Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
**Bugun 10-fevral
👉 TAVALLUDLAR:
- 1585 - Anjelo Karoselli (1652) - italyan barokko rassomi.
- 1696 - Iogann Melchior Molter (1765) - nemis bastakori, barokko va ilk klassik davrlarning skripkachisi.
- 1775 - Charlz Lamb (1834) - ingliz shoiri va adabiyotshunosi, esselar ustasi.
- 1808 - Georg Veber (1888) - nemis tarixchisi va filologi.
- 1835 - Viktor Genzen (1924) - nemis zoologi, plankron atamasini fanga kiritgan.
- 1869 - Jalil Mammadqulizoda (1932) - ozarbayjon yozuvchisi, dramaturgi, jurnalisti va ijtimoiy xodimi.
- 1881- Boris Zaytsev (1972) - rus yozuvchisi, tanqidchi va adabiyotshunos.
- 1890 - Boris Pasternak - rus va sovet shoiri va yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1958).
- 1897 - Jon Franklin Enders (1985) - amerikalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi (1954).
- 1897 - Shamsiev Porso (1972) - navoiyshunos va matnshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1972).
- 1898 - Brext Bertold ( 1956) - nemis yozuvchisi, rejissyor.
- 1899 - Javdot Sunoy (1982) - Turkiyaning 1966 - 1973-yillardagi prezidenti.
- 1902 - Uolter Bratteyn (1987) - amerikalik fizik, tranzistorni yaratganlardan biri, Nobel mukofoti sohibi (1956).
- 1908 - Boris Zeydman (1981) - bastakor, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1922 - Jalilov Ikrom - huquqshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990).
- 1923 - Chang Che - xitoylik ssenariynavis va rejissyor.
- 1928 - Normuhammad Xudoyberdiyev (2011) - OʻzSSR Ministrlarsoveti raisi (1971-1984).
- 1933 - Husniddin Sharipov - O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
- 1938 - Jorj Vayner - sovet yozuvchisi va jurnalisti, taniqli detektivlarning muallifi.
- 1947 - Sultonov Mo‘min - ganchkor usta, O‘zbekiston xalq ustasi (2000).
- 1952 - Erkin Usmon - o‘zbek yozuvchisi, tarjimon.
- 1952 - Mo‘minov Qobul - usta chilangar, O‘zbekiston qahramoni (2001).
- 1960 - Shayx Abdurahmon As-Sudays - Makka shahridagi Masjidul-Haromning imom xatibi, dunyodagi eng mashhur qoriylardan biri.
- 1962 - Klifford Li Burton - amerikalik musiqachi, “Metallika” guruhining asoschilaridan.
- 1967 - Laura Dern - amerikalik kinoaktrisa.
- 1974 - Elizabeth Irene Banks - amerikalik aktrisa, rejissor va produser.
- 1991 - Emma Rose Roberts - amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi.
- 1997 - Xloya Greys Morets - amerikalik aktrisa va model.**
**Bugun 10-fevral
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 BMT - Butunjahon dukkakli ekinlar kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇩🇪 Germaniya - Berlin xalqaro kinofestivali.
🇮🇶 Iroq - Kurd yozuvchilari kuni.
🇮🇹 Italiya - Foyba qurbonlari xotirasi kuni.
🇷🇺 Rossiya - Qishki sport turlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Diplomatik xodimlar kuni
🇷🇺 Rossiya - Aleksandr Sergeyevuch Pushkin xotirasi kuni.
🇹🇭 Tailand - Ko‘ngillilar mudofaa korpusi kuni.
🇪🇷 Eritrieya - Fenkil kuni.
👉 VOQEALAR:
- 754 - Ieri cherkov ierarxlari sobori (ikonoklastik) ochildi.
- 1074 - Devonu Lug’atut Turk Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan tamomlandi.
- 1258 - Xuloku boshchiligidagi moʻgʻullar Bagʻdodni bosib olib, Abbosiylar saltanatiga chek qo‘yishdi.
- 1354 - Avliyo Sxolastika kuni talabalar va aholi o‘rtasidagi to‘qnashuv.
- 1636 - Dazmolning tug‘ilgan kuni.
- 1763 - Fransiya va Ispaniya o’rtasida Yetti yillik urushni nihoyasiga yetkazgan Parij shartnomasi tuzildi.
- 1772 - Frans Jozef I fon Lixtenshteyn Lixtenshteyn knyaziga aylandi.
- 1784 - Yekaterina II ning farmoniga binoan Qrimdagi port va qal'a Sevastopol nomini oldi.
- 1828 - To'rtta ingliz cho'poni Tasmaniya shimolidagi Keyp Grimda 30 dan ortiq Tasmaniyalik tinch aholini o'ldirishdi.
- 1841 - Napoleonning Olti kunlik urushi: rus qo‘shinlari korpusi tor-mor qilindi.
- 1837 - Duelda olgan og‘ir jarohati oqibatida Pushkin vafot etdi.
- 1841 - “Britaniya Shimoliy Amerikasi to‘g‘risidagi Akt” rasman e’lon qilindi. Yagona Kanada provinsiyasi tuzildi.
- 1846 - Birinchi ingliz-sikx urushi boshlandi.
- 1906 - "Dreadnought" ("Qo'rqmas") ingliz jangovar kemasi suvga tushirildi. O'z davrining eng yaxshi kemasi edi.
- 1918 - Usmoniy podshohi sulton Abdulhamid 76 yoshda olamdan o’tdi.
- 1920 - Putskda Polshani dengiz bilan tutashtirish marosimi boʻldi.
- 1931 - Dehli Hindistonning poytaxtiga aylandi.
- 1939 - Ispaniyada fuqarolar urushi: General Franko qo'shinlari Kataloniyani egallab, Respublikachilar Ispaniyadan Fransiya chegarasiga chiqishdan mahrum bo‘ldilar.
- 1940 - „Tom va Jerri“ multfilmi ekranga chiqdi.
- 1943 – umumxalq hashari yo‘li bilan Farhod GES qurilishi boshlangan.
- 1945 - S-13 suvosti kemasi „General fon Shtoyben“ kemasini choʻktirib yubordi.
- 1947 - Parijda Ikkinchi jahon urushida g'olib bo'lgan davlatlar va fashistlar Germaniyasining sobiq ittifoqchilari Italiya, Ruminiya, Vengriya, Bolgariya va Finlyandiya o'rtasida tinchlik shartnomalari imzolandi (1947-yil 15-sentyabrda kuchga kirgan).
- 1962 - Sovet razvedkasi zobiti Rudolf Abelning amerikalik uchuvchi Frensis Pauer bilan almashishi.
- 1986 - Palermoda Sitsiliya mafiyasi ustidan yirik sud jarayoni boshlandi.
- 1992 - AQSh Harbiy havo kuchlari MDH mamlakatlariga Amerika gumanitar yordamini yetkazib berishni boshladi (“Umid ulashish” operatsiyasi).
- 1994 - Braziliya kosmik agentligi tashkil etildi.
- 1995 - Olmaotada MDHning oʻnta davlati MDHning havo hujumidan mudofaa qoʻshma tizimini yaratish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.
- 1996 - Garri Kasparov va IBMDeep Blue superkompyuteri o‘rtasida birinchi shaxmat o‘yini boshlandi.
- 1997 - “Hamshira” jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 1998 - Ozarbayjonda o‘lim jazosi bekor qilinib, umrbod qamoq jazosiga almashtirildi.
- 1998 - Bosniya va Gersegovinaning madhiyasi qabul qilindi.
- 2005 - KXDR Tashqi ishlar vazirligi birinchi marta mamlakatda yadro quroli yaratilganini ochiq e'lon qildi.
- 2006 - Shohlar vodiysida sarkofagi topildi
- 2006 - Turin shahrida (Italiya) XX qishki Olimpiya o'yinlari ochildi.
- 2009 - Yer orbitasida butun kosmanavtika tarixida birinchi marta ikkita sun’iy yo‘ldosh to‘qnashib ketdi.
- 2013 - Monakoda parlament saylovlari.
- 2015 - Chapel Hillda (AQSh) talabalarning o‘ldirilishi.
- 2015 - Donbassdagi urush paytida Kramatorskning o'qqa tutilishi.**
**Gollivud haqidagi siz bilmagan 10 ta fakt
Butun dunyoga mashhur bo‘lgan Gollivud belgisi 1923 yilda o‘rnatilgan. Biroq dastlab ushbu konstruksiya reklama maqsadida o‘rnatilgan va yozuvning o‘zi ham boshqacha bo‘lgan, u yerda HOLLYWOODLAND deb yozilgan edi. Uni o‘rnatishdan ko‘zlangan maqsad Los-Anjyelesdagi yangi turar-joy rayonlarini reklama qilishdan iborat bo‘lgan. Yozuvni maksimum bir yarim yil davomida turishi mo‘ljallangan edi, ammo Gollivudda kinosanoat shu darajada rivojlana boshladiki, uni qoldirishga qaror qilindi.
Gollivudga Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan, kutilgan muvaffaqiyat va omma e'tiborga erisha olmagan aktrisa Peg Entuisl HOLLYWOOD belgisining «N» harfidan sakrab, hayotini o‘z joniga qasd qilish bilan yakunladi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Oskar haykalchalari gipsdan tayyorlangan.
Ba'zi harflar tushib keta boshlagach,1978 yilda Xyu Xefner uch oy davom etgan auksion o‘tkazdi. Natijada "O" harfining ta'mirlash ishlariga Elis Kuper, "L" va "W" harflarini qayta tiklashga esa Pol Uilyams Jin Otri bilan hamkorlikda homiylik qilishdi.
1960 yilda “Shon-shuhrat xiyoboni”da ilk yulduzni o‘rnatishgan, unda Joan Vudvard ismi qayd etilgan edi.
Umuman olganda “Shon-shuhrat hiyoboni”da 2600 ga yaqin yulduz bor. Ular kino, teatr, radio, ovoz yozish va televideniyening gullab-yashnashiga ulkan xissasi uchun taqdim etilgan. Insonlardan tashqari multfilm qahramonlari, shuningdek, kompaniya va binolarga ham yulduzlar ajratilgan. Gollivud hiyoboni mavjud bo‘lgan umumiy vaqt davomida to‘rtta yulduz o‘g‘irlab ketilgan.
Jin Otrining yulduzi san'atning beshta yo‘nalishiga qo‘shgan xissasi uchun “taqdim etilgan” yagona yulduzdir.
2000 yildan boshlab, Gollivud markazida uch ming kishiga mo‘ljallangan ulkan "Kodak" teatri paydo bo‘ldi. Bino "Oskar" taqdimoti bo‘lib o‘tadigan doimiy taqdirlash joyiga aylandi.
Gollivudda hatto mozorlarda ham kino ko‘rsatiladi. Hollywood Forever qabristonida har yili yozda "Cinespia" deb nomlangan kinofestival o‘tkaziladi. Unda yangi film namoyish etiladi. Uni Gollivud afsonasiga aylangan Rudolfo Valentino mavzoleyida proyeksiya qilinadi.
Hozirda mashhur bo‘lgan “gollivudcha jilmayish” iborasi stomatolog Charlz Pinkus tomonidan o‘ylab topilgan. U shunday usulni o‘ylab topdiki, natijada aktyorlar ekranda oppoq tishlar bilan paydo bo‘la boshladilar, bu usul Hollywood Laminates deb atalgan. O‘zining yulduz mijozlariga Pinkus adgeziv kukun yordamida maxsus sopol o‘rnatmalarni taqib qo‘ygan. Shifokor qabuliga Shirli Templ, Fred Aster, Elizabet Teylor va boshqa ko‘plab mashhur insonlar tashrif buyurishgan.**
Mayya xalqi g‘ilaylikni go‘zallik belgilaridan biri deb hisoblagan. Uni ataylab rivojlantirish uchun bolalarning burni ustiga kichik kauchuk to‘p bog‘lab qo‘yishgan.
**Bugun 29 noyabr “Ё” harfi kuni har yili 29 noyabrda nishonlanadi.
1783 yil aynan shu kuni rus alifbosi yana bitta harfga boyidi. Ё ,ё-rus va belorus alifbosining 7-harfi. Bu harf slavyan bo'lmagan boshqa xalqlar alifbosida (kirill yozuvida) ham ishlatiladi (masalan, o'zbek, qirg'iz, mongol va chuvash).
Rus tilida “ё” ((i) e)dan talaffuzdagi ((i) o) hosil bo'lganda ishlatiladi. Boshqa slavyan kirill yozuvida “ё” ishlatilmaydi. Ukraina va bolgar yozuvida ovozni belgilovchi belgi undoshdan keyin ь, o, boshqa holatlarda yo shaklida yoziladi.
Serb yozuvida (makedoniya negizida tuzilgan) oldingi undosh harfni yumshatadigan hech qanday alohida harf yo'q.**
**Bugun 29-noyabr
? BAYRAMLAR:
?? BMT - Xalqaro Falastin xalqi bilan birdamlik kuni.
? Xalqaro yaguarlar kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Qirg‘iziston - Mudofaviy sport va texnik tashkilot xodimlari kuni.
? Vanatu - Birlik kuni.
?? Maldiv orollari - Islom qabul qilingan kun.
?? Turkmaniston - Paxta yig'im-terimi festivali.
? VOQEALAR:
- 1284 - Bovedagi cherkov qulab tushdi.
-1394 - Choson sulolasi asoschisi I Song Ge Seul shahrini o‘ziga poytaxt qildi.
-1777 - Kaliforniyadagi San-Xose shahriga asos solindi.
- 1783 - «Ё» harfi rus alifbosiga qo’shildi.
- 1830 - Noyabr inqilobi: ruslar Varshavadan chiqib ketdi.
-1885 - Uchinchi Ingliz-Birma urushi yakunlandi.
- 1890 - Yaponiyada parlament ish boshladi.
- 1899 - “Barselona” futbol klubiga asos solindi.
- 1929 - Richard Bert Janubiy qutbdan uchib o’tdi.
- 1932 - Rossiya-Fransiya o’rtasida hujum qilmaslik haqidagi bitim imzolandi.
- 1939 - O'zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi.
- 1945 - Ta'sis majlisi Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi (FPRY) tashkil topganligini e'lon qildi.
- 1946 - Belgiya YuNESKO ga a'zo bo'ldi.
- 1947 - BMT Bosh Assambleyasi Falastinni bo’lish haqidagi rejani tasdiqladi.
- 1963 - Monreal yaqinidagi DC-8 halokati, 118 kishi halok bo‘ldi.
- 1987 - Boeing 707 Andaman dengizi ustida portladi. 115 kishi halok bo‘ldi.
- 2009 - Shveytsariyada referendum bo'lib o'tdi, natijada minoralar qurish taqiqlandi.
? TAVALLUDLAR:
- 1718 - knyaz Aleksandr Golitsin (1783) - Rossiya general feldmarshali.
- 1781 - Belo Anders - Venesuela shoiri, filolog.
- 1797 - Gaetano Donizetti (1848) - italiyalik bastakor, 68 ta opera muallifi.
- 1803 - Kristian Dopler (1853) - avstriyalik matematik va fizik.
- 1814 - De Rada Ieronim - alban shoiri, olim, siyosiy arbob, Alban romantizmining asoschisi.
- 1874 - Antoniu Egash Monih (1955) - portugaliyalik nevropatolog va neyroxirurg, Nobel mukofoti sohibi (1949).
- 1910 - Izzat Sulton (2001) - adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg.
- 1932 - Shirak Jak Rene (2019) - Fransiya davlat arbobi, Fransiya Respublikasi prezidenti (1995-2005).
-1956 - Abdunabi Haydarov - publitsist yozuvchi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist.
- 1966 - Yevgeniy Mironov - Sovet va rus kinoaktyori.
- 1969 - Sobirjon Mo'minov - xonanda, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist (2000).
- 1973 - Rayan Giggz - uelslik futbolchi va futbol bo'yicha murabbiy.
- 1974 - Kamol Murodov - kurashchi, xalqaro miqyosidagi sport ustasi, "O'zbekiston iftixori" (1999).
- 1977 - Mariya Petrova - rossiyalik figurali uchuvchi, jahon chempioni (2000) va Yevropa chempioni (1999, 2000).
- 1984 - Beatris Rozen - franko-amerikalik kino va televidenie aktrisasi, model.**
**Bugun 23- noyabr
? BAYRAMLAR:
? Butunjahon akvarel kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Argentina - Milliy suverenitet kuni.
?? AQSH - Rad etish kuni.
?? Sloveniya - Rudolf Maister kuni
?? Gruziya - Avliyo Georgiy kuni.
?? Qozogʻiston - Yo’l harakati xavfsizligi xodimlari kuni.
?? Litva - Litva jangchilari kuni.
? VOQEALAR:
- 1174 — Salohiddin Ayyubiy boshchiligidagi musulmonlar qo’shini Damashq shahrini egalladi.
- 1248 — Kastiliya qiroli Ferdinand III qo’shinlari musulmonlar qo’l ostidagi Sevilya shahrini bosib oldi.
- 1510 — Usmonli Turklar imperiyasi Imereti qirolligi poytaxti Kutaisi shahrini egalladi.
- 1793 — Parij Kommunasi cherkovlar faoliyatini taqiqladi.
- 1831 — Sankt-Peterburgda Rumyansev muzeyi ochildi.
- 1852 — Angliyada tarixda ilk bor pochta qutilari paydo bo’ldi.
- 1904 — AQSHning Sent Luis shahrida III Olimpiya o’yinlari yakunlandi.
- 1910 — Shvetsiya tarixidagi so’nggi o’lim jazosi amalga oshirildi.
- 1918 — Edvin Habbel Andromeda galaktikasini kashf etdi.
- 1924 — SSSRda ilk doimiy radioeshittirishlar yo’lga qo’yildi.
- 1940 — Ikkinchi jahon urushi: Ruminiya fashistik blokka qo’shildi.
- 1943 — Qohira konferensiyasi boshlandi.
- 1946 — Birinchi Hindi-xitoy urushi boshlandi: Fransiya havo kuchlari Vyetnamning Hay Pong shahrini bombardimon qilishi oqibatida minglab fuqarolar halok bo’ldi.
- 1955 — Kokos orollari Buyuk Britaniyadan Avstraliya nazoratiga o’tdi.
- 1957 — Milanda Boris Pasternakning «Doktor Jivago» romani chop etildi.
- 1980 — Italiya janubidagi Irpiniya shahrida sodir bo’lgan 6,9 magnitudali zilzilada 4,800 kishi qurbon bo’ldi.
- 1985 — Afinadan Qohiraga uchayotgan yo’lovchi samolyoti qurolli shaxslar tomonidan garovga olinishi oqibatida, 60 kishi halok bo’ldi.
- 1992 — Las Vegasda IBM Simon nomli ilk smartfon namoyish etildi.
- 1993 — Toshkentdagi Respublika O‘qituvchilar Uyi qoshida O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi.
- 1996 — Efiopiyaga qarashli samolyot garovga olinishi oqibatida 125 nafar yo’lovchi Hind okeaniga g’arq bo’ldi.
- 2003 — Atirgul inqilobi: Gruziya prezidenti Eduard Shevarnadze iste’foga chiqdi.
- 2005 — Liberiya prezidentligiga saylangan Ellen Jonson Sirleaf Afrika davlatlari orasida ilk ayol rahbarga aylandi.
- 2006 — Iroqning Sadr shahridagi portlashda 215 kishi halok bo’ldi va 257 kishi jarohatlandi.
- 2007 — Argentinaning Janubiy Shetland orollari yaqinida MS Explorer sayohat kemasi aysbergga urilib, 154 nafar yo’lovchi bilan birga dengizga g’arq bo’ldi.
- 2011 — Arab bahori: Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih iste’foga chiqdi.
- 2023 - Afruza Hamdamova – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasida ilk jahon chempioni bo‘ldi.(Italiya)
? TAVALLUDLAR:
- 870 - Aleksandr - Vizantiya imperatori.
- 912 - Buyuk Otton I (973) - Germaniya qiroli (936 yildan), Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (962 yildan).
- 1527 - Li Chji (1602) - xitoylik faylasuf, tarixchi, yozuvchi va adabiyotshunos.
- 1705 - Tomas Birx - ingliz tarixchisi.
- 1804 - Franklin Pirs (1869) - AQShning 14-prezidenti (1853-1857).
- 1837 - Yan Diderik Van der Vaals (1923) - golland fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1910).
- 1899 - Vladimir Yaxontov (1970) - entomolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960).
- 1908 - Nikolay Nosov (1976) - Sovet bolalar nasr yozuvchisi, dramaturg, ssenariy muallifi.
- 1914 - Krishan Chandar (1977) - hind yozuvchisi va jamoat arbobi, hozirgi zamon urdu adabiyotining yirik vakili.
- 1925 - Xose Napoleon Duarte - Salvador prezidenti.
- 1933 - Mahmud Salohiddinov (2018) - matematik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984),
- 1960 - Bobomurod Fayziyev - sambochi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi (1988). 52 kg vazn toifasida O'zbekiston chempioni (1978, 1981), jahon kubogi g'olibi (1982), 3 karra jahon chempioni (1982, 1986,1987).
- 1962 - Nikolas Maduro - Venesuela prezidenti.
- 1975 - Nihat Qahvachi - Turkiya terma jamoasi va Ispaniyaning Villyareal jamoasi a’zosi.
- 1976 - Junayd Chaqir - turkiyalik futbol hakami.
- 1992 - Mayli Rey Sayrus - amerikalik aktrisa va musiqachi.**
**Bugun 22-noyabr
? BAYRAMLAR:
?? BMT - O'g'il farzandlar kuni.
? Lug'atlar va ensiklopediyalar kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Rossiya - Psixologlar kuni.
?? Ozarbayjon - Adliya idoralari xodimlari kuni.
?? Livan - Mustaqillik kuni.
?? Gvineya - Bosqin kuni.
?? Armaniston - Bank xodimlari kuni.
?? Qirg‘iziston - Prokuratura xodimi kuni.
?? Albaniya - Alban alifbosi kuni.
?? Kosta-Rika - O'qituvchilar kuni.
?? Singapur - Bobolar kuni.
?? Meksika - Sent-Sesiliya kuni.
? VOQEALAR:
- 1574 - Chilidagi Xuan Fernandes orollari kashf etildi.
- 1699 - Pyotr I va Avgust Shimoliy urush haqida kelishib olishdi.
- 1869 - „Cutty Sark“ suvga tushirildi.
- 1906 - Stolipin agrar islohoti boshlandi.
- 1908 - Manastir Kongressi alban alifbosini tasdiqladi.
- 1917 - Kanadada Milliy xokkey ligasi tashkil etildi.
- 1917 - Leninning «Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga» deb nomlangan murojaatnomasi e'lon qilindi.
- 1936 - SSSRda abortga ruxsat berildi.
- 1940 - Ikkinchi jahon urushi: Gretsiya armiyasi Albaniyada qarshi hujumga o’tdi va Koritsa shahrini egalladi.
- 1942 - Ikkinchi jahon urushi: Stalingrad jangida nemislarning 6-armiyasi qurshovda qoldi.
- 1943 - Ikkinchi jahon urushi: AQSH prezidenti Ruzvelt, Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchil va Xitoy rahbari Chan Kay Shi Qohira konferensiyasida uchrashdi.
- 1943 - Livan Fransiyadan mustaqillikni qo’lga kiritdi.
- 1946 - Angliyada sharikli ruchkalar ilk bor sotuvga chiqdi.
- 1956 - Melburn shahrida XVI Olimpiya o’yinlari boshlandi.
- 1963 - AQSH prezidenti Jon Kennedi Texasda suiqasd qurboni bo’ldi.
- 1967 - BMT Xavfsizlik Kengashi Arab-Isroil mojarosiga oid 242-sonli rezolyutsiyani qabul qildi.
- 1974 - Falastin Ozodlik Harakati BMTda kuzatuvchi maqomini qo’lga kiritdi.
- 1975 - Xuan Karlos I Ispaniya qiroli deb e’lon qilindi.
- 1986 - Mayk Tayson boks boʻyicha jahon chempioni boʻldi.
- 1989 - Livan prezidenti Rene Mo’vad Bayrutda suiqasd qurboni bo’ldi.
- 1990 - Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher iste’foga chiqdi.
- 1993 - Armanistonda milliy valyuta - dram muomalaga kiritildi.
- 2004 - Ukrainada Zarg’aldoq inqilobi boshlandi.
- 2005 - Angela Merkel Germaniya tarixidagi ilk ayol kansler bo’ldi.
- 2008 - Mars sayyorasida muzlagan suv parchasi topildi.
- 2012 - Isroil va Falastin o’rtasidagi 8 kunlik urushdan so’ng, Isroil va Hamas o’t ochishni to’xtatish bo’yicha kelishuviga erishishdi.
- 2015 - Myanmaning Kachin viloyatidagi nefrit konida tuproq ko’chishi oqibatida 116 kishi halok bo’ldi va 100 ga yaqin kishi bedarak ketdi.
? TAVALLUDLAR:
- 1787 - Rasmus Rask (1832) - daniyaliik tilshunos olim.
- 1801 - Vladimir Dal (1872) - shifokor, yozuvchi, etnograf, leksikograf, "Buyuk rus tilining jonpi izohli lug'ati" ni yaratgan.
- 1819 - Jorj Eliot (1880) - ingliz shoiri.
- 1869 - Andre Gide (1951) - fransuz yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1947).
- 1877 - Joan Gamper (1930) - Barselona futbol jamoasi asoschisi.
- 1881 - Anvar Posho (1922) - Usmonli Turk davlati harbiy generali va siyosatchi, “Yosh turklar” harakatining faol ishtirokchilaridan biri, Buxoro amirligi tomonida turib sovet bosqinchilariga qarshi kurashgan lashkarboshi.
- 1890 - Sharl de Goll (1970) - Fransiyaning 18-prezidenti.
- 1904 - Lui Nil (2000) - antiferromagnetizmni bashorat qilgan fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1970).
- 1911 - Asror Jo’rayev - O’zbekiston xalq artisti.
- 1917 - Endryu Xaksli (2012) - ingliz fiziologi, Nobel mukofoti sohibi (1963).
- 1967 - Boris Beker - nemis tennischisi, olti marta "Katta Dubulg'a" turnirlari g'olibi.
- 1986 - Dilnoza Kubaeva - aktrisa.
- 1984 - Skarlett Yoxansson - amerikalik aktrisa va qo'shiqchi, BAFTA, Toni va boshqa mukofotlar sovrindori.
- 1993 - Adel Ekzarxopulos - fransuz kino aktrisasi, "Oltin palma" ning eng yosh g'olibasi.**
**O‘zbekistonda mustaqillikdan keyingi yil nomlari:
• 1991 - "Alisher Navoiy yili".
• 1992 - "Hamshiralar yili".
• 1993 - "Ahmad Yassaviy yili".
• 1994 - "Mirzo Ulug‘bek yili".
• 1995 - "Ibn Sino yili".
• 1996 - "Amir Temur yili".
• 1997 - "Inson manfaatlari yili".
• 1998 - "Oila yili".
• 1999 - "Ayollar yili".
• 2000 - "Sog‘lom avlod yili".
• 2001 - "Onalar va bolalar yili".
• 2002 - "Qariyalarni qadrlash yili".
• 2003 - "Obod mahalla yili".
• 2004 - "Mehr-muruvvat yili".
• 2005 - "Sihat-salomatlik yili".
• 2006 - "Homiylar va shifokorlar yili".
• 2007 - "Ijtimoiy himoya yili".
• 2008 - "Yoshlar yili".
• 2009 - "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili".
• 2010 - "Barkamol avlod yili".
• 2011 - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili".
• 2012 - "Mustahkam oila yili".
• 2013 - "Obod turmush yili".
• 2014 - "Sog‘lom bola yili".
• 2015 - "Keksalarni e’zozlash yili".
• 2016 - "Sog‘lom ona va bola yili".
• 2017 - "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili".
• 2018 - “Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili".
• 2019 - "Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili".
• 2020 - "Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili".
• 2021- "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili".
• 2022 - "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili".
• 2023 - "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili".
• 2024 yil - "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili".
• 2025 yil - “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi.**
**1966-yil 16-noyabrda eng ko‘p meteor yomg‘iri qayd etilgan: daqiqada 2300 meteorgacha.
Meteor yomg‘iri - bu meteoroidlar to‘dasining Yer atmosferasiga kirib borishi natijasida hosil bo‘lgan meteoritlar to‘plami. Ko‘pincha, katta intensivlikdagi meteor yomg‘iriga yulduz yoki meteor yomg‘iri deyiladi.
Meteor to‘dalari kosmosda aniq belgilangan orbitalarni egallaganligi sababli, birinchidan, meteor yomg‘irlari yilning qat’iy belgilangan vaqtida, Yer va to‘da orbitalarining kesishish nuqtasidan o‘tganda, ikkinchidan, meteor yomg‘irlari kuzatiladi. oqimlarning nurlanishlari osmonda qat’iy belgilangan nuqtada. Radiant joylashgan yulduz turkumiga ko‘ra yoki nurlanishga eng yaqin yulduzga ko‘ra, meteor yomg‘iri o‘z nomini oladi.
Astronomlar mingga yaqin meteor yomg‘irini qayd etgan. Biroq, yulduzli osmonni kuzatishning avtomatlashtirilgan vositalarining rivojlanishi bilan ularning soni kamaydi. Ayni damda 64 ta meteor yomg‘iri tasdiqlangan.**
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago