Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Demak, yechim bunday
Yolgʻiz harakat qilish insonni zeriktiradi va harakatni susaytiradi. Shuning uchun men challenge boshlamoqchiman va menga jamoa kerak boʻladi. Lekin jamoaga qoʻshilishning shartlari mavjud boʻladi.
Jamoada 30 kun davomida ona tili grammatikasini SINTAKSIS boʻlimigacha takrorlaymiz va oktabrdagi milliy sertifikat imtihoni uchun poydevor yaratamiz.
Challenge, avvalo, faqat oʻz manfaatim uchun va shuning uchun ham grammatikani mustahkam takrorlamoqchiman va har kuni dars tashkil qilaman.
Milliy sertifikat oʻqigan inson sifatida ayta olamanki, u testning grammatika qismida siz-u biz uchun yangilik yoʻq va 100% yechish mumkin.
Bu challenge faqat ona tili grammatikasini yaxshilashga chin dilidan harakat qilganlar uchun va siz tartib bilan harakat qilsangiz 1 oyda oʻzingiz kutgan natijaga erisha olasiz.
Agar yuqoridagilarni oʻqib, challenge da qatnashish istagi paydo boʻlgan boʻlsa, @Maftuna_2804 bilan bogʻlaning va men sizga shartlarni yuboraman.
Davomi...
Rosa oʻyladim va bir qarorga keldim, nihoyat. Aslida yillar davomida meni shu narsa qiynab kelgan, yaʼni ingliz tiliniyam ona tilini ham B2 darajada bilaman, ikkisiniyam yaxshi koʻraman va voz kecholmayman, qaysidir tomondan bu yaxshidir, lekin men inson bir sohada mukammal boʻlishi tarafdoriman. Avvaliga ingliz tilimni oʻqib 7+ qilishni oʻyladim, keyin oʻylab qarasam ingliz tili mening soham emas va magistraturani ham oʻzbek tili tanlagan ekanman ona tili va adabiyot menga koʻproq kerak. Lekin ingliz tili meni sevimli mashgʻulotim sifatida qoladi va ona tilidan oʻzim oʻylagan natijaga erishgach, albatta, qaytaman unga.
Bu yerda muhim masala qoladi. Men ona tilini tanlagan kunimdan boshlab, eski bilimlarimni takrorlashga harakat qildim. Lekin, ishoning, bu juda qiyin, ayniqsa, hamma maʼlumotlar tanish boʻlsa. Shuning uchun oʻzim uchun yechim oʻylab topdim va bu yechim siz uchun ham foydali boʻlishi mumkin.
Xoʻsh, yechim qanday?
Ikkinchi yoʻl sizni chalgʻitadi
Bugun hayotimdagi baʼzi xatolar, aslida tajribalar haqida yozmoqchiman. Bu yil men uchun boshqa yillarga qaraganda samaraliroq boʻldi, alhamdulillah.
Prioritet boʻyicha oʻz yoʻnalishim ona tili va adabiyotdan milliy sertifikat oldim(B+) Bu meni xursand qilmagan, toʻgʻrisi, lekin xafa ham boʻlmaganman. Shu joyda aytib oʻtishim kerakki, hamma narsa niyatimizga qarab boʻlar ekan. Men bu sertifikatni topshirayotganimda ingliz tilidan 6-etapda oʻqir edim, yaʼni IELTS oxirgi bosqichida. Shu paytda men ingliz tilini toʻxtatib, ona tili oʻqishni boshlaganman atigi 1,5 oy, ona tili soham boʻlgani uchun online dars kechasi boʻlardi va doim uxlab eshitganman oʻsha darslarni yaʼni tushunyapsizki, masʼuliyat bilan yondashmaganman. Essay esa imtihondan bir kun avval 2 ta yozganman, naqadar aqlli va masʼuliyatli yondashgan ekanman-a?.
Endi asosiy nuqta nega bunday qilganman. Chunki menda IKKINCHI YOʻL MAVJUD EDI. Ingliz tilidan umidim bor edi. Bunday vaqtda xohlasangiz ham xohlamasangiz ham miyangiz sizga yechim sifatida ikkinchi yoʻlni doim koʻrsatadi va siz shunga aldanib qolasiz. Endi B+ darajaga keladigan boʻlsak, niyatim faqat ish joyimga sertifikat berish boʻlgan va ishda spraladigan darajaga erishganman.
Endi ingliz tiliga oʻtsak, meni yaqindan taniydiganlar biladi qancha vaqt sarflaganimni. Toʻgʻri, toʻxtashlar bilan boʻlgan, lekin ancha koʻp sarflaganman ingliz tili uchun vaqtimni va bundan afsuslanmayman, lekin koʻproq oxirgi oylar sizning muvaffaqiyatingizga taʼsir oʻtkazadi. Milliy sertifikat olgach yana 1 oy dam oldimva yana ingliz tili boshladim lekin intensive kurs edi u va yaxshi effekt bermadi, shu bilan magistraturaga qabul boshlandi va men IELTS topshirishim kerak edi, bu paytda esa hamma section lar dabdala edi, 2 oy zoʻr oʻqidim oxirgi oy esa offline kursimni toʻxtatib, uyda dam olishga chiqdim, hozir oʻylasam qanchalar "aqlli" boʻlganimni tasavvur qilaman. Va imtihonimdan 1 hafta avval hech bir ish bilan shugʻullanmadim, chunki ular menga bosim berayotgandi, oʻrganadiganlarim juda koʻp edi va yana bunday xotirjamlikning asosiy faktori bu menda IKKINCHI YOʻLNING BORLIGI edi, yaʼni oʻzimga ayta boshladim: "Axir milliy sertifikatim borku, magistraturaga yetsa boʻldida" va natija chiqdi. Rostan ham magistraturaga yetadigan ball chiqdi.
Nima demoqchiman, aqlli insonlarda doimo ikkinchi yoʻl boʻladi deyishadi, lekin ikkinchi yoʻlning borligi baʼzida insonga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin ekan. Shuning uchun bugun muhim qaror qabul qildim.
Reaction and Iʼll tell you about it❤️
Hayvonlar ham ummatlar sanaladi. Shunday ekan, yaxshilik qilish yoki yomonlik qilish borasida oʻylab koʻrish kerak, bu hayvonga munosabatingizmi yoki ummatga?
Hayvon nomlari bilan ataladigan sura nomlari bor Qurʼonda. Hayvonlar shunday ulugʻlangan ekan, nega biz ularning nomlaridan haqorat sifatida foydalanamiz?
Tirik jongaki yaxshilik qilinsa, ajri bor. Hayvonlarga yaxshilik qilish, insonlarga yaxshilik qilishdan osonroq emasmi, hatto oddiygina ularga ozor bermaslikning oʻzi ham yaxshilikku?!
Hayvonlar bizning yumushlarimizni yengillatish va kprib zavq olishimiz uchun yaratilgan ekan, nega ularni manfaatsiz jazolab oʻldirish kerak?
Bugun 1 yoshga ulgʻaygandayman.
Aslo qarish deb qabul qilib boʻlmaydi. Odamlar 1 yilda ham anglay olmaydiganlarini angladim. Shunchaki buncha anglashlar miyamga katta kuch beryapti. Insonlar bilan 1 soatlik suhbat baʼzida sizga bir umr qidirgan haqiqatlaringizni aytishi mumkin. Yaxshiyam borsiz(lar)
Shu kinoni yakshanbada koʻrdim. Juda yoqdi, taʼsirlandim, yigʻladim. Shu jumladan, bir nechta savollar tugʻildi va anglashlar oldim.
Anglashlarim:
Bizning hayotimiz amallarimizdan ham koʻra oʻsha amalimiz uchun qilgan niyatlarimizga va ularning qanchalar sof ekanligiga bogʻliq.
Chinakamiga tavba qilgan insonni Alloh kechiradi va chinakamiga hidoyat beradi.
Doim ham kuchli boʻlish kerak emas. Baʼzida kuchliligimiz nuqtayi nazaridan sinalishimizga toʻgʻri keladi.
Ertalab feminizm haqida podcast koʻrgandim. Kitobda ham aynan shu joyiga kelgan ekanman. Yaʼni ayol va erkak tengligi.
Eng qisqa va loʻnda javob berilibdi.
"Agar erkak va ayol teng boʻlganda, Alloh ularni ikki xil jinsda yaratmagan boʻlar edi".
Boshqa savollarga hojat qolmadi.
Shuningdek, baʼzilarning ongiga joylashib qolgan fikr sifatida kitobda ham podcast da ham shu fikr keltirilibdi:
"Odam Ato va Momo Havvo qilgan gunohlari uchun oʻsha vaqtdayoq tavba qilgan va Alloh taolo ularning qilgan gunohini oʻsha vaqtdayoq kechirgan". Jazo uchun tushirilgan degan fikrlarga javob.
Albatta, ayollar baʼzi masalalarda erkaklardan ustundirlar, baʼzi holatlarda esa erkaklar ayollardan ustun hisoblanadi. Bularning barchasi insonlarning foydasi uchun qilingan.
Ayollarning ishlashiga taʼqiq masalasi.
Ayollarning uyda oʻtirishi maʼqullangan faqatgina ayollar manfaati oʻylangani uchun. Yaʼni ham ishlab, ham roʻzgʻor ishlari, ham farzandlarga qarashda qiynalishlarini hisobga olgan holda oila boqish va moliyaviy majburiyatidan xalos etilgan. Shunda ham jamiyatga foydasi tegadigan ishlar yaʼni bolalarga taʼlim berish va xotin-qizlarga tibbiy xizmat koʻrsatish sohasida ishlashi mumkinligi taʼkidlangan.
Odamlarni boshqarishning va ularga taʼsir etishning zoʻr usullari keltirilibdi.
Juda koʻp eshitganman qizlardan "uchrashuvga chiqqanimda nimasiga eʼtibor beraman", "bir marta uchrashganda qanday bilib olish mumkin", "hamma aytganlari rostmikan?". Shu kabi savollaringizga javob boʻladigan podcast topib keldim:
Insonlarga taʼsir etish uchun, avvalo, uning harakatlarini sezdirmagan holda takrorlash kerak.
Unga nimanidir muhrlash uchun vositadan foydalanish kerak. Yaʼni kitob berganda xursand boʻlishi yoki siqilgan vaqtda quchoqlash insonlarni kitobni koʻrganda xursand boʻlishga va qaygʻu vaqtida quchoqlashlariga muhtoj qilib qoʻyadi. Shu orqali insonlarga vositalar bilan taʼsir etish mumkin.
Yolgʻon gapirayotgan inson bir gapni koʻp marta takrorlaydi va gaplariga ishontirish uchun "Ishonasizmi?", "Aytsam ishonmaysiz" kabi ishontiruvchi jumlalardan foydalanadi. Aslida esa oʻzi oʻziga ishonmayotgan va buni suhbatdoshidan yashirayotgan boʻladi.
Insonlarni harakatini takrorlab taʼsir etishda koʻzgu usulidan foydalanish kerak. Yaʼni oʻng qoʻl harakati uchun chap qoʻldan.
Hissiyotlarni takrorlayotganda salbiy hissiyotlarni aslo takrorlamaslik kerak.
Insonga biror taklif kiritishdan avval, unga ishonch beruvchi jumlalardan foydalanib, kayfiyatini koʻtarish kerak.
"Rad etish usuli" eng samarali. Bu usul teskari magnit ham deb ataladi. Yaʼni "qilma" deyish orqali qiziqish uygʻotish
Book: Qalb besabrligi by Stefan Sveyg pages 46-66
Summary:
1. Achinish va sevgi boshqa boshqa tuygʻular. Kimgadir achinib unga yaxshi munosabat qilish kerak emas.
2.Inson qoʻlimdan hech nima kelmaydi deb oʻylaganda ham aslida koʻp narsalar keladi. Insonga faqat moddiy tarafdan yordam koʻrsatilmaydi. Baʼzan bir ogʻiz shirin soʻz va samimiy muomala oʻsha insonning moddiy ehtiyojidan koʻprogʻini qondira oladi
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago