?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated hace 1 año, 5 meses
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated hace 2 meses
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated hace 1 año, 8 meses
Johillikni biz ilmsizlik deb tushunamiz. Yoʻq, unday emas. Bilmaydigan odamni zehni bo'sh, savodsiz deyiladi. Jaholat boshqa narsa. Hukmni voqealikka zid holatda tushunishdir. Voqelikka xilof bo'lgan aqidaga iymon keltirish kabi. Bunda voqealikka zid aqiyda uning aqlidan chiqarilib o'rniga to'g'risini joylashtirish bilan davolanadi.
Jaholat odamni ko'plab mashaqqatlarga yo'liqtiradi. Chunki johil aslida yanglish narsaga ishonib yashaydi. Ulamolar: "... kim bilmaslik tufayli yomonlikka yo'l qo'ysayu" oyati haqida: jaholat esi pastlikdir, esi past esa ishlarning oqibatini o'ylamaydi, qilgan ishining ortidan keladigan jazo iqobdan xabarsiz bo'ladi.
Shayx Muhammad Mutavalli Sha'roviy
Naql qilishlaricha, shayx Hakim Termiziy yoshlik
vaqtida ikki do'sti bilan ilm o'qigani birga borishga
kelishib, safar harakatiga tushadi. Uning keksa onasi
- Ey jonim o'glim, meni kimga tashlab ketasan, men
sendan ayrilsam o'laman, mening sendan boshqa xech
kimim yo'q. Sensiz chidolmayman, - deb zorlik bilan yig'ladi.
Onasining bu holini ko'rib, Hakim Termiziy hamrohlariga:
- Men onamni norozi qilib ketolmayman, - deb
safarni tark etadi.
Bas, ikki do'sti ilm o'rgangani ketdilar. Bir necha kun
o'tganidan keyin Hakim Termiziy go'ristonga borib,
zorlik qilib: Do'stlarim ilm o'rgangani ketishdi. Oz vaqtda ular ilmli bo'lib keladilar. Men esa, ilmsiz va johilligimcha qolaman, - deb ko'p yig'ladi.
Shu payt bir nuroniy kishi uning yoniga kelib:
- Ey farzand, nega yig'layabsan? - deb so'radi.
Hakim Termiziy:
- Men ikki do'stim bilan birga borib, ilm o'rganishga
kelishgan edik. Ular ilm o'rgangani ketdilar, men onamning roziligini xohlab ketmadim. Ilmsiz qoldim, shuning uchun yig'layabman, - dedi.
U kishi:
- Xohlaysanmi, men har kuni kelib senga ilm o'rgataman. Do'stlaringning ilmidan ham ko'proq ilm hosil qilasan, - dedi.
Hakim Termiziy:
- Koshki, bu davlat menda hosil bo'lsa edi, - dedi.
U hazrat va'da berdi. Shundan so'ng Hakim Termiziy
har kuni go'ristonga bordi va u hazratdan dars oldi.
Uch yil mobaynida har xil fanlardan ilm o'rgandi.
Keyin bilsam, u hazrati Xizr ekanlar. Bu davlat Hakim Termiziyga onasining rizoligidan hosil bo'ldi.
"Tazkirat ul-Avliyo" kitobidan
Kim musulmonlig' aylasa da'vo,
Chin emas gar fido qilur jonlar.
Ul musulmondururki solimdur,
Tiliyu ilgidin musulmonlar.
Sharh: Kim musulmonlikni da'vo qilsay-u, agar musulmonlar uning tilidan va qo'lidan omonda bo'lmasa, garchi jonlar fido qilsa ham, da'vosi chin emas.
Hazrati Mir Alisher Navoiy rahimahulloh
Buyuklar tarixi
Oxirgi payt tarix sahifalari meni o’z domiga torib ketayotgandek. Ustozimizning: “O'tmishini unutgan millatning buguni yo'q. O'zining fazilatini bilmagan ummatning kelajagi yo'q” - gaplariga quloq solgan holda ajdodlarimizni ko’proq o’rganishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim. Payg’ambarlar, sahobalardan tortib yaqingacha yashagan, tarixda o’z nomini qoldirib ketgan insonlar…
Shular ichida menga juda qattiq ta’sir o’tkazgan inson bu Amir Temurdir. Ko’plab insonlarni hayoti meni hayratda qoldirgan. Ammo bu Islom olamining buyuk sarkardasining hayoti qalb-qalbimgacha ta’sir qildi. Amir Temur - kaminaga eng katta ta’sir o’tkazgan shaxslarning uchinchisidir. Birinchisi - shubxasiz Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamdir; ikkinchisi esa Hazrati Umar roziyallohu anhu.
Amir Temur diniga qattiq rioya qilgan jasur, adolatli, dono va rahmdil podshoxlardan bo’lgan. U o’z asrining 100 yilda bir keladigan shaxsi, din ustunini tiklovchi insoni bo’lganini ulamolar ta’kidlaydilar. Uning “Temur tuzuklari” kitobini esa har qanday lider, boshqaruvchi bo’lmoqchi bo’lgan inson o’qishi shartdir
Uning fazilatlari ko’p bo’lsa ham uning ishlarini nohaq qoralaydiganlar ham yo’q emas. Uni ko’pincha qonxo’r, johil, zolim deb tasvirlanishi ham ba’zi kitoblarda uchraydi. Hattoki, Turkiya universitetining ustozlaridan biri shunday degan ekan: “Allohdan faqatgina bir narsani so’rashim kerak bo’ladigan bo’lsa, Amir Temurning jannatga kirmasligini so’ragan bo’lardim”. Turk tarixchilar orasida Amir Temurga nisbatan bunday hunuk fikrda bo’lganlar topilgani kabi vaziyatni to’g’ri baholab, tarixni sof niyat bilan o’rganib haqiqatni aytadiganlari ham yo’q emas.
Nima bo’lganda ham Amir Temur va shu kabi buyuklarimizning hayotini o’rganishimiz va ularni o’zimizga oyna qilishimiz kerak. “Bu insondan mening nimam kam? U erishgan narsalarga men erisholmaymanmi? Unga yetishishim uchun qanday sifat va ko’nikmalarga ega bo’lishim kerak?” - kabi savollarni berib o’zimizni taftish qilishimiz zarur.
Arslon bo‘lishni orzu qiladigan mushuk, sichqonlarga bo‘lgan ishtahasidan voz kechishi kerak.
Afrika xalq maqoli
Buyuklikka erishish uchun sizni ortga tortadigan eski odatlardan voz kechishingiz kerak.
Orzu-istagimga qildim itoat,
Nafsga qullikni ayladim odat.
Ozod bo'lar edim, hur bo'lar edim,
Topsam men o'zimda zarra qanoat.
Shoir
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
"Boylik molning ko'pligi emas, boylik bu nafsning to'qligidir".
Buxoriy rivoyati
Najotga oshiqsan, yo'llaring boshqa,
Kema suv turganda, yurarmi toshga?
Unutma, qabrda to'y hayoti yo'q,
Qiyomat boqmagay ko'zdagi yoshga.
"Yosh yigitga nasihat" kitobidan
"Parvardigor ulugʻ farzandlarni ota-onaning ulugʻ muhabbatidan yaratadi”, degan hikmatli gap bor. Taragʻay bahodir bilan Tegina bibi orasida ulkan bir mehr-u oqibat boʻlmasa, shaharlik asilzoda qiz uzoq qishloqqa borib yashashi va goʻzal bogʻlar bagʻrida Temurbekday (Amir Temur) boʻlajak dahoni dunyoga keltirishi amri mahol edi.
Pirimqul Qodirov
Challenge hulosasi
#Yozishchallenge ni boshlashdan maqsad yana yozishga qaytishlik va blogda faolroq bo'lishlik edi. Challenge bunga erishishda qisman yordam berdi. Challenge qilish bo'yicha ba'zi fikrlar:
1. Manfaatli challenge uyunshtiring
Biror challenge qilar ekansiz uning hayotingizga qanday ta'sir o'tkazishi haqida o'ylang. Iloji boricha kuchsiz taraflaringizni yo'qotadigan, muammolaringizni yechishga yordam beradigan challengelar uyushtiring. #Yozishchallenge shu paytgacha qilgan challengelarim ichida eng muvaffaqiyatsiz challengelardan biri bo'ldi. Chunki oldingi challengelarim meni ruhiy, jismoniy, moddiy o'sishga undab hayotimni yaxshilagan bo'lsa ushbu challengedan ko'p manfaat olmadim.
2. Challenge ga boshqalarni jalb qiling
Eng kamida bir kishini challenge ga jalb qiling. Jamoaviy ishlashlikning yolg'iz rivojlanishdan ko'ra samarasi ko'proqdir. Sherik topilmasa yoningizdagilardan sizni nazorat qilib turishlarini iltimos qiling. Ba'zi kunlarda challenge shartini bajarolmaganimning sababi ham sherikning yo'qligi edi.
3. Jazo qo'llang
Jazo sizni amalda sobit turishingizga undaydi. Eng yaxshi sinalgan jazo esa moddiy jazodir. Challenge ga rioya qilmagan kuningiz uchun ma'lum pul miqdorini o'zingizga yaqin bo'lmagan kishilarga bering (muhtoj bo'lsa yana ham yaxshi). Jazoni kattaroq qo'ying toki u sizni qiynasin.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated hace 1 año, 5 meses
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated hace 2 meses
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated hace 1 año, 8 meses