Sodiq_Yo'ldoshev_she'rlari✍

Description
Assalomu alaykum! Siz ushbu kanalda shoir SODIQ_YO'LDOSHEVning ijodini kuzatib borishingiz mumkun!
MUROJAT UCHUN:
+998 88 639 93 00
Yoki shu raqamdagi telegram
🔸️Instagram https://www.instagram.com/sodiq_yoldoshev?igsh=Ymd2dWhxNXU4aGpv
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

2 months, 3 weeks ago

Umrlar  bor  umr  deb bo'lmas,
Umrlar  bor  qilasan havas.
Mening  umrim  panjara,  qafas,
O'zim  qamab,  o'zim  ochaman..

✍️Sodiq_Yo'ldoshev

https://t.me/sodiq_sherlar

2 months, 3 weeks ago

O'zingni ehtiyot qil...

Ey sochlari kakosim,
O'zimni beqiyosim.
Bor bitta iltimosim,
O'zingni ehtiyot qil.

Asablaringni asra,
Ajinlaring ortmasin.
Qulog'inga hattoki,
Ziraklaring botmasin.

Sochlaringni tarab yur,
Ro'molingni o'rab yur.
Ko'zlaringa qarab yur.
O'zing uchun bo'lmasa,
Men uchun ehtiyot bo'l.

Keragimsan, keraksan,
Ko'ksimdagi yuraksan.
Ko'zlari yulduzginam,
O'zingni ehtiyot qil.

Senga mumkunmas axir,
Taom ham yeyish taxir.
Og'ir narsa ko'tarma,
Mani o'zimni chaqir.

Hali uzoq yo'ldamiz,
Bir bog'da bir cho'ldamiz.
Har kun tutmasam ham gul,
O'zingni ehtiyot qil.

Shoiringman she'rimsan,
Eng chiroyli gulimsan.
Sevganim chin ko'ngildan,
O'zingni ehtiyot qil.

✍️Sodiq_Yo'ldoshev 02.10.2024

https://t.me/sodiq_sherlar

3 months ago

#Do'stlarim

Mendan meni so'rashga,
Or bilmagan do'stlarim.
Menga kerak bo'lganda,
Bor bo'lmagan do'stlarim.
Derlar yigit yig'lamas,
Lek yoshlandi ko'zlarim.
Ikki yuzli yaramas,
Ekan mening do'stlarim.

Davr shunday bir kelib,
Ketari ham bor ekan.
Omad sendan ketgan payt,
Keng dunyo ham tor ekan.
Qurib qolgan daryoning,
To'lishi ham bor lekin.
Bahor kelsa qaldirg'och,
Kelishi ham bor lekin.

Sinishimni kutgan-u,
Turishimni kutmagan.
Qo'l uzatsam tutmagan,
Shoqol ekan do'stlarim.
Ey do'stlarim do'stlarim,
Yoshladingiz ko'zlarim.
Bu jarga bir o'zimni,
Tashladingiz do'stlarim.

Balki bu ham hayotning,
Menga bergan sabog'i.
O'tib ketdi jonimdan,
Do'stning bergan azobi.
Sabrim hali bor mening,
Sochlarimda qor mening.
Hali ortimda tog'dek,
Turgan Otam bor mening.

Yiqilaman turaman,
Shundan yashab yuraman.
Shu bahona kimlarning,
Kimligini bilaman.
Alloh o'zi qo'llasa,
Men ham odam bo'laman,
Vaqti kelsa har neyni,
Hisob kitob qilaman.

Nima qipti kambag'al,
Loyga botib ishlasa.
Eski kiyim kiysa ham,
Haloldan non tishlasa
Ertasini kim bilar,
Gapirmaydi jim ular.
Rostmi aytgan so'zlarim,
Ey yolg'onchi do'stlarim.

Bu saxroning adog'i,
Suvga boshlab boradi.
Lek borguncha ko'zimni,
Yoshlab yoshlab boradi.
Oyog'imdan ilonlar,
Tishlab tishlab boradi.
Qaldirg'ochlar qo'limdan,
Ushlab ushlab boradi.

Mendan meni so'rashga,
Or bilmagan do'stlarim.
Menga kerak bo'lganda,
Bor bo'lmagan do'stlarim.
Derlar yigit yig'lamas,
Lek yoshlandi ko'zlarim.
Ikki yuzli yaramas,
Ekan mening do'stlarim.

✍️Sodiq_Yo'ldoshev 22.09.2024
https://t.me/sodiq_sherlar

3 months, 3 weeks ago

Куздан илгарироқ келди ғуссалар
Куздан илгарироқ одимлади дард.
Куздан илгарироқ кунлар қисқарар
Куздан илгарироқ кимдир солди дод.

Куздан илгарироқ тирноқлар кўчди,
Куздан илгарироқ бармоқлар қоқшол.
Куздан илгарироқ рангимиз учди,
Куздан илгарироқ падарим беҳол.

Куздан илгарироқ йўлларни ичган
Куздан илгарироқ дарахтлар мастдир.
Куздан илгарироқ, кузгача кечган
Умримиз ҳеч қандай фасл эмасдир.

✍️Madina_Norchayeva

4 months, 2 weeks ago

HASRATYaram o‘tib ketdi jon-jonlargacha,
Hali ko‘p ingrayman azonlargacha.
O‘ylab charchamayman qachonlargacha
Armon gullariga ildizligimni?

Ko‘zimga tumanlar kutadi kimlar,
Izimga tikanlar otadi kimlar,
So‘zimga kishanlar tutadi kimlar,
Bilib osmoni yo‘q yulduzligimni.

Mudom ko‘z ostidan chiqqan arilar,
Umrimdan gunohlar yiqqan arilar,
Birovning nishida chaqqan arilar
Bilmasmi bulbul yo qo‘ng‘izligimni?

Yuragim – oyoqlar tiqilgan chashma,
Hali bir tomchimga qilaman tashna,
Yuzimga solishing shart emas, oshna,
O‘zim ham bilaman yolg‘izligimni…

2002-yil

© Behzod Fazliddin

6 months, 4 weeks ago

_Ey do'st_
?Umrbek_Qodirov
✍️Sodiq_Yo'ldoshev
https://t.me/sodiq_sherlar

7 months ago

Assalomu alaykum azizlar yana bir yangi qushig'imiz Umrbek Qodirov _Ey do'st_ eshitib ko'ring yoqsa layk ,kament yozib keting...

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago