Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Bugun, 20-yanvar kuni AQShda Donald Trampning 47-prezidenti lavozimiga kirishish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bilish muhim bo‘lgan narsalar:
Ana'nalar. Inauguratsiya doimo 20-yanvarda o‘tkaziladi, bu AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlardan birining talabi. Bugungi tadbirning g‘ayrioddiy tomoni, u odatdagidek Kapitoliy oldidagi maydonda emas, balki ichkarida, AQSH Kapitoliysi rotondasida bo‘lib o‘tadi. Tramp va marosim tashkilotchilari bunday qarorga kelishining sababi - Vashingtongdagi qattiq sovuq (-11 darajagacha). Inauguratsiya paytida odamlar odatda tashqarida uzoq vaqt kutishadi, politsiyachilar itlar va otlar bilan tartibni saqlashadi; Tramp bunday sovuqda hammaning xavf ostida qolishini tushuntirdi. U inauguratsiya paradini ham bekor qildi. Buning o‘rniga Capital One Arenada 20 mingga yaqin odam sig‘adigan katta namoyish bo‘lib o‘tadi.
Inauguratsiya mehmonlari. AQShda xorijiy davlatlar vakillarini inauguratsiya marosimiga taklif qilish an’anasi yo‘q. Ammo Tramp bir nechtasini, jumladan, Argentina rahbari Xaver Mileyni taklif etdi. Xitoydan Vashingtonga XXR vitse-prezidenti Xan Chjen tashrif buyurdi - bu kamdan-kam uchraydigan hodisa deb baholanmoqda.
Mehmonlar orasida amerikalik milliarderlar ko‘p bo'ladi: Trampning yaqin gumashtasiga aylangan Ilon Maskdan tashqari Mark Sukerberg (Meta), Jef Bezos (Amazon), Sem Altman (Open AI), hamda TikTok rahbari Shou Tsi Chu tashrif buyurishi kutilmoqda.
Kimning hisobiga ziyofat? Inauguratsiya bilan bog'liq rasmiy tadbirlar AQSH byudjeti tomonidan moliyalashtiriladi, norasmiy ziyofat va qabullar uchun esa homiylar (yuqoridagi milliarderlar) mablag‘ ajratgan. Tramp bu tadbirlar uchun taxminan 200 million dollar yig‘di, bu to‘rt yil avval Baydenga qaraganda uch baravar ko‘p. Inauguratsiya tadbirlariga IT-kompaniyalar hamda Ford, GM, Goldman Sachs, Johnson & Johnson, Delta, McDonald’s kabi yirik biznes bajonidil hissa qo‘shishdi. Ba’zi tadbirkorlar uchun bu Tramp va uning jamoasi a’zolari bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va inauguratsiya ziyofatlarida ular bilan muloqot qilish imkoniyati sifatida ko'rilmoqda. Tramp vakillari OAV bilan suhbatda bu ixtiyoriy-majburiy hayriyalarni Trampdan kechirim so‘rash usuli deb atashgan.
Birinchi kunning 100 ta farmoni. Tramp va uning jamoasi a’zolari prezident inauguratsiyadan so‘ng uning saylovoldi va’dalarini amalga oshiradigan 100 ga yaqin farmonni imzolashi haqida e’lon qilishdi. Farmonlarning aniq mazmuni hozircha noma’lum, ammo boshqa narsalar qatorida Trampdan quyidagilar kutilmoqda:
- AQShda, shu jumladan Alyaskada neft qazib olishni osonlashtirish;
- Noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish va tug‘ilganlik bo‘yicha fuqarolik huquqini bekor qilish (lekin bu huquq Konstitutsiyada belgilangan, shuning uchun bu borasda hali janglar bo‘ladi);
- Meksika bilan chegarada favqulodda holat e’lon qilish;
- AQSH Demokratik partiyasi va Bayden ma'muriyati targ'ib qilgan DEI (tenglik, inklyuzivlik va turfalik siyosatidan qisman voz kechish, hususan Qurolli Kuchlar safida;
- Elektromobillarga dotatsiyalarni bekor qilish;
- To'rt yil oldin Kapitoliyga uyushtirilgan hujumdan keyin hukm qilingan ko‘plab Tramp tarafdorlarini afv etish (Tramp ularni "garovga olinganlar" deb ataydi; ehtimol, politsiyaga hujum qilganlar afv etilmaydi).
- Tramp, shuningdek, Jon Kennedi, Robert Kennedi va Martin Lyuter Kingning o‘ldirilishi haqidagi hujjatlarni oshkor qilishga va’da bergan.
E’lon qilingan ko‘plab farmonlar Tramp ijro hokimiyati vakolatlaridan maksimal darajada foydalanib, hokimiyatning boshqa tarmoqlarini - qonun chiqaruvchi va sud organlarini chetga surib qo'yishga harakati deb hisoblanmoqda.
Inauguratsiyani qayerda ko‘rish mumkin? Marosimning rasmiy sahifasi - bu yerda . Mana bu yerda C-SPAN kanalida translyatsiya. Bu yerda esa MSNBC translyatsiyasi.
Rasman: sun'iy idrok (SI) bizni 20-30%ga axmoqlashtirmoqda.
Tadqiqotga ko'ra, SI'ga qanchalik ko'p o'zingiz qilishingiz lozim bo'lgan tafakkurni topshirib qo'ysangiz, miyangiz shunchalik dangasa bo'lib qoladi. Olimlar buni "kognitiv offloading" (aqliy faoliyatni outsors qilish) deb atashgan - miyangiz dam olishga o‘rganib qoladi va keyinchalik mustaqil fikrlashni va muammolarni yechishni xohlamay qoladi.
Yechimlardan biri Zettelkasten (qayd yozish) metodi bo'lishi mumkin.
Pullik SI instrumentlari orasida tanlayotganlar diqqatiga: GPT yoki Claude'ni tanlang. Birinchisi aniqroq va pragmatikroq, ikkinchisi ijdkorroq va nafisroq.
Bu sohani yaxshi tushunadigan mutaxassisning tavsiyasi shu ekan.
Davlat adolatsiz nima? Shunchaki qaroqchilar to‘dasi.
Фозилхўжа Толибхўжаевич Орифхўжаев boshiga tushgani (havola) O‘zbekistonda durust insondek yashashga qaror qilgan har kimning boshiga tushishi mumkin. Zulm, adolatsizlik hukmron ekan, demak hech kim himoyalanmagan, har kimning hayoti “beqaror, nochor va qisqa”, Hobbs ta’biri bilan aytganda.
Aslida odamzodning 99 foizi aynan shunday beqarorlik, mavhumlik va omonsizlik hukmron bo‘lgan davrlarda yashagan va bu jarayonda qator saboqlarni o‘rgangan. Bu saboqlar har bir o‘zbek faoli o‘qib chiqishi shart bo‘lgan quyidagi kitoblarda bayon etilgan:
1) Vatslav Havel, "Kuchsizlarning kuchi" (o‘zbek tiliga tarjima qilingan)
2) Viktor Frankl, Человек в поисках смысла
3) Primo Levi, Канувшие и спасенные.
4) Милош Чеслав, Порабощенный разум.
5) Александр Солженицын, Архипелаг Гулаг.
6) Натан Щаранский. Не убоюсь зла.
Shaxsan men bu kitoblarda bir mushtarak mujdani ko‘rdim. Zulmga qarshi turishda eng muhim xislat, “g‘oyaviy bo‘lish” ekan. Ya’ni, odamda kuchli e’tiqod, g‘oya bo‘lishi kerak va inson bu e’tiqod uchun jonini berishga tayyor bo‘lishi kerak. Mutu kubla anta mutu, ya’ni o‘limdan avval o‘lish kerak. Insonda kuchli e’tiqod, g‘oya bo‘lmasa, u albatta sinadi. Bu g‘oya diniy e’tiqod bo‘lishi shart emas, liberallar erkinlik, sotsialistlar tenglik kabi qadriyatlar uchun ham jonini bergan.
Ikkinchisi, va biz hamon ahamiyatini yaxshi anglamagan mujda adolatsizlikka qarshi birgalikda kurashish yolg‘iz kurashishdan ko‘ra samaraliroq ekanligidir. Iloji boricha, uyushish kerak. Haq olinadi, berilmaydi. Lekin haqni shaxslar emas, jamoalar talab qiloladi.
Uchinchisi, hech narsa boqiy emas. Hech narsa o‘zgarmaydigandek, zulm doimo hukmron bo‘lib qolaveradigandek tuyulishi mumkin, lekin uning yaroqlilik muddati cheklangandir. Har qanday repressiv tizim ertami-kechmi barbod bo‘ladi.
Yuqoridagi kitoblarda tergov jarayoni, zolimlarning va mazlumlarning psixologiyasi borasida juda ko‘p qimmatli kuzatuvlar bor. Fozilxo‘janing videomurojaatidan ko‘rinib turganidek, ular hamon dolzarb, zero KGB davridan hech narsa o‘zgarmagan.
Dindorlarga, ayniqsa “Натан Щаранский. Не убоюсь зла” kitobini alohida tavsiya qilgan bo‘lardim. Xullas, pushti ko‘zoynaklarni yechib, qanday davlatda yashayotganimizni, va qanday yashashimiz kerakligini bilib qo‘yishimiz lozim.
Islom Karimovning mustaqil bo'lishimizdagi o'rni borasida baxs-munozara boshlanib ketibdi. Bir tomon, Karimovni Mustaqillik me'mori desa, ikkinchi tomon uni shunchaki kerakli vaqtda kerakli joyda bo'lib qolgan, vaziyatga qarab tuslangan sovet arbobi deb ko'rmoqda.
Haqiqat shu ikki fikrning o'rtasida bo'lsa kerak. Karimovning mustaqillikka erishishimizda hech qanday o'rni yo'q. Umuman, hech qaysi o'zbek arbobi yoki guruhining mustaqil bo'lishimizga aloqasi yo'q. Sovet bo'yinturug'idan ozod bo'lishga doimo intilgan Sharqiy va Markaziy Yevropadan farqli ravishda, bizda deyarli hech kim mustaqil bo'lishni orzu qilmagan va ayniqsa, bu uchun tizimli harakat qilmagan. O'zbek xalqi II Jahon urushidan keyin uzil-kesil sovet odamiga aylangan edi. (va hali ham, Sovet odami tipaji bizda hukmron).
Karimov va uning avlodi (Nazarboyev va hokazolar) qandaydir banan respublikasini boshqargandan ko'ra, buyuk SSSR iyerarxiyasida karyera qilishni afzalroq bilardi. Masalan, Nazarbiyevga yangilangan SSSR'da Bosh vazirlik va'da qilingan edi. Shevarnazde SSSR tashqi ishlar vaziri bo'lgan. Ya'ni, SSSR periferiyasidagi mahalliy elitalarning butun orzu-havasi Markazda karyera qilishga qaratilgan edi, bularga mustaqillik umuman kerak emas edi.
Mustaqillikni bizga SSSR saqlanib qolishidan manfaatdor bo'lmagan 3 slavyan respublikalar rahbarlari bergan. Yeltsin (Rossiya), Shushkevich (Belarus) va Kravchuk (Ukraina) SSSRdan chiqib ketdi va natijada biz yetim qolib ketdik, majburan mustaqil bo'ldik.
Taqdir taqozosi bilan o'sha paytda rulda bo'lgan Karimov endi qo'lidagi material (o'zbeklar) bilan ishlashga majbur bo'ldi. Fikrimcha, ja unchalik yomon ishlamadi. Karimov o'zbek davlatchiligining muayyan poydevorini qo'yishga muvaffq bo'ldi. Biroq, Karimovga va o'zbek millatiga xos bo'lgan ba'zi xususiyatlar deb bu davrda, garchi mustaqil bo'lishiga ilk qadamlar qo'yilgan bo'lsada, lekin to'liq mustaqil bo'lmadik va mustaqilligimiz ham omonat bo'lib qoldi. Bu ayniqsa 2016 yildan keyin yaqqol ko'zga tashlanmoqda.
Xullas, hozirgi amaldor-markazli Uchinchi Respublikadan To'rtinchi Res Publica'ga o'ta olsak, haqiqatdan mustaqil bo'lamiz.
1) Birinchi Respublika - jadidlar tasavvuriga binoan milliy davlatchilikni shakllantirishga urinishlar davri (Turkiston Muxtoriyati, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va hkz). Ilk va ohirgi martta ziyolilar hokimiyatga kelgan davr. O'zbek na bundan oldin, na bundan keyin bunchalik erkin yashamagan. Shu qisqa erkinlik davrida milliy madaniyat, tafakkur gurkirab rivojlangan va butun keyingi davrga poydevor bo'lib xizmat qilgan.
2) Ikkinchi Respublika- bolshevikcha tasavvurdagi Узбекская Советская Социалистическая Республика, 1924-1991.
3) Uchinchi Respublika - Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev (va balkim, bulardan keyingi bir necha Falonchiyevlarning) boshqaruv davri. Bu ikkisining boshqaruv usulidagi kichik detallarda farq bo'lishi mumkin, lekin boshqaruv mantig'i o'zgarmagan: davlat (ya'ni, bir hovuch amaldor) - bosh islohotchi deb e’lon qilingan. Jamiyat qarorlarga ta'sir qilishdan mutlaqo chetlashtirilgani, amaldorga nisbatan hech qanday cheklov yoki ta'sir vositasi bo'lmagani uchun aksar hollarda amaldorlarning hokimiyati ulkan suiste'mol va isrofgarchilikka olib kelmoqda.
1991 yildan hozirgacha faqatgina amaldor hukmronligiga rahna solmaydigan, uni cheklab qo'ymaydigan islohotlargagina ruhsat berilgan.
Bu davr ruhini shoir Zavqiy “Zamona kimniki?” she'rida "...davru davron hama joyda hokimu mirzoniki!" misrasi bilan tasvirlagan.
4) To'rtinchi Respublika - hozirgi amaldor-markazli etnik O’zbekistondan inson- va jamiyat-markazli siyosiy Res Publikaga (Jumhur Maslagiga) o’tganimizdagina keladigan haqiqiy yangi O'zbekiston. Qachon bu sodir bo'ladi, Xudo biladi.
Yovuzlikning odatiyligi...
GazetaUZ O'zbekistonda zulm oddatiy holga aylanganini namoyon qiluvchi yaxshi maqola chiqaribdi. Jurnalistlar o'zidan hech narsa qo'shmagan, shunchaki Oliy sud saytidagi sud qarorlaridan namunalar keltirgan.
Zulm repertuaridagi yangiliklardan biri, birinchidan, soqol deb ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortish uchun (to'laligicha, o'zboshimcha) huquqiy asos topilibdi. Bunday asos bo'lib 2023 yilda qabul qilingan, shartli nomi "Jamoat joylarida yuzni to'sib yurishni taqiqlovchi qonun" bo'lmish JK va MJK'ga o'zgartirishlar xizmat qilmoqda.
Endilikda, sud qarorlariga ko'ra, soqol “shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan” niqob sifatida tavsiflanmoqda va (sudyaning kayfiyatiga qarab) ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo'lmoqda.
Birinchidan, “Shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan” maska, balaklava va hkz niqoblarga taqiq ko'p mamlakatlar qonunchiligida mavjud. Lekin, hech qaysi mamlakatda, bizning qonunimizda bo'lganidek, jamoat joylarida bularga taqiq mavjud emas. Qolgan davlatlarda yuzni berkitishga taqiq faqat namoyish,demonstratsiya va hkz ommaviy yig'ilishlardagina amal qiladi.
Ikkinchidan, hech bir davlatda soqol taqiqlangan "yuzni berkituvchi" niqob sifatida tavsiflanmagan.
Huquqiy yangiliklardan yana biri, odil sudlov O'zbekistonda sudyaning estetik didiga qarab ro'yobga chiqarilar ekan.
Masalan, Jizzahda bir yigit "tartibsiz soqoli uchun" (sud qaroridan iqtibos) deyarli 2 mln jarima to'lagan. Aslida, tartibli/siz soqol bu did masalasi, huquqiy atama emas. Sudyaga tartibli soqol qo'ygan yoki umuman soqolsiz yigitlar yoqishi uning odil sudlovni ro'yobga chiqarishiga halaqit qilishi kerak emas edi.
Xullas, yaqqol aksil-konstitutsiyaviyligi va barcha tamal inson huquqlariga zidligi bilan ajralib turgan qonunlar va "siloviklar" faoliyati bu jamiyatda fasodga sabab bo'lmoqda va aks natija beradi. Eng yomoni, biz chidab bo'lmas huquqiy o'zboshimchalik va zo'ravonlikka ko'nikdik, buni tabiiy bir jarayon deb qabul qilyapmiz.
Biroq, huquqiy o'zboshimchalik va zulm bu tarzda davom etaversa, "soqolga tig' tekkizgani uchun" 15 darra beriladigan davrlarga tezda kelishimiz ham hech gap emas.
"Biz quyidagi haqiqatlarni o'z-o'zidan ayyon ekanligini e’tirof etamiz: barcha insonlar teng yaratilganligini, ularga Yaratuvchisi tomonidan ba’zi daxlsiz huquqlar berilganini, bularga, jumladan, hayot, erkinlik va baxtga sazovor bo’lish huquqi kirishini qabul qilamiz. Bu huquqlarni ta’minlash uchun odamlar o‘rtasida hukumatlar tashkil etilgan; hukumatlarning mashruligi fuqarolarning roziligiga bog’liqdir."
Tarixdagi eng qudratli va olamshumul g'oyalardan ba'zilari AQSh Mustaqillik Deklaratsiyasida (1776) e'tirof etilgan. 250 yil o'tib ham bu "o'z-o'zidan ayyon haqiqatlar" inqilobiy jaranglaydi.
Fuqarolarning roziligiga tayanmagan hukumatlar esa bir oila yoki bir guruh shaxslarning diktaturasidir.
Islom Sivilizatsiyasi markaziga rahbarlikka media bo'yicha mutaxassis tayyinlanibdi. Bu, "elitamiz" Islomga nisbatan o'z nuqtai qarashini uzil-kesil shakllantirib, aniqlashtirib olganini anglatadi.
Islomga O'zbekistonda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda muayyan rol o'ynashi mumkin bo'lgan tirik ta'limot emas, ustiga naftalin sepilgan muzey eksponati sifatida qaralmoqda. Muzey artifaktini Parij va Italiyaning galereyalarida eng maqbul usulda media va marketing bo'yicha mutaxassis taqdim qiloladi, ahli ilm emas.
Ya'ni, 2016 yildan keyin kuzatilgan dindorlar bilan o'ynashish davri tugab, uzil-kesil Karimovning diniy sohadagi siyosatiga qaytildi, shu ma'qul deb topildi. Bu yondashuv qisqa muddatda "tepadagilarga" rohat va xavfsizlik hissini berar, lekin uzoq muddatda ham jamiyatga, ham davlatchilikka ziyon keltiradi.
Biroq... qirol Lui XV aytganidek, "mendan keyin olamni suv bosmaydimi".
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago