Abstracts by Ruxshona

Description
I'm just an ordinary girl, I don't have any achievements to brag about. If you join, you will be just a companion.
Advertising
We recommend to visit

The official Yescoin™
Probably something.

Play🕹️: @realyescoinbot
Player support: @yescoincare
Business: @advertize_support

Last updated 1 месяц назад

Https://grandjourney.io

Last updated 23 часа назад

The village was built by UXUY with hard work and was incubated and invested by Binance Labs.

Every Bitcoin wizard 🧙 has a @UXUYbot:
- ⚡️ Bitcoin Lightning Support
- 0⃣ TX Fee for fast transfers
- 🔒 Relying on the security of the BTC network

11 months ago

Onamga

Ona, bilasiz bu xat tabrik xati emas. Bu mening, balki ikkalamizning an'anamiz.

Ko'p o'yladim, xatlarni yirtib tashlash yoki boshqa yozmaslik haqida. Chunki, ularga qaraganimda har yilgi o'zimni ko'raman, fikrlashimdagi xatolarni, umuman butun xarakterimni, o'sha paytdagi xotiralarimizni, qiyinchiliklarimizni... Ular-butun boshli nastalgiya!

Lekin shuni tushundimki, ularni yirtmoqchi bo'lganim-o'zimni qabul qilolmaganimdan ekan. Ulardagi o'zimni tan ololmasligimdan. Shuning uchun, bu an'anani saqlab qolaman. Bir kun ularni hammasini qo'lingizga beraman. Va siz yillardagi qizingizning o'zgarganini soatlarda o'qib his qilasiz. Butun tasvirni...(Vaholangki, bu tasvir yashar ekanmiz davom etaveradi.)

Menimcha, hayot ham shunaqa: yaxlitlikka cheksiz yaqinlasharmiz, balki, lekin unga ozgina umrimiz davomida yetolmaymiz. Shuning uchun ham, borligimizni hozirda qabul qila olishimiz kerak. Ya'ni, men har yil "xato" narsa yozarman balki, lekin har yilgisi o'zimga ideal ko'rinadi. Chunki, borim shu. Men shu yerdaman, va kelajakdagi o'zimning fikrlashimni aniq ko'ra olmayman. Shunaqa bo'lganda ma'no qolmas edi. Shunday ekan, "yozishda davom etish" kerak...

Biz yashashda davom etamiz ona, ideallikka erisholmasligimizni qabul qilib; biz birga bo'lishda davom etamiz, hammamiz xato qilishimiz uchun emas, hamma ishimiz qaysidir vaqtda xato bo'lib chiqishi mumkinligini qabul qilib; biz suhbatlashishda davom etamiz ona, fikrlarimiz hozirda ahamiyatga ega ekanligi uchun!

Tabriklayman, ona?. Bugun o'qiysiz degan umiddaman.
#mylove
@mindset0914

11 months, 1 week ago
11 months, 2 weeks ago
1 year ago
Gap qishda ham, uning sovuqligida ham …

Gap qishda ham, uning sovuqligida ham emas. U kirib kelganda, bizning muammolarimiz ham birin-ketin kirib kelishida. To'g'rirog'i bizning "shaxsiy bo'lmagan muammolarimiz" da.

Qish. Unda sen sovuq qotasan. Oilang qiynaladi. Turmushing qiyinlashadi. Yashashing qiyinlashadi. U kirib kelganda, kinolardagidek beg'ubor poklikni sen ko'ra olmaysan, uyingdan qayg'usiz chiqib qorbo'ron o'ynash, sen uchun emas. Unda faqat har yilgi qishni eslatadigan tundlik bor. Yoqimsiz kunlaring boshlanishi...

Bizning umumiy qishimiz shunaqa.

@mindset0914

1 year ago

Sal oldinroq, kanalda "Discipline(Intizom)" haqida post yozishni kimdir so'ragan edi. Lekin bu post kutilganidan sal boshqacharoq bo'ladi.

Intizom-bu muayyan qoidalar va standartlarga rioya qilgan holda o'zini tutish va ishlash qobiliyati ekan. Ya'ni u insonlarni yaxshiroq yoki effektivroq yashashiga ko'mak sifatida o'ylab topilgan. Qachonki, ertalab turib qiladigan ishlaringiz kecha tunda re'jalashtirib qo'yilgan bo'lsa, kuningizni boshqarish osonroq va stressdan holi bo'lishiga umid bor.

Ammo, men intizom bilan prokrastinatsiya o'rtasidagi bog'liqlik haqida yozmoqchiman. Va bu, albatta, ijobiy emas.

Prokrastinatsiya-bu uzoq vaqt mobaynida ishlaringizni so'ngi daqiqagacha ortga surish. Bunga yechim sifatida ko'pincha intizomni misol qilib keltirishadi. Lekin, prokrastinatsiyani kelib chiqish sababi bizdagi qoidalarga borib taqaladi. Ya'ni, o'tmishda hech qanaqa ishimizni re'ja qilmaganmiz, bizda hech qanaqa oqibatlar haqida tushuncha bo'lmagan. Betartib hayot tarzida yashaganmiz. O'sha paytdagi "biz" va hozirgi jadvallar, kun tartiblariga o'tgan "biz" orasidagi vaqt uzoq bo'lishiga qaramay, biz har doimgidek ibtidomizga intilamiz. Ya'ni, uzundan-uzoq tasklar ro'yxatining o'zi bizni ularni orqaga surishimizga sabab bo'ladi. Bunga qaysidir ma'noda, "intizomli" hayot tarzimiz aybdor.

Biroq, bo'lar ish bo'lgan. Va bizni qila oladigan ishimiz, har doimgidek, yangi "muammo"mizga o'zimizni ko'niktirishimizdir. Biz prokrastinatsiyamizni asosi bo'lgan-intizomdan, yechim sifatida foydalanishga avtomatlashishimiz kerak.

Menimcha, prokrastinatsiya moslashish jaroyonidagi bir tabiiy jaroyon. Vaqt o'tishi bilan, unga ko'nikamiz, u kunimizni odatiy, katta energiya talab qilib qaramaydigan, yo'l-yo'lakay yechib keta oladigan narsasiga aylanadi.(Ba'zilar uchun u allaqachon shunaqa narsaga aylanib bo'lgan. Hamma gap, o'sha hammaga ayon takrorlashlarda.)

Xullas "intizomli" bo'ling!

@mindset0914

1 year ago

Uyqu haqidagi kitobni uyqusirab o'qisang, va unda aytilganidek, o'qiyotganingda fokusingni bir joyga yig'olmasliging, ko'zing ketib qolishi, nima o'qiyotganing haqida tasavvur ham qila olmasliging ham, oxirgi kunlarda uyqu rejimingni buzilgani sababli ekanligini ham uyqusirayotganing sabab anglolmasang...Xullas sen har tomonlama noto'g'ri ishni qilyapsan, va buni o'zing sezayotganing ham yo'q. Qanchalik achinarli... Kitobni yop va yotib uxla!

Tepadagilar ham uyqusirab yozilgan?

@mindset0914

1 year ago

Memento mori

Yunonchadan "o'limni eslash" deb tarjima qilinadi. Buni stoitsizm tarafdorlari targ'ib qilishgan.

Ya'ni siz natijadan qo'rqib qaror qabul qila olmayotgan paytingizda eng yomon oqibatni hayolingizga keltirasiz (ko'pincha o'limni), va uni qabul qilasiz. Ularning fikricha, agar natija chindan ham o'limga olib borgan taqdirda ham, siz unga aqliy jihatdan tayyor bo'lgan bo'lasiz.

Siz o'zingizga, shunchaki, hammasi o'tkinchi ekanini, hozirgi qilayotgan ishingiz ham tarixning chang bosgan varaqlarida qolib ketishini uqtirasiz.

Bu qaysidir ma'noda ko'nglingizga oydinlik kiritadi. Tirishib, nimadirlarga bor kuchingizni berib, umumiy vaziyatni, yodingizdan chiqarganingizda ham, bir kun kelib tuproq bilan qorishib ketishingizni eslatib turadi.

Sizni ixtiyoringizda va sizga bog'liq bo'lmagan ishlarni ajratib oling. Va o'z qo'lingizda bo'lgan, o'zgartira oladigan narsalaringizga e'tibor qarating. Qila olmaydigan narsalaringizni shunchaki unuting va energiyangizni saqlab qo'ying. Qolganini o'ylash sizga hech narsa bermaydi.

Etiam, una die et usquam mori!

@mindset0914

1 year ago

Bugun asosiy e'tiborni o'g'lingizga qaratarkansiz, ertaga qizingizning o'g'lidan "to'g'ri" gap eshitishdan umid uzing.

@mindset0914

1 year ago

We spent as much money as we could and got as little for it as people could make up their
minds to give us. We were always more or less miserable, and most of our acquaintance were
in the same cond ition. There was a gay fiction among us that we were constantly enjoying
ourselves, and a skeleton truth that we never did. To the best of my belief, our case was in the
last aspect a rather common one.
Charles Dickens, "Great Expectations".

Biz iloji boricha ko'proq pul sarflashni oldimizga maqsad qilib qo'ygandik, butun London esa pullarimiz evaziga iloji boricha kamroq narsa berishni xohlayotgandek edi. Biz har doim o'zimizni u yoki bu darajada yomon his qilardik, ko'pchilik tanishlarimiz ham shunday edi. Go'yo kelishib olgandek, o'zimizni hayotimiz faqat kayf-safodan iboratdek tutardik, ichimizda bo'lsa, buning aksi ekanini his qilardik. Anglashimcha, bu narsa faqat bizgagina xos emasdi.

Charlz Dikkens, "Katta umidlar"

@mindset0914

1 year ago

#mutolaa
Ular chindan ham xursandchilik qilishar, faqat endi boshqacha. Sog'inch, iztirob va ehtiros o'rnini barqaror zavq, qoniqish hamda tez o'tib ketadigan xafagarchilik egallagandi. Emma bu o'zgarishlardan xursand edi. Hayotida o'zini bundan ham baxtli his qilgan paytlari bo'lgan, biroq turmushi hali hech qachon bunchalik osoyishta kechmagandi.

*U kechasi bilan Deksterga telbalarcha o'n enli xatlar yozganini esladi-ilmoqli gaplar, undov belgilari-yu tagiga chizilgan so'zlar bilan to'lgan ehtirosli nomalar. Qachonlardir Deksga har kuni otkritka jo'natar, yana uxlashdan oldin soatlab telefonda gaplashishardi...

*Bir-biriga shunchaki tikilishsa, yonma-yon o'tirib ertalabgacha suhbatlashib chiqishsa-ya? Hozir kechasi bilan gap sotishga kimning ham vaqti, xohishi yoki kuchi bor? Nima haqida gaplashishadi? Ko'chmas mulk narxlari to'g'risidami? Emma qachonlardir Deksterning tungi qo'ng'iroqlarini intiqib kutardi, hozir esa yarim tunda telefon jiringlashi muammo chiqqanini anglatardi. Endi rasmga tushishga hojat qoldimi? Bir-birining yuzini juda yaxshi bilib olishgan bo'lsa. Buning ustiga, oyoq kiyim qutisi suratlarga to'la-yigirma yil ichida butun boshli arxiv yig'ilgan. Hozir kim ham uzun xatlar yozardi? Umuman, nega bu narsalar o'ylantirishi kerak?

  • "Yo'q,chinakam hayot shu"-deb o'yladi Emma. Agar avvalgi qiziqish va ishtiyoqini yo'qotgan bo'lsa, bu tabiiy. O'ttiz sakkizda yigirma ikki yoshdagi ehtiros bilan sevish noo'rin va uyatli bo'lardi. Yosh qizchadek oshiq bo'lish, she'r yozish, pop musiqa eshitib, yig'i-sig'i qilish. Shunchaki zerikmaslik uchun kimdandir senikida tunab qolishini so'rash. O'ttiz sakkizda biror qo'shiq, kitob yoki kino hayotingni o'zgartirib yuborishini o'ylash kulguli. Yo'q, bu yoshda hammasi muvozanatga kelib, iziga tushib, odam qulaylikka o'rganadi va hayotdan qoniqib, kundalik yumushlar fonida yashay boshlaydi. Yurakni siqib, asabni qaqshatadigan mojarolar endi yo'q. Do'stlari ham besh, o'n yoki yigirma yildan beri biladigan tanishlari bo'ladi. Endi boyib ham ketmaydi, kambag'allashib ham qolmaydi. Yana biroz vaqt sog'liqdan shikoyat ham bo'lmaydi. Ular qoq o'rtalikda kelib qolishgan: o'rta sinf, o'rta yosh. Baxtdan masrur bo'lishmasa ham, hayotdan mamnun...

Devid Nikolls
Bir kun.

#parcha
@mindset0914

We recommend to visit

The official Yescoin™
Probably something.

Play🕹️: @realyescoinbot
Player support: @yescoincare
Business: @advertize_support

Last updated 1 месяц назад

Https://grandjourney.io

Last updated 23 часа назад

The village was built by UXUY with hard work and was incubated and invested by Binance Labs.

Every Bitcoin wizard 🧙 has a @UXUYbot:
- ⚡️ Bitcoin Lightning Support
- 0⃣ TX Fee for fast transfers
- 🔒 Relying on the security of the BTC network