Bookipediya

Description
Kitoblar va asosiysi ilmiy psixologiyaga oid ma'lumotlar

Murojaatlar shu yerga: @Bookipediya_Bot
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

1 year, 8 months ago

Bo'ldi, bir qarorga keldim.

Mana bu kanalda davom etamiz. Endi faqat kitoblar bilan cheklanmaymiz:?

@marufjonblogi

1 year, 9 months ago

Chexovning "Garov" hikoyasi haqida
Inson hayotidagi "everest"iga yetsa nima bo'ladi? Komillik darajasiga yetgan inson uchun juda ko'p narsalar absurdlashadi...

Hikoyada garov evaziga 15 yilini qamalgan holda o'tkazishga rozi bo'lgan odam o'sha yillarni o'qish va o'rganishda o'tkazadi.

Ha, biz ilmni misqollab yig'amiz. O'qigan narsalarimiz huuuv o'sha xurmo haqdagi hikoyada meva tanaga singgani kabi singgadi. Shuning uchun qo'limizga tushgannimas, muhim bo'lganlarni o'qishimiz lozim. Zero, shu o'qiganlarimiz bizda aks etadi.

Hikoyada biz o'tkinchi bo'lgan narsalarga judayam ko'p ahamiyat berayotganimiz, ba'zi joylarida xato yashayotganimiz ta'kidlangan. Ha, qisqa hikoyalar ham ba'zan ko'p ma'nolarni beradi.

@bookipediya

1 year, 10 months ago

Hozircha shu yerda turib tursin. Yaqinda boshlaymiz

1 year, 10 months ago
1 year, 10 months ago

Hech qachon himoyachi bo‘lma, sening himoyangga balki muhtojmasdir. Sen o‘rnak bo‘l, senga qarab uni e’tirof etishsin!

@bookipediya

1 year, 10 months ago

Ayollarni e’zozlaylik!

@bookipediya

1 year, 10 months ago

Konformizm (lot. conformis — o‘xshash, muvofiq) — mavjud ijtimoiy tartib, hukmron g‘oya va fikrlarga moslashish, ularni passiv qabul qilish. Konformistlarning o‘z mavqei boʻlmaydi, tazyiq kuchiga ega har qanday namunaga prinsipsiz, notanqidiy, ko‘r-ko‘rona ergashaveradi.

Insonlar qilayotgan ishi xatoligini ongli ravishda bilib turishi, lekin ko‘pchilikning ra’yiga qarshi bora olmasdan, uni bajarishi konformizmning qisqacha ta’rifi hisoblanadi. Bu yerda urg’uni ongli so‘ziga qaratishingizni xohlardim. Eng yomoni inson o‘sha xatti-harakati xatoligini bilib turadi.

Bunday insonlar ba’zi ishxonalarda ideal xodim ko‘rinishini namoyon etadi. Ular shaxsiy fikrini bildirmaydi, muhitga moslashadi.

Ash eksperimenti konformizmga misol bo‘la oladi.

@bookipediya

1 year, 10 months ago
**Chingiz Aytmatov**ning **“Jamila”**sini o‘qib chiqdim. Ha, …

Chingiz Aytmatovning “Jamila”sini o‘qib chiqdim. Ha, shu paytga qadar muhokamalar, tortishuvlar, hattoki janjallarga sabab bo‘lgan ushbu qissani endi o‘qidim.

Men Jamila haq yoki nohaqligi haqida gapirmoqchi emasman, zero, mensiz ham bu muhokamaga hamon chek qo‘yilgani yo‘q. Kimdir sadoqat ustun desa, kimdir mentalitetni chetga qo‘y va o‘z bilganingcha yasha qabilida fikr bildiradi. “Jinoyat va jazo”, “Anna Karenina” ham o‘quvchilarni ikki qutbga bo‘lib qo‘ya oladi.

Men yozmoqchi bo‘lgan narsa, mana shunday asarlarni o‘qish shartligi. Chunki yakunda sizni mulohaza yuritishga majburlaydi, kim bilandir bahsga kirishingizga sabab bo‘ladi.

Kitob yakunlangach, ha, ezgulik g‘alaba qozondi, endi yoshlar baxtli bo‘ladi, deb barcha bir xil fikrda bo‘lgan kitoblardan ko‘p narsa olish qiyin. Lekin “Jamila” singari asarlar shusiz ham foydalanishga erinayotgan miyamizni “qimirlatish”da yaxshi foyda beradi.

@bookipediya

1 year, 10 months ago
Shu rasm men nima demoqchi ekanligimni …

Shu rasm men nima demoqchi ekanligimni aniq ifoda etib bergan. Bolalar BIROVNI USTIDAN KULADIGAN bo'lib tug'ilmaydi, bolalar IRQCHI bo'lib tug'ilmaydi, bolalar ota-onasidan o'rganish uchun OQ VAROQDAY TOZA bo'lib tug'iladi.

Enriko Chelini (psixoterapevt)@bookipediya

1 year, 10 months ago

Pixarni juda hurmat qilaman. Multfilmlari juda zo‘r chiqadi. Lekin hozir Dreamworksni ishlagan multfilmlari ro‘yxatini ko‘rib chiqsam, bolaligimda eng sevgan multlarimning barchasi ular tomonidan ishlangan ekan. Yangi introsi ham shunchaki super

@bookipediya

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago