Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
31-yanvar kuni soat 17:00 da Yozuvchilar uyushmasi muzeyida navbatdagi "XIYOBON OQSHOMLARI" o'tkaziladi.
Hamma she'r o'qiydi! Keling, she'rlashamiz!
Божхоначилар байрами, муборак бўлсин!!!
СЎРОВ
Ҳайронман, ким кимга отаяпти ўқ,
На ўқни тўхтатдим, на бўлдим қалқон.
Кеча ўрасидан чиқмаган аскар,
Бугун тирикман деб бўлса қаҳрамон...
Ҳайронман, не учун Ҳақ демас тилим,
Ёки ўчирдимми дилдаги чўғни?
Нега кўнаяпман ҳақсизликка жим,
Менга бир қаранглар, ўлганим йўқми?
Нажмиддин ЭРМАТОВ
Bizga bir yor yordir – tamiz, sukut bizni esh etadir: sevgimizni sevgilimiz aytmasak ham eshitadir! © Mansur Jumayev
Bizga bir yor yordir – tamiz,
sukut bizni esh etadir:
sevgimizni sevgilimiz
aytmasak ham eshitadir!
© Mansur Jumayev
Ketyapman
Dunyodan xabar ob kelay,
Hamma kiyimingiz toza, yuvilgan.
Qozonda ovqat bor —
Xotir bor ozroq,
Kalit oʻz joyiga qo'yilgan.
Xayoli oʻzida boʻlmagan jismim
Xuddi xalqi tashlab ketilgan yurtday
Huvillab yotibdi. Uch kundan beri
Nimadir ichimni kemirar qurtday!
Umrimni shoshilib varaqlaydi vaqt,
Zoʻrgʻa koʻrinadi ayrim betlari
Ana tanish qizning tanish hislarin,
Yoqib yubordi gʻam.
Armon — chetlari.
Manglayda borini oʻqimoq sharaf!
Ana oshxonada tanish kelinchak,
Gʻijimlab turibdi etaklarini,
Lablari tishlangan,
Koʻzi lim yurak!
Anavi beshigin tebratganicha,
Mudrayotgan ayol tush koʻrayotir.
Yam-yashil yurtining havolarida
Moviy tuygʻulardan tiklangan chodir,
Ichida ERK bilan ISHQ yashayotir!
Oʻngida qismatning qoʻllari baland,
Xayollarin haydar, yengib titroqni.
Soʻng turib doriga yoyadi maʼyus,
"Men yengildim!" degan oppoq bayroqni!
Oyogʻini tutib turgan xoʻjayin,
Singari toʻrt yondan boqar devorlar.
Sen bizdan muttaham,
Muttahamsan deb,
Uni oʻz holiga qoʻymas chirogʻlar.
Uyini topolmay qolgan qaldirgʻoch
Misoli jonsarak oʻylarim bilan
Koʻzim nam, boshim xam, boʻgʻzimda alam,
Ketib borayapman
YURAKka tomon!
Buncha keeng boʻlmasa TAN degan bu yurt,
Har qadam Iskandar devoriga teng.
Azizim,
men bundan qayta olmasam,
Oʻzingiz
KOʻNGILga
Axtarib
Keling!
Gulmira Abdiraimova
Ким билади, балки буткул аросатда қолиб,
ҳатто ўзимни идора этишга ҳам журъатим етмаётган айни лаҳзаларда кутилмаганда мўъжиза
рўй беради ва қонимда мудраб ётган журъату
шиддат ва қасос ўти дафъатан уйғониб, карахт
тортган вужудимни жунбушга солади, кўзларимни тим-терс қоплаган уйқунинг оғир пардаларини далва-далва йиртиб ташлайди, мен бамисоли
жодугарнинг тилсимидан халос бўлган эртакдаги паҳлавон сингари қўлимдаги болтани ҳавога шаҳд билан кўтариб, Оловхон макон тутган
меҳробни чопиб ташлайман — билмайман...
"Тушимдаги оловхон" ҳикоясидан парча
Ўзбекистон адабиёти ва санъати газетасининг 2021 йил 7 майдаги 19-сонида чоп этилган.
Maqola, she'r, hikoyaningizni nashr etish uchun jurnal, gazetalar ro‘yxati va kimga murojaat qilishingiz mumkinligi va manzili ko‘rsatilgan?
1."Sharq yulduzi" jurnali
@MuhammadSodiq1402
2."G‘allaorol ovozi" gazetasi tahririyati:
@otabekatamuratov
3."Smile" jurnali tahririyati:
919990899
4. "Bilimdon" jurnali tahririyati:
@Bilimdon_jur
5. "Mushtum" hajviy jurnali
998731313
6. "Tong yulduzi" gazetasi tahririyati:
@TongYulduzi_admin
7."Gulxan" jurnali tahririyati:
@Dilnavoz_Najimova
@GulxanBolajon
8."O'zbekistonda ta'lim" junali tahririyati:
@AktamJurayev
9. "Bekajon plus" gazetasi
@SardorTemirxon1
10."Ezgulik" gazetasi
@obid_85
Дунёда сир борки, сочма-соч дунё,
Қорни тўқ, усти бут, кўзи оч дунё.
Азал орифларнинг кўзи ўнгида
Кийимлари қат-қат – яланғоч дунё!
✍️ Мирзо КЕНЖАБЕК,
?Қамариддин БЕКМУҲАММАД**.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago