BOLALAR ADABIYOTI

Description
,,Bolalar adabiyoti - Farishtalar adabiyoti"
Abdulla Oripov
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month ago
USTOZ RAHMATULLA BARAKAYEVGA

USTOZ RAHMATULLA BARAKAYEVGA

SHOGIRD TABRIGI
Adabiyot ulkan ummon
Bolajonlar o'zgacha.
Tahlil qilish oson emas
Har satr, har so'zgacha.

Buloq kabi qaynab toshar
Daryodayin bilmingiz
Ko'p Rahmatga munosibdir
Barakali ilmingiz.

Ko'rsatasiz ijodkorning,
O'zi bilmas qirrasin.
Asarlarin o'qib ko'rib,
Tadqit qilib sarasin.

Ustoz Anvar Obidjonni,
Lol qilgansiz shu zayl.
Bolalar adabiyotin,
Bog'in etasiz sayr.

Shogirdlar saf tizilishib
Yurmoqda izingizdan.
Saboqlaringizni uqib
Minnatdor o'zingizdan.

Qutluq bo'lsin muborak yosh,
Yuzlashingiz yuz bilan.
Nasib Qilsin o'sha kun ham,
Qutlash yorug' yuz bilan.
NAIMA ANVAROVA
t.me/Adabiyotchi_Bolajon

1 month ago
RAHMATILLA AKAGA

RAHMATILLA AKAGA

Eʼzoz topar ezgulik
Urugʻini ekkanlar.
“Rahmat” aytib el-ulus
“Baraka top” deganlar.

Ustoz umr yoʻlingiz -
Yaxshilikdan iborat.
Ilm-u ziyo deb mudom
Chekkansiz koʻp riyozat.

Bolajonlar olami
Kim aytadi kichikdir.
Feliga mos bu fan ham
Oʻziga xos “injiq”dir.

Sabotu mehr bilan
Koʻp kitoblar bitdingiz.
Ne koʻngillar suv ichgan
Sarchashmadir ilmingiz.

Derlar goho kasb-korning
Nuqsi urar odamga.
Boladay pok, beozor
Felingizga borman-da!

…Ulugʻ yoshda ham bardam,
Yoshlarday chopib yuring.
“Rahmat” eshitib har dam,
“Baraka” topib yuring!

DILSHOD RAJAB
Oʻzbekiston Yozuvchilar
Uyushmasi aʼzosi,
bolalar shoiri.
t.me/Adabiyotchi_Bolajon

1 month ago
Bugun O'zbekiston fanlar akademiyasining ilmiy kotibi, …

Bugun O'zbekiston fanlar akademiyasining ilmiy kotibi, O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a'zosi, Bolalar adabiyoti bo'yicha ko'plab tadqiqotlar qilgan Professor RAHMATULLA BARAKAYEV tavallud topgan kun.
TABRIKLAYMIZ!!!
t.me/Adabiyotchi_Bolajon

3 months, 2 weeks ago

MAQTANCHOQ CHILLAKI
Bog‘bon rang olgan chillakini qushlar cho‘qimasligi uchun qog‘oz bilan
o‘rab chiqdi. Oppoq qog‘ozga o‘ralgan chillaki ro‘parasidagi husayniga maqtandi.
-Qara, meni bog‘bon amaki yaxshi ko‘radi. Qushlar cho‘qimasin deb avaylab,
o‘rab qo‘yadi. Bilsang, dasturxonning ko‘rki asli men bo‘laman.
Husayni endi oqarib, shira boylashga kelgan, chillakiga esa ancha rang kirib
qolgandi. Qushlar g‘ujumiga hujum qilishni boshlaganidan chillakiga bog‘bon
qog‘oz o‘rab chiqdi. Husayni oppoq qog‘ozga o‘ralgan chillakiga havasi
keldi.Ichidan zil ketdi. Ammo chillakining maqtanib gapirganiga qarshi hech nima
demadi.
Oradan kunlar o‘tdi. Chillaki g‘arq pishdi. Bog‘ni qushlar chug‘uri bosib
ketdi.Chumchuq,mayna qog‘ozga o‘ralgan chillaki atrofidan ketmay qoldi. Ba’zan
tumshug‘ida bir g‘ujum uzum bilan husaynining yonidan "pirr" etib uchib o‘tardi.
Bir kuni tongda bog‘bon savat ko‘targan nabiralari bilan bog‘ga kirib keldi. U
chillakining ustidagi qog‘ozlarni yechar ekan, boshini norozi qiyofada qimirlatdi.
Qushlar qog‘ozning tagidan ham chillakini pishganini bilgan,g‘ujumlarini cho‘qib
tashlashgan edi. Cho‘qilangan uzum dasturxonga qo‘yiladigan ahvolda emasdi.
Bog‘bon chillakini uzib savatga soldi-da, nabiralariga buyurdi.
-Chillakini olib borib yaxshilarini g‘ujumidan ajratib tomga yoyinglar. Mayiz
qilamiz.- O‘zi esa tillarang husaynidan bir g‘ujum uzib yeb ko‘rdi.
-Bay-bay.Husayni ham pishibdi. Mazasini qarang. Tilni yoradi-ya.
Bog‘bon ikki bosh husaynini uzib tomosha qilar ekan, o‘ziga-o‘zi:
-Mana buni mehmonga qo‘ysa bo‘ladi. Dasturxonga ko‘rk bag‘ishlaydigan
bo‘libdi,-dedi.
Qushlar husaynini pishganini bilmagan, rangdor chillaki esa qushlarga yem
bo‘lgan edi.
MUHAYYO O‘ROQOVA
t.me/Adabiyotchi_Bolajon

3 months, 3 weeks ago

BESHIKDAGILAR

Soʻskachamni olib qoʻyib
Yuragimni dogʻlashsa ham
Oyogʻimga qoʻshib hatto
Qoʻllarimni bogʻlashsa ham
Uxlayveraman, uxlayveraman!

Ayam menga aytsa alla,
Uyqim kelar oʻsha palla,
Uxlamay men qaysarkalla,
Yigʻlayveraman, yigʻlayveraman!

Goh betimni yuvishmaydi,
Tuvagimni suyishmaydi,
Burnim oqsa, kuyishmaydi,
Oʻylayveraman, oʻylayveraman!

Qornim ochib qolsa agar,
Yigʻlayman xoh kech xoh sahar,
Shu hiylamni men har safar
Qoʻllayveraman, qoʻllayverman!

Maqtashadi ishtaxamni,
Boʻshataman sut jomchamni,
Shu ketishda ishtonchamni
Hoʻllayveraman, hoʻllayveraman!

Qobiljon Shermatov.
t.me/Adabiyotchi_Bolajon

3 months, 3 weeks ago

G‘AROYIB SHAMOL
(Asardan parcha)

Fantastik qissa

“Agar inson yaratgan tadqiqot matematika usuli bilan
isbotlangan bo‘lmasa, haqiqat bo‘lmaydi”.
Leonardo Da Vinchi

— Jonga tegdi shu matematika. Hozir kirish bo‘ladi, keyin o‘qituvchi xonim kirib ahmoqona misollarni yechtiradi. Shu darsga kirmasak-chi, Mirjamol, — yalinib savol berdi Elyor.
— Nega endi ahmoqona? Axir matematika juda qiziq fan-ku! — do‘stining fikri xatoligini isbotlashga urinib, kulib javob qaytardi Mirjamol.
— Ey, nimasini aytasan. Ana, kirish ham bo‘ldi. Agar men biror sehrgarga ro‘baro‘ bo‘lganimda matematikani butunlay yo‘q bo‘lishini, uning o‘rniga darsda samolyot yasab o‘tirishni so‘ragan bo‘lar edim...
Bola o‘ziga o‘zi gapirib, papkasini og‘ir yukday yerga sudrab sinfga kirib borardi. Yuzlarida tashvish bilan partaga kelib o‘tirdi-da, urishqoq bolalar kabi qovoq solib oldi. Elyor bu darsda doimgidek o‘z joyi 2-partada emas, aksincha, eng oxirgi partaga borib o‘tirardi. O‘qituvchi kirib dars boshladi. U esa qo‘lini iyagiga tiragancha o‘ng tarafdagi derazadan ko‘chadagi bolalarga qarab xayol surib qoldi. Bir vaqt Elyor o‘tirgan partaga bo‘r sinig‘i kelib tushdi. Sinfda esa o‘qituvchining ovozi jarangladi:
— To‘qqizni ildiz ostidan chiqarsa necha bo‘ladi? Javob ber dedim senga!
Elyor bu fanni shunchalik yomon ko‘rar ediki, o‘zini boshqara olmay sakrab turdi-da:
— Bo‘ldi, bas! Matematika bizga kerakmas! — dedi baqirib. Hammasi shundan so‘ng boshlandi. Shu vaqt chunonam qattiq shamol esdiki, hatto chalinadigan maktab qo‘ng‘irog‘ini ham uchirib yubordi. Biroz vaqt o‘tgach, shamol to‘xtab, yana quyosh charaqlab ketdi. Biroq derazalar ochiqligi bois sinfxona changga belangandi. Bolalar ham xuddi loy-kulcha o‘yinini o‘ynagandek hamma joyi chang bo‘lib ketgan holda hayratdan bir-biriga qarardi. Shu bois ustozlari ularga bugun ertaroq javob berib yubordi. Hamma uyiga keta boshladi. Elyor va Mirjamol yo‘ldagi do‘konga kirishdi.
— Menga mana bundan ikkita, — dedi Elyor “Xurustim” suxariklarini ko‘rsatib. Biroq negadir sotuvchi unga bitta berdi.
— Yo‘q, ikkita dedim...
— Nima ikkita? Nima degani o‘zi u? — ajablandi sotuvchi.
— Shundan yana bitta berasiz degani!
— Hoy bola, hech kim tushunmaydigan gaplarni gapirma. O‘zi boshim og‘rib turibdi. Qani, savdo qog‘ozini cho‘z-da, bu yerdan jo‘na, — g‘azablandi sotuvchi. Bu gapni eshitib bolalar bir-biriga ajablanib qarashdi-da:
— Bizda savdo qog‘ozi yo‘q, — deb javob qaytarishdi baravariga.
— Ana, qo‘lingda turibdi-ku?
— Aka, bu pul-ku, pul deng, — dedi Mirjamol kula-kula.
— Boshimni qotirma, uzat savdo qog‘ozini. Ular do‘kondan chiqib ketishdi.
— Savdo qog‘ozi emish. O‘zga sayyoralik savdogar ekan-a?
DAVOMI BOR...

NAIMA ANVAROVA
t.me/Adabiyotchi_Bolajon

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago