@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
Yapon🇯🇵 universitetlar 🏫 odatda O'zbekistonga🇺🇿 borib talabalarni imtihon qilmaydilar. Ayniqsa, bu bakalavr bosqichiga bo'lsa va o'qish tili ham yapon tili bo'lsa. Ammo, qiyinchiliklar bilan bo'lsa ham (boshimdan o'tganlarni o'zim bilaman) Nagoya iqtisodiyot universitetini🏫 o'tgan yili Toshkentda imtihon o'tkazishga ko'ndira oldim. Bizga esa boshqa yapon universitetlar ham taqlid qilishni boshlashdi. Bugun esa ana o'sha imtihondan o'tgan abiturientga Yaponiyaning vizasi chiqibdi🎉. Barchani tabriklayman❕ Umid qilaman, bunday imtihonlar yanada ko'payadi va davomli bo'ladi.
Internet ro'zasi
Mohi Ramazon kirib keldi. Yaponiyadagi Ramazon oyi yurtimiz bilan unchalik ham farq qilmaydi, soatlari bir-biriga yaqin. Ammo, Niderlandiyada o'tqazgan 2013-yildagi Ramazonim men uchun eng hayratlanarlisi bo'lgandi. O'sha yili ro'za yoz oyiga to'g'ri kelgani uchun ham saharlik 3:30 larda tugar, iftorlikni esa 22:20 atrofida boshlaganimni juda yaxshi eslayman. Gollandiya shimoliy qutbga juda yaqinligi ham bunga sabab bo'lgan bo'lsa, ne ajab. Ammo, havosining namligi va issiq quyosh nurlarining kamligi insonga oson ro'za tutishga yordam bergan, lekin baribir juda uzun edi. Ayniqsa, Gaaga shaxridagi Xalqaro huquq akademiyasining yozgi seminarini eshitib, u bilan birga ro'za tutishning o'ziga yarasha chellenjlari ham qiziq tomonlari ko'p bo'lgan.
Mavzu boshqa edi: ramazon boshlandiyu, siyosat ham qizigandek. Ammo bu siyosat qachon sovugan o'zi? Hech qachon, ha, siyosiy mavzular doimo HOT(issiqqina) bo'ladi va garchi insonga u qadar ahamiyatli bo'lmasa ham uni o'z komiga tortadi. Ayniqsa, suvsizlikdan badan qiynalib, kalla ishlamay qolganida bu mavzular rosa vaqtimizni oladi. Ammo....
Ma'lumotlar haddan tashqari ko'payib, miyamiz va qalbimiz ostin-ustin bo'lib ketgan bir davrda biroz o'zimizga dam berish va ma'naviyatimizni oshirish haqida jiddiy o'ylash kerak menimcha. Buning uchun esa Youtube, Insta, Twitter va Facebook kabilardan uzoqlashib, ichimizga yo'naladigan, hissiy sanatoriyaga boradigan bir davr bo'lsa ajab emas bu Ramazoni sharif....
Mohi Ramazon barchamizga muborak bo’lsin.
2024-yilda Yaponiyaga kelgan turistlar sonini bilasizmi?
Bu son O'zbekiston aholisi bilan teng - 36 million 870 ming. Albatta chet elliklarning Yaponiyaga kelishi bu yerdagi servis sohasining gullab yashnashiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ko'p kompaniyalar hursand.
Biroq, muammolar ham chiqib kelyapti. Overtourism deya atalmish bu muammo turistlar hatti-haralatining yaponlar ahloqi bilan mos kelmasligi, kechasi qadimiy shaharlardagi shovqinlarning ko'payishi, axlat tashlash qoidalariga amal qilmaslik yoki bo'lmasa Yaponiyada yuksak qadrlanadigan shaxsiy mulk yoki ma'lumotlarni o'zboshimchalik bilan buzish kabi holatlarni keltirish mumkin. Bundan tashqari, madaniyat markazi bo'lgan joylarning tobora do'konlashib ketishi, u yerdan o'sha shahar aholisining siqib chiqarilishi kabi muammolar ham yo'q emas.
O'zbekiston ham turistlarni o'ziga jalb etmoqchi, bu yomon emas. Ammo, turizm deya o'zligimizdan voz kechmasligimiz, hududlar aholisining huquqlari va manfaatlarini eng yuqori darajaga qo'yishimiz kerak.
Iqror
Vaqtimiz oz deymiz hammamiz, ulgurmaymiz deymiz. Albatta, haddan ortiq yukni hech kim ko'tara olmaydi. Hayotda mo'tadil bo'lgan afzal.
Ammo, insonga (ayniqsa yoshlarga) berilgan vaqt ne'mati shu darajada qudratli va kuchliki, inson o'z ish ritmi va hayajonini buzmasdan uni davom ettira olsa haqiqatan ham buyuk ishlarni bajarishga qodir zotdir. Yetarki, ish rejamizga, o'zimizga bergan va'dalarimizga amal qilaylik. Uni osongina buzib ketavermaylik.
Eski bir rus maqolida inson qachonki uni hotirlaydiganlar qolmasa haqiqiy ma'noda o'ladi, deb qayd qilingan ekan. Agar vaqtimizni yaxshi qadrlasak, ishonamanki, dunyo turguncha sizu bizni kelajak avlodlar shirin hotira o'laroq yod etadi.
Unda shu savolni hamma o'ziga berishi kerak: men haqiqiy ma'noda qachon vafot etaman? Qachon insonlar meni yod etishdan to'xtashadi?
No.80 Savol: Yevropa yoki Osiyo universitetlari?
Savol (Mirzakarim Rahmonovdan): Assalomu alaykum, savolim biroz mavzudan tashqari bo'lgani uchun uzr. Yevropa va Osiyoni ko'rgan odam sifatida O'zbekistonlik talabalarga Yevropa davlatlarida o'qishni maslahat berasizmi yoki Osiyo?
Javob: Bu savolga oldin javob bergan bo’lsam uzur so’rayman, ammo unga oid to’laqonli javobni fayllarim orasidan topa olmadim. Qisman javoblar bo’lgani rost.
Bu savolga oid umumiy qarashlarimni avvalo aytib o’tgan holda, Osiyoda o’qishni afzallik va kamchiliklarini sanab o’taman. Yevropada o’qish borasida Shoirahon Alamonova, Avstraliya borasida Munisahon Rayimova, AQSh masalasida esa Maqsudjon Abduvaliyevlardan batafsil izohlar kutib qolaman. Ohirgi qarorni esa siz yoshlarga qoldiramiz.
• Agar sohangiz va mavzu o’ta aniq bo’lsa, bu borada kuchli professorlar faoliyat yurituvchi va kuchli laboratoriyalarga sohib universitetga keting. Uning qayerda bo’lishi u qadar muhim emas.
• Agar bu borada Osiyo va G’arb universitetlari deyarli bir xil darajada bo’lishsa, magistrlik darajasi uchun Osiyo universitetlari yomon variant bo’lmaydi. Osiyo universitetlari, xususan, Yaponiyadagi OTMlarning yaxshiligi, bu yerda magistrlik 2 yil davom etadi. Ba’zan xatto siz RESEARCH STUDENT – tadqiqotchi talaba maqomida ham yurib, jami 3 yil ushbu bosqichda o’qishingiz ham mumkin. Bu esa sizga tor mavzugina emas, butun soha haqida to’laqonli o’qish va turli ma’ruzalarga kirish imkonini ham beradi. Bilishimcha, G’arb universitetlarining ko’pida, ayniqsa, anglo-sakson mamlakatlarida bunday lyuksingiz yo’q.
• Osiyo davlatlarining yana bir yaxshi tomoni – madaniyatimiz yaqinligi ham bor. LGBTQ masalasi ham G’arb davlatlarichalik keng yoyilmagan. Ilm olishda ham Osiyolik olimlar qiyosiy tahlilga anchagina usta bo’lishadi. Chunki, ular ham o’zlarini ham rivojlangan G’arbni kuzatib borishga majburlar. Ammo, buni G’arb mamlakatlari olimlarida yoppasiga kuzatish qiyin.
• Boshqa tomondan, Osiyo davlatlarida osha davlat tilini bilmaslik sizga ma’lum qiyinchiliklarni tug’dirishi mumkin. Yaponiyada masalan eng muhim darslarning aksariyati yapon tilida o’tiladi. Yapon olimlar o’zlarini ona tillarida juda ham erkin ifodalashsada, ingliz tilida qiynaladilar. Yaponiyaga oid materiallar ham ingliz tilida kam. Yapon talabalar orasida inglizcha biyron gapiruvchini ham topish juda qiyin. Bu esa faqat ingliz tilini biluvchi O’zbekistonliklarga qiyinchilik tug’diradi. Hayotni qiyinlashtiradi, zerikarli bo’lib qoladi ba’zan. Bu holat menimcha Koreyada ham huddi shunday.
Qisqacha xulosam, yuqoridagi faktlarni e’tiborga olgan holda boradigan mamlakatni va universitetni tanlang. Eng yaxshisi, magistrlikni Osiyoda tugatib, PhDni G’arbning biror bir nufuzli universitetida qo’lga kiritish ham ajoyib kombinatsiya bo’lardi. Buni amalga oshirgan yurtdoshlarimiz ham kam emas.
Talabani so’kib? dars o’tish yaxshimi yoki ?maqtab o’tishmi?
?Universitetimizda bir yaxshi odat bor: har bir professor yilda 1⃣ marta albatta boshqa professorning ??darsini ko’rishga kirishi lozim. Bu safar Oila huquqi professori mening darsimni ko’rishga? keldi. O’zim esa Osiyo davlatlari huquqi professori darsini eshitdim?. Bu tizimni maqsadi bir-birimizdan o’rganishdir. Kuzatgan bir darsda olganlarimni sizlar bilan bo’lishsam.
Darsiga kirgan yapon? hamkasbim advokat bo’lib ishlaydi. Bir vaqtning o’zida professor o’laroq dars ham beradi. Darsini kuzatib shularni ko’rdim:
? - o’ta tez gapirmaydi, chunki uning darsiga boshqa fakultet talabalari ham kirtadi.
? - ba’zan gaplarini qayta-qayta♻️ takrorlaydi.
- dars davomida Google Form? kabi texnologiyalarni ishlatib, talabalardan bir necha bor fikrlarni ? eshitadi va ularni shakllarga aylantirib hamma bilan ularning ko’z o’ngida tahlil? qiladi.
? - talabalarga telefoningni? sumkangga solib qo’y demaydi,
? - talabalarning Google Form orqali javoblari ichidan qiziqarlilari chiqsa?, kular yuz bilan ularni maqtab rahmat☺️ aytadi. (Aslida yaponlar ko’p rahmat aytishadi). Bu menimcha juda ham pozitiv holat bo’lib, shaxsan o’zim ham o’rgandim.
? - har darsdan keyin keyingi hafta uchun yozma vazifani beradi. AI bilan maslahat qilishga qarshi emas✅, ammo AI bergan javobni e’tiborga olmaydi❌.
? - dars oldidan mavzuga doir bir muammoni ko’tarib, 4⃣-5⃣ minutlik vídeoni ko’rsatish orqali darsni boshladi.
? - dars davomida bir necha case-study larni bergan holda talabalarni ? fikrlashga chorladi. Talabalar esa telefonlaridan Power Point Prezentatsiyasida chiqib turgan QR kod orqali professor savollariga javob berishdi,
- darsni ? minutlar oldin tugatib, talabalar bilan savol&javobga⁉️ yetarlicha vaqt qoldirdi⏳,
? - e-mail? orqali bo’lsa ham savol yuborish mumkinligini aytib, berilgan savol egasini nomini aytmasdan javobni boshqalar bilan bo’lishishini aytdi
Dars so’ngida esa ?? Yaponiyada influenza tarqayotganini aytib, hammaga yaxshi ta’tillar tiladi.
Qalay?❓
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago