Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

مع فدرية

Description
• Fadriyya Farhodning shaxsiy kanali

• Savol, taklif va mulohazalar uchun: @fadriyyaacademy_manager
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 12 months ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 1 month ago

1 month, 1 week ago
Ҳаммамиз кўринганимиздан ёмонроқмиз. Аммо бу биз …

Ҳаммамиз кўринганимиздан ёмонроқмиз. Аммо бу биз учун Аллоҳнинг пардасидир.
Бунинг исми сатр...

Аллоҳим! Биздан сатрингни кўтарма. Акс ҳолда шарманда бўламиз ё Роббим!

https://t.me/Abdulqodir_Polvonov

1 month, 1 week ago
مع فدرية
1 month, 1 week ago
مع فدرية
3 months, 2 weeks ago

يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱعْبُدُوا۟ رَبَّكُمُ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

Ey odamlar, sizlarni va sizdan oldingilarni yaratgan Robbingizga ibodat qiling. Shoyadki taqvodor bo‘lsangiz.
2:21

Haqiqatta taqvo oliy ne’matlardan va unga faqat tanlanganlar muyassar bo’lishadi. Ko’pchilik “qanday taqvo qilinadi?”, degan savolni beradi. Avvalo taqvo nimaligi haqida biroz bo’lsa ham tushuncha hosil etish lozim

“Taqvo” so’zi aksarimiz biladigan qo’rqish ma’nosinigina bermaydi. Balki taqvo — himoyalanish, o’zini asrab-avaylash demak ham. Ya’ni kim-ki taqvo qilsa, o’zini ikki dunyoda hifz qilibti

Shuningdek, taqvoli darajasiga inson Robbisidan faqatgina qo’rqib emas, balki Uni har kim-u har nedan ko’proq sevib yetishadi. Zero taqvo Yaratuvchisini norozi qilishni xohlamaslik, chin ehtiromga yetaklaydi

Xo’sh, taqvoga qanday erishiladi?
ibodat qiling! Shoyadki, taqvodor bo’lsangiz”, deyapti Robbimiz

Allohga manzur bo’lgan har bir ish ibodat

Qur’on tilovati, tadabburi esa buning eng go’zal va mo’jizaviylaridan

Olamlar va insoniyat tarixini o’zgartirib yuborgan Kitob nozil bo’lgan oy - Ramazon. Bu Qur’on oyi. Taqvodorlardan bo’lish, hayotingizni o’zgartirish imkoniyati hozir, bugun Sizning qo’lingizda

3 months, 2 weeks ago

“Bildim-ki, men bilan Alloh orasida kitoblarim, darslarim, shar’iy bilimlarim emas, iymonim va taqvoyim bor ekan xolos”

Izzuddin Qassom rohimahulloh

4 months, 3 weeks ago

Hozir bir forma beraman, o’sha to’ldirganlar haqqiga alohida duo qilib qo’yaman, kelayotkan Ramazonlari har doimgidan go’zal o’tishi uchun Shuning uchun albatta to’ldiring 😁🤍 *shuningdek o’zingizni tahlil qilish va navbatdagi manfaatli loyihaga hissangizni…

5 months, 1 week ago

БЕТАРАФ БЎЛМАНГ!
Мусулмон киши бетараф бўлмайди.
Мусулмон киши дунёда ҳодисалардан бир четда яшамайди.
Мусулмон киши дўстлари билан ҳодисаларни бунёд қилади, уларга асос солади. Бировлар асос солган ҳодисаларда иштирокчи бўлмайди. Ҳеч йўқса ўзининг фикрий ва эътиқодий йўлига эга бўлади.
Бетарафлик қуруқ ва арзимас инсонлар йўлидир. Ҳатто ҳайвонлар ҳам бетарафликни билмайди. Иброҳим алайҳис саломни ўтда ёқишганда калтакесак олов янада яхшироқ ёниши учун оловга пуфлаган экан. Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам уни ўлдиришга амр қилганлар. Ё тарафдор бўласиз ёки қарши томонда бўласиз!

Ҳатто ўсимликлар ҳам бетарафликни билмайди. Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва саллам масжидда бир хурмо тўнкаси устига чиқиб хутба қилар эдилар. У зотга минбар ясаб беришгач, хутбани минбарга чиқиб қиладиган бўлдилар. Тўнкани тарк қилдилар. Шавқнинг кучидан тўнкадан инграган овоз чиқа бошлади. Набий алайҳис салом минбардан тушиб уни қучоқладилар. У тинчланди.
Ҳадисларда келишича, Ғарқад яҳудийларнинг дарахтидир. Қиёмат яқин келиб мусулмонлар яҳудийларни қира бошлагач, улар тошлар ва дарахтлар ортига беркинар экан. Ҳамма тош ва дарахтлар ўз ортида яширинган яҳудийни айтиб берар экан. Фақат Ғарқад ўсимлиги айтмас экан.
Мана ҳатто ўсимликлар ҳам бетараф эмас. Тарафдор ёки қарши!

Ҳатто жамодотлар ҳам бетараф бўлмас экан. Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам: "Биз Уҳудни яхши кўрамиз, Уҳуд ҳам бизни яхши кўради!", деганлар. Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам янги пайғамбар бўлганларида у зотга Маккадаги баъзи тошлар салом берар эди!

Бугун эса баъзи бир ақл ва виждон соҳиби бўлган инсон аталмиш зотлар: "Мен бетарафман!", демоқда!

https://t.me/Abdulqodir_Polvonov

Telegram

Abdulqodir Samarqandiy

Ўзингизга ёққан ҳикматни бошқаларга ҳам улашинг!

БЕТАРАФ БЎЛМАНГ!
5 months, 2 weeks ago

Если и есть во мне положительная черта, которую в себе изредка люблю, то это то, что я умею искренне восхищаться людьми

Я могу восхититься официантом, который с чистой улыбкой и энтузиазмом обслуживает гостей

Могу восхищаться ребенком, у которого синдром Аспергера, ему плевать на всех и он уплетает черный хлеб, как самые последние куски пиццы в его жизни

А восхищаюсь я, особенно, девушками. Просто не описать словами, предложениями, стихами то, какими влюбленными глазами я смотрю на своих зрителей во время выступлений со сцены. А то, когда обнимаю… ох, какое это блаженство для глаз, они очаровывают меня, каждая. Голосом, глазами, улыбкой, теплотой, словами, одеяниями, да и вообще, существованием

Я настолько сильно могу восхититься человеком, что могу на несколько часов утонуть в его личности,
делать попытки окунуться в его бездонный, богатейший внутренний мир.
Люблю наблюдать за внешней оболочкой, за внутренним светом, излучающимися через очи, мысли, улыбку

Также сильно восхищаюсь морщинками на благородных лицах пожилых людей, их сединой волос, мудростью, а порой даже консерватизмом и изречениями

Что то подсказывает, что этот список не закончить…

я - восхищаюсь - Человеками

5 months, 2 weeks ago

Instagramda chiqtim, telegramda ham bir mavzuda qalamimni tebratib ketay)

Infobiznes haqida undan bexabar odam, restoran/ tekstil/ sug’urta biznesi yo investitsiyalar haqida xabari yo’q odam qanday katta gapirmasa, shunday gapirmagani naqadar yaxshi

Ha, qo’shilaman, tanqidiy fikrlash (tanqid bn aralashtirmang) har sohada bo’lishi darkor. Ammo operatsionka, zapusk, progrev, kastdev kabi terminlardan to’liq xabaringiz bo’lmasa, bir infomahsulot qanday yaratilishi va uni ortidan qanday natijalar kelishini bilmasangiz, e’tiborli bo’lishni tavsiya qilaman

Infobiznes — foydasi juda yuqori, deyarli har qaysi davlatta natija beradigan, katta o’yinga aylanib ulgurgan (O’zbda ham) biznes. Uni qadrsizlash - shunchaki xato

Yaxshisi o’zingiz sifatli deb bilgan mahsulot chiqaring-ki, xohlaganlar uchun saralanishga, taqqoslanishga sabab bo’lsin. Va yana bir muhim jihat, mahsulotning sotuvi va ichki jarayonlarni baholashdan avval, bozorni o’zi o’rganganmisiz yoki yo’q, o’zingizga rost javobni bering

Misol:
shu kungacha meni tanigan hech bir o’zbek prodyuserlar ham: “buncha arzon”, “nega trafikka urg’u bermaysiz”, “sizning o’rningizda..”, kabi gaplarni aytmay qolmagan

Lekin na bozor, na ichki jarayon, iqtisoddan xabari yo’q “professional”lar narx, marketing, kontent masalasida “ekspert”lik qilishsa, ajoyib tuyiladi. Rostan ajoyib😁

Nimada katta natija bo’lsa, o’shanga jiddiy qaraladi, shunday emasmi? Instagramda kurs/ mahsulot sotish, mana shu bosqichga yetkan

Bu yaxshimi yo yomon - ahamiyatsiz. Tizim ishga tushgan va ortga yo’l yo’q

Realligimiz, voqeligimiz shu. Katta/ yetuk shaxs uni qabul qilib, adaptatsiya qiladi va oldinga intiladi. *чего и вам советую)

5 months, 3 weeks ago

3 yoshgacha bola nartsiss bo’lishi — norma. Nartsiss degani, inson o’zini haddan ziyod yuqori baholashi, dunyo unga xizmat qilishga, unga doimiy minnatdor bo’lishga majburdek his qilishi

3 yoshgacha bolaning extiyojlari to’g’ri qondirilgan bo’lsa, inshaalloh bu bosqichdan o’tib oladi va egosentrizm bosqichidan ratsional o’zini baholash, mas’uliyatini olish va boshqalarni ayblamaslikkacha rivojlana oladi

Nartssistlik bo’yoqlari (nartsissizm emas!) bugungi kunda deyarli hammada bor, bu juda daxshatli tragediya emas, inson o’z ustida ishlasa oson isloh bo’ladi

Ammo, lekin, biroq!
Mening professional kuzatishlarimga binoan, xalqimizda nartsisslar soni juda yuqori, 3 yoshgacha bo’lgan emotsional rivojda qotib qolganlar o’ylaganimdan ancha ko’p. Shuning uchun eng elementar kommunikatsiyada muammolarimiz limmo-lim

Qisqa qilib aytsa, na o’zimiz, na dunyo, na yaqinlar, na tanamiz bilan aloqa o’rnatishni yaxshi bilmaymiz

Inson psixikasi 3-5 yoshda qotib qolganining yaqqol belgilaridan biri - u tashqi faktorlarga haddan ortiq bog’langan bo’lishi. Bu zamonaviy insonning deyarli har birida, bitta bo’lsa ham ko’rinishda bor

O’zbeklardan misol:
- turmush qurishdan avval ikki yosh maqsad, qadriyatlar haqida emas, kim qancha topishi, kim kimga qanday xizmat ko’rsatishini ustuvor qo’yishadi

- to’y/ sarpo/ marosimlar bu quvonchli hodisani hammaga ovoza qilish emas, balki barcha qarindosh-uruqqa naqadar boy, obro’li ekanini isbotlash vositasi

- Ramazonda eng muhimi ibodat emas, dasturxon. Umrada esa kutib olishlari va umraga borganlik “unvon”i

Insoniyat asrlar osha moddiyatga tobe’roq bo’lib borgan bo’lsa, bugungi kunda bu muddat har yilga qisqarib ulgurdi. Materialistik qadriyatlarga shunchalik bog’lanib ketkanmiz-ki, bugun psixologiya suv va havoga singishiga jiddiy talab bor

Nega?
Chunki ichki holatni nimadir normada ushlab turishi kk. Bu yaxshi ham, yomon ham emas. Shunchaki fakt

Afsus-ki men metodikasini o’rgangan o’nlab psixologlarning o’zlarida egosentrizm muammosi yaqqol ko’zga tashlanadi. Ular mijozlarini hayotini yengillashtirish, psixik holatini yaxshilash o’rniga, o’zlarining travmalarini terapiyaga qorishtirib, mijozni moddiyatga yanada muxtojroq qilib qo’yishadi. Aksariyatning konsultatsiyalaridan murod aslida pul

Biz juda chuqur bosqichda bo’lmasa ham, yo’q deganda yuzaki o’zimizni ma’naviyat, qalb, tuyg’ular tomon yetaklashimiz darkor. Tuyg’ular asos bo’lib qurilmagan har qanday munosabat, bir kun qulaydi. Hech kim munosabatlarida, xoh o’zi, xoh Robbisi, xoh farzandi bilan bo’lsin, tuyg’ular asos emasligi, tashqi faktorlar ustuvorligini tan olgisi kelmaydi, og’riqli axir. Hatto juda-juda alamli. Ammo tan olish bilangina haqiqiy o’zgarish tomon qadam tashlaymiz

Eng qisqa va balki unchalik ham samarali bo’lmagan tavsiyam: hislaringiz va boshqalar hislariga e’tiborli bo’ling

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 12 months ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 1 month ago