Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Akbar - din islohotchisi
Jaloliddin Akbar - Hindistondagi boburiylar sulolasining yirik namoyandasi (1556-1605 yillarda saltanatni boshqargan). Uning davrida davlat hududi shimolda Balx viloyati, janubda Godovari daryosi (Kashmir va hozirgi Afg'oniston hududini qo'shgan holda) va g'arbdagi dengizdan sharqdagi dengizgacha yoyilgan. Din sohasida fuqarolar o'rtasida bag'rikenglik o'rnatish maqsadida, o'zidan avval o'tgan musulmon hukmdorlardan farqli suratda, Akbar hindlarni muhim davlat lavozimlariga tayinlay boshlagan. U 1582-yil diniy islohot o'tkazib, "dini ilohiy"ni joriy qilgan. Bu, asosan, islom, hinduizm, parsizm va jaynizm dinlarining e'tiqodlari va marosimlarining qorishmasidan tashkil topgan edi. Akbar "yangi din" rahbari sifatida e'tirof etilgan, u ayni paytda ham dunyoviy, diniy rahnamoga aylangan. Unga ergashganlar Akbarning marhamatiga sazovor bo'lishgan (Akbarning vafotidan so'ng esa ular kichik diniy sektaga aylanishgan). Agradan g'arbda joylashgan Fotihpur-Sikri qarorgohida Akbar saroy qabulxona bunyod etib, unda butun dunyodan kelgan olimlar bilan ilmiy munozaraga kirishgan. Akbar buyuk davlat arbobi, nihoyatda qiziquvchan inson, quvvayi hofizasi kuchli, iqtidorli sarkarda bo'lgan.
Admiral Nelson
Kadis (Ispaniya)dan janubroqdagi Trafalgar burni yonidagi dengiz jangida admiral Nelson qo'mondonligi ostidagi ingliz floti admiral Vilnyov qo'mondonligi ostidagi Fransiya-Ispaniya flotini tor-mor keltirgan. Uchinchi koalitsiyaning dengiz jangida zafar quchishi Buyuk Britaniyaga 19-asr oxirigacha dengizda hukmronlik qilishini ta'minlagan. Nelsonning jasurligi va manyovrli taktikasi inglizlarga g'alaba keltirgan, admiral esa shu jangda o'zining "Viktoriya" flagman kemasida halok bo'lgan. 27 ingliz kemasiga qarshi fransuz-ispan flotining 33 kemasi jang qilgan. Fransuz va ispanlardan 2800 kishi, inglizlardan atiga 429 kishi halok bo'lgan. Ingliz flotiliyasi dushmanning 20 kemasini qo'lga kiritgan, ammo kechki shtorm o'ljaning katta qismini yakson qilgan. Jang peshinga yaqin boshlangan, admiral Nelson o'zining bir guruh kemalari bilan dushman kemalari qatorini yorib o'tib, hujumni boshlagan. Bu jangda shamol muhim rol o'ynagan. Shamol kuchsiz esgani uchun fransuz qo'mondonligi, yaxshisi, Kadis gavaniga qaytish kerak, degan qarorga kelgan. U jang qilishdan qochmoqchi edi. Bu manyovr fransuz va ispanlarning jangovar tartibini buzib yuborgan va inglizlar bundan foydalanib qolishgan. Nelson keng chiziq bo'ylab cho'zilib ketgan dushman kemalariga ikki tomondan hujum qilgan. Shamol esadigan tomondan admiral Archibald Kollingvud, shamolga teskari tomondan esa admiral Nelsonning o'zi hujum qilgan. Trafalgar yonidagi zafar, Abukir dengiz jangidagi g'alaba kabi (1798.01.08) Nelsonga katta shon-shuhrat keltirgan. Trafalgar yonidagi jang tarixda yelkanli kemalarning so'ngi bor katta janglarda to'qnashuvi bo'lgan.
"Titanik"ning halokati
1912-yil 15-aprel soat 2 dan 20 daqiqa o'tganda Nyufaundlend qirg'oqlaridan 150 km uzoqlikda yuqori klassdagi ingliz paroxodi - "Titanik" halokatga uchrab, cho'kib ketgan. Bir kun avval soat 23 dan 40 daqiqa o'tganda cho'kmas deb hisoblanuvchi paroxod aysberg bilan to'qnashib ketgan. Yo'lovchi kemasining eng katta halokati natijasida 1503 nafar yo'lovchi va ekipaj a'zolari halok bo'lgan. "Titanik" Sautxempton - Nyu-York yo'nalishi bo'ylab birinchi reysni yakunlash arafasida bo'lib, Nyu-Yorkka 16-aprelda kelishi kerak edi. Aysberglar bilan to'qnashish xavfi borligi haqida ogohlantirilganligiga qaramay, suv sig'imi 46328 tonna keladigan kema so'nggi daqiqalargacha eng katta tezlikda - 25 uzel (soatiga 46,5 km)da suzmoqda edi. Kema kapitani va kompaniya vakili kema tag qismi ikki qavatli ekanligi va boshqa himoya vositalari borligiga ishonib, yozgi marshrutni tanlaganlar, bu yo'l bilan yurgan kemalarning aksariyati yilning shu faslida aysberglar bilan halokatli uchrashuvni chetlab o'tishga muvaffaq bo'lishgan. Muz bo'laliga kuch bilan urilganda kema trumida uzunligi deyarli 100 m keladigan ulkan yoriq (teshik) paydo bo'lgan. Vahima boshlangan, ustiga-ustak, 2206 kishi uchun qutqaruv shlupkalari yetishmay qolgan, shlupkalar faqat 1178 kishiga mo'ljallangan edi, xolos.
Oydagi birinchi insonlar
1969-yil 20-iyul kuni soat 20 dan 17 daqiqa o'tganda AQSHning "Apollon - II" kosmik kemasi apparati kosmonavtlar - Nil Armstrong va Edvin Oldrin bilan birga Oy sathiga qo'ngan. 21-iyul soat 3 dan 56 daqiqa o'tganda Armstrong yerliklardan birinchi bo'lib Oy zaminiga qadam qo'ygan. Undan so'ng qo'ndiruvchi apparatidan Oldrin ham tushgan. Ekipajning uchinchi a'zosi Maykl Kollinz bu paytda kosmik kemaning qo'mondonlik bo'lagi bilan birga Oy atrofini aylanmoqda edi. "Apollon - II" orbitaga raketa - eltuvchi "Saturn - 5" (uzunligi - 111 m, og'irligi - 3100 tonna, quvvati - 133 mln kVt) tomonidan 16-iyulda soat 14 dan 32 daqiqa o'tganda Kennedi burnidan (Kanaveral burni) chiqarilgan. 19-iyulda kosmik kema Oy atrofidagi orbitaga yetib borgan. 20-iyulda kema tizimlari yaxshilab tekshirib ko'rilgach, qo'mondonlik bo'lagi (qismi)dan qo'ndiruvchi apparat ajralgan. Armstrong va Oldrin uni aniq belgilangan joyga qo'ndirishgan. Oyga qo'ngach, bir necha soatdan so'ng kosmonavtlat qo'ndiruvchi apparatdan chiqishgan. Ularning Oy yuzasiga chiqishlari va keyingi tajribalarini televizion kameralar yerga yetkazib turishgan. Bu voqeani, raketa startidan boshlab, televideniye orqali 500 mln ga yaqin kishi ko'rib borgan. Astronavtlarning ishchi rejasi keng bo'lgan. Ular Oyga AQSH bayrog'ini o'rnatishgan, o'lchov asboblari bilan tadqiqot ishlari olib borishgan, xususan, yerga Quyosh shamoli haqidagi ma'lumotlarni yuborishgan va kapsulada "Biz butun insoniyat nomidan tinchlik bilan keldik" deb yozilgan metall taxtachani qoldirishgan. Nil Armstrong va Edvin Oldrin Oyda 22 soat, shundan 2 soat - kemadan tashqarida bo'lishgan. 21-iyul soat 18 dan 54 daqiqa o'tganda boshqariladigan apparat Oy sathidan ko'tarilgan. Soat 22 dan 35 daqiqa o'tganda qo'ndiriladigan apparat kema bilan birlashtirilgan va kosmonavtlar unga o'tib olishgan. 22-iyulda Yerga qaytish boshlangan. 23-iyul soat 17 dan 51 daqiqa o'tganda ''Apallon - II" Tinch okeanidagi belgilangan joyga qo'ndirilgan, bu yerda uni avianosets kutib olgan.
Karnak majmuasi
Karnak (Ipet-Isut) qadimgi Misr ibodatxonalaridan qolgan xaroba. Ushbu nom Qadimgi Misr poytaxti sanalgan Fiva shahrida yashovchi arablarning qishlog'i Karnak nomidan olingan. Hozirgi Luksor shahridan 2,5 km uzoqlikda joylashgan bo'lib, ta'lim va turizm sababidan mashhur bo'lgan qadimgi ibodatxona kompleksi o'rin olgan hudud sanaladi.
Karnak Qadimgi Misrning yangi podsholik davri (miloddan avvalgi 1580-1085 yillar)da qurilgan ibodatxonalarning qoldirqlari sanaladi. Karnak aslida bitmagan ibodatxona majmuasidir. Har bir fir'avn o'zidan oldin bunyod ettirgan qismlardan ham yaxshirog'ini qurdirish bilan ulkan va ko'rkam ibodatxona holiga kelgan. Shuningdek, har bir fir'avn o'zidan bir esdalik qoldirishni istaydi. Natijada esa Karnakning qurilishi 2000 yildan ortiqroq vaqt davom etadi.
"Open Budget"ga ovoz yig'ish bir bahona edi...
**2023-yilgi "Oskar" mukofoti sovrindorlari:
☆ Eng yaxshi animatsion film: "Pinokkio Gilermo del Toro";
☆ Eng yaxshi operatorlik ishi: "Gʻarbiy frontda o‘zgarishsiz";
☆ Eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassom: "Gʻarbiy frontda o‘zgarishsiz";
☆ Eng yaxshi kostyumlar: "Qora pantera: Abadiy Vakanda";
☆ Eng yaxshi grim va turmaklar: "Kit";
☆ Eng yaxshi qisqa metrajli o‘yin filmi: "Irlandcha xayrlashuv";
☆ Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film: "Bolakay, Yumronqoziq, Tulki va Ot";
☆ Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film: "Fillarni qarg‘ovchilar";
☆ Eng yaxshi xorijiy film: "Gʻarbiy frontda o‘zgarishsiz" (Germaniya);
☆ Eng yaxshi hujjatli film: "Navalniy";
☆ Eng yaxshi vizual effektlar: "Avatar: Suv yo‘li";
☆ Eng yaxshi qo‘shiq: Naatu Naatu "RRR: yonimizda inqilob kuylamoqda" (Hindiston);
☆ Eng yaxshi musiqa: "Gʻarbiy frontda o‘zgarishsiz";
☆ Eng yaxshi rejissyor(lar): Deniyel Kvan va Deniyel Shaynert ("Hammasi har joyda va birdan");
☆ Eng yaxshi aktrisa: Mishel Yeo ("Hammasi har joyda va birdan");
☆ Eng yaxshi aktyor: Brendan Freyzer ("Kit")
☆ Eng yaxshi film: "Hammasi har joyda va birdan";
☆ Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Jeymi Li Kyortis ("Hammasi har joyda va birdan");
☆ Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Ke Hyui Kuan ("Hammasi har joyda va birdan");**@KnowUzb
**Saspens (ing. Suspense) inglizcha so'z bo'lib, "noaniqlik, xavotir, kutish tashvishi" kabi ma'nolarni anglatadi. Saspens - bu mahorat bilan yaratilgan filmlarni tomosha qilish jarayonida, auditoriyaning voqeaga xavotir, tashvish, notinchlik, umidsizlik va qo'rquv kabi tuyg'ular bilan "sho'ng'ib" ketishining eng yuqori nuqtasi.
Kinorejissyor Alfred Xichkok "Saspens" atamasini muomalaga kiritgan. U shunday degan: "Film yaratayotganimda meni harakaterlardan ko‘ra ko‘proq g‘ichirlayotgan zinapoya qiziqtiradi. Qahramon oyog‘ining tagida g‘ichirlayotgan hamda istalgan paytda uzilib tushishi mumkin bo‘lgan zinapoya. Men buni saspens deb atayman".**@KnowUzb
**Gollivud afishalarini kuzatsangiz, biroz g‘alati an’ananing guvohi bo‘lasiz. Posterdagi aktyorlar joylashuvi hamda ularning ismi deyarli hech qachon bir-biriga mos kelmaydi. Buning sababini o‘ylab ko‘rganmisiz?
Har doimgidek, buning sababi – PUL! Masalaning mohiyati shundaki, filmda tasvirga tushgan aktyor va aktrisalardan qay biri ko‘proq gonorar olgan bo‘lsa – uning ismi reklama materiallarida birinchi bo‘lib yozilishi shart. Bu Gollivud kinosanoatida "billing qoidasi" deb nomlanadi.
Eng ko‘p pul olgan aktyorning ismi afishaning eng yuqorisida yoki chap tarafdan birinchi bo‘lib yoziladi. Chunki posterga ko‘zi tushgan tomoshabin o‘sha ismni birinchi bo‘lib o‘qiydi. Shu sabab, ro‘yxatda birinchi bo‘lib, ya’ni top billingda reytingi eng baland yulduzning ismi yoziladi.
Ayrim hollarda, garchi reytingi baland megayulduz filmda bosh rolni ijro etmagan bo‘lsa ham, uning ismi afishada birinchi bo‘lib yozilishi mumkin. Masalan, 1978-yilda katta ekranlarga chiqqan “Supermen” filmini olaylik.
Marlon Brando va Jin Xekmen mazkur kartinada ikkinchi plandagi rollarni ijro etishgan bo‘lsada, reklama materiallarida ularning ismi Supermen rolining ijrochisi Kristofer Rivdan oldin yozilgan. Chunki Riv o‘sha paytda debyutant aktyor edi. Brando va Xekmen esa Gollivudning tirik afsonalari.
"Obbo, posterdagi aktyorlarning joyini almashtirib qo‘ysa nima bo‘ladi?" degan savol sizda tug‘ilishi tabiiy. Afsuski, bu siz o‘ylagandek oson emas. Birgina posterni yaratish uchun marketing bo‘limining o‘nlab mutaxassislari mehnat qiladilar. Poster omadsiz chiqsa – kinokartina prokatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu sabab dizaynerlar film posterini tomoshabin uchun iloji boricha jozibali qilib yaratishni maqsad qiladilar. Ammo kontrakt shartlariga ko‘ra, muayyan aktyorning ismida hammadan oldin yozilishi shart bo‘lsa – mana shunday chalkashliklar yuzaga keladi. Nima ham derdik, ijod va moliya tafovuti!**@KnowUzb
**Fibonachchi ketma-ketligi
F(n) = F(n-1) + F(n-2) va F(0) = 0, F(1) = 1
Har bir hadi o'zidan oldingi ikkita hadning yig'indisiga teng bo'lgan ketma-ketlik Fibonachchi ketma-ketligi deyiladi. Ko'pincha, boshlang'ich ikkita had 0 va 1 deb olinadi. Ammo, boshlang'ich had sifatida ixtiyoriy ikki son olinishi ham mumkin.
(0), 1, 1, 2, 3, 5, 8, 13, 21, 34, ... - bu sonlar Fibonachchi ketma-ketligining dastlabki hadlari hisoblanadi.
Fibonachchi sonlari Oltin nisbat (Golden ratio) deb ataluvchi 1.618 soniga bo’g’liqligi bor. Ya’ni, ixtiyoriy ikkita ketma-ket Fibonachchi sonlarining nisbati oltin nisbatga juda yaqin va sonlar o’sib borgani sari bu nisbat ham o’sib boradi.**@KnowUzb
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago