul qilishga. Lekin vaqt o'tdi, men ham ruhan, ham aqlan, ham qalban neytrallikka erishdim.
Sizlarga bir iltimosim bor. Men yangi kanallar izlayapman o'zimga. Iloji bo'lsa, o'zingizning kanalingizni mana shu postning commentida ulashib keta olasizmi? Yo'q, menga daholik kerak emas, obunachilari ko'p bo'lishi kerak emas. Har bir odam yangi olam. Menga shunchaki yangi olam kerak.
Agar uyalsangiz, anonim botdan yuborishingiz mumkin: https://t.me/questianonbot?start=315532-1153_5935736410n
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid