Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Tatariston rahbari Minnixanov “sezdirmasdan” Buxoroga kelib ketibdi.
Chet el yuqori amaldorlari regionlarga Toshkentga qo‘nmasdan borishi yaxshi odat (Minnixanov ham o‘zi bir region boshlig‘i darajasida, albatta).
Germaniya kansleri Shols oʻrnini egallashi kutilayotgan Fridrix Merz haqida oʻqidim. Aftidan, Sholsdan ancha qatʼiyatliroq siyosatchi. Masalan, u hokimiyatga kelgach, Ukrainaga 500 km masofaga uchuvchi Taurus qanotli raketalarini darhol bermoqchi.
Merz ancha tajribali diplomat. U 1989-yilda Yevroparlament, 1994-yilda esa Bundestag deputati boʻlgan. 2000-yillar boshida Germaniya Xristian-demokratlar ittifoqi (XDI) partiyasi raisi boʻlishi uchun Merkel bilan kurashgan va yengilgan. Keyin siyosatdan ketib, moliyaviy tomonini mustahkamlash ishlarini olib borgan. Merkel 2018-yilda ketishini aytgandan soʻng, yana siyosatga qaytgan.
Hozir XDI va uning ittifoqchisi Bavariya Xristian-sotsialistlar ittifoqi (XSI) soʻrovnomalarda yaqqol ustun. Demak fevralda boʻlib oʻtadigan saylovlarda Merzning imkoniyati yuqori. Biroq shunda ham, mutlaq gʻalaba erishish uchun XDI/XSI biron boshqa partiya bilan koalitsiyaga birlashishi kerak. Koʻpchilik bu hozirgi kansler Sholsning “Erkin sotsialistlar” partiyasi boʻlishi mumkinligini aytmoqda.
Merz Shols va Merkeldan farqli ravishda, klassik oʻng siyosatchi. U Germaniyaning Merkel ochgan “ochiq eshiklar” siyosatini toʻxtatish kerakligini bir necha bor taʼkidlagan. U 2015-yilgi yuridik asos bilan muhojirlarni orqaga qaytarish vaqti kelgani aytyapti. Shubhasiz, bunday tashabbus muhojirlarning oʻzboshimchaligidan norozi boʻlayotgan olmon fuqarolariga maʼqul kelyapti.
Qolaversa, Merz 2000-yillar boshida “Leitkultur”, yaʼni “yetakchi madaniyat” konsepsiyasining qizgʻin tarafdori boʻlgan. Bu gʻoya multikulturalizmni rad qilib, oʻzining anʼanaviy (shu jumladan liberal) qadriyatlariga ega nemis madaniyati Germaniyada boshqa immigratsion diasporalar madaniyatidan ustun boʻlishi kerakligini anglatadi.
Merz Ukraina borasida ham ancha qatʼiyatliroq. U Rossiya Ukraina infrasturukturalariga zarba berishni toʻxtatmasa, Kiyevga uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalar yuborish lozimligini aytyapti. U Putin mojaroni qay darajada chuqurlashtirishga tayyorligini sinamoqchi. 9-dekabrda u urush boshlangandan buyon Kiyevga ikkinchi bor kelib, Zelenskiy bilan uchrashdi.
Bundan tashqari, Merz Germaniya, Britaniya, Fransiya va Polsha ishtirokida alohida Ukrainaga yordam bloki tuzib, Trampning izolyatsiya siyosatiga tayyorlanishni ham ilgari surgan. Shuningdek, Germaniyaning harbiy xarajati limitini yalpi ichki mahsulotning 3 foiziga (127 mlrd yevro degani, hozir bu miqdor 2 foiz) koʻtarishni maqsad qilgan.
69 yoshli Fridrix Merz Germaniya rahbarligiga kelib, Yevropaning eng katta iqtisodiyoti va texnologiyasiga egalik qiluvchi mamlakatni siyosat lider qilishga ham harakat qilib koʻradi. Olmoniya bu borada bazaga ega. Shols Ukrainada urush boshlagandan beri qatʼiyatsizlikda ayblanadi (birgina Leopard tanklari voqeasi), Merz bu xatoni toʻgʻrilashi lozim. Hozir bu ishni Makron qilishga urinmoqda va u buni uddalay olmayapti deyish mumkin.
Ammo, shuni unutmaslik kerakki, Germaniya tarixidagi faqat bir marta — 1957-yilda bir partiya bundestagda mutlaq koʻpchilik (50 foizdan yuqori) oʻringa ega boʻlgan. XDI/XSI ham hukumat tuzish uchun biron partiya bilan koalitsiyaga birlashadi va Merz koalitsiyadagi ittifoqchilari bilan hisoblashishga majbur boʻladi.
Лекин Суриядаги воқеалардан энг кўп Исроил фойда кўрди.
Сурияда ин қуриб олган Эрон кучларига жиддий зарба берилди. Бу Тел-Авив учун асосий ютуқ. Қолаверса, тартибсизликлардан фойдаланиб, Исроил Жўлондаги буфер зонани ҳам эгаллаб олди.
Исроилнинг Суриядаги иттифоқчилари ҳам эндиликда анча эркин ҳаракат қилади. Ҳа, Сурияда Исроилга иттифоқдош мусулмон гуруҳлар кўп. Уларни Исроил тузмаган, балки Асаднинг айирмачи сиёсати уларни яҳудийлар билан дўстлашишга мажбур қилган.
Масалан, Исломий давлат кучайган, Асад кучлари чегаралар назоратини қўлдан чиқарган пайтда, Исроил Сурия билан чегарадаги «Фурсан ал-Жўлон», «Лива Омар бин Хаттоб» каби гуруҳларни молиявий, ҳарбий ва гуманитар жиҳатдан қўллаб-қувватлаган.
Исроил, шунингдек, Сурияда катта адад ва таьсирга эга дарзийларнинг ҳам яқин иттифоқчиси ҳисобланади. Исроилда яшовчи дарзийлар (улар Сурия, Исроил ва Ливанда истиқомат қилади) ЦАХАЛ’нинг барча операцияларида (ҳатто мусулмонларга қарши ҳам) иштирок этади.
Shu kunlarda Moskopda:
— Viktor Fyudorovich (Yanukovich) sizga yangi xonadosh keldi.
— Aleksandr Grigorevich (Lukashenko)mi?
— Yo‘q. Hofiz Bashar Asad.
Hozir Suriyada qanday hukumat bo‘lishi aniq emas. Tahrir ash-Shom rahbari Juloniy o‘zini bag‘rikeng ko‘rsatib kelyapti. Nima bo‘lganda ham Suriyadagi yangi hukumat islom asoslariga tuziladi, chunki muxolifatning katta qismi diniy tashkilotlar.
Qo‘shni Livandagi kabi davlat lavozimlari diniy oqimlarga bo‘lib berilishi ssenariysi bo‘lmasa kerak. Bu tizim davlatni falaj qiladi, Livanni hozir davlat deb bo‘lmaydi (bunda Eronning ham aybi katta).
Suriyada urush tugamaydi? Menimcha yo‘q. Sunniy muxolifat alaviy va shialarni ta’qib qilishda davom etadi. Suriya kurdlariga Iroq kurdlari kabi keng muxtoriyat berilsa, Damashq katta boshog‘riqdan qutuladi. Lekin bunga ittifoqchi Turkiya rozi bo‘lmaydi.
Anqara bilan aloqalarni uzish ham yaramaydi. Endi Eron proksi kuchlar orqali mamlakatdagi shialarni dastaklantiradi va ularni markaziy hukumatga qarshi qo‘yadi. Ular bilan kurashishda ittifoqchilar lozim.
AQSH va G‘arb qanday tanlov qilishi ham muhim. Agar erkin saylovlar o‘tkazilsa G‘arb bilan “gaplashish” oson bo‘ladi. G‘arbga Eron ta‘sirini sindirish manfaatli. Ular NATO orqali Turkiyaga ham ta’sir o‘tkaza oladi. Kurdlarning asosiy dastakchisi ham AQSH. Suriya yangi hukumati aynan shu yo‘nalishda harakatlanishi unga foydali bo‘lishi mumkin. Qolaverda, tiklanish uchun G‘arbdan mablag‘ olish ham mumkin.
Xitoy tomon yurib, Eron bilan aloqalarni yumshatish mumkin. Ammo Xitoy hozircha bunday katta o‘yinlarda ishtirok etishga qiziqish bildirgani yo‘q.
Xullas, Suriya hukumati qanday yo‘l bilan tanlanmasin, u mintaqaning boshqa davlatlari kabi islomiy asoslarga quriladi.
Koʻpchilik Isroil-Falastin masalasi boʻyicha Kamala Harris pozitsiyasi Baydennikidan farq qilmaydi deyapti. Umuman olganda, bu tabiiy, ular partiyadosh, qolaversa Harris Baydenning jamoasi vakilasi.
Albatta, Harris Falastin haqida Baydendan koʻproq gapiryapti. U bir necha bor falastinlik bolalarni himoyasi haqida gapirdi. Ammo iyuldagi Netanyahu bilan uchrashuvi yetarlicha keskin boʻlmadi. Harris saylovda yahudiy lobbisi qoʻlloviga umid qilmoqda, shuning uchun hozircha keskin qadam tashlagani yoʻq.
Isroilni qoʻllash — bu bir insonning emas, AQSHning siyosati. Xuddi Rossiya Kuba va Shimoliy Koreyaga doim enagalik qilgani kabi AQSH ham Isroilni dastaklashni toʻxtatmaydi. Chunki bu davlatlarni ular yaratgan.
Tramp yutgan taqdirda ham AQSHning Tel-Avivga munosabati 90 darajaga oʻzgarmaydi. Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgan odamdan Falastinni himoya qilishni kutish bemaʼnilik. AQSH qoʻllovi davom etar ekan Isroilning toʻxtatish qiyin boʻladi. Bu yerda yagona chora — kelishuv.
SSSR’da Stalin shaxsiga sig‘inish nafaqat oddiy aholi o‘rtasida, balki yuqori elita orasida ham keng tarqalgandi. Bir respublika taqdiri qo‘lida bo‘lgan shaxslar “dohiy”ha shunchalik bog‘langandiki, o‘zlarida fikrlash qobiliyati bo‘lsa ham undan foydalanmagan.
Shundaylardan biri O‘zSSR birinchi kotibi Amin Niyozov edi. U haqiqiy Stalin gvardiyachisi bo‘lib, “xalqlar qotili” aytgan har qanday vazifani ortig‘i bilan bajargan.
Aynan u 1950-yillarda O‘zbekistonda ikkinchi qatag‘on to‘lqinini olib borgandi. Uning rahbarligida qator oʻzbek yozuvchi va shoirlari, jumladan, Said Ahmad, Shukrullo, Mirzakalon Ismoiliy, Maqsud Shayxzoda, Hamid Sulaymon, Shuhrat va boshqalar “millatchilik”, “aksilsovet harakati olib borgani” uchun qamoqqa olinadi va uzoq muddatlarga kesiladi.
Niyozovning Stalinga sodiqligi shu darajada ediki, u “dohiy” o‘lganidan so‘ng Xrushchyov tomonidan shaxsga sig‘inish qoralanib, Stalinga qarshi kampaniya boshlanganda ham “dohiy”ga vafodorlikni to‘xtatmaydi. O‘z lavozimi va hayotini xavf ostida qoldirib, Xrushchyovning qarorlariga qarshi chiqadi.
Masalan, Niyozov Moskvaning O‘zSSRda Stalin portretlarini kamaytirish haqidagi buyrug‘ini bajarishdan bosh tortadi. Stalin murdasi Lenin mavzoleyidan ko‘chirilishini tandiq qiladi. Oxir-oqibat stalinsevar bu kadr barcha mansablaridan bo‘shatiladi va partiyadan uzoqlashtiriladi.
“Vatanni kattaligi yoki buyukligi uchun sevishmaydi. Uni o‘z yurti bo‘lgani uchun sevishadi”.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago