https://t.me/ZAWANBEATS
https://t.me/MegaBeatsz
https://t.me/Relax_Beats
https://vm.tiktok.com/avtomix5
https://instagram.com/alexs.tar83
https://youtube.com/channel/UC4hsm3ylGxWQnxznTlxnpsg
https://twitter.com/avto_mix
Creator: @Alex6095
Last updated 1 month, 4 weeks ago
Owner @shykemsnbee
tiktok xshyke33
Last updated 5 days, 18 hours ago
**Xurshid Do‘stmuhammad:
– Gazeta hech qachon o‘lmaydi!
Gazetasiz jurnalistika bo‘lmaydi. Gazetasiz jamiyat ham bo‘lmaydi!
〰️〰️〰️
Jamiyatimizning asosiy boʻgʻini bu – gazeta. Ota\-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringiz uchun gazetalarga obuna boʻlishni yoki ularning sevimli nashrlarini xarid qilib turishni unutmang!
Oilangizni maʼrifat gulshanidan yiroqlashtirmang.**
Shunchaki ko‘ring, lekin shunchaki fikrlamang, tafakkur qiling!
Ҳиндлар ва IT.
Ҳиндлар деярли барча йирик IT компанияларда раҳбарлик лавозимларига ўтказилмоқда, бунинг бир неча сабаблари бор.1. Ҳиндлар қийин шароитдан фақат билим билан чиқиб кетиш мумкинлигини тушуниб етишди.
2. Текин таълимнинг ўзи етарли эмаслигини тушуниб етишди, ота-оналар охирги пулларини сарфлаб бўлса ҳам болаларини ўқитишга тикишди ва тикишмоқда.
3. Мақсадлар катта олинди, фақат Ҳиндистон ичида эмас, бутун дунёга етук мутахассис чиқариш асосий мақсад қилиб қўйилди.
4. Болаларга ёшлигидан қандай қилиб чет эл грантлари ютиш мумкин, қайси йўллар энг қулай йўллар эканлиги ўргатиб борилмоқда, ҳозир ҳиндларнинг биринчи синфда ўқиётган боласи ҳам келажакда Американинг қайси университетига грант ютиш мумкинлиги тўғрисида ўйлайди.
5. Фақатгина таълим бериб қолмай, болалар эрта ёшдан ўз билимлари орқали пул топишни ўргатиб боришди, улар дарсларда турли презентация ва софт скиллар орқали ўз билим ва кўникмаларини бошқаларга намоён қилишмоқда.
Натижа:
1. Сатя Наделла — Microsoft раҳбари.
2. Сундар Пичай — Alphabet (Google)
3. Шантану Нараен — Adobe
4. Арвинд Кришна — IBM
5. Санжай Михротра — Micron
6. Никеш Арора — Palo Alto Networks
7. Рангараж Рагхурам — VMware
9. Жайшри Уллал — Arista Networks
10. Параг Агварал — Твиттер
11. Реватхи Адваитхи — Flex
Muhabbat nimaligini bilasizmi?
Muhabbat bu – Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan keyin azon aytishni to’xtatgan Biloldir.
Muhabbat bu – Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan keyin Madinada yasholmay, uni tark etgan Biloldir.
Muhabbat bu – Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qabrlarini uzoq vaqt ziyorat qilmagani uchun tushida Payg’ambar alayhissalomni ko’rgan va: “Bu qanday jafo bo’ldi, ey Bilol” degan so’zlarini eshitib uyg’ongach, yig’lab Payg’ambar ziyoratlariga jo’nagan Biloldir.
Muhabbat bu – tunda Madinaga kelib, Hasan va Husayn roziyallohu anhumolarni izlab topib, ulardan bomdod azoniga izn so’ragan Biloldir. O’shanda azonni eshitgan Madina yig’idan larzaga kelgandi. Madina mana shunday hayajonli onlarga hech qachon guvoh bo’lmaydi.
Muhabbat bu – Shomdagi qo’shinga Umar roziyallohu anhu azon aytib berishni so’ragan va “Ashhadu anna Muhammadar rasululloh”ga kelganda to’xtab qolib yig’lagan va qo’shinniyam yig’latgan Biloldir. End qattiq va eng ko’p yig’lagan Umar edilar.
Muhabbat bu – o’lim to’shagida yotganda “Ertaga sevganim Muhammad va ashobiga yetishaman” degan Biloldir.
Muhabbat bu – ushbu satrlarni o’qiyotganda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Biloldek sevib, uningdek to’lg’onib, ko’zlari jiqqa yoshga to’lgan sizdir.
©️ Mubashshir Ahmad
Hayotning har lahzasi go'zal
Umrning har dami g'animat! ?
...
Tun pardasi ochilar asta,
Chiqib kelar sahnaga quyosh.
Kelinchakdek boʻlib orasta,
Gul salomdan koʻtaradi bosh.
Hovli goʻyo yuvilgan chinni,
Yoʻllar goʻyo artilgan oynak.
Qutlash uchun yangi bu kunni,
El oyoqqa turar jonsarak…
Hayotning har lahzasi goʻzal,
Umrning har dami gʻanimat.
Qaymoq isi yayratar tanni,
Dasturxonda issiq kulchalar.
Suv bosgandek qaqroq oʻzanni
Odamlarga toʻlar koʻchalar.
Asli hatto goʻdak emizmoq
Barobardir ogʻir yumushga.
Oshiqarlar, yuraklar qaynoq,
Birov ishga, birov oʻqishga…
Hayotning har lahzasi goʻzal,
Umrning har dami gʻanimat.
Duch keladi yuzlab chehralar,
Koʻpin qaytib koʻrmoqlik mahol.
Ular dilga yaqin naqadar,
Shuning oʻzi tuganmas iqbol.
Barchinoylar nigohida sir,
Alpomishlar koʻzida yashin.
Yoshlik qaytar qalbga sochib nur,
Eslaysan ilk sevgi otashin…
Hayotning har lahzasi goʻzal,
Umrning har dami gʻanimat.
Bir mahallar berishgan salom,
Endi esa olishar alik.
Tillarida duo, xush kalom,
Saodatdir hatto keksalik.
Kulib turgan munchoqkoʻz bola
«Tinchlik» soʻzin solar yodingga.
Sochlaringdan erib oq tola
Intilasan yana oldinga…
Hayotning har lahzasi goʻzal,
Umrning har dami gʻanimat.
Bu yurtda alp chinorlar oʻsar,
Koʻk gumbazlar oʻngu soʻlingda.
Bir azaga kirib oʻtsang gar,
Soʻng oʻnta toʻy uchrar yoʻlingda.
Goh birovlar tanishar ilk bor,
Goh yigʻilar eski ulfatlar.
Odamzotga dunyo boʻlmas tor
To mavjuddir shirin suhbatlar…
Hayotning har lahzasi goʻzal,
Umrning har dami gʻanimat.
Bosh koʻtarmas kimdir ishidan,
Kimdir oʻylar ulugʻ bir reja.
Yana sirli orom qushiday
Qoʻna boshlar yurtimga kecha.
Bugunidan el koʻngli toʻlib,
Ertangi kun uchun toʻplar dosh.
Togʻ ortiga yonboshlar quyosh…
Hayotning har lahzasi goʻzal,
Umrning har dami gʻanimat…
Anvar Obidjon.
Mahalla maskani ma’rifat va tarbiya o‘chog‘idir
Mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, yosh avlodni ertangi kunning munosib vorislari etib tarbiyalashda nuroniylarimizning o‘rni beqiyos va shu bilan birga zimmasida katta mas’uliyat bor.
Nuroniy otaxon va onaxonlarimiz jamiyatimizda tinchlik-totuvlik, hamjihatlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat muhitini mustahkamlash, mahallalar faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlar ongi hamda qalbida vatanparvarlik, fidoyilik tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirishda faol ishtirok etmoqda.
Ularning ibratli hayot yo‘li, turli jabhalardagi fidokorona faoliyati yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, umrboqiy an’ana hamda qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Ma'lumku, bizning Zarafshon shahrida doim nuroniylar e'zozda bo‘lib, shahar hokimligi tashabbusi bilan tarixiy shaharlarimizga ekskursiyalar uyushtiriliadi. Ular bilan bir piyola choy ustida suhbat qurilib, ularning duolari olinadi.
Bundan tashqari may oyida Alisher Navoiy mahallasining yangidan ta'mirlanishi va yangi kutubxonaning tashkil etilganligi maskanda nuroniylarning mazmunli dam olib, vaqtini chog‘ o‘tkazishi uchun yana bir qulaylik bo‘ldi.
Mahalla nuroniylarining taklifiga binoan mahalla binosi atrofida chorpoyalar qo‘yilishi nuroniylarimiz qalbida yana bir shodiyonalik uyg‘otdi.
**Dilafruz Bahronova Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar bo‘limi rahbari
ZARAFSHON YOG‘DUSI” telegram kanal manzili???**https://t.me/zarafshon_yogdusi
Абдулла ОРИПОВ, халқ шоири, Ўзбекистон Қаҳрамони
ИБОДАТ
Дунёдан розиман дема ҳеч қачон,
Десанг ҳам, сўйлагил саҳрога, тоққа.
Чунки сени тинглаб, кимдир ўша он,
Нега розисан, деб тутгай сўроққа.
Дунёдан норизо бўлсанг ҳам агар,
Сўз дема, бардош қил азоб, фироққа.
Чунки сени тинглаб, кимлардир баттар,
Нега, деб албатта, тутгай сўроққа.
Дунё ишларига боқма ҳеч ҳайрон,
Жимгина назар сол кўҳна бу корга.
Олис кечалари ёлғиз қолган он,
Дилингни оч фақат Парвардигорга.
https://t.me/ZAWANBEATS
https://t.me/MegaBeatsz
https://t.me/Relax_Beats
https://vm.tiktok.com/avtomix5
https://instagram.com/alexs.tar83
https://youtube.com/channel/UC4hsm3ylGxWQnxznTlxnpsg
https://twitter.com/avto_mix
Creator: @Alex6095
Last updated 1 month, 4 weeks ago
Owner @shykemsnbee
tiktok xshyke33
Last updated 5 days, 18 hours ago