♡Qur'on yodlash uchun♡

Description
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

3 months ago

RAMAZON KUNDALIGI sotuvga chiqdi📝 ☁️Plannerda Ramazon oyi, Ro'za fazilarlari, ajri, mohiyati, saharlik barakasi, qadr kechasi, ramazon hayiti, shavvol oyi ro'zasi.... Bular haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lasiz.‼️ ☁️Plannerda: ☁️Kunlik rejalar ☁️Zikrlar…

3 months ago

RAMAZON KUNDALIGI sotuvga chiqdi📝

☁️Plannerda Ramazon oyi, Ro'za fazilarlari, ajri, mohiyati, saharlik barakasi, qadr kechasi, ramazon hayiti, shavvol oyi ro'zasi....
Bular haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lasiz.‼️

☁️Plannerda:
☁️Kunlik rejalar
☁️Zikrlar
☁️Namozlar
☁️Qur'on planner
☁️Har kunlik oyat
☁️Kunlik hadis
☁️Asma ul husna
☁️saharlik-iftorlik duosi
..........

⬇️
@Z_adminstrator bilan bog'laning❗️

3 months ago

#usul
Yodlaydigan sahifangizni 2 qismga bo'lib olasiz. (Bolmasa zerikarli bo'lib qoladi va vaqt ko'p ketadi.)

1-Qismni yodlashni boshladingiz. 1-qatorni yaxshilab 1-2 marta o'qib olasiz. Mus'hafga qaramasdan xotiradan ayta olganingizdan keyin, yana mustahkam bo'lgunicha takror qilasiz. (Xotirangizga qarab 5_10 martacha bolishi mumkin, balki koproq) Shu qator xotirangizda qoldi, uni yoddan ayta oladigan boldingiz va keyingi qatorga o'tasiz. 2-qatorni ham xuddi shunday qilib xotirada mustahkamlaysiz. Va 1-va 2-qatorni birga takrorlab xotiradan aytishga urinib koring.
3-qatorni boshlaysiz va endi 1-2-3-qatorlarni jamlaysiz. (Yana 4-qator ham shunaqa... jamlaysiz keyin 5-qator ham 6-qator ham shu usulda....)
Shunday qilib yarim sahifani jamlab tugatganingizdan keyin (albatta jamlaganingizni bemalol xotiradan, mus'hafga qaramasdan o'qiy olishingiz kerak). Keyin sahifangizni qolgan yarmiga o'tasiz.
Va endi har bir qatordan keyin sahifani boshidan jamlash kerak emas. Faqat shu 2-qismni jamlab ketasiz..

https://t.me/Quron_yodlash_uchun

3 months, 1 week ago

Uyqu turlari:

  1. Haylula bomdoddan quyosh chiqqunicha davom etadigan uyqu. Bomdod namozidan keyingi uyqu rizqni to'sadi, bu eng yomon uyqudir. Uning uyqu koeffitsienti yo'q. Vaqt isrof bo'lgani qoladi.

  2. Qaylula quyosh chiqishidan asr vaqti kirgunicha oraliqdagi uyqu. Tark qilingan, unutilgan sunnatlardan hisoblanib, uning 20 daqiqasi 1 soatlik energiya beradi. Qaylulani kechalari dam olmagan yoki ibodat bilan mashg'ul bo'lganlar qilishsa maqsadga muvofiqdir.

  3. Aylula, asrdan xuftongacha bo'lgan vaqt orasidagi uyqu bo'lib, u insonda balg'amni ko'paytiradi. Bu balg'am miyada rivojlanib, agar burunga tushsa tumov, o'pkaga tushsa astma, oshqozonga tushsa gastrit, og'izga tushsa balg'amli yo'tal hosil qiladi. Eng asosiysi bu vaqtdagi uyqu organizmda yallig'lanishga sabab bo'ladi. Yana oxiri "-it" (tonzillit, bronxit, gastrit, kolit, enterit) bilan tugaydigan kasalliklarning bosh sababchisidir.

https://t.me/Quron_yodlash_uchun

3 months, 1 week ago

XOTIRA va UYQU

?Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Fotima rodiyallohu anhaga: "Tongda uxlab yotmagin, chunki bu vaqtda uch narsa: yaxshilik, odob va baraka taqsimlanadi", deganlar.

?Anas ibn Molik rodiyallohu anhudan rivoyat qilgan boshqa hadisda esa "Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Saharda turinglar, chunki saharda baraka bordir", dedilar (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Allohning elchisi sollallohu alayhi vasallam kechaning uchdan birida o'qiladigan tahajjudgacha uxlab olish uchun xufton namozidan so'ng uxlashga yotardilar. Sahobalar va ularning yo'lini tutgan salaflar ham sunnatga muvofiq shunday qilganlar va qilib kelmoqdalar. Umid qilamanki, ko'pchilik g'aflatda qoluvchilar kabi bu barokatli vaqtdan bebahra qolmasdan, tongingizni ilm uchun sarflash niyatida erta uxlab erta uyg'onishga intilishingizga yetarli sabablarni ko'rsata oldim.

https://t.me/Quron_yodlash_uchun

3 months, 1 week ago

XOTIRA va UYQU

Uyqusizlik xotira susayishining asosiy sabablaridan hisoblanishi bir necha bor isbotlangan. Yetarlicha uxlamagan paytingiz darslar siz uchun og'irlik tug'diradi, miya ma'lumotlarni qabul qilishda zo'rlanadi. Har sutkangizni uyqudan qarzdorlik bilan o'tkazganingiz hisobiga bo'shliq hosil bo'ladi, siz esa bu bo'shliqni to'ldirish uchun odatda dam olish kunlari keragidan ortiq uxlaysiz. Biroq, dam olish kunlarida ham yetarlicha uxlab, bo'shliqni to'ldirib olmasangiz bu holat keyingi haftaga cho'ziladi, natijada miyangiz va o'qishingizga jiddiy ta'sir ko'rsatuvchi diqqat tarqoqligi, qiyin yodlash, surunkali charchoq kabi muammolar birin-ketin zohir bo'la boshlaydi.

Shuningdek, surunkali uyqusizlik stress gormonlarini ko'paytiradi va erta qarish alomatlarini yuzaga chiqaradi. Yana u kayfiyatingizga, xotirangizga va aqliy faoliyat(fikrlash)ingizga ham o'z ta'sirini o'tkazmasdan qo'ymaydi. Shu sabab ham foydasidan zarari ko'roq bo'lgan uyqusizlikdan zudlik bilan halos bo'lish lozim.

https://t.me/Quron_yodlash_uchun

5 months, 4 weeks ago

?Samaradorlik qayerda?

Tadqiqotlarga ko’ra, biror bir loyihani amalga oshirishda eng katta to’siq bu o’z-o’zini nazorat qila olmaslik hisoblanadi. Yuqoridagi metod orqali siz qisqa vaqt ichida kichik vazifalarni bajarishingiz kerak. Bu esa odatdagi zo’r berib ishlashdan ancha osonroq va nazorat qilishga qulay.
Ish jarayonida sizga xalal beruvchi va chalg’ituvchi mayda detallar aslida siz o’ylaganizdan ko’proq vaqt va diqqatingizni olib qo’yadi. Pomidor texnikasi orqali siz tashqi chalg’ishlarni ham nazorat qilishingiz mumkin.
Timerni 25 daqiqaga qo’yib ishga kirishganizda o’zi shundoq ham kam vaqt sizga boshqa tashqi omillarga chalg’imaslik kerakligini eslatib turadi. Xar bir «pomodoro» dan keyin qilinadigan 5 daqiqalik tanaffus esa, diqqatingizni yana ishga jamlab olish uchun sharoit yaratib beradi.
Bu metod sizni vaqtni qadrlashga o’rgatadi. Shuningdek, bu jarayon orqali siz o’z imkoniyatlaringiz haqida chuqurroq bilib olasiz. Bir necha kunlik mashg’ulotlar natijasida ma’lum bir ishni udallash uchun sizga nechta «pomodoro» kerak bo’lishini aniq bilib olasiz.
Pomidor texnikasi-sizni mukammallikka o’rgatadi. Bunda har bir «pomodoro» yangi bir imkoniyat, avvalgisida qilgan kamchilik va xatolarni keyingisida to’g’irlab, samaradorlikni yanada oshirib borishingiz mumkin.

5 months, 4 weeks ago

?Pomidor Texnikasi

Pomodoro Texnikasi – vaqtdan samarali foydalanish metodi bo’lib, belgilangan vazifaga maksimum diqqat e’tibor bilan, ortiqcha ruhiy bosimlarsiz erishish uchun ishlab chiqilgan. Agar siz qisqa vaqt ichida ma’lum bir belgilangan maqsadga ortiqcha aqliy va jismoniy zo’riqishlarsiz erishmoqchi bo’lsangiz, unda bu metod aynan siz
uchun.

?Jarayon juda sodda: belgilangan loyihaga sarflamoqchi bo’lgan vaqtingizni qisqa, 25 daqiqalik «davr»larga bo’lib olasiz va xar bir shunday davrdan keyin kichik, 5 daqiqalik tanaffus qilasiz. Ya’ni, 25 daqiqa ishlab, 5 daqiqa dam olasiz. Xar bir 25 daqiqa «pomodoro» deb ataladi.
?Bu so’z italyanchasiga pomidor degani bo’lib, bu metodni yaratgan Francesco Cirillo dastlab pomidor shaklidagi oshxona soatidan foydalangani uchun shunday atalgan. Keyinchalik bu butun jarayon nomiga aylanib ketgan.
Xar 4 ta «pomodoro» keyin, kattaroq, 15-20 daqiqalik tanaffus qilinadi va ish jarayonidagi kamchilik va yutuqlar yozib chiqiladi.

6 months ago

❗️QURONNI YODLASH USULLARI QANDAY?

Qur'onni ravon o'qishni, talaffuzdagi qo'pol xatolarni tuzatishni o'rgangan bo'lsangiz va tajvid qoidalarini qo'llashni bilsangiz, Qur'onni yod olishni boshlang.

Yodlashning ko'plab usullari mavjud va men sizga eng mashhur va, mening fikrimcha, eng samaralisi haqida aytib beraman.

Kamroq o'qing va ko'proq yurakdan takrorlang.

Siz sahifani ochasiz va uni 2 yoki 3 qismga bo'lasiz. Agar siz uni ilgari yodlamagan bo'lsangiz, sahifani 3 qismga bo'ling, bunda har bir qismda 5 qator.

Ushbu 5 qatorni oling va ularni alohida kichik sura sifatida o'rganing. 5 qatorni misralarga yoki qismlarga (boshidan to to'xtashgacha) ajrating va bu qismni bir necha marta o'qing: 3,5,10. Takrorlashlar soni oyatning murakkabligiga va qobiliyatingizga bog'liq.

Uni yoddan aytishingiz mumkinligini his qilganingizdan so'ng, uni takrorlang. Agar siz uni uch martadan keyin yoddan o'qishga tayyor bo'lsangiz, uni yuz marta o'qishning hojati yo'q.

Birinchi qism tayyor bo'lgach, ikkinchisini boshlang.
Yodlashda pomidor usulidan foydalaning. 25 daqiqada o'rganishingiz mumkin bo'lgan narsani o'rganish uchun uch kun sarflamang.!

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago