Sanjar Hamidullayev

Description
O'rganish uchun o'rgataman. Ma'zur tutgaysiz!
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

4 months, 1 week ago

Nimadan boshlay ishni?

Yoshsiz, hali tajribangiz ham unchalik yuqori emas, uni ustiga yangi muhit, begona odamlar, tushunarsiz fikr-mulohazalar, o'zgacha maqsadlar, ayri hissiyotlar. Bular har bir yangi jamoaga qo'shilganda yuzaga keladigan hodisalardan. Berilgan vazifalarni qisman bajarayapsiz ham, ammo nimadir yetishmayotgandek, qandaydir noqulaylikni yoki qoniqmaslik hissi bor.

Bunday paytda o'zingizga ishonchni saqlab qolishning yo'li bu sizga berilgan ma'suliyat doirasida ortig'i bilan bajarib ko'proq himmat ko'rsatish. "Ammo nima qilsam qo'shimcha himmat qilgan bo'laman?" "Qanday ishlarni qilsam xato bo'lmaydi?

Hech kim rad eta olmaydigan vazifalarni topib uni bajarishga kirishing. Faqatgina sizga berilgan vazifani bajarishning o'zi yetarli emas. Hisobga olinmagan, hali o'ylab o'rganib ko'rilmagan ishlarni siz o'ylang va siz ularni amalga oshiring. Hamma ko'rib bilib turganini ko'ra olishingiz hech kimga qiziq emas, hamma qaraganda ko'ra olmayotgan nuqtalarni ko'rishga intiling.
Qisqa vaqt o'tib bunday ishlar yoki yondashuv hammaga manfaatli bo'lgani bois sizni iliq qabul qilishadi, fikringizni eshitishadi buni natijasida esa o'z o'zidan siz ham bu joyga nisbatan iliqlikni his etasiz va ishingizga mehringiz oshadi.

Hammasi o'z o'zidan zo'r bo'lishini kutmang zotan o'z o'zidan bo'layotgan ishlar xavfli.

Sanjar Hamidullayev

5 months ago
8 months, 1 week ago

Qachon topshirish kerak?

O'zingiz a'lo darajada tushunadigan ishlarni boshqa odamga (delegate)bajarishga o'tkazib yuborishingiz mumkin.

Yaxshi tushunmaydiganingiz ishlarni boshqa odamga ishonib topshirib bo'lmaydi.

  1. Agar siz u ishni o’zingiz yaxshi tushunmasangiz boshqa odam qanchalik sifatli bajarayotganini qanday baholaysiz axir?
  2. Siz bu ishni yaxshi tushunmaganingiz hisobiga bajaruvchining ishiga hech qanday ta'sir ham o'tkaza olmaysiz.

Vazifalarni boshqalarga o'tkazishdan maqsad - siz o'zingiz ideal shug'ullanayotgan takroriy ishlarni boshqalarga topshirib o'zingiz qiyinroq va muhimroq ishlar bilan shug'ullanish.

Sanjar Hamidullayev

9 months ago

Birov bilan taqqoslamang balki o'zi bilan
Kishilar(xodimlar, o'quvchilar, farzandlar) samaradorligini baholashda adolat chegarasidan o'tmaslik juda muhim. Shunda ular sizning bahongizni salbiy emas balki ijobiy qabul qiladi.

— Qanday adolatli baholasa bo'ladi?

Ish samaradorligini baholashda kishining natijasi yuqori va yoki aksi bo'lsa solishtirish uchun murojaat qilishingiz mumkin bo'lgan nuqta 2 ta bo'ladi, bular:

  1. Kishining o'zining o'tgan davrga nisbatan natijalari (Siz o'tgan oyga nisbatan 10%ga sust ishladingiz!) - vaqtga oid taqqoslov

  2. Boshqa xodimning ish natijalari (Siz o'tgan oyda bo'limingizdagi Alisherga nisbatan 5%ga sust ishladingiz) - ijtimoiy taqqoslov

Garvardning tadqiqotlariga ko'ra o'sha kishiga vaqtga oid taqqoslov ijtimoiydan ko'ra adolatliroq tuyulib shuning hisobiga yaxshiroq ta'sir qilar ekan.

Sababi vaqtga oid taqqoslovda, baholanayotgan kishi menejeri u haqida aniq va puxta ma'lumotga muntazam ega ekanligini sezadi va o'zini hurmat qilingandek his qiladi.

Siz uni boshqa kishi bilan solishtirganingizda esa u o'zining o'ziga xos jihatlari hisobga olinmagan deb o'ylaydi. Shuning uchun bu fikr adolatli ekanligiga shubha qiladi (garchi bu fakt bo'lsa ham).

Eng qizig'i bu baholashda ikkinchi tomonga nisbatan bu kishini ijobiy baholasangiz ham ("Siz boshqa xodimlardan yaxshiroq ishladingiz"), bu ularga to'laqonli adolatli tuyulmas yoki maza bermas ekan.

Bu yerda menejerlar xodimlarning, ustozlar o'quvchilarning hamda ota-onalar farzandlarning individual shaxsiyatga ega ekanligini esda tutishlari kerak va bu shaxsiyatlarining ish hamda o'qish joyida, oilada tan olinishni va qadrlanishini xohlashadi. Ularning ishlash natijalari boshqalarnikiga qaraganda qanday bo'lganiga emas, balki vaqt o'tishi bilan o'z natijasi qanday o'zgarganiga e'tibor qaratish orqali ularning xohishlarini —individual munosabat— bajarish mumkin.

Shunda ular salbiy natijalarini ham adolatli qabul qilib to'g'irlashga kirishishadi.

Sanjar Hamidullayev

9 months ago

Rahimov School endi Farg'onada

Maktablarda o’quv yili tugadi. Kelayotgan o’quv yilida esa Rahimov School Farg’onada ham o’z faoliyatini boshlaydi.

Hozirda Farg’onadagi yangi 9-11- sinflar uchun maktabimizga jamoa yig’ilmoqda. Quyidagi lavozimlarga hamkasblar qidiryapmiz:

• MIBDO'
• Psixolog
• Kurator
• Xo'jalik mudiri(zavxoz)
• Hamshira
• Kutubxonachi

Va ushbu fanlar bo’yicha ustozlar kerak:

• Matematika
• Ingliz tili
• Arab tili
• Ona tili va adabiyot
• Tarix
• Fizika
• Informatika
• Tabiiy fan(Science)
• Huquq
• Jismoniy tarbiya

Toshkent filialimizdagi ochiq vakansiyalar:

  1. O'IBDO'(Zavuch)
  2. Psixolog
  3. Rekruter
  4. Marketing Assistenti
  5. Event manager

Pedagoglar:

• Ona tili va adabiyot
• Rus tili
• Matematika
• Kimyo
• Informatika
• Boshlang'ich (rus)sinf

Arizangizni @RahimovSchool_jbot orqali o'zingizga qulay hududni tanlab qoldirishingiz mumkin.

Agar yuqoridagi yo’nalishlarda biror mutaxassisni tanisangiz, unga shu postni yuborib qo’ying.

@talim_ber

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago