Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated hace 2 meses
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated hace 3 meses, 3 semanas
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated hace 1 año, 8 meses
Kun kelib dunyodan nasibam bitib,
Solih-ul Bandangga titrasa bu jon.
O’zing omonatim ol yengil etib,
To’g’ri yo’l, rizolik, hamroh qil iymon.
Kun kelib lahadga kirganda - bandang,
Tilimga jo qilgin haq kalimalar.
Qabr azobidan bo’lmay hang-u mang,
Asra qo’rquv, yomon, yana nimalar...
Kun kelib qiyomat soati yetib,
Maxshar tomon yursak, amr-u qoshingga.
"Chap tomon" bu boshga qo’ymagin bitib,
Be nasib aylama - marhamatingga.
Jahanam ustida sirot ko’prigi,
Toydirma asragin oyoqlarimni.
Til bog’liq, bosh egik, riyo ko’pligi,
Pinhon qil ochmagil - gunohlarimni.
Buyurganing kabi yashay olmadim,
Umidim bor sening G’ofurligingdan.
Nafs boshimga chiqdi, mahv etolmadim.
Tilni tiyolmadim... tiydim zikringdan.
Eshoni So’fining iltijosini,
Aylayin. Men g’arib ojizing, banda.
Lahza holi qo’yma har dunyosini,
“O’zing bandam degil Robbim deganda”
©️Sanjar Sirojiddin
2025: 19-fevral
@sanjar_sirojiddin
Sochlaringga tushgan oq,
O’limdan xabar berar.
Ortga, umringga bir boq,
Oldingdan o’lim kelar.
Dunyo yakunli bozor,
Kim bilmaydi azizim.
Har kimga bor bir mozor,
Unutmagin jon qizim.
Yo’ldan chiqmay o’tmoq baxt,
Yashamoq murodi shul.
Etsa sarxushdu karaxt,
Sakoratul mavtdur ul.
Fursat bergan ul Xoliq,
Xolimizga qo’ymasin.
Jami butun yaratiq,
Adashmasin toymasin.
✍️Sanjar Sirojiddin
07.11.2024
Umr o‘tib borar misoli ertak,
Ertaning ketidan kelib qolar shom.
Faqat g‘aflat ichra yotmagin, yurak,
Qaytib kelmas sira bu yoshlik ayyom.
Payt kelar, va’daning qimmati qolmas,
Muhlat bermas u dam to‘lgan paymona.
O‘tgan bir oningni qaytara olmas
Na ko‘zyosh, na afsus va na bahona...
Abdulla ORIPOV
Ko'ngil so'rganlarga tashakkurlarim,
Men so'ray olmasam ranjimang sizni.
Men - "men"i qidirib yurgan odamman,
O'ting bevafolik gunohimizni.
Biz sevdik bir qalbni osmondanda keng,
Uni qidirmoqdan doim mamnunmiz.
Sizni e'tibordan chetda qoldirsak,
Biling bir doʻstiga chunon maftunmiz!
Ko'ngil so'rganlarga tashakkurlarim,
Men so'ray olmasam ranjimang sizni.
Men - "men"i qidirib yurgan odamman,
O'ting bevafolik gunohimizni.
Biz sevdik bir qalbni osmondanda keng,
Uni qidirmoqdan doim mamnunmiz.
Sizni e'tibordan chetda qoldirsak,
Kechiring demak biz shunga mahkummiz!
Qadamlar bosilar ohista mayin,
Qaytomon ketmoqda bu odamizod.
Yo’l oxiri o’lim-o’limdur tayin,
Tugab borayotir kundan-kun hayot.
Bir kun ko’tarilib tanamizdan ruh,
Robbimiz tomonga tashlaydi qadam.
Kimgadur rohatbaxsh, kimgadur sovuq,
Munosabat bo’lar, o’shal-o’shal dam.
So’ng qaytamiz yana tuproq bag’riga,
Bizdan qolajagi do’ppaygan qabr.
Bilmam, o’tolmayman undan nariga,
Qolgani xudoning g’ayblaridur.
Hamma unutadi sizni tez kunda,
Do’st-u yor, bilgan-u bilmaganlar ham.
Ta’nasiz hayrlar eslanar unda,
Ranjiy olmaysiz, ham qilmaydi alam.
Vaqtning isrofidan saqlanmaganlar,
Ko’p nadomat chekar o’tgan umriga.
Qaytarish imkonsiz o’tkan u damlar,
Lahzaga, orqaga o’tmish qariga.
Qancha yaxshi o’tdi, qancha yomon ham,
Biz ham o’tajakmiz oz fursatimiz.
Soʻnggi lahzalarda koʻp chekib alam,
Qolishdan asrasin illo Robbimiz.
✍Sanjar Sirojiddin
Bag'ringizni tilmay armon,
Qadrin biling yo'qlab har on.
Sizni jondan suygan inson,
Otangizni ko'rib keling.
Ishlaringiz chetga surib,
Duo olib jannat qurib.
Borida qadrini bilib,
Otangizni ko'rib keling.
Mayliga non olmasdan ham,
Cho'ntakga pul solmasdan ham.
Dardlar yo'qlab qolmasdan ham,
Otangizni ko'rib keling.
Umrdur bu yelday o'tar,
Dunyo fursatlarni yutar.
Ko'zlari to'rt bo'lib kutar,
Otangizni yo'qlab keling.
Tuproq quchib yig’lab qolmay,
Dard qo’lingiz bog’lab qolmay.
O’zi sizni yo’qlab qolmay,
Otangizni yo’qlab keling!
✍️Sanjar Sirojiddin
https://t.me/sanjar_sirojiddin
Telegram
📖 Sanjar SiRoJiDDiN 📚
XUSH KELIBSIZ! Murojat uchun: @SanjarSirojiddin telegram manzili!
*Kuylasin deb yurak nolamni,
Ishga soldim qog'oz qalamni.
Ming tashvish dardi bor odamni,
Eslab kelay bir bor dadamni.
Suyanishga zabardast tog'im,
Ular sabab namsiz qarog'im.
Mexrli ko'z issiq quchog'im,
Olam ichra tanxo olamni,
Eslab kelay bir bor dadamni.
Qolsa bag'rim omadga to'lib,
O'zimdan ko'p baxtiyor bo'lib.
Mening dardim ko'ksini yulib,
Menga-mendan kuygan odamni,
Eslab kelay bir bor dadamni.
Ko'zlarimda porlagan baxtim,
Har ishdagi ilxomim shaxtim.
Umrumdagi podshoxlik taxtim,
Suyanchig'i jonim onamni,
Eslab kelay bir bor dadamni.
Ular sabab omadim kelib,
Doim yurdim ko'ksimni kerib.
Bag'rimni bag'riga bir berib,
Farzandiga cheksiz xotamni,
Eslab kelay bir bor dadamni.
Boray desam bahona har dam,
Bemexrsan ham demas dadam.
O'g'il bo'lib bir bora men ham,
Duosini olib onamni,
Eslab kelay bir bor dadamni.*✍️**Sanjar Sirojiddin
kanalimizga a'zo bo`ling ?*?*?
https://t.me/sanjar_sirojiddin
Telegram
📖 Sanjar SiRoJiDDiN 📚
XUSH KELIBSIZ! Murojat uchun: @SanjarSirojiddin telegram manzili!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated hace 2 meses
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated hace 3 meses, 3 semanas
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated hace 1 año, 8 meses