Marketer Davronbek

Description
Kanalda siz bilan tajribalarimni bo'lishib boraman
Asosiy yo'nalishlar:
- Sotuv
- Communication skills
- Marketing
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

3 weeks ago

Bundan 1 yilu 1 oy oldin kurs o'tishni to'xtatgandim, o'shanda shunchalik charchagandimki endi kurs o'tmayman deb o'ylagandim

1 yillik tanafusda bir martalik darslarga taklif qilishdi va orada onlayn kurslar uchun darslar o'tib berdim. O'zim deyarli o'quvchilar bilan ishlamadim.

Lekin dars berish men uchun doim qiziq bo'lgan, chunki katta hayotga qadamim dars o'tish bilan boshlangandi.

2025-yil uchun tayyorlab qo'ygan rejalarimni amalga oshirishga o'zimni kuchim yetmasa kerak degan o'y bilan o'zim uchun 2 kishini olmoqchiman va ularga o'zim bilgan deyarli hamma narsani o'rgataman.

Talab esa faqat intilish va o'rganishga tayyor bo'lish. Ha aytgancha, Toshkentda bo'lishingiz ham muhim.

Nasib qilsa 2025-yilni 2 kishi bilan birga o'tkizamiz. Aniq va qisqa qilib aytaman, shogirdlik arzon emas va u birmartalik to'lovni ichiga oladi. Shu bilan bir yil har qanaqa holatda birga ishlaymiz.

- Kreativ marketing
- Strategik rejalashtirish
- Reklama videolari bilan ishlash
- Meta target
- Google ads
- Telegram ads
- Varonka bilan ishlash
- Ssenariylar
- Landing saytlar
- Sun'iy intelekt

Marketingga oid yana ko'p narsalar

Talabgorlar bo'lsa @disokjonov ga yozib qo'yaverasiz.

@marketerbilan

3 weeks, 2 days ago
4 weeks ago
3 months, 2 weeks ago

Shaxsiy rivojlanish uchun instagramni oʻchirish kerakmi?

Bunday qaralganda haqiqatdan bu platforma sizni chalgʻitayotgandek, asosiy maqsadlaringiz qolib huddi instagramning aybi bilan reels koʻrib vaqt oʻtkizyapsiz.

Lekin haqiqatdan shaxsiy rivojlanish qachonki oʻzingizni idora qilishni va boshqarishni boshlaganingizda keladi. Birgina instagramda video koʻrishdan oʻzingizni toʻsa olmasangiz qanday qilib shaxsiy rivojlanasiz?

Inson shaxsiyati kuchliligi nima bilan oʻlchanadi oʻzi?
Har kuni soat 7:00 da turgan odam shaxsiy kuchlimi yoki har kuni kamida 1 soat kitob oʻqigan odammi?

Kimki oʻz nafsini iroda qila olsa ana oʻsha inson shaxsiy kuchli boʻladi. Chunki nafsni jilovlash uchun albatta iroda kuchi kerak. Eng qiyini ham mana shu yerda, iroda kuchi aksariyat odamlarda yetishmaydi.

Instagramni oʻchirib shaxsiy rivojlanaman degan fikr orqa balonlari yoʻq mashina kabi noqis fikrdir. Shunchaki oʻzingizni iroda eting, agar ulardan oʻzingizni cheklay olsangiz demak tabriklayman, siz kuchli birinchi qadamni tashladingiz.

Soham boʻlmish marketingda intizom va mas'uliyat juda muhim boʻlgani uchun men iroda kuchi ustida koʻp ishlashga harakat qilaman. Tajribam asosida esa hozir Instagramda kunlik story joylash uchun kiraman, "waste of time" uchun emas.

Ish esa o'z o'rnida qo'shimcha vaqtlarni talab qiladi.

@marketerbilan

3 months, 3 weeks ago

Facebook targetingda 2 ta eng muhim ko'rsatkich bor

- ROAS
- Cost per conversion

Sizda bu koʻrsatkichlar ahvoli qanday?

@marketerbikan

3 months, 3 weeks ago

Yangi reklama accountlaringiz blok boʻlib qolyaptimi?

Koʻpchilik yangi account ochib oʻsha kunni oʻzida reklama yoqishga harakat qilyapti va accounti blok boʻlib qolyapti.

Facebook biznes account, business managerlarni bugun ochib reklama yoqmang. Ozroq accountni "прогрев" qiling. Postlar qoʻying va kamida 3 kunda reklama yoqishni boshlashingiz mumkin.

Tezda reklama yoqaman desangiz sizga Facebook ishonmaydi. Niyatingiz jiddiy ekanligini koʻrsatish uchun esa ozroq kuting va mehnat qiling.

@marketerbilan

6 months, 1 week ago

Bitta ichishim kerak bo'lgan dorimni yo'riqnomasi shuncha ekan.

Odatda man shuni o'qib chiqaman, lekin bu safar haqiqatdanda qiyin.

6 months, 1 week ago
6 months, 1 week ago

Arzonga Ko'p Mijoz Olib Kelmoqchimisiz yoki Potensial Mijozmi?

Ba'zi atamalarni tushuntiraman:
Potensial mijoz: Sotib olish ehtimoli bo'lgan
Lid: Sizda ma'lumotlari bor, hali mijoz bo'lmagan

Keling, birinchi lidmagnit haqida ozroq gaplashamiz.

Lidmagnitning asosiy vazifasi sizga arzonga potensial mijozlarni olib keladi. Ko'pincha u bepul darslik, kichik webinar, PDF kitob yoki gayd bo'ladi. Bepul mahsulot orqali siz odamlarni ko'proq jalb qilasiz va ularni ma'lumotlarini juda arzonga qo'lga kiritasiz.

Tripwire va lidmagnit farqi haqida gaplashamiz.

O'zbekistonda ko'pchilik bu ikkisini bir narsa deb o'ylashadi. Hattoki professionallardan ham shu fikrni eshitdim. Demak, bunga oydinlik kiritish kerak. Bu ikki instrument vazifa jihatidan juda katta farqga ega.

Lidmagnit: Potensial mijozlarni olib keladi va sizda arzon, ko'plab bazani shakllantiradi. Lekin kelgan lidlar hali sizning mijozingiz bo'lmaydi, ular hali ham sizdan sotib olishmagan, biroz yiroq bo'lgan odamlar bazasi.

Tripwire: Sizda mavjud yoki yangi lidlarga kichik va arzon mahsulot sotish orqali ularni sizdan sotib olishga o'rgatadi. Ya'ni tripwire odamlarni sizdan sotib olishga o'rgatadi. Shunchaki arzon lidlar emas, sizdan sotib olgan va yana sotib olish ehtimoli yuqori mijozlar.

Odamlar bir marta sotib olgan joydan yana qayta xarid qilish ehtimoli juda yuqori. Bu holatda qiymat muhim emas, shuning uchun birinchi navbatda auditoriyaga arzon narsa berib, sizdan sotib olishga o'rgatish kerak. Keyingi qimmat narsa sotmoqchi bo'lganda, odamlar sizdan avval nimadir sotib olishganini eslashadi va qimmat mahsulotni sotish ehtimoli ortadi.

Lekin ikki marketing instrumentining ham o'z qo'llash o'rinlari mavjud va o'ziga xos yondashish zarur. Chunki varonkada yo'l qo'ygan birgina xato butun bir rejalarga zarar yetkazishi mumkin.

Ulardan qanday foydalanish va tuzib chiqish bo'yicha aniq ma'lumotlar kerakmi? Community'da sizni kutib qolaman. U yerda barchasi haqida gaplashamiz va o'rganamiz. Bizda endi 3 ta ta'rif bor va o'zingizga qulay narxda qo'shilishingiz mumkin.

Yozilish: @disokjonov

@marketerbilan

6 months, 2 weeks ago

Bugun asablar taranglashgan kun boʻldi

- Ishlab turgan joyimdan ketdim
- Oyogʻimni kesib tashlashlari mumkin edi
- Juda kuchli ogʻriq bilan yurishga majbur boʻldim

Men ozroq dam olishim kerak. Keyin siz uchun foydali post joylamoqchiman.

Nima haqida yozishimni izohlarda qoldiring. Albatta bajaramiz.

@marketerbilan

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago