Afifa / Yo'qlik / 💦

Description
Vaqtingizni zoye qilmang

O'zimdan o'zimga) Yoziqlar ommaga qaratilmagan!

💌 @afifam_bot (nomahramlar yozmasin, javob qaytarilmaydi)
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

3 weeks, 4 days ago

Мен ўлсам, Ёрига кетди деб билинг,
Ортимдан йиғламанг, қувониб кулинг.
Ўлим айрилиқмас висолдир, дерлар,
Мени Ул, Висолга етди деб билинг.

Дунёга келгандим йиғлаб ва бўзлаб,
Ўтдим умрим аро муҳаббат излаб.
Муҳаббат на даъво, на суврат эмиш,
Магар яшаш экан Дийдорни истаб.

Энди минг-бир савол тушди дилимга -
Ахир қандай пешвоз чиқай ўлимга?
Йўл шудир, яшаш бу, дедилар аммо,
Эплаб юролмадим Ёрнинг йўлига.

Юрдим нечаларнинг изинда зор-зор,
Андак ишқ берсалар деб қилдим безор.
На қалам, на калом устасидамас,
Хонақоҳ тўрида экан чин бозор.

Кириб, ул “бозордан” насиба олдим,
Тош қалбим қўрига ишқ чўғин солдим.
Ёндим, куйдим дедим, «жимгин» дедилар,
Сукутнинг таълимин алардан олдим.

Лол бўлди забоним то ундан бери,
Тилимга қулф солди тариқат Эри.
Ва деди: бу жавҳар, кўмирмас билгил!
Унга толиб керак, тужжормас деди.

Мени ўлдиради энди шул дардим,
Чун қалбим ёқади тирнайди бағрим.
Дунёларда йўқдир илож мен учун,
Ёлғизгина чорам – Висолдир, Ёрим.

Мен ўлсам, Ёрига кетди деб билинг,
Ортимдан шодланиб, қувониб кулинг.
Ўлим айирмади бизлардан уни,
Билъакс Висолга етди деб билинг.

©M.R.

4 weeks ago
4 weeks ago

Qizlaringizga ilm bering! Ular millatni tarbiyalaydilar! Bilasizmi, Singapurda diplomi bor ayollar turmushga chiqsalar, davlatdan katta to‘yona, agar farzand ko‘rsalar boshqa o‘qimagan ayollarga nisbatan ko‘proq suyunchi pullarini oladilar. Xo‘sh, nima uchun…

4 weeks ago

Qizlaringizga ilm bering!
Ular millatni tarbiyalaydilar!

Bilasizmi, Singapurda diplomi bor ayollar turmushga chiqsalar, davlatdan katta to‘yona, agar farzand ko‘rsalar boshqa o‘qimagan ayollarga nisbatan ko‘proq suyunchi pullarini oladilar. Xo‘sh, nima uchun shunaqa? Chunki buyuk islohotchi Li Kuan Yu mamlakatning muvaffaqiyati avvalambor ilmli, ziyoli ayollar va onalarga bog‘liqligini tushunib yetgandi. Tarix ko‘rsatdiki Li Kuan Yu yuz foiz haq bo‘lib chiqdi.

Aqlli va ilmli ayol, ilmsiz, dunyoqarashi past ayollardan ko‘ra dunyoga, hayotga haqiqiy ko‘z bilan baho bera olarkan. Bunday ayollar zamonaviy tendensiyalar va haqqoniylik bilan o‘z hayotlari va oilalarining kelajagini qura oladilar. Ular o‘z turmush o‘rtoqlariga, farzandlariga to‘g‘ri yo‘nalishlarni bera olish qurbiga ega bo‘ladilar. Eng kamida bunday ayollar o‘z sog‘liqlariga va oila sog‘lig‘iga katta e’tibor bera oladilar. Ular o‘z turmush o‘rtoqlariga kelajak istiqbollariga olib boruvchi porloq yo‘llarni ko‘rsata oladilar, kerak payti tanqid qilib, zarur paytda maqtov bilan muvaffaqiyatlarga erishtira oladilar.

Ilmli, aqlli ayollar qorin g‘amidan, uydagi mebel, idish-tovoq, latta-putta kabi mayda narsalardan yuqori turadilar. Ular mo‘ljalni juda yuqori oladilar va oilani yuksaklikka olib chiqish rejalarini qila oladilar. Bunday ayollar o‘z erlari va farzandlariga kitob tutqazadilar va ilm-fanga yo‘naltiradilar.

Har qanday buyuk erkakning ortida buyuk ayol turadi, deb bejizga aytilmagan. Intellekti yuqori ayol albatta buyuk farzandlarni kamolotga erishtiradilar. Otadan qon, jism o‘tsa-da, aql, tafakkur ko‘proq onadan o‘tadi. Shuning uchun ilmli, iymonli ayollarga uylanish maqsadga muvofiqdir.

Intellektual o‘tkir bilimga ega, aql-farosatli ayollar o‘z erlarini yo‘qotgan tarzda ham, yoki ularning ablah bo‘lib chiqishidan qat’i nazar baribir o‘z hayot yo‘llarini topib keta oladilar. Chunki bunday ayollar o‘z oilalarini iqtisodiy-ma’naviy jihatdan qo‘rg‘on kabi himoyalash usullarini topa oladilar.

Nima uchun intellektuallar o‘zlariga juda iqtidorli intellektual kuchli ayollarni tanlaganlar. Chunki ular biladilar faqat kuchsiz odamlar o‘zlaridan ham kuchsizlarni tanlashlarini, ular o‘zlariga mos va xos, zamon bilan hamnafas yuruvchi juftni bejizga tanlamaganlar. Chunki bunday kuchli odamlarga faqatgina shunaqa kuchli ayollargina ilhom bera oladilar.

Xo‘sh bizda-chi? Bizda esa "Ayol baxti" nomli treninglar. Ayollarga yosh qizaloqligidan bo‘ysunish, ovqat qilish, tikish-bichish, o‘z hayotini qurbon qilish yo‘llari o‘rgatiladi. Tendensiyalar qanchalik o‘zgarmasin, dunyo qanchalik taraqqiyotga qadam qo‘ymasin, bizdagi qarashlar haliyam XV asrdagi ahvolda. "Bo‘lmasa ersiz qolasan va tamomsan" prinsiplari ustunligicha qolmoqda.

Dunyo ayolning bo‘g‘irsoq pishirishni bilishi yoki bilmasligiga emas, balki uning tafakkuri va professionalizmiga hayratlanadi.

O‘zingizning iste’dodingizni, bilimingizni namoyon qilishdan, yangi g‘oyalaringizni amalga oshirishdan hech qachon qo‘rqmang, eski stereotiplardan baralla voz keching. Kir yuvish va ovqat qilishni istagan paytda o‘rganib olish mumkin, ammo miyani bilimga, tafakkur va ko‘nikmalarga to‘ldirishga kech bo‘lishi mumkin.

©Olindi.

1 month ago

Bolalar uchun shunday flash card, rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar, kitoblar olmoqchi bo'lganlarga arzon narxda fabrikani o‘zidan buyurtma qilib beraman.

Bu flash card, cartalarni moslamaga solsangiz arabcha-inglizcha ovoz bilan o'rgatadi. Uzum Marketdan 100 mingdan ziyodga sotvolganman, aslida arzon ekan.

Buyurtma uchun: @afifam_f ga yozinglar.

1 month ago

#farzand_tarbiyasi

U bilan vaqt o‘tqazish juda maroqli, ha, albatta charchayman, kun oxiriga borib energiyam tugab o'chib qolaman. Lekin bir necha vaqtlardan so‘ng farzandim menga umuman muhtoj bo‘lmay qolishini o'ylayman... hozirgidek menga doim talpinmaydi...

Chaqaloqligidan boshlab unga tinmay gapiraman, hatto tug‘ilmasidan avval ham gaplashar edik. Dars qilsak, yoki biror hikoyalar aytib bersam uydagilar "hech nimani tushunmaydi" deb kulishadi, doim. Ammo unday emas!

O'qiganlarimning hammasi shuni tasdiqlaydiki: bolalarning ongi 3 yoshgacha kattalarnikidan 70 barobar faolroq ishlaydi. Uning miyasida sinaptik bog‘liqliklar yoshligida eshitgan, ko‘rgan bilimlari asosida shakllanadi.

Ong tushunmaydi, ammo miya qabul qiladi. Ong va miya alohida tizim hisoblanadi. Uni ongi-tushunchasi yo‘q. Ammo miyasi bor: shuning uchun ovoz kelgan tomonga qaraydi, og‘riqni his qilsa yig‘laydi.

9 yoshida Qur'on yodlash avvallari hamma uchun odatiy hol bo‘lgan. Lekin hozir sensatsiya hisoblanadi. Sababi bolalarning tarbiyasi ular gapira boshlagach yoki maktabga chiqqandan so‘ng boshlanadi deb fikrlashga kelib qolgan, jamiyatimiz.
Biroq, donishmandlar aytganidek: "Tarbiya ona qornidan boshlanadi"

Homiladorlikda ona eng ko'p nima bilan mashg'ul bo‘lsa, bola tug‘ilgach o‘sha mashg'ulot unga xotirjamlik beradi.

Bolaning shunchaki yig‘lamasdan uxlab yotishini ta'minlash tarbiya hisoblanmaydi. Uning miyasini islomiy fazilatlar bilan to‘ldirishimiz kerak. Zamonning fitnalariga qarshi tura oladigan kuchli bilimlarga ega qilishimiz lozim.

Siz farzandingizni go‘zal tarbiya qilish uchun nimalar qilyapsiz?

1 month ago
Afifa / Yo'qlik / 💦
1 month, 1 week ago

Bu dunyoda Allohning Sevgisidan boshqa barcha sevgilar g‘uborli, alamli va foniydir.

Shu g‘uborli, alamli va foniy sevgi uchun kuyib-pishma, Allohni sev, U senga kimni sevdirishni O‘zi biladi ❤️‍🩹

@Afifaning_yoziqlari 🪷

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago