TAʼLIM VA TARBIYA

Description
Kitobga intilsa har bir talaba
«Kitobshunoslik» uchun shudir – gʻalaba!

Kanalimizda:
Kitoblardan iqtiboslar;
Shaxsiy fikrlar;
Ilmga oid videolar joy olgan.

Murojaat uchun: @Sirojbek_Hayitboyev
Hamkor: @Kopirayterishlari
Reklama: @Kitobiy_reklama
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 22 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 month, 2 weeks ago

*📚 Kitob oʻqishning biz bilgan va bilmagan 5 ta foydasi (2-qism)*

*1️⃣ O‘qish sizni zukkolikka yetaklaydi.
🟢* Qanchalik ko‘p kitob o‘qigani sari insonning zukkoligi va teran fikrlash qobiliyati shunchalik oshib boradi. Shu bilan birga, inson turli mavzularda qanchalik ko‘p kitob o‘qisa, o‘z bilimini oshirishi bilan bir qatorda, o‘zaro muloqot qilish san’atini ham yaxshi egallaydi.

*2️⃣ O‘qish miya faoliyatini mustahkamlaydi.
🟢* Inson odatda o‘qigan kitobi to‘g‘risida o‘ylashi uchun vaqti ko‘p bo‘ladi. Kitob o‘qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo‘ladi va kitob o‘qish miyadagi asab tolalarini mustahakamlaydi.

*3️⃣ O‘qish til mahoratimizni yaxshilaydi.
🟢* Kitob o‘qish nafaqat so‘z boyligini balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi. Qaysi tilda o‘qishdan qat’iy nazar, mutolaa orqali gapning konteksti qay tarzda yasalishini o‘rganish mumkin bo‘ladi.

*4️⃣ O‘qish stressni kamaytiradi.
🟢* Inson kitob mutolaa qilar ekan, o‘sha paytda uni hech qanday topshiriq yoki xavotir o‘ylantirmas ekan. Kitob mutolaa qilganda tanamiz umuman birorta maxsus harakatni amalga oshirmaydi va dam oladi. Nafas olish sekinlashadi va tinchlanamiz.

*5️⃣ O‘qish bizning so‘z boyligimizni oshirishga xizmat qiladi.
🟢* Tadqiqotlarga qaraganda, kitob mutolaasi bilan shug‘ullanuvchilarning so‘z boyligi boshqa insonlarga nisbatan yuqori bo‘lishi isbotlangan. Qisqa qilib aytganda, qancha ko‘p o‘qisangiz shuncha ko‘p so‘z boyligiga ega bo‘lasiz.

👉 Postning 1-qismini ko'rish

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

1 month, 2 weeks ago

*📚 Kitob oʻqishning biz bilgan va bilmagan 5 ta foydasi
*1️⃣ O‘qish yangi va noyob fikrlar tug‘ilishiga yordam beradi.
🟢** Inson o‘qish orqali yangi fikrlar va yorqin g‘oyalar oladi. Inson o‘zi bilmagan holda ilhomlanib o‘qishi, yangi va o‘zgacha fikrlar yuzaga kelishiga turtki beradi.

*2️⃣ O‘qish inson fikrini jamlaydi va diqqat markazini oshiradi.
🟢 Inson miyasi bir vaqtning o‘zida turli faoliyatlar bilan shug‘ullana olmaydi. Shu sababli ko‘p o‘qigan odamning diqqatini bir joyga to‘plash ancha oson kechadi.
*3️⃣ O‘qish tasavvurni oshiradi.
🟢** Biz o‘zimizga notanish bo‘lgan joylar haqida o‘qiganimizda, idrokimiz tasavvurlarimiz ishga tushib tasvirlarni miyamizda yarata boshlaydi va shu orqali xotiramizda tasvirlar saqlanib boradi.

*4️⃣ O‘qish chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi.
🟢* Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.

*5️⃣ Birgalikda kitob o‘qish ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilaydi.
🟢* Inson o‘z farzandini kitob mutolaasiga o‘rgatar ekan, avvalo o‘zi ham bu ishda o‘rnak bo‘lishi kerak.

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

1 month, 2 weeks ago

*📚 Juda koʻp kitob oʻqishning 4 usuli*

Kitob oʻqish — muvaffaqiyat kaliti, stressdan qutqaruvchi va xotirani yaxshilovchi eng yaxshi vosita hisoblanishini bilsangiz kerak. Shunday boʻlsa-da, baribir kitob o‘qishga hech vaqt topa olmaysiz. Quyidagi maslahatlarimiz bu borada sizga yordam beradi deb umid qilamiz.

*1️⃣ Agar kitob yoqmasa, oʻqimang.
🟢* Siz ham qiyinchiliklar oldida bo'yin egadigan odam bollib koʻrinishni xohlamaysizmi? Shuning uchun yoqmagan kitobni o‘qishga oʻzingizni majbur qilasizmi? Agar shunday boʻlsa, siz nohaqsiz. Kitob sizga yogmagan boʻlsa, oʻqimang va buning uchun oʻzingizni ayblashni bas qiling.

*2️⃣ Har bir boʻsh daqiqadan foydalaning.
🟢* Kun davomida oʻqishga sarflaydigan boʻsh daqiqalaringiz koʻp boʻladi. Masalan, navbatga turganingizda yoki tirbandlik vaqtida.

*3️⃣ Rejalaringiz haqida gapirmang.
🟢* Tadqiqotchilar qandaydir katta maqsadlar haqida oldindan gapirish kamdan-kam hollarda muvaffaqiyatga olib keladi deb hisoblaydilar. Shuning uchun agar siz ko‘proq kitob o‘qimoqchi boʻlsangiz, buni oldingizga maqsad qilib qoʻying,
lekin bu haqda boshqalarga aytmang.

*4️⃣ Qogʻoz kitoblarni oʻqing.
🟢* Qogʻoz kitoblarni oʻqish chalg‘imaslikka va iroda kuchini bekorga sarflamaslikka yordam beradi. Elektron qurilmalarda kitob oʻqishda biz koʻpincha internetga kiramiz va oʻqishni tashlashga majbur boʻlamiz. Qogʻoz kitoblarni esa qoʻlda ushlashning oʻzi ham yoqimli.

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

1 month, 3 weeks ago

Bolalikka qaytamizmi?

1 month, 3 weeks ago
1 month, 3 weeks ago

Men uchun bu juda qiziq. Eʼtiborsiz qoldirmaysiz degan umiddaman.

Men joylab borayotgan postlar siz uchun nimadir beryaptimi? Bu postlardan oʻzingiz uchun nimalar oldingiz? Bu kanaldan yana nimalarni kutmoqdasiz? Borini va barini yozing.

1 month, 4 weeks ago
[**#sarhisob**](?q=%23sarhisob)[**#oktyabr**](?q=%23oktyabr)

#sarhisob#oktyabr

Oktyabr oyida quyidagi kitoblarni mutolaa qildim:

1.Mustafo Oʻzbalak «Insoniyatning soʻnggi kuni» 169 bet.
2.Vikas Svarup «Xarobadan chiqqan millioner» 334 bet.
3.Anton Chexov «Uyqu istagi» 126 bet.

Jami oʻqilgan betlar: 629 bet

P.S: Armiyada boʻlganligim sababli bu oyda 2024 bet oʻqiy olmadim. Inshaalloh noyabr oyidan mutolaani yana kuchaytiramiz!

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

1 month, 4 weeks ago
[**#Kitob\_mutolaa**](?q=%23Kitob_mutolaa)[**#Sarhisob**](?q=%23Sarhisob)

#Kitob_mutolaa#Sarhisob
6⃣0⃣

📚: «Uyqu istagi»
: Anton Chexov
🔖: Kitob 126 sahifadan iborat.
📆: 27.10.2024 – 31.10.2024 muddatda oʻqib chiqdim.
▶️: Navbatdagi kitob: Abdurauf Fitrat «Oila yoki oilani boshqarish tartiblari»

Biz ushbu postni kimdir xulosa qilib, kitobga qiziqishi uchun joyladik!
@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

2 months ago
Umrimning kitob oʻqishga ketayotgan qismiga achinmayman!

Umrimning kitob oʻqishga ketayotgan qismiga achinmayman!

@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!

2 months ago

Kitob o‘qish uchun ikki asos bor:
Birinchisi – sen bundan rohatlanasan. Ikkinchisi esa – sen bu bilan maqtanishing mumkin.. 📚🌿

📗 Bertrend Rassel

@Kitobshunoslik - Sizga eng yaxshisini ilinadi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 22 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago