Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Odatda kino va seriallarni qanday tanlayman?
Har yili chiqayotgan yangi filmlar, multfilmlar va seriallar soni haddan tashqari ko'p. Barchasini tomosha qilishga shunchaki vaqtimiz yetmaydi. Agar kimdir vaqtim yetadi deb da'vo qilsa — hoynahoy, u kishiga kino ko'rgani uchun pul to'lashsa kerak.
Xo'sh, vaqtimiz chegaralangan ekan, filmlarni saralab tomosha qilishimizga to'g'ri keladi. Kimdir film reytingiga qarab (IMDB, Kinopoisk), kimdir taqrizlarni yoki sinopsisni o'qib, kimdir shunchaki treylerini ko'rib, kimdir rejissyor yoki janrga qarab kino ko'radi.
Ochig'i, men yuqoridagi faktorlarning barchasiga birdek e'tibor qaratar ekanman. Masalan, boshida rejissyor va aktyorlar tarkibiga qarayman. Tanish nomlar chiqsa, reytingiga qarayman. Ba'zi aktyorlar borki, ular rol o'ynagan kino — uning yaxshi film ekanligini kafolatlaydi. Masalan Tom Xenks shunday aktyorlardan.
Ba'zan qaysidir aktyorning fanati bo'lganingiz uchun u o'ynagan istalgan bir filmni ko'rishga tayyor turasiz. Masalan menda Tom Xardi, Geri Oldmen o'ynagan filmlar doim qiziqish uyg'otgan. Yoki shunday rejissyorlar bo'ladiki, "u yomon film suratga olmaydi" deysiz. Reyting-peytingga qarab o'tirmaysiz.
Mayli, bu faktorlarni qo'ya turib, reyting masalasiga o'tsak. Masalan oldinlari IMDB yoki Kinopoiskda 5 reytingdan yuqori bo'lsagina ko'raman derdim. Vaqt o'tgach, bu planka ko'tarildi va hozir 6 (aslida 6,5) reytingdan past bo'lganini ko'rmaydigan bo'lganman. Filmlar "slishkom" ko'p, odamni tavakkal qilgisi kelmaydi. Lekin ba'zan 6 va 5 oralig'idagi reytingga ega filmlar orasida ham yaxshi filmlar uchraydi, lekin juda kam. Xo'sh, agar siz "trash" filmlarga o'tirib qolgan yoki fikrlashingizda qandaydir noyobliklarga ega, yoki umuman, "men abadiy yashayman" deya fikrlaydigan insonlardan bo'lsangiz, 5 dan past reytingga ega filmlarni ko'rvorsangiz ham bo'laveradi.
Ba'zan u yoki bu saytlarda tematik "podborka"larni ko'rib qolaman. Masalan bu "Futbol haqidagi 5 ta film", "Etingizni junjiktiradigan 10 ta eng qo'rqinchli horror", "Daholar haqidagi 7 ta eng yaxshi film"ga o'xshash sarlavhali maqolalar bo'lishi mumkin. Bunday maqolalar ham ba'zan yaxshi, ammo sizning e'tiboringizdan chetda qolgan filmlarni kashf qilishingizga yordam beradi. Masalan 10-20 yil oldin qandaydir shedevr film chiqqanki, sizning oldingizdan chiqmagan, eshitmagansiz u haqida. Shunday maqolalar o'sha filmlarni kashf qilishga yordam beradi.
Ba'zan odamlar filmlarni qayerdan topishni, qaysi resursda ko'rishni bilmay yurishadi. Vaholanki, biz yashayotgan zamonda bu haqda bosh qotirishning o'zi g'alati... Nu mayli, shu o'rinda o'zim foydalanadigan resurslarni aytib ketsam, balki yordam bo'lar. Aytaylik, qaysidir filmga qiziqib qoldim yoki yaqindagina chiqdi — ko'rmoqchiman. Birinchi — VK Video`ga kiraman. Ilovasini TVga yuklab olganman, katta ekranda ko'rish boshqacha. Ja bo'lmasa, komp yoki noutbukingizda vkvideo.ru ga kirib yoki smartfon uchun ilovasidan foydalansangiz bo'ladi. Asosan 90% qidirgan kinolarim shu yerda topiladi. Bu yerdan topilmasa, boshqa resurslarga o'taman. Masalan, TVCom, Allplay yoki Cinerama. Bordi-yu, bu "teshik"danam topmasam, Kinopoisk saytiga o'tib, o'sha filmning sahifasini topaman — sahifa linkining oldiga 'ss' harflarini qo'shaman (shunaqa ko'rinishda, sskinopoisk.ru/film/5405057/). Agar o'sha film ommaga taqdim qilingan bo'lsa — pleyer ochiladi. Pleyer chiqmasa, demak hali raqamli relizi bo'lmagan. Ba'zan sahiyligim tutib, pullik platformalarda obuna sotib olib tomosha qilaman. Lekin doim ham emas.
Xullas, kino ko'rishga vaqt topa olgan insonlar oldida hech qanday to'siq yo'q. Asosiy masala — vaqt. Ha, aytgancha, til ham bilish kerak ekan. Hech bo'lmaganda rus tilini. Balki hali neyrotarmoqlar rivojlanishi oqibatida videolarni to'g'ridan-to'g'ri dublyaj qiladigan dasturlar chiqsa — bu to'siq ham yo'qolar.
Siz-chi, filmlarni qanday tanlaysiz? Qaysi resurslarda tomosha qilasiz?
*➡️***Please!
"Substansiya". Go'zallik qurbonlik talab qiladi
Ko'pchilik tomonidan maqtalayotgan "Substansiya" ("Substance") filmini nihoyat ko'rishga qaror qildim.
Horror janridagi kinolarni kam ko'raman, undayam agar birorta horror ko'pchilik tomonidan maqtalsa, reytingi baland bo'lsa, qiziqqanimdan ko'raman. Bu film ham har joyda oldimdan chiqaverdi-chiqaverdi, menam tomosha qilishni ortga suraverdim-suraverdim... Oxiri bugun ko'rdim.
"Substansiya"ni 1 soatdan oshiqroq ko'rib (film 2 soat 20 daqiqa davom etadi), bu "ilmiy fantastikaku, buni nimasi horror ekan" degan fikr xayolimda aylandi. Lekin fransiyalik ayol kinorejissyor Korali Farja hammasini filmning oxiriga tayyorlab qo'ygan ekan.
Kino ajoyib, o'zgacha... Faqat shu qurg'urni eng daxshat joylarini ovqat yeb ko'ribmaney. Ovqat yeyotganimda hatto kinoni to'xtatib, davomini keyin ko'raman deb, multfilm ham qo'yib qo'ydim. Mayli, balki bo'rttirayotgandirman. Filmni faqat oxiri shunaqa. Lekin bu detallarini yig'ishtirib turib, syujet va mazmun tomonlama baholasak, kinoda juda jiddiy masala ko'tarilgan va chuqur ma'noga ega.
Aytishim joizki, 90-yillarda yulduzlik cho'qqisiga chiqqan Demi Murni yana kassabop filmlarda ko'rish quvonarli hol. Shuningdek, Margaret Kuolli ham o'z rolini yaxshi o'ynagan. Avvalroq bu aktrisani Yorgos Lantimosning filmlarida ko'rgan edim. Keyin bu filmda rol o'ynagan Dennis Queydning familiyasi tanish ko'rindi, adashmabman, bu aktyor "The Boys" ("Пацаны") serialida rol o'ynagan Jek Queydning otasi ekan.
Rejissyorga kelsak, Korali Farja ijodini o'rganaychi deb biroz u haqda izlansam, men avval uning boshqa filmini ham ko'rgan ekanman. 2017-yilda chiqqan, uning debyuti hisoblangan "Revenge" ("Выжившая") filmini ham ko'rganman. U filmi ham yomon emas (har holda talabalik davrimda ko'rganimda shunaqa tuyulgan).
Xullas, "Substansiya" menga yoqdi. Juda chuqur mazmunga ega. Lekin ogohlantiraman, film ko'ngli bo'shlar uchun emas.
*➡️***Please!
"Uzuklar Hukmdori: Qudrat uzuklari"ning 2-mavsumini hali tomosha qilmadim. Bugun boshlamoqchiman. (Lekin "Ajdarlar Uyi"ning 2-mavsumini yozda darrov ko'rib tashlagandim).
Fikrlaringiz qanday, 1-mavsumini qayta ko'rishim kerakmi yoki boshlayveraymi?
*➡️***Please!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago