Kimsan Muslim

Description
Shifokor - Kardiolog @Kimsanov_Muslimbek ning badiiy kanaliga xush kelibsiz!
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

3 months, 3 weeks ago
***

Yil oxiri...
tun qo'ynida xira tortgan oy,
O'tiraman burchakdagi archa yonida.
Almashadi o'tmish bilan kelajak bugun,
Sovuq qorday qirov bosgan uy ayvonida.

Lippillaydi bezatilgan archa chirog'i,
Kiprigimning qoqishiday o'tib borar vaqt.
Savollardan bosilmaydi yurak titrog'i,
Men qandayin qarib qoldim bunchalar barvaqt.

Kechagina bola edim, qorbobo yasab,
To tongacha kutar edim uxlamay sovg'a.
Bugun esa bolalarim ulg'ayib-o'sib,
Qorbobodan sovg'a so'rab turishar, tavba.

Quvonaymi yoki hafa bo'laymi bilmam,
Umr o'tar, qarib borar inson degani.
Bezatilgan dasturxon-u, shoxona tortdan,
Jazm etmas yurak qurg'ur zarra yegani.

Yaxshiyamki, yil oxir bu umr oxirmas,
Shukr deyman, bu o'y biroz beradi taskin.
Chopib yurgan bolalarga qilganday havas,
Xursand kabi qo'shilaman ularga sekin.

Kimsan Muslim

https://t.me/kimsanmuslim

4 months ago
***

Do'stim, biz ulg'aydik, vaqt o'tdi qara,
O'tmishga aylandi davronlarimiz.
Tong sahar mehribon onamiz emas,
Bizni uyg'otmoqda muammolarimiz!

Kundan kun yuzlardan ketmoqda kulgu,
Hayol erta indin tashvishida band.
Esimda bir paytlar qilib tabassum,
Yurardim kun bo'yi bobom bersa qand.

Rejalar ketma-ket bo'lganda barbod,
His qildim otamning hissiz nigohin.
Sog'inib ketyapman shu kezda bod, bod,
G'am tashvish kirolmas otam dargohin.

Oldin uxlar edim bosh tegsa yerga,
Hozir tun, oy, yulduz sirdoshim bo'lgan.
Betashvish bolalik ketgan qayerga,
Yelkamiz turmushning yukiga to'lgan.

Do'stim, biz ulg'aydik, vaqt o'tdi qara,
O'tmishga aylandi davronlarimiz!
Tong sahar mehribon onamiz emas,
Bizni uyg'otmoqda armonlarimiz!
Do'stim...
biz ulg'aydik!
                            Kimsan Muslim
                                21.12.2024.

https://t.me/kimsanmuslim

4 months, 1 week ago
****

Tashqarida kezar qahraton,
Hirom aylar oppoq parchalar.
Qor ostiga berkinadi tom,
Bezanadi yashil archalar.

Derazamni tepar izg'irin,
Kirmoq istar issiq xonamga.
Menchi, ichib, xo'shbo'y va shirin,
Qahva bilan do'stman qalamga.

Oppoq qorday oppoq qog'ozim,
G'ichirlatib qalam bosar iz.
Eshitmaydi birov ovozin,
Bu xonada faqat men, yolg'iz.

Tashqariga tashlayman nazar,
To'kiladi ko'kdan parchalar.
Qor tuyular shu on, alhazar,
Orzularga o'xshar qanchalar.

Orzulardek minglab sanoqsiz,
Orzulardek oppoq va toza.
Orzulardek yog'ar adoqsiz,
Orzulardek olar andoza.

Soat sayin yerni ko'mar qor,
Balkim, g'amni qilishar dafn.
Yog'averar takror va takror,
Hech buzmayin samoviy safin.

Shu zaylda samo qular jim,
Yur ustini qoplar oq bulut.
Oq qog'ozim qilaman g'ijim,
Va saqlayman u uchun sukut.

Tashqarida kezar qahraton,
Hirom aylar oppoq parchalar.
Yuragimni bosar hayajon,
Qish go'zalsan nega bunchalar!

Kimsan Muslim
             04.12.2022.*
https://t.me/kimsanmuslim

5 months, 2 weeks ago
***

Bir amaldor kulib ustimdan,
-"Eh shuncha yil o’qiysan nega?
Undan ko’ra to’rt-besh yil o’qib"-
Dedi-"o’tir menday kursiga".

Javob berdim shunda jilmayib,
Tilim zahar, jahlim burnimda.
Bo’lmasaydim eh endi mayib,
Qolarmanmi yana o’rnimda.

"-To’rt yil o’qib, amaldor bo’lib,
Xalq qonini so’rgandan ko’ra.
Yetti yilda shifokor bo’lib,
Shifo bermoq yaxshida jo’ra.

Kimsan Muslim           

Qadrli shifokor do'stlarim, bayramingiz muborak bo'lsin!

https://t.me/kimsanmuslim

5 months, 2 weeks ago
***

Qo'lingni ber menga ey bemor,
Og'ir kunda birga turaman.
Men shunchaki oddiy shifokor,
Senga shifo istab yuraman.

Ikkimizning dushmanimiz bir,
Do'st bo'lamiz sog'lig'ing uchun.
Kasallikka keyin birma-bir,
Ko'rsatamiz do'stlikning kuchin.

Umid uzma neki bo'lsa ham,
Kasallikka bo'lmaymiz mag'lub.
Ishonib tut qo'limni mahkam,
Va bo'lamiz albatta g'olib.

Kimsan Muslim

Qadrli shifokor hamkasb do'stlarim, bayramingiz muborak bo'lsin!

https://t.me/kimsanmuslim

6 months, 2 weeks ago
***

*Kuz...
kelishing ketishdan darak,
Boshing ham yakunning daragi balki.
Yaprog'i shamolda ketgan bedarak,
Mung'aygan daraxtning yuragi balki.

Kuz...
Umrning yakun timsoli,
Har ishning oxiri senga qiyosdir.
Boshing jazirama olov misoli,
Oxiring qahraton sovuq ayozdir.

Kuz...
Sukunat ichra parishon,
Alamlar yutguvchi, doim, muttasil.
Kuz...
olovli yaproqlar ostida pinhon,
Bir dunyo umidni berkitgan fasl.


Kimsan Muslim*

https://t.me/kimsanmuslim

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago