@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
Odamni ko‘p narsa kasal qilishi mumkin. Chang-g‘ubor, infeksiya, bo‘kib ovqatlanish hatto.
Ammo hech bir do‘xtir davololmaydigan bir sabab bor. U - hasad. Birovga, uning omadiga, topish-tutishiga, o‘y-qarashlariga-da hasad qiluvchilarning holi anchagina xarob. To‘rt muchasi sog‘, bola-chaqasi bor, tagida mashina, usti-boshi but bo‘la turib, undan ko‘ra kambag‘alroq, ammo baxtiyor insonlarni ko‘rolmaslik - o‘taketgan xastalik, birodarlar.
O‘zi nusrat bersin, shifo bersin!
Oyina.uz saytida oilaviy maqolamiz chiqdi. O‘qib ko‘ringizlar! Fikr qilingizlar, boshqalarga ham yetkazingizlar! Iloho baraka topingizlar!
O‘zbek bog‘cha qidirgan tarbiyachi
Xoʻjayinim xandon otib kular, men esa yigʻlardim, ishoning, chindan koʻzim yoshlandi. Xoʻrligim keldi. Nimaga bilasizmi, u birgina oʻsha bogʻcha opa, men yoki biz kabi ruscha bilmas tarbiyalovchilarning emas, oʻzi bilmagan holda butun bir millatning ustidan kulayotgan edi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3470
Rasmiy sahifalarimiz👇
Кеча. Манба.
ERKAK YIG‘LAYDI Yelkada eng og‘ir yuk - Farzandi yotgan tobut. Qalbni kuydirganda o‘t, Erkak shunda yig‘laydi. Hammaga oshkoramas, Qilib faryod, nolamas, Erkak-ku yosh bolamas, Erkak tunda yig‘laydi. Qizi voyaga yetsa, Oq libosida kelsa, Qalbi shodlikka…
ERKAK YIG‘LAYDI
Yelkada eng og‘ir yuk -
Farzandi yotgan tobut.
Qalbni kuydirganda o‘t,
Erkak shunda yig‘laydi.
Hammaga oshkoramas,
Qilib faryod, nolamas,
Erkak-ku yosh bolamas,
Erkak tunda yig‘laydi.
Qizi voyaga yetsa,
Oq libosida kelsa,
Qalbi shodlikka to‘lsa,
Erkak to‘yda yig‘laydi.
Dilda borin aytmasa,
Oh-u zorin aytmasa,
Ko‘zda yoshin artmasa,
Na chora u yig‘laydi.
Huda-behudagamas,
Yig‘laydi gar bo‘lsa mast,
Qayg‘u o‘ldirdimi, bas!
Erkak shunda yig‘laydi.
Otash Yashin
2014-yil
Blogerlikdan jurnalistlikka qadam?****
Gazeta.uz'ning eng mitti muxbiri - Mehribondan "Video qanday olinadi?" mavzusida "reportaj" ko‘ramiz:))
Tarjima qilib ko‘rdik, qonday chig‘ibdi??
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago