YURIST.UZ

Description
Kanalda mehnat, jinoiy, ma'muriy, fuqarolik va iqtisodiy masalalar bo'yicha huquqiy murojaatlarga javob beriladi.

Murojaat uchun: @Yuristuz_murojatlaruchun
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months ago
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.

✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga);
👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%);

✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

✔️Kimlarga beriladi:

faqat kunduzgi taʼlim shakliga
bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

✔️Quyidagilarga berilmaydi:

super-kontrakt uchun;
sirtqi;
kechki;
masofaviy;
maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

oliy;
o‘rta maxsus;
professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi.

✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).

✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin:

1) https://talim-krediti.mf.uz sayti;
2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).

Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.

2 months ago
[#Bilasizmi](?q=%23Bilasizmi)

#Bilasizmi

⚡️Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'ini qaytarib olishi mumkin

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga ota-ona (farzandlikka oluvchi)lar tomomidan, har bir farzandi uchun  oyiga 3 mln so‘mgacha yo'naltirilgan daromadlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉Soliq kodeksi 378-modda 16-band

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?

Ota (ona) imtiyozni:
▫️ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
▫️soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti yoki Soliq mobil ilovasi orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda foydalanishi mumkin. Deklaratsiya yuborilgandan so'ng to‘langan soliq summasini qaytarish uchun ariza topshirish lozim.

Deklaratsiya qanday to‘ldirilishi bo‘yicha quyidagi videoqo‘llanmadan ko‘rishingiz mumkin.

https://t.me/yurist_uzofficial

2 months ago

⚡️Aliment to‘lovlari oshadi

Majburiy ijro byurosining bo‘lim katta inspektori Hakimjon Ikromovning O‘zAga ma’lum qilishicha, aliment undiruvi 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab, qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, 1-oktyabrdan boshlab, qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, xususiy sektor va byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori esa 10 foizga oshadi.

Bundan tashqari, 2024-yil 1-oktyabrdan ishsiz aliment to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan aliment miqdori ham o‘rtacha 10 foizga oshadi.

Ma’lumot uchun: agar aliment to‘lovchi shaxs ishlamaydigan bo‘lsa yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi.

6 months ago

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6191-son va PF–6269-son Farmonlariga asosan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilingan:

?https://lex.uz/docs/-5339616#-5340338

?https://lex.uz/docs/-5530487#-5534071

— shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

— shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;

— mehnat daftarchalari va ularning nusxalari;

— kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;

— soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;

— diplom ma’lumotlari (oliy ta’lim va o‘rta maxsus);

— tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari;

— “Manzil-ma’lumot”, shuningdek, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar (to‘liq ro‘yxat yuqoridagi farmonlar havolasida).

Bu turdagi hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinadi.

6 months ago

???? Энди Ўзбекистон фуқаролари Қозоғистонда 30 кунгача рўйхатдан ўтмасдан қолиши мумкин

Президент Тоқаев ўзаро саёҳат шартлари тўғрисидаги қонунни имзолади.

Қозоғистонликлар ҳам худди шу муддатга Ўзбекистонда вақтинчалик рўйхатдан ўтмасдан қолиши мумкин.

6 months, 1 week ago
7 months, 2 weeks ago

❗️YOLGʻIZ ONALAR MA’LUM MIQDORDA DAROMAD SOLIGʻIDAN OZOD ETILGAN.

? O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 380-moddasiga ko‘ra,

ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,41 baravari (1 480 500 so‘m) miqdoridagi daromadlar bo‘yicha soliq solishdan ozod etiladi.

✏️ Bu degani, 16 yoshga to‘lmagan kamida ikki nafar bolasi bor yolg‘iz onalar olayotgan daromadlarini manashu 1 480 500 so‘mdan ortgan qismigagina daromad solig‘ini to‘laydi bo‘ldi.

Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (FHDYO) tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma asosida beriladi.

7 months, 3 weeks ago

❓️O'zbekiston Respublikasida ta'lim qanday turlarga bo'linadi?

➡️ maktabgacha ta’lim va tarbiya;

➡️ umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

➡️ professional ta’lim;

➡️ oliy ta’lim;

➡️ oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

➡️ kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

➡️ maktabdan tashqari ta’lim.

✅️ Asos:
O'zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni 7- modda

Savolingizni @Yuristuz_murojatlaruchun ga qoldiring

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing?

➡️ https://t.me/yurist_uzofficial

9 months ago

‼️YOSH FARZANDI BOR HODIMALAR ISHDAN 1 SOAT OLDIN KETISHLARI KERAK?

MK 397-moddasiga ko’ra, 3 yoshga to‘lmagan bolaning budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan OTA-ONASIDAN BIRIGA mehnat haqini kamaytirmasdan haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.

Demak, sizlardagi ish vaqti xaftasiga 40 soat va 5 kunlik ish xaftasi boʼyicha kunlik 8 soat boʼlsa, yosh bolangiz borligi sababli, 35 soatlik imtiyoz siz uchun kunlik 7 soatga toʼgʼri keladi. Va agar, kunlik ish vaqti soat 9.00 dan 18.00 ga qadar belgilangan boʼlsa, demak siz soat 17.00 da ishdan chiqib ketishingiz mumkin.

Bundan tashqari MK 407-moddasiga ko’ra, 2 yoshga to‘lmagan bolaning OTA-ONASIDAN BIRIGA (VASIYSIGA) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar beriladi. Bu tanaffuslar kamida har 3 soatda, har biri 30 minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda beriladi. Ikki yoshga to‘lmagan 2 yoki undan ortiq nafar farzandi bo‘lgan taqdirda, tanaffusning davomiyligi kamida 1 soat qilib belgilanadi.

❗️ Bola ovqatlantirish uchun tanaffus ish vaqtiga qo'shiladi va o'rtacha oylik ish haqqi miqdorida maosh belgilanadi.

Savolingizni  @Yuristuz_murojatlaruchun ga qoldiring.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing ?

➡️ https://t.me/yurist_uzofficial

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago