?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated hace 1 año, 5 meses
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated hace 2 meses
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated hace 1 año, 8 meses
3 640 so'm sarflab 20 ta klik va 4 ta obunachi jalb etildi
To'gri tanlangan auditoriyada CTR doim yuqori bo'ladi. Bir xizmat uchun telegram ads ni yoqqandim. Qarasam tanlovda adashmapman. Testdan yaxshi o'tdi. Endi masshtablahtirish kerak
Kuzataylikchi
Telegramda "aqlli lenta" yo'q va bu ekspertlar uchun katta imkoniyat.
Bu shunchaki Telegram auditoriyasi boyroq degani emas. Axir, biz hammamiz internetdan bir xil foydalanamiz. Gap Telegramning lentasi qanday ishlashida.
Boshqa platformalar qanday ishlaydi?
— Instagram foydalanuvchilaridan nima istaydi? Sizdan qisqa videolarni ko‘rishingiz va ularni boshqalarga ulashishingizni xohlaydi.
— YouTube foydalanuvchilaridan nima istaydi? Qisqa va uzun videolarni ko‘rishingizni.
— TikTok-chi? Bu endi tushunarli.
Barcha ijtimoiy tarmoqlar shunday tuzilgan: ulardan faol foydalansangiz, har kuni o‘nlab va hatto yuzlab yangi mualliflarni ko‘rasiz.
Lekin biz ko‘p narsani ko‘rib, kam narsani eslaymiz. Hatto biror kishini eslab qolsak ham, lentani varaqlashda davom etamiz va yangi mualliflarni izlaymiz.
Telegram esa boshqacha ishlaydi.
Siz faqat obuna bo‘lgan mualliflaringizni ko‘rasiz. Bir muallifni bir oy, ikki oy, uch oy davomida kuzatishingiz mumkin. Uning postlarini o‘tkazib yubormaysiz va yangi odamlarni izlamaysiz.
Agar sizga obuna bo‘lmagan kanallar (spam yoki taklif sifatida) ko‘rsatilsa, bu asabga tegadi.
Telegramning mohiyati nima?
Telegramda siz o‘z auditoriyangiz bilan chuqurroq ishlashingiz va ularni o‘z mahsulotingizga jalb qilishingiz mumkin.
— O‘z auditoriyangiz bilan yaqinroq ishlash mumkin.
— Qamrovlar doimiy ravishda yuqori bo‘ladi.
Ha, bu 50 ming obunachini tezda yig‘ishga xalaqit beradi.
Ammo aynan shu narsa kanalingizdagi yuqori qamrovni saqlab qolish va barqaror daromad olish imkonini beradi.
2025-yilda boshqa platformalarni rivojlantirish kerakmi?
Telegramdan tashqari boshqa platformalarni rivojlantirishning yagona maqsadi — obunachilarni Telegramga bepul olib kelishdir.
Bu "zombi lenta" yo‘q bo‘lgan oxirgi joylardan biri. Boshqa platformalarda auditoriyani tezda o‘ziga jalb qilish va uni ushlab qolish qiyin.
Telegramda siz har kuni yangi mavzular haqida o‘ylab topishga yoki doimiy yangilik yaratishga majbur emassiz.
O‘z mutaxassisligingiz bo‘yicha ishlash va bu orqali pul topish mumkin.
Ekspertlar boshqa platformalardan Telegramga ko‘chib o‘tmoqda. Agar blogingizni qayerda boshlashni yoki qayerga kuch sarflashni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, javob oddiy: Telegram
Telegram mini-ilovalar, botlar va kanallar uchun sheriklik dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Telegramning Android uchun dasturiy ta'minot kodida mini-ilovalar, botlar va kanallar uchun sheriklik dasturini joriy etish rejalari haqida ma’lumot beruvchi kodlar topildi.
Asosiy tafsilotlar:
- Kanallar egalari mini-ilovalarga foydalanuvchilarni jalb qilgani uchun komissiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
- Foydalanuvchilar va kanallar egalari referal havolalar orqali daromad olishi va jalb qilingan foydalanuvchilarning xaridlaridan foyda ko‘rishi mumkin.
- To‘lovlar "yulduzlar" shaklida amalga oshiriladi.
- Mini-ilova egalari sheriklari uchun komissiya foizini va dastur davomiyligini sozlashi mumkin.
- Referal havolalar va daromad bo‘yicha statistika kuzatish uchun maxsus vositalar taqdim etiladi.
Muhimi, ushbu ma’lumotlar faqat dastur kodidagi qatorlarga asoslangan bo‘lib, funksiyalar rasmiy chiqarilishiga qadar o‘zgarishi mumkin.
Botlarda target reklama chiqarish bo'yicha fikrlarim
Botda trafik kam, ya'ni botlardan kuniga 3-4 martadan foydalanishmaydi. Lekin kanallarni kuzatishadi. Shuning uchun reklama otkrutkasi sekin bo'ladi. Sezilarli samara olish qiyin. Faqat bitta botda reklama qo'yib bu fikrni aytyapman. Hali eksperiment davom etadi. Eksperiment natijalari aniq chiqishi uchun 10-15 ta botda chiqarishim kerak. Hozircha samarasi past bo'lyapti
Faqat bitta holatda istisno bor, bu ham bo'lsa agar sizning raqobatchingiz zapusk qilayotgan payti botda reklama bersangiz, uning tayyor auditoriyasini o'zingizga og'dirish imkoniyati bor. Chunki, zapusk paytida raqobatchingiz iloji boricha ko'proq auditoriyani o'zining botiga yuborishni ko'zlaydi, posevlar va telegram ads orqali botni reklama qildiradi. Siz esa botga kirgan maqsadli auditoriyaga bot ichida pin xabar orqali o'zingizni reklamangizni ko'rsata olasiz
Siz ko'k choy ichib o'tirsangizu, kanalingizda postlar avtomat ravishda chop etilaversa, mazzami?
Bundan 5 yil oldin telegram kanal yuritishni avtomatlashtirsam qanday bo'larkin deb bir ikkita eksperimentcha qilgan edim. IFTTT servisi va RSS orqali yangiliklarni chop etib boradigan kanal ochgandim. Bir kunda 20-30 ta yangilik avtomatik tarzda kanalga qo'shilardi. Organik ravishda 2k dan ortiq obunachi ham yig'gan edi kanal.
Oradan ancha yillar o'tdi. Yangidan yangi servislar, instrumentlar paydo bo'ldi. Sun'iy intellektlar rivojlanib bu muammo ancha osonlashdi. Telegram kanalda postlarni avtomatik tarzda yaratib, qayta ishlab ularni chop etish imkoni paydo bo'ldi.
Yana bir eksperimentga qo'l urmoqchiman. Avtomatlashtirilgan telegram kanal yaratmoqchiman. Kanaldagi postlar AI yordamida yaratiladi va chop etiladi. Bunda menga AI agentlar menga yordam beradi. Biri post uchun g'oya tanlasa, biri o'sha g'oya bo'yicha mening uslubimda post tayyorlaydi, yana biri agent yozgan postni tanqid qilib unga qo'shimchalar kiritadi. Xullas g'oya kuch, amalga oshirish kerak xolos.
Agarda eksperiment qiziq bo'lsa olovchalarni bosib tashlanglar, menga motivatsiya bo'ladi ?
Durovni to'xtatib bo'lmayapti
Telegram Mini ilovalar uchun (MiniApps) 10 ta yangi funksiyani joriy qilishga tayyor, bu orqali ishlab chiquvchilar Telegram’da turli xil yangi ilovalar va o‘yinlar yaratishi mumkin bo‘ladi.
? To'liq ekran rejimi
? Bosh ekranda yorliqlar
✍️ Obuna rejalari (Pullik obunalar)
? Geolokatsiya kirish (ruxsat bilan)
? Qurilmaning orientatsiya ma'lumotlari
? Emoji holatiga kirish
? Media ulashish
? Sovg'alar yuborish
? Xabar yuborish limitlarini kengaytirish
? Reklama orqali daromad olish
▶️ Oxirgi ikki funksional imkoniyat allaqachon faol (https://telegram.org/blog/dynamic-video-quality-and-more#increased-message-limits-for-bots), qolganlari esa 2-4 hafta ichida taqdim etiladi. Mini ilovalaringizni tayyorlang! ?
Bepul darslar telegram botida ads orqali reklama chiqardim.
Reklama pin ? xabar ko'rinishida chiqar ekan. Foydalanuvchining diqqatini tortadi.
Kunlik 1000 ta faol useri bor telegram botlarda chiqarish mumkin ekan.
Natijalarni 2-3 kundan keyin ko'rishimiz mumkin. Hozircha ko'pchilik obnovit qilmagan telegramni shuning uchun ularda reklama ko'rsatilmayapti, botga kirishsa ham
Raqobatchilaringiz bot-voronka orqali ishlayotgan bo'lsa ularning qaynoq lidlarning bir qismini reklama orqali o'zingizga jalb etishingiz mumkin.
Qaynoq yangilik
Endi telegram botlarda ham reklamangizni chiqarishingiz mumkin
Bir sinab ko'raylikchi bu format qanday natija ko'rsatadi
Yaqinda Elon Muskning so‘nggi Tesla loyihasi “We, Robot” nomli bir nechta videolavhalarini ko‘rdim va sizga shuni aytishim kerakki...
Kelajakda bizni restoranlardan uyga olib boradigan avtonom robot taksilar, ofisga olib boradigan jamoat poyezdlari, va kechki ovqat pishirib beradigan xususiy robotlar bo‘lishi haqida o‘ylashning o‘zi ham hayajonlantiradi, ham qo‘rqitadi.
Bu meni hayajonlantiradi, chunki men “Kelajakka qaytish” va “Blade Runner” kabi filmlar bilan ulg‘ayganman. Demak, bolaligimda tasavvur qilgan kelajakning aslida amalga oshayotganini o‘ylash "zo‘r".
Lekin insoniyatga xos bo‘lgan narsalarning robotlarga topshirilayotganini ko‘rish qo‘rqinchli.
Bu faqat Tesla misolida bo‘layotgan tendensiya emas, balki marketing sohasida ham yuz bermoqda.
AI (sun'iy intellekt) "norma"ga aylanishi bilan, kompaniyalar xarajatlarni qisqartirish va samaradorlikni oshirish uchun AI orqali yaratilgan kontentga yopishadi.
Bu mantiqan to‘g‘ri, lekin har bir yangi trend eski tizimlarni buzib tashlaganidek,
Har bir trend jasorat bilan imkoniyatdan foydalanishni bilganlarga yangi imkoniyatlarni ham beradi.
Bugungi bashoratim shunday:
Qiymatga asoslangan kontent endi o‘lgan. Har qanday robot yoki o‘zini "kontent yaratuvchisi" deb atagan kishi klaviaturadagi ctrl c + ctrl v-funktsiyasi orqali bir xil mazmundagi narsalarni qayta ishlab, aralashtirib, takrorlay oladi.
2024-yilda va undan keyin ajralib turishning eng yaxshi yo‘li – o‘z insoniyligingizga suyanishdir.
Shuning uchun men hikoya qilishga to‘liq e’tibor qaratmoqchiman.
Bu robotlar hali takrorlay olmaydigan yagona kontent turi, chunki eng yaxshi hikoyalar sizning ongizdadir va algoritmning bir qismi emas.
Oddiy qilib aytganda:
Tobora gavjum va shovqinli kontent bozorida ajralib turishda qiynalayotgan bo‘lsangiz...
O‘z noyob hikoyalaringizga tayanish – buning eng yaxshi yo‘lidir.
Telegram bo'yicha ikkita yangiligim bor.
Prognozlarim bo'yicha telegram o'zining video platformasiga ega bo'ladi, bunga sabab Telegramning videopleyer yaratish bo'yicha konkurs e'lon qilgani, rivojlanish vektori shu tomonga qaratilyapti. Agarda shorts va reels ga o'xshagan qisqa kontentli videolar ko'rishga mo'ljallangan algoritmli platforma yarata olishsa, kanal egalari uchun bu videolar orqali organik tarzda obunachilar sonini bepul ko'paytirish imkoniyati paydo bo'ladi. Intiqlik bilan kutyapman.
Obunachilarni ko'paytirish bo'yicha pullik reklamaning yana bir turi paydo bo'lmoqda bu ham bo'lsa miniapplar ichida kanalni reklama qilishdir. MiniApps lar telegrambotlar ichidagi web sahifa ko'rinishidagi ilovalardir. Bu trafikdan hali ko'pchilik ishlatmayotgani uchun obunachilarga qilingan xarajatlar miqdori past bo'lishi mumkin. Buni test qilib ko'rish kerak.
Menda hozircha shu yangiliklar, sizda nima gaplar?
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated hace 1 año, 5 meses
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated hace 2 meses
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated hace 1 año, 8 meses